Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet228/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Muhammad va G‘iyosiddin Mansur va ularning yaqinlaridan boʻlgan G‘iyosiddin 

Kichkina oilasi Kobulga koʻchib oʻtishadi. Navoiy tog‘asi Mir Alini Kobuliy (ya’ni 

kobullik) taxallusi bilan yodga olganini hisobga olsak, ishonch bilan taxmin etish 

mumkinki, Alisherning otasi G‘iyosiddin aynan Kobulda uylangan…844/1440-yili 

Boyqaro xonadonining yagona tayanchi – Mulkat Oqo vafotidan keyin Boyqaro 

va Navoiylarning oilalari Iroqi Ajamdagi Sova shahriga (hozirgi Eronning g‘arbiy 

qismi)  koʻchib  oʻtganlar.  Tarixchi  Xondamir  bobosi  Mirxond  tomonidan 

tugatilmay  qolgan  yetti  tomli  “Ravzat  us-safo”  tarixiy  asarini  yakunlar  ekan, 

shaharlar  ta’rifi  qismida  Sova  shahrining  fazilati  aynan  shu  yerda  Alisher 

Navoiyning  tug‘ilganligi  bilan  belgilanishini  alohida  ta’kidlagan”  [7,  3].  Bu 

asoslangan  faktlar  Navoiyning  Sova  shahrida  tug‘ilib,  keyinchalik  Hirotda 

yashaganligini  isbotlaydi.  Lekin  bu  haqda  hech  bir  manbada  va  Navoiy 

asarlarida  ham  uchratmaymiz.  Biroq  Mirxondning  asaridagi  fikrlari 

taxminlarning  haqiqatga  yaqinligini  koʻrsatadi.  Oʻsha  paytlarda  barcha 

hududlar  Movarounnahr  tarkibida  boʻlganligi  bois,  Alisher  Navoiyni  bizning 

ajdodimiz deya bemalol ayta olamiz. 

Mir  Alisher  Navoiy  butun  umri  davomida  hayotning  turli  sinovlariga 

dosh  bera  olgan  matonatli  insondir.  Uning  hayoti  bilan  yaqindan  tanishar 

ekanmiz, yigitlik chog‘ida Samarqandga surgun qilinganiga guvoh boʻlamiz. Bu 

haqda  B.Valixoʻjayev  quyidagilarni  keltiradi:  “…Alisher  Navoiy  24-25 

yasharligida – Xurosonda shoir sifatida tanilgan vaqtda Samarqandga kelgan. 

Albatta, bu vaqtgacha unga Mirzo Ulug‘bek nomi ham, Samarqand shuhrati ham 

ma’lum edi…U Samarqandga Xuroson hokimi Abu Said Mirzo tomonidan surgun 

qilingan edi…” [1, 22]. Navoiy surgunda boʻlishiga qaramay, ijod qilishda davom 

etadi. Butun ijodi davomida yaratgan eng yaxshi asarlari shoir e’tirof etganidek, 

“Samarqandi  firdavsmonand”  shaharda  yaratiladi.  Valixoʻjayevning 

maqolasida  qayd  etilishicha,  keyinchalik  samarqandlik  olimlar  va  xattotlar 

shoir asarlarini xalqimizga yetkazish borasida koʻplab xayrli ishlarni amalga 

oshiradilar.  Jumladan,  XIX  asr  kotiblari  Mullo  Muqimxon,  Mir  Abulhay,  Said 




 

409 


Abdusalom maxdumlar Navoiyning “Xamsa” va “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotini 

mahorat bilan koʻchirib,  shoir  ijodining  muxlislariga  taqdim  etgan  edilar. 

Buning boisi, Navoiy 3-4 yil Samarqandda yashagan boʻlsa-da, keyinchalik ham 

azim shahardan aloqasini uzmaganligidir.  

Navoiyshunoslarning  oʻrganishlaricha,  Hazrat  Navoiy  har  sohadan 

xabardor boʻlgan. Uning musiqada yaxshi ekanligi, bir necha shogirdlariga ham 

bu  ilmdan  saboq  bergani  ma’lum.  Ammo  u  biror  kuy  yaratgani  haqida 

manbalarda  qayd  etilmaydi.  Adabiyotshunos  Ismoil  Bekjonning  “Navoiy 

yaratgan  kuy”  maqolasida  bu  haqda  soʻz  boradi.  U  qaysi  manbalarda  qayd 

etgilgani  haqida  shunday  deyiladi:  “…  “Tazkirat  ush-shuaro”  asari  muallifi 



Mutribiy  Hindistonda  boʻlganligida  Jahongir  podshoh  undan  Oʻrta  Osiyoda 

yaratilgan  yangi  kuylardan  birini  chalib  berishini  soʻraydi.  Mutribiy  podshoh 

istagini bajo keltirib, ana shunday kuylardan biri nechasini ijro etgani xususida 

yozadi va ulardan biriga ta’rif berishda esa Alisher Navoiy bastalagan bir naqsh 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish