(kuy)ni tilga olib oʻtishiga toʻg‘ri kelgan. Aniqrog‘i, bu ma’lumotlarda
aytilishicha, aynan, Mutribiy chalib va ashula qilib aytgan mazkur kuylardan biri
Alisher Navoiy yaratgan bir musiqa asari uslubida bastalangan boʻlib,Navoiy
yaratgan kuy nomi ana shu tariqa “Nusxayi zeboyi Jahongir”da qayd etib
ketilgan” [2, 3]. Keltirilgan bu fikrlar haqiqatdan ham Alisher Navoiy musiqada
yaxshi kuylar bastalaganligini isbotlaydi. Maqolada Navoiy shogirdlariga ham
bu sohadan yaxshi saboq berganligi aytiladi. Xondamir oʻzining “Xulosat ul-
axbor” asarida Amir Alisher Navoiy tarbiyasi tufayli kamol topgan sozandalar
nomli bob yozgan. Oʻsha bobda Alisher Navoiy musiqa ilmida juda katta
mahoratga egaligini aytadi. Agar Muallimi soniy, ya’ni Abu Nasr Forobiy hayot
boʻlganida unga shogirdlik sirg‘asini taqqan boʻlar edi. Tarixdan ma’lumki,
Forobiy barcha sohalar qatori musiqada ham benazir boʻlgan. Xondamir,
aynan, shu jihatlarni e’tiborga olib, Navoiyni unga tenglashtirgan boʻlishi
mumkin.
Navoiy yaratgan kuy nomi ham maqolada keltirilgan boʻlib, bu kuy
Husayn Boyqaro va Navoiy oʻrtasidagi doʻstona munosabatga bag‘ishlangan
410
naqshdir. Kuyning nomi “Husayniy” ohangida “turk zarb” usulida bitilgan.
Aynan shu kuy ulug‘ bobomiz vafotidan 125 yil keyin ham oʻsha nom bilan xalq
orasida ijro etilib kelingan. Bu fikrlar Navoiyning qanchalar daho ijodkor
boʻlganligini yana bir bor isbotlaydi. Tarixda koʻplab shoirlarni uchratganmiz,
ammo oʻz she’riga kuy bastalaganlari kamdan-kam hollarda kuzatiladi.
Navoiy “Farhod va Shirin” dostonida Farhod obrazini komil inson
sifatida tasvirlaydi. Oʻzini esa komillik bosqichiga yetmagan deb hisoblaydi. Bu
fikrlarini g‘azallarida uchratamiz:
Tesha birla qazdi tog‘ Farhod-u, men tirnoq ila,
Ey, koʻngul mehnat chekarda dema oni men kibi.
Yuqoridagi baytni bir oʻqiganimizda, Navoiy oʻzini Farhodga
tenglashtirmasligini, undan ustunroq ekanligini ta’kidlagandek tuyuladi.
Ammo baytning botiniy ma’nosida esa, Farhod mashaqqatlar bilan boʻlsa-da,
komillik darajasiga yetdi. Men esa ojizligim sabab, hali bu bosqichga kelmadim
deydi. Bizning fikrimizcha, Navoiy komillikning eng yuqori bosqichiga chiqqan.
Chunki har sohada mukammal insonni komil deyish mumkin. Alisher Navoiy
ham har qanday sohada samarali ijod qilgan. Navoiy haqidagi yangi bir
ma’lumotda uning shatranj ustasi ekanligini bilamiz. Bu haqda Nosir
Muhammad quyidagilarni qayd etadi: “Alisher Navoiy serqirra iste’dod sohibi
shatranj (shaxmat)ni ham mahorat bilan oʻynagan, bu qadimiy oʻyinning
nazariy jihatlaridan yaxshi xabardor boʻlgan. Zamondoshlarining xotiralari,
shoirning turli mavzudagi asarlarida keltirilgan shatranjga oid misollar,
shatranj muhralari bilan bog‘liq timsollar ana shundan dalolat beradi” [4, 4].
Alisher Navoiyning nasriy asarlarida va g‘azallarida ham shatranj
haqida ma’lumotlar uchraydi. She’rlarida esa shatranj muhralari bilan bog‘liq
misollarni keltirib, hayotga bog‘liq holda tasvirlaydi.Barchaga ma’lumki,
tasviriy ifodada, matematika va shaxmat – “aql gimnastikasi” deya e’tirof
etiladi. Matematikani yaxshi tushungan kishi shaxmatni bemalol oʻynay oladi.
Demak, Hazrat Navoiy ham aql gimnastikasining har ikkala tarmog‘ini ham
yaxshi bilgan. Shu bois, g‘azal va qit’alarida ham bu oʻyinni jonlantiradi.
411
Ayniqsa, “Lison ut-tayr” dostonida shatranjning falsafiy mohiyatini ochadigan
bir hikoyat keltiradi:
Ikki shatranj oʻynog‘uchi ustod,
Arsai shatranjg‘a aylab kushod,
Ikki jonibdin boʻlub oromgir,
Tuttilar oʻrtada shatranji kabir.
Har tarafdin bir shah oʻldi oshkor,
Barcha oyinu sipohi shohvor…
Hikoyat davomida Navoiy shatranjni haqiqiy jangga qiyoslaydi. Unda
aytilishicha, ikki shoh jang qiladi va shatranj doskasiga barcha lashkarini
tashlaydi. Xuddi urushdagi kabi lashkar qismlari (“burong‘or”, “juvong‘or”,
“g‘ul” va “hirovul”) ham keltiriladi. Ya’ni bir soʻz bilan aytganda, shoir
shatranjni jonlantiradi. Uning fikricha, shatranj hayotning timsoliy
koʻrinishidir. Bu yerdagi jang-u jadallar, oʻzaro dushmanlik, tabaqalanish ham
Xoliqning bir amri bilan barham topadi. Bu dunyodan oʻtgandan keyin shoh
ham, oddiy odam ham barobar. Shu sabab Alisher Navoiy barchani ezgulikka
va qoʻlidan kelgancha xayrli ishlar qilishga undaydi. Shoir boʻsh vaqtlarida
shatranjni shunchaki hordiq chiqarish uchun oʻynamagan. Balki u shu oʻyin
orqali falsafiy fikrlashga va yangi yaratmoqchi boʻlgan asarlarining rejasini
tuzishga uringan boʻlishi mumkin.
Navoiy kabi daho ijodkorlar har doim ham dunyoga kelavermaydi.
Shuning uchun ham turli zamonlarda ularning ashaddiy muxlislari boʻladi. Ana
shunday muxlislaridan biri haqida Ismoil Bekjon oʻzining “Navoiyning
pokistonlik gurji muxlisi” maqolasida yozadi. U Navoiy davrida emas, balki
undan keyin yashab oʻtgan gurji shoiri – Mirzo Qilichbek Gurji (1853-1929)dir.
Bu ijodkorning bolaligi Gurjistonda oʻtgan boʻlib, keyinchalik Sindning
Haydarobod shahrida yashagan. Xoʻsh, u Navoiyga qanday muxlislik qilgan?
Mirzo Qilichbek Navoiyning asarlariga tatabbular bog‘lagan va ayrim oʻzbekcha
g‘azallarini baytma-bayt forschaga tarjima qilgan. Maqolada aytilishicha, Mirzo
Qilichbek “Gurjinoma” asariga Navoiyning g‘azalini kiritadi va Ismoil Bekjon bu
412
haqda shunday deydi: “Alisher Navoiyning “Gurjinoma”ga kiritilgan g‘azali va
uning forschaga baytma-bayt tarjimasi “Xayoli zulfitu” (Zulfing xayoli)
sarlavhasi ostida berilib, tagiga “Tarjumai g‘azali Navoiy” (az turkiy ba forsiy)
deb yozilgan… Mazkur g‘azalning maqta’si tarjimasida Mirzo Qilichbek negadir
– boshqacha yoʻl tutgan – g‘azalning oʻzbekcha matni oxirgi baytida Navoiy
taxallusi odatga koʻra aniq berilgan esa-da, forscha tarjimada uning oʻrniga
tarjimon oʻz taxallusini qoʻygan:
Xursandlig‘, Navoiyg‘adur, bu umid ila
Kim, vasli toshg‘ori xud emas ehtimoldin.
Mirzo Qilichbek tarjimasi:
Shod ast bas Qilich hamidun bar in umid,
Gohe visoli dust barun nest zi ehtimol”. [4, 3] Forscha tarjimada Mirzo
Qilichbek Navoiyga yaqinligini va fikrlari bir xil ekanligini aytmoqchi
boʻlgandir. Yoki oʻzining nomini keltirib, Navoiyga oʻxshashni xohlagandir.
Nima boʻlganda ham, Mirzo Qilichbek Alisher Navoiyning turkiy tildagi ijod
namunalarini pokistonlik gurji muxlislariga yetkazib bera olgan. Ular
bahramand boʻlgan asarlarni, keyingi avlodlari ham oʻqiganligiga hech shubha
yoʻq. Navoiyning hamma yurtda ana shunday muxlislari boʻlsa, shoir ijodi hech
qachon oʻlmaydi.
Xullas, Hazrat Navoiy bizning ulug‘ dahomiz deya, quruq faxrlanib
yurmasdan, uning ma’naviy meroslarini xalqimizga va butun dunyoga
yetkazishimiz kerak. Ana shunda ulug‘ ajdodimiz ruhi va nurli siymosi
qalbimizda abadiy muhrlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |