Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet205/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

Annotation. The article examines the hithert-little –studied aspects of the works of 

Uzbek and world literature and focuses on their methodology and place in the literature. 



Keywords: Authoʻrs letter, epistolary literature, essay, poetic style, epic composition, 

triangular correspondence. 

 

 



Maktubot  azaldan  oʻzbek  adabiyotida  mavjud  boʻlgan.Maktub  janri 

adabiyot,  ijodkor  kechinmalarini,  uning  ijodiy  olamini  anglashga  xizmat 

qiladigan  muhim  manbadir.Yozuvchining  muayyan  shaxslarga  yozgan 

maktublari ijtimoiy, tarixiy va adabiy qimmatga ega boʻlib, u odatda shaklning 

pishiqligi, ifodaning lo;ndaligi bilan ajralib turadi.”Birovga xat yozish botiniy, 

ruhiy ehtiyojdan tugʻiladi, dedik.Bu judayam oʻziga xos dil izhoridir, deb yozadi 

Gʻaybulla  as-salom.Maktubnavislik  oʻzi  bir  san’at.Insho,  munshaot  ham bir 

ijod.Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiylarning bir-birlariga va boshqa aziz 

insonlariga  yozgan  maktublari  nihoyatda  nozik  va  zarif,  nuktadonlik  va 

mehribonlik tuygʻulari bilan sugʻorilgan.Biz bu singari insonlardan ular yozib 

qoldirgan benihoya goʻzal badiiy asarlari uchungina emas, balki bir-birlariga 

yozgan xatlari, bularni jamlab borganlari va maxsus majmua holiga keltirib, biz 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

363 


avlodlariga  tuhfa  etib  qoldirganlari  uchun  toabad  minnatdor  boʻlishimiz 

darkor.”{104-bet} 

Darhaqiqat,  yuksak  didli  badiiy  ijod  egalari  oʻz  fikrlarini  maktublar 

orqali bildirishgan.Zero, ijod sirlari, iqror va inkor, tasdiq va raddiya, muhabbat 

va  nafrat,  yovuzlik  va  ezgulik,  bularning  barchasi,  aksariyat  hollarda  shu 

xatlarning qatiga bitilgan.Epistolyar adabiyot (yunoncha-xat, maktub, noma)-

xat,  noma  shaklida  yaratilgan  asarlardir.Epistolyar  adabiyotga  atoqli 

arboblarning madaniy-tarixiy ahamiyatga ega yozishmalari ham kiradi.Oʻzbek 

adabiyoti tarixida Maktub janrining shakllanishi va rivojlanishi Alisher Navoiy 

ijodi bilan bogʻliq.Navoiy “Munshaot”asari muqaddimasida forscha maktublar 

shakllangan  yuksak  uslubga  ega  ekanini,  turkiy  adabiyotda  bu  uslubda  hali 

hech ish qilinmaganini va oʻzi Maktub janriga birinchi boʻlib qoʻl urganini qayd 

qilgan.Navoiyning  ushbu  asaridagi  maktublarining aksariyati sulton Husayn 

Boyqaro va uning farzandlari boʻlmish shahzodalarga yozilgan.”Munshaot”da 

maktublar  “ruq’aot”  va  “maktubot”  deb  ham  yuritilgan.Maktub  adabiy  janr 

sifatida  yunon  va  rim  adabiyotida  (Sitseron,  Goratsiyning  she’riy 

maktublari)shuningdek,  sharq  adabiyotida  juda  keng  tarqalgan.XVIII  asrda 

maktub shaklida romanlar yozish Yevropada odat tusiga kirgan.XIX asrda esa 

Epistolyar  adabiyot  tarixiy  hikoya,  oilaviy  xronika  tarzida  rivoj  topdi.Bunga 

I.S.Turgenevning  “Faust”,  Dostoyevskiyning  “Faqir  kishilar”asarlarini  misol 

qilib  olish  mumkin.Dunyoga  mashhur  nemis  yozuvchisi  I.V.Gyotening  “Yosh 

Verterning  iztiroblari”asari  boshdan  oyoq  maktub  janri  asosiga 

qurilgan.Shuningdek,  avstriyalik  adib  Stefan  Sveygning  “Bir  ayolning 

maktubi”qissasi va Frans Kafkaning “Otamga xat”essesi ma’lum badiiy maqsad, 

shakl imkoniyatlariga muvofiq aynan maktub asosiga qutilgan.Frans Kafkaning 

“Otamga  xat”essesi  “murojaatnoma-nafratnoma”ruhida  yozilgan,  uslub 

jihatdan  muallif  maktub  janri  orqali  murojaat  qilishda  ruhiy  iztiroblarini 

chinqalbdan zoʻr kuch bilan izhor qiladi.Qat’iyatli ota oldidagi aybdorlik hissi 

Kafkani butun hayoti davomida ta’qib qilganligini, bundan azoblangan ijodkor 

“Otamga xat”essesini yozadi.(Maktub otasining qoʻliga yetib bormagan)Uning 




 

364 


otasi bilan boʻlgan murakkab munosabatlari Kafka hayoti va ijodining yashirin 

qirralarini  aynan  mazkur  maktub  shaklida  yozilgan  esse  ochib 

bergan.Tanqidchilar  bu  esseni  avtobiografik  tadqiqitga  urinish  deb 

baholaydilar.Yozuvchi  epic  asarlar  kompozitsiyasini  maktub  asosiga  qursa, 

ba’zida esa asar takibida qahramonlarning bir-biriga yozishma maktublarini 

asarga ilova qiladi.Yana bir maktub shakli qisman qoʻllanilgan asar, mashhur 

tanqidchi  Belinskiy  “Rus  hayotining  ensiklopediyasi”deya  atagan  roman 

A.S.Pushkin  qalamiga  mansub  “Yevgeniy  Onegin”romanidir.Roman  uslubi 

she’riy shaklda ekanligi bilan ham an’anaviy uslubdan ancha farq qiladi.She’riy 

uslub esa muallif his-tuygʻulari  va  fikrlarini  ancha  kuchaytirishga  xizmat 

qilgan.Tatyananing  Oneginga  yozgan  maktubida  Tatyananing  ruhiy  holatini, 

kata hissiy tanglik hamda samimiy tuygʻularni his etamiz: 

Kimsan axir, panohimmisan? 

Va yo bir shum berahmmisan? 

Yozgil shubha-gumonlarimni. 

Yoki bular bari beqaror 

Murgʻak qalbim yolgʻonlarimi! 

Yo boshqa gap peshonada bor…{80-81-betlar} 

Muallif  qahramonning  maktub  yozishini  axloqsizlikka  emas,  aksincha 

tuygʻularning  tozalikka  asoslanganligini  kitobxonga  tushuntiradi.Oneginning 

Tatyanaga  maktubida  esa  Oneginning  qalb  qiyofasi  bor  boʻyi  bilan  ochib 

berilgan: 

Xoʻb termulmoq sizning jussaga 

Dildan tuymoq-ne kamolot bu. 

Qarshingizda qotmoq gʻussada  

Boʻzarmoq va soʻnmoq –rohat bu… 

Maktublarni  oʻqir  ekanmiz,  shoirning  yuksak  ideallari,  metin 

shaxsiyatini koʻrishimiz mumkin.Shoirning oʻzi tan olishichaasar aqlning sovuq 

kuzatuvi  va  yurak  hasrati  mahsulidir.Rus  adabiyotshunosi  Lidiya  Ginzburg 

“Boris Pasternak xatlari”deb nomlangan essesida maktub janrining ahamiyati 




 

365 


haqida  aytib  oʻtgan.Rus  adabiyotshunosligida  3  ovozli  maktub  roman 

“Uchburchak maktubchilik”deb nom olgan yozishmalarda Mariya Rilke, Marina 

Svetayeva, Boris Pasternakning oʻziga xos badiiy-estetik olami, dunyoqarashi, 

badiiy  tafakkuri  yorqin  anglashiladi.Ular  adabiyot,  hayot,  jamiyat,  insoniyat, 

xususan,  she’riyat  haqida  oʻzlarining  aniq  xulosalari  va  falsafiy  fikriga 

ega.Yozuvchi  maktublarini  sinchkovlik  bilan  oʻrganish  ijodkorning  poetik 

olamini  kashf  etish  imkoniyatini  sezish  mumkin.Lidiya  Ginzburg  Boris 

Pasternakning  Marina  Svetayeva  bilan  1926-yillardagi  yozishma  xatlarini  3 

tomonlama maktub-roman, haqiqiy adabiyot darajasiga koʻtarilgan san’at asari 

deb  baholaydi.Yevropaning  taniqli  shoirlari  Mariya  Kilke,  Boris  Pasternak, 

Marina Svetayevalarning “Uchburchak maktub romani” bugungi kunda ham oʻz 

qiymatini yoʻqotmagan.”Adiblarning maktublar ulaning shaxsiyati va ijodi, ular 

yashagan  zamon,  muhit,  ular  bilan  muloqotda  boʻlgan  odamlar  haqida 

ma’lumot  beruvchi  muhim  manbadir.”{64-bet}Shu  jihatdan  olib  qaralganda, 

oʻzbek  adabiyotida  qisqa  hikoya  yozish  otasi”  hisoblangan  Abdulla  Qahhor 

ijodida  ham  uning  ulkan  adabiy  olamini  koʻrsatuvchi  maktublar 

uchraydi.Abdulla  Qahhorning  yosh  iste’dodli  ijodkorlarga  yozilgan  hajman 

qisqa boʻlsa-da, ular ijodiga sezilarli ta’sir koʻrsatgan maktublar majud.Uning 

Shukur  Xolmirzayevga  yozgan  maktubi  qisqaligi  va  fikrning  tugalligi  bilan 

ajralib turadi: 

“Hurmatli Sh.Xolmirzayev! 

“Sharq  yulduzi”da  bosilgan  “Toʻlqinlar”povestingizni  oʻqidim.Povest 

yaxshi  taassurot  qoldirdi.Ma’murjonni  boshida  tabassum  bilan  tasvir  etasiz. 

Butun  asar  davomida  qisqalikka  intilasiz.Yozuvchilikda  koʻzingiz  ochilib 

kelayotganligi koʻrinib turibdi.Nazarimda povestning nomi toʻgʻri emas.Keyingi 

ishlaringiz baroridan kelsin!Salom bilan Abdulla Qahhor.” 

Bu maktubning yosh yozuvchi ijodida qanchalik kata oʻrin tutganligini 

keyinchalik  uning  oʻzi  ham  e’tirof  etgan.Abdulla  Qahhor  maktublarining 

ahamiyati  shundaki,  u  eng  avvalo  yangi  iste’dodlarning  adabiyotga  kirib 

kelishidan  quvonadi.Shu  bilan  birga  munaqqid  sifatida  ular  ijodidagi 




 

366 


nuqsonlarni  ham  koʻrsatadi,  amaliy  maslahatlar  beradi.Adibning  “Oʻrtoq 

K.K”deb boshlanadigan maktubi yuqorida keltirilgan maktubdan tubdan farq 

qiladi.Unda  yozuvchining  iste’dodsiz  ijodkorlar  va  saviyasi  boʻsh  asarlarga 

nisbatan murosasizligi  yaqqol  koʻzga  tashlanadi.Xat  3  qismdan 

iborat.Maktubning  1-qismida  hikoyasi  tahririyatdan  qaytgan  ijodkorga  bor 

haqiqat oydin ochib beriladi.”Bu hikoyangiz sizda talent borligini koʻrsatmaydi, 

yozuvchilikka  havas  uygʻonganligini  koʻrsatadi,  xolos.Havas  hamada  ham 

boʻlishi  mumkin,  lekin  havasning  oʻzi  kishini  hech  qayoqqa  eltmaydi.Men 

masalan tanbur chertib hammani qoyil qilgim keladi, lekin nachora dard bor-u, 

darmon  yoʻq.”{3-4-bet}  Maktub  nihoyasida,  avvalo  yozishdan  maqsad  nima 

ekanligiga  e’tibor  qaratish  lozimligi  uqtiriladi  va  “Boshqa  ish  qiling.  Boshqa 

ishda  muvaffaqiyat  tilayman.”,  degan  soʻzlar  bilan  tugallanadi.Abdulla 

Qahhordek  soʻz  san’atkorining  iste’dodli  yoshlar  ijodiga  xayrixohlik  tuygʻusi 

bilan  yoʻgʻrilgan  maktublariga  ehtiyoj  ayniqsa,  bugungi  kunda  koʻproq 

sezilayotganligi sir emas.Shu bois yozuvchilar maktublarini oʻrganish hamisha 

muhim  boʻlib  qolaveradi.Maktub  janri  nafaqat  oʻzbek  adabiyotining,  balki 

jahon memuar adabiyotining ham gultoji boʻlib qoladi.

 

 



 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish