Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet207/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

Annotation. In this article author reveals her opinions about illness hero in uzbek 

literature.  Considered  several  elements  which  are  related  to  commons  of  medical  and 

literature . Investigated some points about illness hero of uzbek stories.. Author analyzed 

article’s theme help with Abdulla Kahhor’s stories. Moreover author used necessary literary 

sources for supporting her own view. 

Key words: story, artistic element, illness hero, problem, event, 

 

 



Bugungi  kunda  yaxshi  va  yomon  soʻzning  kuch-qudratini  anglamagan 

birorta odam boʻlmasa kerak. Nafaqat qalb, balki tanadagi kasallikdan forig‘ 

boʻlish yoʻlida ham yaxshi soʻzlar doim oʻzining samarali natijasini beradi. Shu 

sabab har bir aytayotgan gapimizga e'tiborli boʻlishimiz lozim. 

Oʻzbek  nasrida  adabiyot  va  tibbiyotning  oʻzaro  aloqasini  oʻrganishda 

tibbiyotga oid har qanday mitti detal va detal obrazlar e'tiborga molik sanaladi. 

“Detal  obrazlar  (tafsilotlar,  narsa-buyumlar,  portret,  peyzaj)dan  badiiy 

reallikning  ikkinchi  qatlami  –  ichki  tashqi  yoki  tashqi  harakatdan  tarkib 

topuvchi  voqea-hodisalar  obrazi  oʻsib  chiqadi.  Shu  harakat  ortida  turib  uni 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

368 


yurgizayotgan  “xarakter  va  sharoit”  uchinchi  qatlamni  tashkil  qiladi  va 

oldingilarni  birlashtirgan  holda  “dunyo  va  taqdir”  obrazini  yuzaga  keltiradi. 

Ya'ni  badiiy  reallik  g‘ishtchalarini  –  butunni  tashkil  qiluvchi  unsurlardan 

tashkil topadi, bu unsurlar oʻzaro predmetlilik darajasi, tasvir koʻlami jihatdan 

farqlanadi”[1. Қуронов Д. ва бошқалар. T.: 2010: 48-bet].  

Tibbiy  xususiyatni  oʻzida  jamlagan  detal  obrazlarga  biz  dori-darmon, 

kasallik  nomlari,  shifobaxsh  oʻsimliklar  kabilarni  misol  qilib  olish  mumkin. 

Oʻzbek adabiyotida tibbiyotga oid detal obrazlar qatnashgan bir qancha asarlar 

mavjud.  

Masalan, oʻtkir qalam egasi biri Abdulla Qahhorning “Bemor”, “Ming bir 

jon”  kabi  hikoyalarida  dardli  muhit  tasvirlanadi.  “Ming  bir  jon”  –  chin 

ma'nodagi  inson  matonati,  sabr-bardoshi,  iroda  kuchining  nimalarga  qodir 

ekanligi  aks  etgan  hikoya.  “Kasalxonaga  yaqinda  tushgan  Mirrahimov, 

jikkakkina  kishi,  oʻziga  juda  ham  katta  koʻk  xalatga  burkanib,  yengchadan 

boshini  chiqarib  turgan  sichqondek  derazadan  koʻchaga  qarab  oʻtirgan  edi, 

birdan tutaqib ketdi: shunday havo boʻlsa-yu, oyoq-qoʻli butun odam koʻchaga 

chiqolmay, derazadan moʻralab oʻtirsa!.. 

Mirrahimov  jussasi  kichkina  boʻlgani  bilan  tovushi  juda  yoʻg‘on va 

buning ustiga sekin gapirolmas edi. Hamshira yugurib kirdi, Mirrahimovning 

sog‘lig‘ini, kayfini soʻradi, keyin dardni bardosh yengadi, bu xususda Mastura 

Aliуevadan  ibrat  olish  kerak,  degan  mazmunda  shama  qildi”[2.  А.Қаҳҳор.Т.: 

1987:  316-bet].  Hikoyada  voqeaga  kirib  olish  va  muammoni  yoritish  uchun 

Mirrahimovning tutaqishidan foydalanilgan.  

“Mastura  Aliуeva  sakkiz  oydan  beri  palatasidan  chiqmay  yotgan  og‘ir 

xasta,  uni  kasalxonada  hamma  bilar,  koʻp  kishi  kirib  koʻrgan  edi”.  Abdulla 

Qahhor  bemor  ayol  Masturani  shunday  tasvirlaydi:  “Koʻz  oʻngimizda  xasta 

emas, oʻlik, haqiqiy oʻlik, sap-sariq teri-yu suyakdan iborat boʻlgan murda yotar 

edi…” Bu jumlani oʻqib kishining eti junjikadi. Ammo mana shu “murda” hali 

tirik, tirik boʻlganda ham oʻzini oʻzi xafa qilmaydigan darajada. Masturani koʻrib 

qoʻrqib ketgan Hoji akani hamshira bir bahona bilan olib ketadi, buni koʻrgan 




 

369 


bemor esa qonsiz labidagi tabassum bilan eriga shunday deydi: “Daftaringizga 

yozib  qoʻying:  uch  mardi  maydon  meni  koʻrgani  kirgan  edi,  bittasi  arang 

qochdi-yu,  ikkitasi  qochgani  ham  boʻlmay,  oʻtirib  qoldi”.  Masturaning  shu 

ahvolida ham hangoma qilishidan mehmonlar hayratda qolishadi. Mastura oʻn 

yillik  dardni  yelkasida  koʻtarib yurgan boʻlsa-da,  aslo  hayotdan  umidini 

uzmagan inson timsoli. Ushbu obraz orqali Abdulla Qahhor insoniyatga, sabr, 

shukronalik, umidni yoʻqotmaslik haqida ibrat namunasini koʻrsatadi.  

Hikoyadagi  tobut  voqeasi  ham  juda  achinarli  bir  holatni  aks  ettiradi. 

Mastura  tobutni  buzib  pechkaga  qalanishini  eslab:  “Menga  shu  ham  ta'sir 

qilgani yoʻq. Bunaqa narsalar oʻlim kutib yotgan kasalga yomon ta'sir qilishi 

mumkin, men hech qachon oʻlim kutgan emasman, kutmayman ham!” deydi. Bu 

holatni inson tanasi uning ruhiyatiga boʻysunishini  yaqqol  ifodasi  deyish 

mumkin.  

Oradan uch yil oʻtib, Mirrahimov Mastura va Akramjonni uchratib qoladi, 

ammo ayolni tanimaydi. “Sabrning tagi sariq oltin”, deganlariday moʻjiza yuz 

beradi – Mastura sog‘ayib, tanib boʻlmaydigan darajada oʻzgarib ketgan edi.  

Abdulla Qahhor qisqa tasvirlarni jahon adabiyoti, xususan, A.Chexovdan 

oʻrgandi. Shuning uchun ham u A.Chexovni oʻziga ustoz sanadi. Bir oʻrinda adib 

“Ustozning muborak koʻzoynaklarini taqib xalqimizning oʻtmishiga qaradim” 

deb  yozadi.  Shu  “qarash”  natijasi  sifatida  “Oʻg‘ri”,  “Anor”,  “Tomoshabog‘”, 

“Bemor” kabi hikoyalari maydonga keladi.  

Adibning  “Bemor”  hikoyasida  voqea  boshqacharoq.  Bir  xotin  og‘ir 

dardga  chalinib,  uzoq  yotib  qoladi.  Erining  uni  doktorga  qaratgani  qurbi 

yetmay, arzon haq oladigan mulla, tabib, qoʻshnidan najot kutadi, pirovardida 

qoʻshni kampirning “Begunoh goʻdakning saharlari qilgan duosi ijobat boʻladi”, 

degan  maslahati  bilan  ish  tutishga  majbur  boʻladi.  U  har  kuni  saharda  toʻrt 

yashar qizchasini uyg‘otib duo oʻrgatardi. Bemor ayol og‘irlashib bir kuni sahar 

payti  olamdan  oʻtadi.  Eri  qizchasini  oʻlik  yonidan  olib  boshqa  yoqqa 

yotqizayotganda qizcha uyg‘onadi, lekin koʻzini ochmasdan odatdagicha duo 

qiladi:  “Xudoyo  ayamdi  daydiga  davo  beygin...”  deydi”.  [3.

 



 

370 


А.Қаҳҳор.Т.:1989:199-bet.]  Abdulla  Qahhorning  kiritgan  nutqidan  “Bemor” 

hikoyasining maydonga kelish tarixi, hayotiy voqelikning qay yoʻsinda badiiy 

shaklga kirganini anglash mumkin. Ayni damda doktor va tibbiy yordamsiz bir 

muhitdagi odamlar hayotida yuz bergan bir hodisaning tasviri koʻz oldimizda 

namoyon boʻladi. Bu hikoya e'tibor berib, akademik M.Qoʻshjonov oʻsha oʻtmish 

muhitida oʻz xotinini davolata olmayotgan Sotiboldining ilojsiz holati haqida 

yozadi: “Sotiboldi ham najot istab “kishilar”ga murojaat qildi. Lekin pul ketdi, 

kasal  tuzalmadi.  Sotiboldining  oʻz  xoʻjayiniga  arz  qilib  borganini  eslatadi: 

Abdug‘ani  boy  Sotiboldining  “soʻzini  eshitib  koʻp  afsuslanadi,  qoʻlidan  kelsa 

hozir  uning  xotinini  oyoqqa  bostirib  berishga  tayyor  ekanini  bildirdi,  keyin 

soʻradi, devonai Bahovaddinga hech narsa  koʻtardingmi? Rasula'zamga-chi?” 

[4.  М.Қўшжонов.T.:1988:  30-bet.].  Toʻg‘ri,  xalq  orasidagi  ulug‘  avliyolarga 

boʻlgan ixlos bu hikoyada juda ham toʻg‘ri ifodasini topgan emas. 

Badiiy  adabiyotdagi  bemor  obrazlarga  bir-bir toʻxtalib  oʻtarkanmiz 

yozuvchilarning  ulardan  oʻzlarining  badiiy  g‘oyalarini  ifodalash  uchun 

foydalanganini  koʻramiz.  Shuni  aytish  mumkinki,  bemor  obrazlar  nasriy 

asarlarda  koʻpincha  ibrat  koʻrsatish  maqsadida  ham  qoʻllaniladi.  Asarlarda 

ba'zan  bemorning  sabri  ibrat  boʻlsa,  ba'zan  undagi  mehribonlik,  mehr-

muruvvat ibrat boʻladi:  adib  bemorning  tanasi  kasal  boʻlsa  ham  hali  qalbi 

sog‘lom, ruhi tetik ekaniga urg‘u beradi.  

Badiiy  obrazning  bemor  va  shifokor  tarzda  tanlanishi  adabiyot  bilan 

tibbiyotning  oʻzaro  aloqasiga  juda  aniq  misol  boʻladi.  Xulosa  qilib  aytganda, 

adiblar  tibbiyotga  aloqador  boʻlgan  oʻz  qahramonlari  tabiatini  tasvirlashda 

shifokor yoki bemorlikka tegishli soʻzlar,  soʻz  birikmalaridan  unumli 

foydalanadi.  Tibbiy  obrazlar  orqali  koʻzlangan  maqsadga,  ya'ni  hikoyadan 

olinadigan  ibratni  yanada  kuchaytirishga  erishiladi.  Adabiyotning  boshqa 

fanlar  bilan  aloqadorligi  har  doim  kitobxonlar  uchun  qiziqarli  hodisa  boʻlib 

kelgan.


 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish