characteristics of the ghazals of king and poet Zahiriddin Muhammad Bobur.The article deals
with different types of rhyme according to their core composition: murdaf, muqayyad,
mujarrad and muassas rhyme; and according to their structure :mutlaq and muqayyad types
have been scientifically artistically analyzed in terms of numbers, and each of these rhyme
types has been exemplified by bytes from the verses in the divan. It is emphasized which word
in the bytes forms the rhyme, and the location of the sound in these words depends of course
on the weight requirement and belonging to this species according to the weight requirement
is explained. As well as, with repeated words (radif) and without repeated words ghazals are
414
Oʻzbek adabiyotida durdona asarlari bilan nom qoldirgan Zahiriddin
Muhammad Bobur Hindistonda 332-yil hukmronlik qilgan boburuiylar
sulolasining asoschisi, buyuk podshoh boʻlish bilan birga iste’dodli shoir, yirik
adabiyotshunos va tarixchi olim ham boʻlgan. Boburning lirik merosi va ilmiy
asarlari yillar davomida oʻzbek va jahon olimlari tomonidan oʻrganilib, tadqiq
qilib kelinmoqda. Bobur ijodi bilan xorijiy olimlardan U.Erskin, S.M.Edvards,
A.Bereviy, R.M.Kalkedot, Ch.Stori, E.Xolden, L.King, F.J.Talbot, D.Ross,
J.Elfiniston, I.Mano, Z.Mansuriy, R.Sharma, A.Samoylovich, I.Stebleva; o`zbek
olimlaridan esa B.Qosimov, P.Shamsiyev, V.Rahmonov, H.Boltaboyev,
I.Adizovalar shug‘ullangan.
Boburning lirik merosi rang-barang. She’rlarining umumiy hajmi 400
dan ortiq. Bobur ijodida g‘azal, ruboiy, tuyuq, qit’a, fard, muammo, masnaviy
kabi janrlar yetakchi oʻrin tutadi. Shoir lirikasining koʻp qirralari turli olimlar
tomonidan tadqiq etilgan boʻlsa-da, she’rlaridagi qofiya masalasi maxsus
oʻrganilmagan edi. Biz ushbu maqolamizda Boburning qofiyadan foydalanish
mahoratini g‘azallari misolida ko`rib chiqamiz.
Ma’lumki, qofiya deganda misralar oxiridagi qoʻshimcha, soʻz va soʻz
qo`shilmalarining oʻzaro ohangdosh boʻlib kelishi tushuniladi. Qofiya shoirning
mahoratini koʻrsatuvchi, she‘rning yoqimli ohagini, oʻqishliligini belgilab
beruvchi unsur hisoblanadi.
Qofiya tuzilishiga koʻra mutlaq qofiya va muqayyad qofiya kabi turlarga
boʻlinadi. Agar mumtoz qofiya raviy bilan tugasa, muqayyad, raviydan soʻng
tovushlar davom etsa, mutlaq turiga mansub bo`ladi.
Bobur g‘azallarining 60% ga yaqin qismini mutlaq qofiya, 40% ini esa
muqayyad qofiya tashkil qiladi. Mutlaq qofiyaning goʻzal namunasi sifatida
uning “Chun falak qoʻymas meni...”, “Hajr oʻlturdi meni…”, “Yo qoshing
yanglig...”, “Ne xush boʻlg‘ayki...”, “Ne vafo umrimda...” deb boshlanuvchi va
“Arzimas”, “Topilmas”, “Dey” radifli g‘azallarini keltirib oʻtishimiz mumkin.
Masalan:
Ne xush boʻlg‘ayki, bir kun uyquliq baxtimni uyg‘otsam,
415
Kechalari tori moʻyidek beliga chirmashib yotsam.
Ushbu baytda “uyg‘otsam”, “yotsam” soʻzlari qofiyani yuzaga keltirgan.
Bunda raviy “t” undoshi hisoblanadi. Qofiya raviy bilan tugamaganligi uchun
ham ushbu baytdagi qofiyalarni mutlaq qofiyaga mansub deb qaraymiz.
Muqayyad qofiyaning namunasi sifatida esa “Yana koʻz uyida ma‘vo
qilibsen...”, “G‘urbatda ul oy...” deb boshlanuvchi va “Berur”, “Mushkuldir”,
“Topilmas” kabi radifli g‘azallarini keltirib oʻtishimiz mumkin.
Agarchi sensizin sabr aylamak ,ey yor ,mushkildir,
Sening birla chiqishmoqlik dag‘i bisyor mushkildur.
Bu baytda esa “yor” va “bisyor” soʻzlari oʻzaro qofiyadosh boʻlib kelgan.
Baytda “r” tovushi raviy hisoblanadi. Qofiya raviy undoshi bilan tugaganligi
uchun muqayyad turiga mansub.
Qofiyaning oʻzak tarkibiga koʻra esa 4 turi farqlanadi. Bular
quyidagilardir:
Do'stlaringiz bilan baham: