Annotation. This article famous writer and poet of Uzbek literature in the twentieth
century, Hamza Hakimzada Niyaziy's drame of " Paranji sirlaridan bir lavha yohud yallachilar
ishi" be revealed in the theme of family, and family members will talk about the features of
the specific character. Also, some aspects related to other works of the writer in the family
are also explained.
Keyword: family, father, mother, grandfather, grandmother, son, daughter, neighbors,
kinship, tradition.
Sharq xalqi azal-azaldan oila tushunchasiga oʻzgacha mas’uliyat bilan
qaragan. Xususan, oʻzbeklar ham. Chunki oila jamiyatning kichik boʻgʻini va
asosiy negizi hamdir. Oila tushunchasining badiiy asarlardagi talqini
turlichadir. Qaysidir asarda oʻziga toʻq oilaning yashash tarzi tasvirlansa, yana
qaysidir asar kambagʻal oila ahvoli hikoya qilinadi. Oiladagi obrazlar harakteri
bir-biridan tubdan farq qilishi mumkin, ammo, mohiyatan barchasi birgina
tushuncha uchun xizmat qiladi. Bu ham boʻlsa “oila sha’ni” oilaning har bir
boʻlagi u xoh boy boʻlsin, xoh kambagʻal mana shu sha’n uchun javobgar
ekanligi badiiy asarlarning oʻta chuqur burchagiga yashirilgan kichik oʻlchamli,
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
356
katta ahamiyatli ma’nodir. Hamza Hakimzoda Niyoziy qalamiga mansub
“Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi” asarida ham bunday ma’no
yaxshigina yashirilgan. Yozuvchi uni topishni bevosita oʻquvchiga qoldiradi.
Quyidagi maqolamiz orqali oila tushunchasining asardagi talqinini tahlil
qilishga harakat qilamiz. Buning uchun esa oilaning har bir boʻlagiga, ota, ona,
farzand va boshqa qarindoshlarga alohida toʻxtalib oʻtishni joiz deb topdik.
“Ona” obrazi badiiy asarlardagi asosiy obrazlardan biri boʻlib, odatda
farzandi uchun jonini berishga-da tayyor boʻlgan, uning uchun kuyinuvchi
mehribon qiyofada gavdalanadi. Niyoziy ham “Paranji sirlaridan bir lavha yoki
Yallachilar ishi” asarida ona obrazi ustida alohida ishlaydi. Toʻlaxonning onasi
Hojar qirq bir yoshli (shu oʻrinda Toʻlaxonning otasining Yoshi ellik beshda
ekanligi, er-xotin oʻrtasidagi yosh farqi naq oʻn toʻrt yosh ekanligini hisobga
olgan holda oʻsha paytlari qizlarni turmushga berishda bunday farqlanish
ahamiyatga ega boʻlmaganini sezish mumkin, oʻrta boʻy, oq poʻst, qora koʻz,
sodda tabiat bir xotin. Hojar Toʻlaxonni “kenja qizim, falon qizim, oʻksimasin”
deb katta qiladi-yu turmushga berish pallasi yaqinlashganida qizing sevgan
yori kambagʻalgina yigit ekanligini bilib bunga qarshi chiqadi. Ayollarning mol-
davlatga uchishi koʻp uchraydigan holat. Shuning uchun ona xon qizidek toʻkin
hayotda oʻsgan qizini “suprasi chaksa un, tandiri bir bogʻ oʻtin koʻrmagan
gadoyvachcha”ga tegishiga qarshilik qiladi. Qizining oʻjarligi esa shu masalaga
kelganda butun oilaga yoqmay qoladi. shuning uchun “qizni bersang yosh
bergin, oʻzboshimcha qilmasdan” deya qizi kichikligidanoq erga berib
yubormaganiga oʻzini koyiy boshlaydi. Ba’zan ayollar oilada erkaklarga
qaraganda kalta fikrlab koʻp tashvishlarning sababchisiga aylanib qoladi.
masalan, Toʻlaxonning ota Umurzoq qizining bir kuni qochib ketishi mumkin
ekanligi haqida aytganida Hojar oʻzicha “nima? Ogʻzingizni yoping! Molxonaga
sim bilan tortib qoʻyaman, ostonadan oʻligi chiqadi. Javobini berib
yuboravering” deydi. Natijada Umurzoqning koʻngliga kelgan gumoni baribir
amalga oshadi. Hojar bu qarorga kaltafahmlik emas, balki oʻz tajribasidan
oʻtkazgani uchun kelgandir. Chunki asarda aytilishicha u ham yoshligida
357
“oʻldim-kuydim” degan, “besh-oʻn yil yigʻlab oxiri koʻrmagandek” boʻlib ketgan.
Bu ham bir kunini koʻrar. Ishqilib qora boshi omon boʻlsin” . Mana shu joyda
haqiqiy onalik hissi tasodifan boʻy koʻrsatib qoladi. ya’ni haligina “oʻldiraman”
dan boshqasiga oʻtmayotgan ona suhbat soʻngida qiziga achinayotganini,
ishqilib uzoq yashashini xohlashini bildirib qoʻyadi.
Xalqimiz qadimdanoq oʻz or-nomusini har narsadan ustun deb bilgan.
Asarda aytilgan “Murodiga yetmagan erning qaro yerga kirgani ma’qul”, “or-u
nomus oʻlimdan qattiq” naqllari “Maysaraning ishi” da “Er kishining bosh
ekkani-oʻlganidir”, “sher yigitni odam oʻldirmas-nomus oʻldirar”,
“sharmandalik ming oʻlimdan ham yomon” kabi shakllarda uchraydi. E’tibor
berilsa barcha maqolni birgina tushuncha bogʻlab turibdi nomus va oʻlim! Ya’ni
xalqimiz , ayniqsa erkaklar uchun nomus oʻlim bilan barobar tushuncha emas,
balki, undan-da dahshatlidir. Oilada erkaklarning nomusini ayollar, togʻrirogʻi
qiz farzand oʻz yelkalarida koʻtarib yurishi ham oʻzbek xalqining qon-qoniga
singgan tushuncha. Shu boisdan ham oilada qizning taqdiri erkaklar, oila boshi
sanalmish ota va aka yoki ukalar tomonidan hal etiladi. Toʻlaxon va xolasi
Hayidjonning suhbatida Hayidjon qizga yoki oʻzingning biron muddaong
bormi, men senga begona emasman, xolang boʻlgandan keyin buving
oʻrnidaman, menga aytmasang kimga aytasan, jon qizimdeganidan keyin
Toʻlaxon hasrat bilan mening aytganim boʻlarmidi, deyishida ham jon bor. Xola
oʻzi buviga qiyoslash orqali buvining oilada qizlar uchun asosiy yupanch
boʻlishi, ularni qoʻllab-quvvatlovchi ekanligiga ishora qilingan. Chunki buvi bu
oila boshi otaning onasi. Shuning uchun oʻgʻil sifatida onasining aytganini
qiladi. Buvilar esa “danagidan magʻzi shirin” deb nabiralarini avaylaydi,
ularning xohishini amalga oshirishga urinadilar. Lekin ming afsuski
Toʻlaxonning buvisi yoʻq. unaga “buving oʻrnidaman” deya da’vo qilayotgan
xola ham uning xohshiga quloq tutish niyatida emas. Ularning suhbatidan ;
Do'stlaringiz bilan baham: |