“Hay, Toʻla, hushyor boʻl! Men, bilasan-ku, yigit-yalangning ichida
gapimni bermay yurgan mushkulman. Agar sendan bir narsa boʻlar ekan,
shubhasiz, bilginki, xotin taloqdan qasam ichganman. Nimta-nimta
qilaman, nimta, ha!... ”
Hamza Hakimzoda Niyoziy asarida akaning bunday gaplarini
badiiylashtirmagan, oʻzidan qoʻshmagan. Hayotda qanday boʻlsa
shundayligicha asariga olib kirgan. Akalarning bu tahlitdagi gaplari hayotda
ham koʻp bora aytilganki, singillar uchun asosiy qoʻrquv manbai aka boʻlib
kelgan. Chunki ota ham ona ham farzandini erkalaydi, suyadi. Lekin odatda
bunday erkalashlarni akalar qilishmaydi. Ular singillarini begonalardan
himoya qilishi, ularni nazorat qilib turishi mumkin. Hojarning qiziga qarata
“akangga aytib ikki dunyongni bir qilib qoʻyaman” deyishi, Xolisxon nomi bilan
begona yurtlarga jon saqlab yurgan Toʻlaxonning uni yoʻqlab kelgan Tojiboyga
“Rustambek omonmi, akam unga kulfat yetkazmadimi” deya havotirlanishi esa
akaning nomus ustida har narsa qila olishini ifodalaydi. Asarvoqealari
davomida Toʻlaxonning yolgʻon xatini oʻqigan akaning Rustambekni oʻldirish
360
uchun borishga, singlisini olib qochmaganiga undan ishonchli sabab
eshitganidan keyin esa bosh egib chiqib ketishga, keyinchalik xalqqa ovoza
boʻlib ketmasligi uchun Rustambekning oyogʻiga bosh urishga ham, xalq koʻzi
uchun “bir-ikki marta biro y, yarim oy yoʻq boʻlib, mazmunan axtarib kelishiga,
daryo-paryoga tashlagandir deyishiga ham nomus undagan.
Asarda shuningdek, “opa” oprazi ham koʻrinish berib qoladi. Toʻlaxon
Umurzoq va Hojarlarning kenja qizi, uning toʻrt opasi bor. Lekin ha deganda
ular koʻrinish beravermaydi. Chunki ular uyli-joyli boʻlib ketishgan, shuning
uchun “chiqqan qiz chigʻiriqdan tashqari” deganlaridek endi bu oilaning
ishlariga hadeb aralashavermaydi. Asarning bir joyida Toʻlaxonning bir opasi
Qumri ota uyiga mehmon boʻlib kelganligi qistirilib oʻtiladi. Lekin vaqt oʻtishi
bilan opalar ham singillarining ogʻirini yengil qilish uchun qoʻllaridan kelgan
barcha ishni qilishadi. Buni Hojarga opa boʻlmish Hayidjon misolida koʻrish
mumkin.
Hamza Hakimzoda Niyoziy ushbu asari orqali oʻz davrida qizlarning
boshiga tushgan ulkan balolarni tasvirlashga uringan. Dramada “farzand”
obrazining xususiyatlari juda mohirlik bilan ochib berilgan. Dastavval farzand
deyilganda “qizni erkalatsang-yagʻrinnga tepadi, oʻgʻilni erkalatsang
burningga” ,“oʻgʻil, qiz degan ota, onaning qul-choʻrisi” naqllari orqali
anglashilgan fikr oʻquvchi ongida hukmronlik qiladi. Buni esa Kumushxonning
sevgan yori bilan qochib ketgani, Hojarning ota-ona rayini koʻp bora
qaytarishga uringani, uning ham uyidan qochib ketgani isbotlaydi. Biroq,
yuqorida “qattiqqoʻl” onaning tasodifan oʻz farzandiga boʻlgan mehrini
koʻrsatib qoʻygani kabi asar soʻngrogʻida Toʻlaxonning “Mayli suyganimni
koʻrmasam ham ota-onamni koʻrsam boʻldi.” degan qarorga kelishi oʻzbek
farzandi uchun ota-ona eng azizi ekanligini koʻrsatadi. Toʻlaxon boshiga
tushgan bunday ulkan kulfatlarga ota-onasi ham sababchi ekanligini bilsa-da
ulardan koʻnglini uzolmagan. Ularni yaxshi koʻrishni baribir davom
ettiravergan.
361
“Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” asarida bir nechta xalq
urf-odatlari, irim-sirimlar koʻzga tashlanadi. Masalan, “Uy koʻrar”, “beshik toʻy”
marosimlari. “Ha, Rustambek har ishda ehtiyotkor-u (oʻmolchani olib, har
yonini qarab tanib), bir kampir dajjolga qolganda aldanib, meni shuncha
musibatlarga qoʻydi. Mendan sizga yodgor, buni siz uchidan tutib (tugib boʻlsa
kerak?) turing, qolganiga biz qarzdor” deganida esa “roʻmolchaning uchini
tugib qoʻyish” irimi tasvirlangan. Bu irim qoʻrqqan, havotirlangan mahalda
qilinib tinchlik boʻlishi uchun amalga oshiriladi. Shuningdek, Hojarning eriga
qarata “ish qilingki, men ham, siz ham yurtning osh-nonini yeb, siz toʻnini
kiygansiz, men chit-u roʻmolini olganman” deganida esa xalq orasida toʻy-
tomoshada odamlarga ulashiladigan sovgʻalar nazarda tutilgan.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, badiiy asarlarning asl ma’nosi har doim
ham toʻgʻridan toʻgʻri, ochiqdan ochiq namoyon boʻlavermaydi. Ular ba’zida oʻta
kichik elementlar orqali ifodalanishi mumkin. Bunda esa oʻquvchining
ziyrakligi katta ahamiyatga ega. “Paranji sirlaridan bir lavha yohud yallachilar
ishi” dramasi bir qarashda bir oʻzbek qizining boshiga tushgan kulfatlar
haqidagina boʻlib tuyilishi mumkin. Ammo asar oʻzbek oilalaridagi holat, xalq
turmushi, odamlarning bir-birlari boʻlgan munosabatlari, e’tiqodi, urf-odatlari
kabi yana koʻplab qirralarni ochib bera olgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |