419
xizmat qilib kelgan. Maqol xalq hayoti, orzu-intilishlari va dunyoqarashlari koʻp
asrlik tajribalarda sinovdan oʻtkazib aks ettirilishi tufayli kundalik turmushda
katta tarbiyaviy rol oʻynaydi. Maqol xalq og‘zaki ijodining ixcham shaklga,
ammo chuqur mazmunga ega boʻlgan janrlardan biri boʻlib, u xalqning koʻp
asrlik hayotiy kuzatishlari, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy tajribalari
asosida vujudga kelgan. Maqollar oʻzlarining ijtimoiy-g‘oyaviy funksiyalariga
koʻra, asosan keng xalq ommasining, ayrim hollarda esa ba’zi ijtimoiy tabaqa
yoki guruhlarning dunyoqarashini ifodalaydi. Shu boisdan ham maqolarning
mavzuiy koʻlami juda ham keng boʻlib, bu koʻlamni juz’iy hayotiy voqelik
doirasi bilan chegaralab boʻlmaydi; ijtimoiy borliqning barcha sohalari
maqollarda oʻz aksini topgan boʻladi” [1.91-bet]. Asarning ham ilmiy, ham
badiiy qimmatining asosi – maqollarning oʻrni beqiyosdir. Asarda xalq turkiy
xalqlarning maqollaridan namunalar ham asar badiiyati oshirgan. Ana shu
maqollarga murojaat etsak, ularning tarixi, madaniyati, qadriyatlari ana shu
maqollardan aksini topa olamiz. Mahmud Qoshg‘ariy “ Devoni lug‘ati-t-turk”
asarida oʻzi yozadi: “Men bu kitobni maxsus alifbe tartibida hikmatli soʻzlar,
sajlar, maqollar,… deb atalgan adabiy parchalar bilan bezadim”[2.488-bet].
Maqollarning qadr-qiymati, ularning ahamiyati, har bir inson hayoti uchun
naqadar ahamiyatli ekanligini tarixdan e’tirof etib kelganlar. Mutafakkir Arastu
hikmatlarni yuksak baholagan: “ … barcha kishilarning quvvati ovqatdandir,
aqlning kuchi esa hikmatdandir”. Oʻzbekiston Milliy ensiklopediyasida
maqolning lug‘aviy ma’nosi quyidagicha sharhlanadi: “ Maqol – xalq og‘zaki
ijodi janri. Maqollarda avlod-ajdodlarning hayotiy tajribalari, jamiyatga
munosabati, tarixi, ruhiy holati, etik va estetik tuyg‘ulari, ijobiy fazilatlari
mujassamlashgan”[3.340-bet]. Maqollar haqida rus tilshunosi esa shunday
deydi: “Maqollar ulardan anglashiladigan tushunchalarga qarab joylashtirilsa,
xalq ruhiyatining chinakam ocherki vujudga keladi”[4.148-bet]. Hazrat Alisher
Navoiy oʻz baytida shunday yozadi: “Kimniki bilay desang, maqolin angla, Aslin
desang, anglayin fiolin angla” [5.3-bet]. Birinchi prezidentimiz Islom Karimov
oʻzlarining “ Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarlarida aytadilarki: “
420
…maqol-matallar bejiz paydo boʻlmagan, ular ham ma’lum bir haqiqatning
ifodasi”[6.21-bet]. Shunday ekan, Mahmud Qoshg‘ariy “Devon”i biz uchun
faqatgina tilshunoslik manbaasi emas balki, turkiy xalqlarning asliyatini
namoyish etuvchi koʻzgudir. Asardagi maqollarda biz ana shu asliyatni topa
olishimiz mumkin. “Har bir maqolda men shu maqolni yaratgan xalq siymosini
koʻraman” deb aytgan edi. L.N. Tolstoy. Devonda keltirilgan maqollardan
namunalar bilan tanishib, turkiy xalqlar siymosini koʻrishimiz mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: