Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords: artistic image, national character, reality and fantasy, life and psychological 

conflict, mentally ill woman, heroic psyche, inner excitement, facial expression, silence, artistic-

psychological image 

 

 



Voqelikni  obrazli  tarzda  aks  ettirish  adabiyot  va  san’atning  asosiy 

belgilaridan  biridir.  Ijodkor  hayotni  kuzatadi,  kuzatgan  voqealarini  tafakkur 

olamidan  oʻtkazadi,  qalbida  his  qiladi,  ularni  qayta  ishlab,  yana  jonli  hayot 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

401 


shaklida yaratadi. “San’atda voqelik ijodkorning estetik qarashlari, prinsiplari 

va ideali orqali ijodiy idrokidan oʻtganligi, binobarin, oʻzgartirilganligi sababli 

unga  nisbatan  “badiiy”  aniqlovchisini  qoʻshib  ishlatamiz.  Bevosita  mana  shu 

xususiyati tufayli san’at asari, ulardagi badiiy obrazlar inson his-tuyg‘ularini 

tarbiyalaydi, uning aql-idrokini takomillashtiradi. Demak, san’atdagi obraz va 

obrazlilikning  asosini  ijodkorning  voqelikni  hissiy-aqliy  idrok  etishi,  qayta 

ijodiy  gavdalantirishi  tashkil  etadi”[4,  5-bet].  Badiiy  adabiyotda  obraz 

yaratuvchi asosiy va yagona vosita soʻzdir. Lekin badiiy adabiyotdagi soʻz oddiy 

soʻz  emas,  balki  insondagi  muayyanhis-tuyg‘uni,  holat  va  harakatni,  oʻy va 

kechinmani  oʻzgalar  qalbiga,  shuuriga  ta’sir  etadigan  darajada ifodalaydigan 

soʻzdir.  Iste’dodli  adib  Xurshid  Doʻstmuhammad  oʻz  asarlarida  badiiy  obraz 

yaratar  ekan,  ularning  ma’naviy  saviyasiga,  milliy  ruhning  ifodalanishiga 

alohida e’tibor qaratadi. Uning aksariyat asarlarida oʻzbek xalqiga xos fazilatu 

kamchiliklar  borligiga  guvoh  boʻlamiz.  Adib  ijodi  haqida  adabiyotshunos 

Shuhrat  Rizaev  shunday  deydi:  “Xurshid  Doʻstmuhammad  yangilikka 

ehtiyojmand poetikaning keng miqyosli iqlimida faqat oʻz uslubiga tegishli turli 

adabiy  tajribalar  oʻtkazar  ekan,  reallik  va  xayolotni,  murakkab  hayotiy  va 

psixologik toʻqnashuvlarni asosan hissiy shaklda ifodalashga koʻproq qiziqadi, 

badiiy tasavvur, ong va ong osti jarayonlari bilan muttasil oʻzaro hamkorlikda 

ishlaydi, tasavvurida paydo boʻlgan holatni makon va zamonda toʻxtatib qoʻyib, 

uni  har  tomondan  chuqur  oʻrganish  va  ifodalash  uchun  muntazam  intiladi, 

natijada botiniy va zohiriy mantiqning jozibaviy koʻlamini belgilash, moddiy va 

ruhoniy  dunyo  chigalliklari  va  oʻzligini  tushunish  harakati  yagona  shuuriy 

prizmada  yig‘iladi”[6,  163-bet].  Oʻzbek  adabiyotimiz  va  jahon  adabiyoti 

sirlaridan  voqif  boʻlgan  Xurshid  Doʻstmuhammad  zamondosh  obrazini 

yaratishda ham, tarixiy shaxs obrazini yaratishda ham umumbashariy va milliy 

qadriyatlar  talabidan  kelib  chiqadi.  Bir  zum  u  yaratgan  obrazlar  tasviriga 

qaraymiz. “Qazo boʻlgan namoz” hikoyasida Mirkomilboy, “Yolg‘iz” qissasida 

Abdulla  Qodiriy  xarakterida  ham  milliy,  ham  umumbashariy  qadriyatlarni 

oʻzida  mujassam  etgan  tarixiy  shaxs  obrazini,  “Vasiy  ”  hikoyasidagi  yigit 




 

402 


xarakterida esa sof milliy ruh bilan yoʻg‘rilgan obrazni uchratamiz. Yigitdagi 

mardlik, opasiga mas’ullik, tug‘ishgan birodarini har qanday injiqliklariga sabr-

bardosh bilan g‘amxoʻrlik qilish hissi faqat oʻzbek farzandlariga xos ekanligini 

koʻrsatib bergan. Madaniylik va milliylik ma’lum muhitda tanlangan obrazlar 

qiyofasida, ularning ichki olami tasvirida koʻzga tashlanadi.  

Adibning “Vasiy” deb nomlangan hikoyasi uning boshqa hikoyalaridan 

bir muncha farqlanadi. Hikoya qahramoni hayotdagi aksariyat odamlar singari 

sog‘lom  emas,  ya’ni  u  ruhiy  xasta  ayol.  Ruhiyati  xasta  odam  siz-u  biz  koʻrib 

turgan olamdan tashqari boshqa olamlarda ham yashaydi, ularning dunyosini 

his qiladi. Shu nuqtayi nazardan, bu ayolning kechinmalarini ifodalash ancha 

murakkab jarayondir. Ammo adibga bu narsa qiyinchilik tug‘dirmagan. Ushbu 

hikoyadagi ruhiy xasta ayol obrazi keyinchalik Xurshid Doʻstmuhammadning 

“Kuza...” qissasidagi Umidning opasi obrazida kengaygan shaklda tasvirlanadi. 

Ya’ni obraz koʻchadi. Har ikkala holatda ham ruhiy xasta opaga qarash, unga 

g‘amxoʻrlik  qilish  mas’uliyati  ukaning  zimmasiga  yuklangan.  Uka  obrazida 

milliy  ruh,  milliy  xarakterning  bir  koʻrinishi tasvirlanganiga guvoh boʻlamiz. 

“Vasiy” hikoyasida real hayotda roʻy beradigan, ammo inson aqli, ilmi ojizlik 

qiladigan  hodisalar  va  shu  hodisalarni  oʻz  boshidan  oʻtkazayotgan  insonlar 

ruhiyati,  tahlika,  qoʻrquv  og‘ushida  yashashi,  oʻsha  oraliqda  vahima  bosib 

yolg‘izlik  jabrini  tortishi  badiiy-psixologik  vositalar  yordamida  yanayam 

yorqinroq  tasvirlangan.  “Nogahon  yoʻlak  tomondan  nimadir  “shapp”  etdi. 

Juvonning yoʻrgakni siypalayotgan qoʻllari asabiy qaltiraydi. Toʻsatdan hushini 

yoʻqotgan odamday rangi quv oʻchdi, labini qimtib bir pas tin oldi” [1, 327-bet]. 

Yuqoridagi tasvirda yozuvchi yuzda aks etgan qoʻrquvni, vahimani “rangi quv 

uchish” hamda “qoʻllarning qaltirashi” bilan tasvirlaydi. Qahramon ruhiyatini 

bunday nozik tasvirlar bilan berish oʻzbek hikoyanavis adibi Abdulla Qahhor 

asarlarida ham uchraydi. Yuzda aks etgan olamni yozuvchi “yuzning oqarishi”, 

“yuzning qizarib ketishi” vositasi bilan ifodalaydi. “Kampirning rangi oqargan, 

koʻz  atrofi  qizargan,  chakka  tomiri  chiqqan  edi”  (“Asror  bobo”  hikoyasi  ). 



 

403 


“Turobjon xotiniga qaradi. Uning rangini koʻrib xotini qoʻrqib ketdi –bu qadar 

oqargan” (“Anor” hikoyasi) 

Abdulla  Qahhor  “Asrorbobo”  hikoyasida  farzand  dog‘ining  og‘ir 

qayg‘ularini  boshidan  kechirayotgan  Asrorqulning  dardlarini  uzundan  uzoq 

gapirmasdan,  yuzdagi  bir-ikkita  ifodalar  bilan  tasvirlab  qoʻyaqoladi.  “Lekin 

xoʻp  ozibdi,  qorayib  ketibdi”  (“Asrorbobo  hikoyasi”).  Lekin  Xurshid 

Doʻstmuhammadda  “qorayib  ketish”  iborasi  yoʻq.  Abdulla  Qahhor 

hikoyalaridagi  psixologik  tasvir  haqida  adabiyotshunos  A.  Alimuhamedov 

shunday  deydi:  “Personajlarning  yuzi  bamisoli  ularning  ichki  hayajonlarini 

akslantiruvchi  bir  “koʻzgu”  rolini  ado  qiladi...  Abdulla  Qahhor  hikoyalarida 

kuchli  hayajon  yolg‘iz  yuzga  urgan  boʻyoqlar  yordami  bilangina  emas,  balki 

koʻp mahal jamiki a’zolarning ishtiroki, ya’ni “titrash”, “qaltirash” vositasi bilan 

ham  tasvir  qilinadi”[7,  55-57-b].  Xurshid  Doʻstmuhammad  ham  personajlar 

ruhiyatidagi  xavotirni,  xijolatlilikni,  qayg‘uni  yuzdagi  ifoda  bilan  birgalikda 

oyoq-qoʻllari  orqali  ham  ifodalaydi.  Ruhiy  xasta  opa  oʻzining  telba-teskari 

harakatlari bilan yigitni, ya’ni ukasini ancha qoʻrqitib qoʻygan. Ukasini koʻrgan 

mahali, ba’zida aqli joyiga qaytganida xijolat tortib, oʻzini aybdor sanardi. Mana 

shunday  vaziyatdagi  ayol  ruhiyatini  muallif  uning  yuzidagi  va  qoʻl-oyoqlari 

harakati orqali ifodalaydi. “Juvon oynani uzoq tozalaydigandek bir maromda 

harakat  qilayotganida  yigitni  koʻrdi.  Rangi  quv  oʻchdi,  oyoq-qoʻli boʻshashib, 

narvonga holsiz suyandi, oyna artayotgan lattasi choʻzilib osilib qoldi. Keyin 

oʻzi imillab tusha boshladi”[ 1, 329-bet] 

Adib  ushbu  hikoyasida  kuchli  hayajon,  qahramon  ichidagi  xavotirni, 

qoʻrquvni  ifodalashda  jamiki  a’zolarning  ishtiroki,  ya’ni  “titrash”,  “qaltirash” 

vositasi  orqali  ham  tasvirlangan.  “Yigit  dag‘-dag‘  qaltiragan  qoʻllari bilan 

narvonni  tutgan  chog‘ida  juvon  muvozanatini  tikladi”  [1,  328-bet].  Shu 

hikoyadan yana bir misol “…poygakda turgan yigit uy ichiga otilib kirishdan 

oʻzini ba’zoʻr tiydi. Holsizlanib, eshik kesakisiga suyanadi. Uning oyoq-qoʻlidan 

majol ketgan, asabiy qaltirar, lekin koʻzlari hamon sergak, hushyor ham mehrli 

boqar edi”[1, 330-bet]. 




 

404 


“Sukunat  eng  og‘ir  ruhiy  holatning  ifodasidir”  [7,  54-b].  Adib  Xurshid 

Doʻstmuhammad  ham  “Vasiy”  hikoyasida  yigit  qalbidagi  xavotir,  qayg‘uni 

ifodalashda  sukunat,  indamaslikvositasidan  foydalanadi.  “…  nimjon, 

maykachan,  sochlari  toʻzg‘igan  rangpar  yigit  miq  etmay  unga  moʻltayib 

turaverdi”  [1,  329-bet].  Hikoya  ruhiyatidagi  maxzun  kayfiyatni,  xavotirni 

kitobxonga singdirishda yozuvchi voqelik jarayonini ham sukunatli tasvirlaydi. 

“Shu  alfozda  juvon  hovli  etagiga  bordi.  Oshxonaning  orqa  tomoniga  burilib 

koʻzdan  yoʻqoldi. U talay fursat koʻrinmadi, sharpasi ham  sezilmadi. Hovliga 

xavotirli  sukunat  choʻkdi”[1,  327-bet].  Tasvirdagi  bunday  holat  ruhiyatdagi 

qoʻrquvni, tushkun kayfiyatni quyuqlashtirishga xizmat qilgan. 

Tong  ezgulik,  yorug‘lik  timsolidir.  Tunda  boʻlgan  noxushliklar, 

dilxiraliklar  tong  saharda  asta-sekin  chekina  boshlaydi.  Adib  ham  hikoya 

qahramoni  ruhiy  xasta  ayolni  sahar  payti  aqli-hushi  oʻziga  qaytgan  holda 

tasvirlaydi.  “Juvon  g‘ira-shira  tong  ota  boshlaganida  uyg‘ondi,...  qaychilab 

tashlangan dasturxonga angraydi, chuqur soʻlg‘in uf tortdi”.[1, 332-bet] 

 Inson ruhiyati sirli bir olam. Eng sara asarlardagina uning ma’lum bir 

qirrasi,  belgilari  aks  ettiriladi.  Xurshid  Doʻstmuhammad  hikoyalarida  ham 

qahramonlarning ruhiy olami, iztiroblari, qayg‘ulari , qalb og‘riqlari, shodlik va 

quvonchlari oʻz ifodasini topgan. U oʻz qahramonlaring ma’naviy- ruhiy olamini 

ziddiyatlar kurashi jarayonida ishonarli, ta’sirchan holda ifodalay olgan.  




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish