391
ID-020-30-A035
Nurjahon Qayumberdiyeva
Oʻzbek filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi
“OʻTKAN KUNLAR”DAGI SHE’RLAR BADIIYATI
Annotatsiya. Mazkur maqolada romanchiligimiz asoschisi Abdulla Qodiriyning
mustaqil she’rlari va nasriy asarlarida keltirilganshe’rlar xakida fikr yuritiladi. "Utkan kunlar"
romanidagi she’rlar talqini keltirilgan. Asardagi misralar muallifning goyaviy-badiiy maqsadi
bilan uyg‘unligi yoritilgan.
Kalit soʻzlar: ruhiyat, mustaqil she’r, ijodiy kamolot, she’riyat muhri, shoirlik yorlig‘i.
Annotation: In this article discusses the poems founder of Uzbek novelism Abdulla
Qodiri. Reflects his independent poems and poems in prose works. Interpretation of the
poems in the novel "Days gone by" is given. The verses quoted in the play illuminated by the
author's ideological purpose.
Keywords: psyche, independent poem, creative maturity, the seal of poetry, poetry
label.
Nosirlik va shoirlik Abdulla Qodiriy ijodida bir-birini toʻldirgan. Ikkinchi
yoʻnalishdagi ijodi haqida kam gapiriladi. Bunga sabab she’rlarining romanlari
soyasida qolganligidir, balki.
Romanlaridagi g‘oyalarning quyilish oʻzanini izlasak, shubhasiz,
she’rlariga duch kelamiz. Nazmidan boshlangan bu jilg‘alar nasrida daryoga
aylangan boʻlsa, ajabmas. Birinchi she’ri “Ahvolimiz”da na adab, na fandan
boxabar, g‘aflatda yotgan xalq ahvoli haqida gap ketsa, “Millatimga bir qaror”
she’rida taraqqiyotdan uzoqlikning yagona sababi ilmsizlik degan xulosani
beradi. Toʻng‘ich romani “Oʻtkan kunlar”da bu mavzularning kengaygan
tasvirini, sabab-oqibatlarini koʻramiz.
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
392
Adabiyotshunos Sobir MirvalievQodiriy she’rlarini xarakteriga koʻra ikki
toifaga ajratadi: mustaqil she’rlari va nasriy asarlari ichida keltirilgan she’rlar.
S. Mirvaliev mustaqil she’rlaridan koʻra nasriy asarda qoʻllanilganlarining son
jihatidan ham, sifat jihatidan ham ustunligini ta’kidlaydi [9]. Bu kaftday
ravshan, albatta. Chunki romanlarida qoʻllanilgan she’rlar adib ijodining
kamolotga erishgan pallasida yozilgan.
“Oʻtkan kunlar” romanida besh oʻrinda she’r keltiriladi (yaxlit she’r
boʻlmasa-da, qofiya va shaklga solingan misralar). Qodiriyga zamondosh,
suhbatdosh boʻlgan shoir G‘ayratiyning yozishicha [10], Kumushning
qabrtoshiga adib birinchi Fuzuliydan ikki bayt yozadi. Asarni tugatganidan
soʻng “Mushtum”dagi hamkasblari oʻqib chiqib, hamma she’rlar oʻziniki
boʻlgani ma’qulligini aytgan. Keyin oʻzi toʻrtlik yozgan. Shu ma’lumotga
tayansak, romanda keltirilgan barchashe’rlar muallifning oʻziga tegishli.
Birinchi she’r “Qizlar majlisi”da Gulsin va Xonimbibi tomonidan aytilgan.
Lekin Kumush ruhiyatiga koʻzgu tutadi. Uni shunday holatda kuzatamiz:
ustidagi sarpolarini muborak qiluvchilarga eshitilar-eshitilmas “qutlug” deb
qoʻyadi, xuddiki armon kiyimini qutlug‘ qilayotganday. Koʻngliga chiroq yoqsa
yorishmaydigan siniq bir holatda, jism daraxtidan qushday uchib ketgan ruhi
yetib boʻlmas manzillarga intilayotgan bir paytda:
Oʻrtoqlarim, qoʻlga olsam torimni,
Beixtiyor yodlaydirman yorimni [7.30-bet].
ijrosi oʻylariga til bitib bergandek “bir seskanadi”. Baytdan baytga sirli
oʻy fosh boʻlib boradi:
Bir koʻrinib yag‘mo qilgan koʻnglimni
Qaytib yana koʻralmadim norimni![7.31-bet].
Endi dardlar koʻzlariga oqib kela boshlaydi. Oʻtkinchi boʻlgan xayoldan
ilinj axtaradi:
Agar koʻrsam edi yana yorimni
Bag‘ishlardim hama yoʻq-u borimni.[7.31-bet].
393
Hali umidi sobit. Yana koʻrganida balki hozirgidek koʻzyoshlariga suzib
oʻtirmagan boʻlar edi. Shu lahzada yana bir oʻy chaqnaydi:
Bilurmikin, bilmasmikin u zolim,
Kunlar-tunlar tortqan oh-u zorimni.[7.31-bet].
Basharti oʻzi “hama yoʻq-u bori”ni bag‘ishlaganda ham “u zolim” ohu
zorlarini bilarmidi, yoʻqmi… Umid choʻg‘lari sekin-sekin kulga aylanmoqda.
Ishongisi kelmay endi oʻrtoqlariga najot murojaati:
Chindan ayting, oʻrtoqlarim, menga siz
Qayta boshdan koʻramanmi yorimni?![7.31-bet].
Hammasi xayolligini oʻrtoqlari ham tasdiqladi goʻyo, endi taskin
qolmadi:
Ketdi toqat, ketdi sabrim… ketdilar…
Sindirarman urib yerga torimni! [7.32-bet].
Kitobxon ilk tanishgandagi Kumushning betobligidan to shu kungacha
hech kim bilmagan dardi, yig‘lashlarining siri shu yerda ochiladi. Nimadir
boʻlgani, oʻz-oʻzidan bunchalik yig‘lamagani anglashiladi. Lekin hali “sirli ariq
boʻyi” noma’lum. Muallif she’r orqali Kumush ruhiyatidagi “kutilmagan
baxt"gacha boʻlgan silsilalar bilan tanishtiradi.
Keyingi qoʻshiq Otabek bilan tabiat safariga chiqqan hamrohi Ali
tomonidan kuylanadi. Marg‘ilondan qaytgan “xayrihoh qotil” Otabekning
borishini ham bilmay, kelguvchini kutib kunlari qorong‘ulikka choʻkayotgan
holati aks etadi:
Koʻzlarim yoʻl ustida, kelmadi yor,
Ushbu keng dunyo koʻzimga boʻldi tor.
Qay qaroqchi oldi yorimning yoʻlin,
Mundagi baxtsiz yigit yoʻl uzra zor[7.164-bet].
Sodda tuzilishidan aytish mumkinki, ijrochining oʻsha paytdagi tabiat
chiroyidan joʻshgan ilhomi natijasi. Bu Otabekka oʻz kechinmalarini aytib
berayotgan edi. Entikkan koʻyi takrorlab qoʻyadi: “koʻzlarim yoʻl ustida kelmadi
yor, qay qaroqchi oldi yorimning yoʻlin…” Uning shubhasi endi faqat yoʻl
394
toʻsajak “qaroqchilar”da edi. Diydor yoʻllarida qaroqchi-buzg‘unchilardan
boshqa toʻsiq qolmaganday tuyulardi unga.
Keyingi keltirilgan qofiyali misralar Otabekning shu qora kunlariga
xotima boʻlgan Kumushbibining maktubdagi soʻzlari:
Erta-indin koʻzimga yoʻl koʻrinur,
Yoʻl bosishliq koʻngilga bir umr koʻrinur [7.172-bet].
Maktub soʻngida keltirilgan bu misralardan muallifning ikkita maqsadi
ayon boʻladi: birinchisi Kumushning maktub bayonida aytib oʻtilmagan kelish
vaqti boʻlsa, ikkinchisi erta-indingi yoʻl ham koʻziga bir umrdek uzun
koʻrinayotgani. Ikkilik maktub mazmunini toʻldirishga xizmat qilgan.
Qoʻqonliklar qirg‘inidan soʻng Toshkand qoʻrg‘onidan shunday qoʻshiq
eshitiladi:
Zamoning zamon boʻlsin – yor,
Azizbeging omon boʻlsin – yor,
Dardiga darmon topmay – doʻst,
Normating yonib oʻlsin – yor[7.45-bet].
Bu paytda qardosh boʻlgan ikki yurt oʻzaro hasad va nizo havosidan nafas
olmoqda edilar. Birisining azasini boshqasi toʻy qilib qarshilaganligi
kuylanyapti. Birinchi, ikkinchi va toʻrtinchi misralar oxirida “yor” soʻzlari
takrorlanib, xursandchilik ohangini bergan. Uchinchi misradagi “doʻst”i boʻlgan
Normatga oʻlim tilashi ijro bilan berilmoqda. Bu qardosh Toshkand va Qoʻqon
oʻrtasida oʻsha paytdagi qirpichoqlikning she’rdagi bir lavhasi.
Oxirgi she’r Kumush qabrtoshidagi bitiklar:
Ayo charx, etding ortuq jabr bunyod,
Koʻzim yoshlig‘, tilimda qoldi faryod.
Hayotim lolazoridin ayurding,
Yoqib jonim, kulim kokka sovurding[7.210-bet].
Misralar Kumushning soʻnggi soʻzlaridek tuyuladi. Hayoti lolazor tavsifi
bilan berilgan. Lolazorning umri qisqa, u endi ochilib koʻz quvnatganida
toʻkilishga mahkum boʻlgan latif manzara. Kumushga qiyoslanishining ramzi
395
shunda. Yana bir tomoni bu misralar Otabekning tilidan aytilganda ham oʻrinli.
Kumushning oʻlimidan keyin Otabek koʻnglidan nima oʻtganligi soʻzda bayon
qilinmay, holatini qabr yonida “koʻz yoshisi bilan tuproqni loy qila ber”ganidan
his qilamiz. Ayanchli ishqqa bag‘ishlangan marsiya bu!
Akademik Naim Karimov shunday yozadi: “Bu toshbitikda faqat musibat
alamida qovrilgan insonning faryodigina yemas, ulkan va haqiqiy she’riyatning
muhri ham tovlanib turibdi. Abdulla Qodiriy shu satrlarning oʻzi bilanoq buyuk
shoir yorlig‘ini olishi mumkin” [11]. A.Qodiriy adabiyotimizda ham adiblik,
ham shoirlik ham publitsistlik, tarjimonlik yorlig‘lari boʻlgan faxrli adibimizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |