Annotation: This article provides a brief overview of the sociological interpretations
of the works of Uzbek literature by Oybek, the poet, publisher, translator, critic and
academician. In particular, in the works of Oybek, he briefly touched on the historical period,
folk spirit, artistic realities, harmonious aspects of life realism and the power of word
formation.
Keywords: historical period, folk spirit, artistic reality, life reality, sociological
interpretation, artistic image, biographical method, artistic skills.
Asrlar davomida adabiyot insoniyat bilan birga yashadi. Uning orzu-
umidlari, his-tuyg‘ulari, qiyinchiliklar, ijtimoiy-siyosiy munosabatlar –
hammasi unda aks etdi, odamlar dardiga malham boʻldi, ularni ezgulik sari
yetakladi.
Adabiy hodisalarning oʻziga xos tabiati Aflotun, Arastu, Gegel
zamonlaridayoq qayta-qayta ta’kidlangan boʻlsa-da, oʻtgan asr boshlarida oʻsha
azaliy haqiqatni tasdiqlash anchagina fikriy ziddiyatlar, mafkuraviy-siyosiy
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
397
boʻhronlar bilan kechdi. Oybek oʻz ijodiy yoʻlidagi ana shu oʻnqir-choʻnqirlarni
nazarda tutib: “Mening birinchi she’rlarimda qarama-qarshiliklar, izlanishlar
hali koʻp edi. Zamonaning eng muhim voqealariga javoban yaratilgan she’rlar
bilan bir qatorda - mungli nido bilan sug‘orilgan, mavhum, tushkunlik ruhida
yozilgan she’rlar ham bor edi” [1, 416-b] – deb yozgan edi. Shoirning “Kuz va
qiz”, “Qish kechalari”, “Xotiradan izlar”, “Farg‘ona oqshomi”, “Ayriliq va
darvesh”, “Sharq uchun”, “Oʻzbek eli” kabi she’rlari “tushkunlik ruhida
yozilgan” asarlardandir. Ularda mungli nido alomatlarining uchrashi oʻsha davr
hayotida mavjud boʻlgan haqsizlik va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi
norozilikning oʻziga xos ifodasidir.
Oybek yoshligidanoq haqiqatni yozish, xalq ruhiyatini haqqoniy aks
ettirish yoʻlidan borgan. Oybek oʻz taqdirini xalq taqdiri bilan mahkam
bog‘laydi, tinmay izlanadi, hayotni sinchiklab oʻrganadi. Biroq uning
zamonasozlik ruhida yozilgan asarlari ham yoʻq emas. 1928 yilda:
“Og‘aynilar! Davrimizni qalbga solganman.
Choʻllardagi sarob izni anglab olganman.
Kurashadi ikki toʻlqin qarab turaymi?” [1, 136-b], – deb xitob qilishi
(“Tovushim”) shoirning shoʻrolar pozitsiyasini ma’qullaganidan dalolatdir.
Adabiy hodisalarni anglash mashaqqati bir-birini taqozo etuvchi
tushunchalardir. Binobarin, san’at asari ham fikrga, ham tuyg‘uga ta’sir qilish
qudratiga ega. Biroq Oybek fikricha, badiiy adabiyot ijtimoiy g‘oyalar, hayotiy
muammolarni ifoda etish orqali xalqni jipslashtirish, davrga xizmat qilish
ruhida tarbiyalashga koʻmaklashadi. Bu talab, umuman, oʻsha davr adabiyoti
uchun xarakterli boʻlib, badiiy adabiyotni hayotni dinamik oʻsishda koʻrsatish,
g‘oyaviy pishiq, konkret va moddiy xarakterdagi obrazlar yaratish sari
yoʻnaltirdi.
Adibning nasriy asarlarida badiiy voqelik, hayotiy realizmning uyg‘unlik
jihatlari hamda obraz yaratish mahorati, soʻz kuchi haqida atoqli munaqqid
Ozod Sharafiddinov : “Muallifning mahorati shundaki, u Yoʻlchi obrazini
tasvirlashda romantik chizgilar va ranglarni bemalol ishlatishdan
398
choʻchimaydi, lekin ayni chog‘da hech bir nuqtada realizm qonunlaridan biron
marta ham chekinmaydi. Natijada mardlik, tantilik, ma’naviy yuksaklik, jasorat,
teran aql-idrok, oliyjanoblik kabi sifatlar g‘oyatda hayotiy tarzda tasvirlanadi.
Umuman, tabiiy shaklda namoyon boʻladigan hayotiylik muallif uslubining
yetakchi fazilatini tashkil qiladi. Natijada Yoʻlchi shunchaki bir shaxs sifatida
emas, butun oʻzbek xalqining timsoli sifatida gavdalanadi” [3] – deya asosli fikr
bildirgan.
Anglashiladiki, biografik metod nuqtai nazaridan olib qaraganda
Oybekning hayoti she’rlarida mujassam, jumladan, “Yotma, oʻg‘lon, uyg‘on, koʻz
och, uxlama”, “Abadiy yashamoq, kulmoq istayman”, “Kurashadi ikki toʻlqin,
qarab turaymi?”, “Assalom, Navoiy!”, “Gulxanga otdilar doʻstlar kitobim”,
“Toʻyib yozajakman bir kun sog‘aysam”, “Koʻnglimda haqiqat bir oz
soʻnmadi…”, “Koinot ertaga bitmaydi…” Ushbu satrlarida uning tarjimai holi
singib ketgan. Yuqoridagi jumlalar adib Oybek hayot yoʻli va badiiy ijodining
koʻzgudagi aksi desak mubolag‘a boʻlmaydi. Zero, “Biografik metod badiiy
asarni muallifning hayot yoʻli kontekstida oʻrganishni nazarda tutadi. Badiiy
asarda ijodkor shaxsiyati akslangani bois undagi qator oʻrinlar muallif
biografiyasi kontekstida yorqinroq anglashiladi. Shunga koʻra, biografik metod
asarga muallif tomonidan yuklangan mazmunni anglashda yetakchi ahamiyat
kasb etadi” [5, 462-b]. Oybekning lirikada ob’ekt va sub’ekt muallif shaxsida
uyg‘unlashishi, uning tasvir prinsipini his-tuyg‘u va kechinma belgilashi,
adabiy tur sifatidagi emotsional toʻyinganligi haqidagi qarashlari bugungi
kunda ham oʻz qimmatini toʻla saqlab kelmoqda. Oybek badiiy adabiyotda
Yanis Risos ta’biri bilan aytganda: “Asl shoir yolg‘iz kurashchi boʻlib tuyulsa-da,
aslida u ommaviy kurash ishtirokchisidir”. Shubhasiz, Oybek asarlari
sotsiologik tahlil metodi bilan tahlil qilinganda badiiy asar voqeligi bilan real
voqelik munosabatlari, uning tarixan haqqoniylik darajasi, hayot haqiqati bilan
badiiy haqiqatga boʻlgan munosabati aks etadi. Va bu yondashuv adib
asarlarining g‘oyaviy-mafkuraviy tomonlarini, qahramonlarning xarakter
399
xususiyatlari, asardagi konfliktlar tabiati, obrazlar tizimi kabi unsurlarning tub
ijtimoiy ildizlarini ochib beradi.
Ma’lumki, falsafaning eng muhim kategoriyalaridan biri boʻlgan
dunyoqarash olam va odam haqidagi bir butun qarashlar va g‘oyalar tizimini
yaratadi. Insonning olamga munosabati, dunyodagi oʻrni, mohiyati, hayotiy
yoʻnalishi va oʻzligini anglashini dunyoqarashdan tashqarida anglash mushkul.
Biroq ijtimoiy dunyoqarash insonning sog‘lom aql-tafakkuri rivojiga mos
kelmog‘i lozim. Afsuski, ijtimoiy reallik haqidagi tushunchalarga dunyo
manzarasini sinfiylik asosida izohlash singdirilgan shoʻro davrida adabiy
hodisani real hayotga keskin bog‘lashga intilish kuzatildi. Bu hol dunyoqarash
muammosiga sinfiy yondashuv bilan bog‘liq tarzda kechdi. Zero, adibnig
“Adabiyotimizning haqqoniyligi qahramon xalq yaratayotgan mazmundor,
baxtiyor hayotni kuylashligidadir” [1, 76-b] Demak, voqelikning ijtimoiy-
tarixiy izohlari toʻg‘ri oʻzanga tushadi. Oybekning asarlari xoh u lirik, xoh epik
boʻlsin yozilgan davr rasmiy mafkurasi mehnat va mehnat kishisini ulug‘lashni
maqsad qilgani holda, uning oʻz-oʻzini anglashi, milliy g‘ururi va milliy ongi qay
tarzda shakllanishini oldindan belgilab bergan edi. Adabiyot hayotni jonli va
umumlashgan obrazlarda tasvirlasa, badiiy teran, fikr hisga toʻyingan
boʻlsagina, kitobxon fikr va tuyg‘ulariga ta’sir qilishi, uning ma’naviy-ruhiy
olami hamda badiiy didini yuksaltirishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |