Keywords: philosophical, consistency, unexpected culmination, brevity, characteristic
approach, sincerity, tradition.
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
349
Ijodkor koʻngil kishisi. U ogʻirdan-da ogʻir kiprigini koʻngil siyohiga
botirib asarlar yozadi. Ijodkor choʻgʻ bilan, olov bilan yozadi. Qogʻoz yonmasa,
unga qoʻshilib qalb yonmasa, vujud yonmasa u yozganlarini gʻijimlaydi-da bir
chetga uloqtiradi. Aslida har bir uloqtirilgan sahifalarda yangi bir qalb nolasi,
yonish uchun asos boʻladi. Inson zoti borki, soʻz shaydosi, adabiyotga tashna.
Shunday tashnalik kezlarida yaxshi she’rmi, hikoyami, biror badiiy asarnimi
oʻqishga oʻzimizda ehtiyoj sezamiz. Oʻylanamiz kimga, qaysi ijodkorga murojat
qilsam ekan deb. Avvallari Isajon Sulton desa bir nima deyishga oʻylanardim.
Qarashlarim boshqacha edi. Balki asarlari, hikoyalari bilan toʻliq tanishib
chiqmaganim boisdir. Bugun men mana shu adabiyotga tashnalik kunlarimda
taniqli va iste’doli, qalami oʻtkir ijodkor Isajon Sultonning hikoyalariga murojat
qildim. Quyida bu ijodkorning hikoyalari haqida anglaganlarimni siz bilan
oʻrtoqlashmoqchiman.
Men anglagan ijodkor nafaqat yaxshi yozuvchi, balki mohir tarjimon ham
ekan!
Bugun Isajon Sultonning “Qismat”, “Ayriliq”, “Bogʻi Eram”, “Farishta”,
“Qoʻriqchi”, “Oydinbuloq”, “Ozor”, “Qoʻriqchi”, “Shamolli kecha” va bir qancha
hikoyalari oʻz oʻquvchilarini topib ulgurgan, hatto xalqaro mukofotlarga ham
sazovor boʻlgan. 2011-yil adibning “Qismat” hikoyasi AQSHning Chikago
shahrida oʻtkazilgan xalqaro adabiy konkursda gʻolib deb topilishi bu nafaqat
adibning, balki oʻzbek adabiyotining yana bir yutugʻi desak yanglishmagan
boʻlamiz. Dastlab adibding aynan shu “Qismat” hikoyasi haqida fikrlarimni
bayon etsam.
Xalqimizda “Otang oʻtirgan uyning tomiga chiqma”, “Ona qargʻishi doʻq,
ota qargʻishi oʻq”, - degan bir qancha maqollar bor. S hu oʻrinda:
“Ota qargʻishidir olmos,
Gar tegsa yiqitmay qolmas,
Olloh ham panohga olmas,
Otasini yigʻlatganni”, - degan qoʻshiq yodimga tushdi. Nega bu misollarni
keltiryapti, dersiz. Sababi shuki, bu hikoya qahramonlarini bir shaxs-ota
350
birlashtirib turadi. Voqealar rivoji ham aynan otaga borib taqaladi. Ota hamisha
aziz, soʻzi-soʻz, gapi gap. U oila boshligʻi. Asarda otaning bosh qahramonligi
balki shuning uchundir. Ammo bu hikoyada otaning fe’l-atvoridagi qusurlar,
otaning ayoliga, farzandlarini nisbatan qilgan adolatsizligi, mehrsizligi, zugʻumi
haqida soʻz yuritiladi. Hikoyada tabiat tasviri, oʻxshatishlar oʻz oʻrnida
qoʻllangan. Asosiysi tasvirda yolgʻon yoʻq. Oddiy bir qishloqdagi oʻzbekning
hovlisi. Bunda oʻzbek harakteri ham ochib berilgan. Nonning muqadasligi,
uning ushogʻi, ham nonligi, onalarimiz uni erkalab ogʻzimizga solishlari roʻyi-
rost.
Ijodkorning oʻziga xos uslubi bor. Hikoyalarida diologlar kamdan kam
holatda uchraydi. Adib har bir qahramonini, har bir detalni gapirtirishga
urinadi. Har biri oʻz tilidan gapiradi. Yana hammani birlashtirib turadigan narsa
bu –baliq. Kichik oʻgʻil ham, katta oʻgʻil ham, oʻrtancha oʻgʻil ham baliqni
oʻzlarining siri deb biladi. Oʻzlaricha u bilan suhbatlashadi. Onaning koʻziga
oʻsha baliq davoligi ayon boʻladi. Ota –baliq boʻlib tirilgani haqida bilishadi. Uni
onaga qovurib berishadi. Ayanchlisi katta oʻgʻil otasini kuyishidan rohatlanadi.
Bor dardini toʻkib soladi. Onasiga bergan azoblari, kaltaklaganlari, Ogʻliga
ketmon otganda yelkasining oʻpirilganligi, bola boʻlib erkalanolmaganligi, otam
bor deb kerilolmaganligi bir umr qoʻrqib yashaganligi, bir gal ukasini tomga
otib yuborgani, olib kelganini “Ma, pishirib ye, zaharingga ” deb otganlari
hamma –hammasini eslaydi. Otasining jizzillab yonayotganidan , azoblar,
qiynoqlar tugaganidan quvonadi. Otaning harakteri bir qarashda Said
Ahmadning “Ufq boʻsagʻasida” nomli asari qahramoni Inoyat oqsaqolni
eslatadi. Uning farzanga nisbatan mehrsizligi, qahr-gʻazabi,ziqnaligi,oʻzini deb
yashashi har ikki qahramonning oʻxshashliklaridir ehtimol. Isajon Sulton
hikoyalarida animizm yaqqol sezilib turadi. Bunday holatlar deyarli Har bir
hikoyadi uchraydi. Masalan:
“Farishta” hikoyasida –Farishta, “Oydinbuloq”da-Parizod, “Ozor”da –it
egasi, “ Shamolli kecha” da-jin, jodugar… “Qismat” hikoyasida kichik oʻgʻil
baliqni pishirganida achinadi, yigʻlaydi. Sababi, u baliqning katta boʻlishi,
351
haqiqiy tilla baliqqa aylanishini kutib, unga tilaklarini aytmoqchi edi. Shu
oʻrinda oʻylayman: Bola tilla baliqdan nimani soʻraga boʻlardi? Menimcha har
bir bola pok qalbi, begʻubor koʻngli bilan otasini qaytishini , qaytganda ham
mehribon, uni, onasini, akalarini urmaydigan, erkalatadigan otasini qaytib
kelishi, onasini koʻzlari tuzalishi va baxtli hayot kechirishini soʻragan boʻlardi.
Ammo ota jazosini oldi. Chunki otasi ichib kelganda doʻpposlagan, otasi esa
yiqilgan, yiqilganda boʻyraning choʻpi kirib ketgan, otasi uni “qamishday
qurigin, iloyo” deb qargʻagandi. Oxir shunday ham boʻldi. Ota iymoni uchun
kurashdi, ogʻil esa halovati uchun. “Otangga ne qilsang bolangdan tortasan” deb
bejiz aytishmagan. Xulosa qilib aytganda ota hamisha quyosh, hamisha nur
taratishi, mehr ulashishi kerak. U oʻzida ulugʻvorlikni, oqkoʻngillikni nomoyon
eta olishi, ayoli, farzandlari suyana oladigan boʻlishi kerak!
Yana shunisi ahamiyatliki, Isajon Sulton hikoyalari xalqchilligi bilan,
xalqona ohanglar uygʻunligibilan, hikoyalari orqali millatning, xalqning
turmushi, oʻru-oʻylarini, koʻngil kechinmalarini ishonarli ifodalashi bilan
boshqalardan farq qiladi.
“Ayriliq” hikoyasida ham e’tiborimni tortgan jihatlar koʻp boʻldi.
“- Ochigʻi, chor tarixini yaxshi bilmayman-deb tan oladi Osobist-oʻzim bir
kambagʻal oila farzandiman.
- Bilish kerak, – deydi Katta- bilib ol , Osobist” mana shu birgina “bilish
kerak” degani tarixsiz kelajak yoʻq ekanligini anglatish, har bir millat vakili boy
boʻladimi, kambagʻal boʻladimi tarixni bilish uning yelkasidagi mas’uliyatni
anglatmayaptimi?!
Yana shunisi ham ahamiyatliki chegara ham, ayriliq ham, cheklovlar
ham, zugʻum ham xalqqa xos urf-odat, an’ana, mehr-muhabbat, oqibat, ona yer,
ona tuproq tushunchasini yoʻq qila olmasligi, iymoniga, vijdoniga sodiq,
xudosiga ishongan har qanday millat har qachon, har qanday kurashda oʻzib
chiqishini koʻrishimiz mumkin.
“Ayriliq, ayriliq, omon ayriliq
Do'stlaringiz bilan baham: |