Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keywords: folklore, bakhshi, plot, scattered plot, motive, fairy tale, epic  poem, short 

story, nationality, mentality, folklorist, hero, justice, variant, genetic root, conflict. 

 

 

 

Epik san’at turlari ichida xalq og‘zaki ijodi oʻzining serqirraligi, jozibasi 



hamda nisbatan qadimiyligi bilan boshqa san’at turlaridan ajralib turadi. Unda 

syujet,  motiv,  obraz,  klishe,  epitet  singari  janriy  unsurlar  bardavom  ekani, 

ayniqsa, diqqatga sazovordir.  

Yaxshi ma’lumki, xalq og‘zaki poetik ijodida sayyor syujetlar nazariyasi 

mavjud  boʻlib,  unga  1859-yili  nemis  faylasufi  T.Benfey  asos  solgan.  A.Pipin, 

V.Stasov kabi olimlar esa sayyor syujetlar dunyo xalqlari folkloridagi syujet, 

uslub,  motiv  hamda  obrazlardagi  oʻxshash  jihatlarni  og‘zaki  va  yozma yoʻl, 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

387 


yoxud  koʻplab  manbalardan  tarqagani,  bir  xalq  boshqa  xalqdan  oʻzlashtirib 

olgan, degan qarashni ilgari surishgan.  

Ularning  fikricha,  Yevropa,  Osiyo  mamlakatlari  xalqlarining  ertak, 

doston,  matallarida  uzoq  oʻtmishga  ega  hind  xalqining  folklori  aks etgan. 

Nazarimizda, yuqorida nomi zikr qilingan olimlar folklor asarlarining boshqa 

xalqlar ichida tarqalishi, sayqal berilishi, yanada mukammallashtirishini biroz 

e’tibordan chetda qoldirishgan.  

Shu  ma’noda  bir  xalqda  mavjud  syujetning  boshqa  bir  xalqda  borligi, 

uning aynan koʻchirib olinganini anglatmaydi. E’tibor qilinsa, sayyor syujetlar 

qaysi  xalq  og‘zaki  ijodiga  singgan  boʻlsa,  oʻsha  millat  mentaliteti,  ruhiyati, 

tipologiyasi va shu kabi unsurlar bilan boyigan. Fikrimiz dalili sifatida, Oʻrta 

Osiyo xalqlari, jumladan, yurtimiz hududida keng tarqalgan “Orzigul” dostoni 

syujetining  qardosh  xalqlar  folklorini  boyitgan  sayyor  syujetlari  bilan 

qiyoslashga harakat qilamiz. 

1938  yil  atoqli  folklorshunos  Mansur  Afzalov  tomonidan  Oʻzbekiston 

xalq  baxshisi  Islom  shoir  Nazar  oʻg‘lidan  yozib  olingan  “Orzigul”  dostoni 

xalqona ohanglarga boyligi, yuksak insoniy fazilatlar, oʻzbek qizlariga xos ibo-

hayo, or-nomus kuylangani bilan boshqa dostonlardan ajralib turadi. 

Zolim  otasining  yozuz  niyatiga  qarshi  chiqib,  qizlik  nomusi  uchun 

kurashgan,  sevgan  yori  Suvonxonning  yonida  turib,  dushmanga  qarshi  ot 

solgan,  eng  og‘ir  pallada  ham  zurriyodidan  voz  kechmagan,  adolat  uchun 

oxirigacha  kurashgan  Orzigulning  koʻrsatgan  qahramonliklari  har  qancha 

tahsinga sazovor. 

Ustoz  folklorshunoslar  V.Jirmunskiy  va  H.Zarifovlarning  fikriga  koʻra, 

ushbu dostonning epik syujeti Oʻrta Osiyo xalqlari orasida “xalq kitobi” yoki 

“Malikai  Dilorom”  sifatida  keng  ommalashgan.  Uning  tarixiy  tub  ildizlari 

qadimgi davrdagi nikoh hamda oilaviy marosimlarga borib taqaladi. [1. 147-

bet]. 


Qayd etilganidek, xalq og‘zaki ijodidagi epik motivlarning genetik ildizi, 

tag-tomiri olis oʻtmishda  roʻy  bergan  voqea-hodisalar,  an’ana  hamda  urf-




 

388 


odatlarga  borib  taqaladi.  Fikrimizning  isboti  oʻlaroq,  xalq  og‘zaki  ijodi 

bilimdoni  B.Sarimsoqov  ham  xalq  eposi  syujetining  ravnaq  topishida  real 

voqelik talqini va badiiy shartlilik muhim oʻrin tutishini ta’kidlagan edi. [2.27-

bet]. 


Folklorshunos  olim  M.Joʻraevning  fikricha,  “Orzigul”,  “Dilorom” 

dostonlari, “Malikai Dilorom” qissasi Mag‘rib hamda Mashriq xalqlari orasida 

keng urfga kirgan “sayyor syujetlar”dir. [3.18-bet].  

Dunyo  xalqlari  ertakchilik  an’analarida  mavjud  boʻlgan  “Bardoshli 

Yelena”, “Tuhmatga uchragan qiz”, “Qoʻlsiz qiz” kabi ertaklar yuqorida nomi 

zikr etilgan dostonlarga asos boʻlgani ta’kidlanadi.  

Bunday tipdagi ertaklar oʻz qiziga uylanmoqchi boʻlgan qabih ota hamda 

uning or-nomusi  uchun  kurashgan  farzandi  oʻrtasidagi  konflikt  asosiga 

qurilgan  yangi  syujetni  yuzaga  keltirgan.  Natijada,  yurtimiz,  umumuan 

Markaziy Osiyo mintaqasida“Orzigul”, “Dilorom” dostonlari, “Malikai Dilorom” 

qissasi hamda koʻplab ertaklarning vujudga kelishiga sababchi boʻlgan.  

Ayniqsa,  mintaqamizda  “Malikai  Dilorom”  ertagi  anchayin  mashhur 

boʻlgan.  Uni  rus  sharqshunosi  N.Ostroumov  1907  yili  nashr  ettirgani,  unga 

boʻlgan  qiziqishning  naqadar  katta  boʻlganidan  darak  beradi.  Quvonarlisi, 

hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Oʻzbek tili, adabiyoti va 

folklori instituti Folklor arxivida ushbu ertakning 8 xil varianti mavjud. Ushbu 

namunalar ichida “Birovga qilgan topadi” [4.1-3-bet]., “Zolim podsho” [5.1-12-

bet]., “Malikai Hoʻbon” [6.15-26-bet]. kabi ertaklar Islom shoir tomonidan sevib 

kuylangan  “Orzigul”  dostoniga  hamda  “Malikai  Dilorom”  qissasiga  anchayin 

yaqin turadi. 

Jumladan, “Malikai Hoʻbon” ertagida zolim podshohning oʻz qiziga oshiq 

boʻlishi, qizini bog‘ ichida koʻrib qolib, unga oshiq boʻlishi, Islom shoir variantini 

yodga  solsa,  qizining  rad  jaboviga  qahri  kelib,  uni  tandirda  kuydirishni 

buyurishi, oʻz qizi ekanligini bilgach ham, ahdidan qaytmasligi Dilorom epik 

qahramoni taqdirini eslatadi. 



 

389 


“Orzigul” dostonining ta’bir joiz boʻlsa, egizagi hisoblanadigan “Malikai 

Dilorom”  qissasi  ham  dunyo  kezgan  epik  asarlar  sirasiga  kiradi.  Uning 

qoʻlyozma hamda toshbosma nusxalari mintaqamiz xalqlari uchun juda tanish 

boʻlgan.  Chunonchi,  ushbu  asar  1906-1916  yillar  oralig‘ida  Toshkent  hamda 

Buxoro shaharlarida yetti marta chop etilgan. [7.257-bet].  

Shuningdek, bu qissa 1946 yilda “Melike Dilaram” nomi ostida turkman 

tilida,  1970  yili  esa  “Oʻn  ikki  muqom”  toʻplamida  “Dilorom”  qissasidan 

parchalar uyg‘ur tilida chop etilganini qayd etish joiz. 

Shu  oʻrinda  yana  bir  gap.  Shu  tipdagi  doston,  qissa  hamda  ertaklarda 

dunyoning turli mamlakatu shaharlari, jumladan, Bag‘dod, Kan’on, Koʻhi Qof 

(Kavkaz), Chin-Mochin (Xitoy), Mozori Sharif kabi nomlarning koʻp uchrashi, 

ushbu syujetning chindan-da, sayyor syujet ekanidan dalolatdir.  

Darvoqe,  atoqli  baxshilarimiz  Zohir  Qoʻchqor  oʻg‘lidan  yozib  olingan 

“Tilla qiz”, Umir shoir Safarov kuylagan “Moyguliston”, Chori baxshi Umirov 

repertuaridagi “Mohiguliston”, Rahmatulla Yusuf oʻg‘lidan tarixga muhrlangan 

“Qorakokil”  dostonlari  oʻzining  syujeti,  motivlari,  mavzu  yoʻnalishi,  obrazlar 

tizimi bilan “Orzigul” dostoni epik syujetiga hamohangdir.  

Bundan tashqari, ushbu epik syujetni yodga soluvchi yana epik asarlar 

ham  mavjudki,  ularni  izchil  oʻrganish,  ilmiy  tadqiqotlar  olib  borish,  jahon 

xalqlari  og‘zaki  ijodida  tadqiq  etilmagan  oʻxshash  asarlar  bilan  qiyosiy 

oʻrganish lozim. Ushbu mavzuni bitta maqolada toʻlaqonli ochib berish, tahlil 

etish,  qiyin  masala  albatta.  Shu  bois,  ezgu  rishtalar  tarannumini  kuylagan, 

bashariyatni  halollikka,  poklikka  hamda  adolat  tamoyillari  uchun  kurashga 

chorlagan bunday epik asarlar sizu biz, umuman, jahon afkor-ommasi uchun 

suv  va  havodek  zarur.  Zero,  tub  ildizlari,  kelib  chiqishi,  urf-odatlari  va 

ajdodlarini  bilgan,  anglab  yetgan  millat,  davlat  oʻz  oldiga  qoʻygan  ezgu 

maqsadidan hech qachon chalg‘imaydi. 

  


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish