Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo


darajada nozik tuyg‘u, ulkan badiiy kechinma va shoir Mirtemir tabiatiga



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

darajada nozik tuyg‘u, ulkan badiiy kechinma va shoir Mirtemir tabiatiga 

xos xarakterlar ochib berilgan. 

Shahar uzra yog‘ilardi qor, 

Tuyar edik muz nafasini. 

Uzoqlarda kezardi bahor, 

Biz yoʻqotib qoʻyganda seni. 

Yig‘ilishdik. Jiddiy va mahzun – 

Ulg‘ayganin sezdim doʻstlarni. 

Kuy oqardi g‘am kabi uzun, 

Qoʻzg‘atgancha dilda hislarni. 

 Dafndan soʻng qaytdik bukchayib, 

Ezar edi koʻrinmas tobut. 

Qor suvida yuzlarni chayib 

Shivirladik: yurak, yodda tut! 

Oʻzbekiston xalq shoiri, Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti, 

Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti laureati, «Buyuk xizmatlari 

uchun»  ordeni  sohibi  Mirtemir  Tursunov  1910-yil  30  mayda  Turkiston 

shahrining  Iqon  qishlog‘ida  tug‘ilgan.  Adib  Mirtemir  oʻzining  «SHu’lalar 

qoʻynida» nomli ilk she’rlar toʻplami orqali milliy oʻzbek she’riyati uchun yangi 

janr  —  sochma  (nasriy  she’r)  janrini  olib  kirgan  boʻlsa,  «Surat»  nomli  lirik 

qissasi  bilan  60—70-yillarda  oʻzbek  she’riyatida  doston  janriga  e’tiborning 

kuchayishi  va  lirik  doston  janrining  kamol  topishiga  katta  ta’sir  koʻrsatgan. 

Mana shunday xizmatlari va shogirdlariga boʻlgan cheksiz hurmati va dilgirligi 

uchun  ularning  ehtiromiga  sazovor  boʻlgan  Mirtemir  vafotiga  atab  yozilgan 

she’rning  yuqoridagi  baytlari  voqealar  rivoji  sifatida  namoyon  qilinadi.  Bu 

voqea qish, sovuq va qahraton paytda sodir boʻlgani haqida ma’lumot beriladi. 

Shoir  oʻlimi  shogirdlarni  nechog‘lik  iztirobga  solgani,  otasiz  qolgan  boladek 

tezda  ulg‘ayib  qolishgani,  hayotning  azob-uqubatlarini  tatib  koʻrishgani 

yuqoridagi baytlarda tasvirlansa, keyingi baytlarda esa aytilmoqchi asosiy fikr 

yuzaga  chiqadi.  Oldingilari  oʻquvchini  she’rdagi  kuyunish  va  motam  ruhiga 

solish vazifasini bajarib beradi. 



Shunda kimdir, kim u, esda yoʻq, 

Dedi g‘amgin egganicha bosh: 

“Tobutini koʻtargan chog‘im 

Qabog‘ida koʻrdim tomchi yosh. 


 

383 


Oh, doʻstlarim, yuragim sezdi – 

U kuzatar edi bizlarni. 

Qaboqda yosh, u yig‘lar edi, 

Qiynab qoʻydim deya sizlarni”. 

She’rninng soʻnggi, ya’ni “Qaboqda yosh, u yig‘lar edi, Qiynab qoʻydim deya 



sizlarni”  misralariga  nazar  tashlasak,  hatto  sizlar  tobutimni  koʻtarib,  aziyat 

chekdingiz,  sizlarni  qiynab  qoʻydim  deya  muloyimlik  qilishi  Ustoz 

Mirtemirning  qanchalar  odamoxunligi,  shogirdlariga  qay  darajada 

mehribonligi,  uning  hilm  tabiati  haqida  bilib  olishga  imkon  beradi.  Tarixiy 

shaxs  xarakterini  ochib  berishda  tarixiy  reallikdan  unumli  foydalaniladi. 

Filologiya  fanlari  doktori,  professor  Y.Solijonovning  ta’kidlashicha,  she’rda 

keltirilgan fikrlar haqiqatan ham rost va chindir. Mirtemir Tursunov hayotda 

ham oʻz yaqinlari hamda shogirdlariga nisbatan samimiy ekani, ularga qoʻlidan 

kelgancha yordam berishi bor gap.  

Aytish  mumkinki,  yozuvchi  har  qancha  mahoratli  boʻlmasin,  boshqa 

millatdan chiqqan mashhur shaxslar haqida mukammal badiiy asar yoza olishi 

mushkul. Chunki, har bir millatgagina xos boʻlgan nozik tushunchalarni, aqida 

va qarashlarni faqat oʻsha millatning vakiligina anglay oladi, yurakdan his etadi. 

Biroq mahoratli shoir Xurshid Davron bunday vazifaga ham qoʻl urdi va buni 

katta mahorat bilan amalga oshirdi. Uning “Lorka oʻlimi”, “V.G.Yan xotirasiga”, 

“Vareshchagin”  va  boshqa  koʻplab  she’rlari  shular  jumlasidandir.  Bularning 

ichida shoirning “Lorka oʻlimi” [2, 51-bet] she’ri diqqatga sazovordir. Chunki 

qalamga olingan shaxs ispan ozodlik harakati faollaridan biri Federiko Garsiya 

Lorka  haqida  yozilgan.  Ushbu  she’r  ham  oʻzgachalik  hamda  she’rning 

boshlanish  pallasidan  Xurshid  Davronga  xos  ravishda  chiroyli  va  jumboqli 

satrlar bilan boshlanadi. 

Uni tongga tirab otdilar… 

U yiqildi, 

Soʻng yana turdi 

Va yoshgina, 

Bukri bir askar 

Qoʻndoq bilan boshiga urdi. 

U jon berdi… 

Askarlar esa 

SHosha- pisha ortga qaytdilar, 

SHarob ichib mungli qoʻshiqni 

Tun sukutin buzib aytdilar. 

E’tiborli  jihati  shundaki,  ilk  misraning  oʻziyoq  oʻquvchi  ongida  urush 

davrini jonlantiradi. Uning vaxshati va zug‘umini bor boʻyicha ochib berishga 



 

384 


uruniladi. Ijodkorning mahorati esa “tongga tirab” jumlasida namoyon boʻladi. 

Balki  boshqa  shoir  boʻlganda  “Uni  sahar  payti  otdilar”  yoki  “Uni  quyosh 



chiqqach  otdilar  ”  deyishi  ham  mumkin  edi.  Biroq  Xurshid  Davron  oʻz 

an’anasiga  sodiq  qoldi  va  jumlaga  birozgina  sirlilik  boʻyog‘idan  qoʻshadi.  Bu 

bilan  muallif  tarixiy  faktni  badiiy  toʻqima  yordamida  real  borliqdan  badiiy 

olamga olib kiradi.  

Toʻg‘ri,  badiiy  toʻqima  ijodkor  xayolida  paydo  boʻladi,  lekin  unda 

haqiqatda yoʻq narsalar yozilmaydi, balki mavjudlikka sentemental ruh kirgizib 

aks ettirishni nazarda tutamiz. Tasvirlanayotgan bosh g‘oya, shaxs, hodisalarni 

harakatga  kelishiga,  voqealar  rivojini  izchilligi  hamda  mantiqiyligiga  ta’sir 

oʻtkazish uchun xizmat qilishi ham bor gap.  

Misralardagi “yoshgina, bukri bir askar”  satri ham balki toʻqimalardan 

holi (bukri) emasdir?! Ammo muallif yoshgina hamda bukri soʻzlariga sirlilik 

yashirgan. Yosh boʻlishiga qaramay urush, jang uni ham jismoniy ham ma’naviy 

bukri  qilib  qoʻygani,  shu  sababli  ham  u  chalajon  holdagi  oʻz  vatandoshini 

qoʻndoq  bilan  urmoqda.  Keying  urg‘uni  mungli  qoʻshiq  jumlasi  oladi.  Bu  esa 

yosh askarlarning naqadar xorigani va jang ularning tinka- madorini quritgani 

yoritiladi. 



Bu qoʻshiqda bulutni yorgan 

Hilol choʻqqi uzra porlardi, 

Bu qoʻshiq qor ostida yotgan 

Chechaklarni boʻzlab chorlardi. 

Keyingi misralarda qoʻshiq nima haqidaligi ham sirlilik asnosida bayon 

qilinadi. She’rning yozilgan sanasini (1986- yil) e’tiborga olsak, davr siyosati, 

“ozodlik”  haqidagi  qarashlar  hamda  fikrlarning  “tomog‘idan  olinishi”  bunga 

sabab boʻlishi  mumkin.  Baytdagi  “bulutni  yorgan  hilol  porlash”i,  “qor  ostida 

yotgan  chechaklarni  boʻzlab  chorlash”i misralarida  jabr-zulm  va 

adolatsizliklarga qarshi chiqish vaqti yetganiga da’vat yashiringan. Biroq fojia 

bu qoʻshiqning qoʻshiq boʻlib qolib ketanida ekani tasvirini ham sezish mumkin 

she’rdan. 

Nihoyat,  kuliminatsiya,  ya’ni  she’rning  portlovchi  va  asosiy  g‘oya 

tashuvchi qismi soʻnggi baytda beriladi. 

 

Qoʻshiq kuylab, 

Tuyib alamni, 

Yosh askarlar sarmast edilar, 

Shu qoʻshiqni yozgan odamni 

Otganlarin bilmas edilar… 

 



 

385 


Xalqining ozodligi yoʻlida kurashayotgan, uning ahvolidan kuyungan, oʻzi 

ham  ana  shu  xalq  orasidan  chiqqan  yosh  askarlar  alamlaridan  kuyib 

aytayotgan oʻsha qoʻshiqni yozgan insonni oʻz qoʻllari bilan otib tashlashgan 

edi. Bu esa xalq, millat fojiasiki,  oʻz ildiziga bolta urmoq  bilan teng. Xurshid 

Davron  mana  shu  kechinmani  oʻzidan  oʻtkaza  oldi  va  buning  maxsulini 

yuqoridagi fikrlarda tahlil qilib oʻtildi. 

 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish