Annotation. This article analyzes Albert Camus’s views on the “absurd” and the essay
“The Legend of Sisyphus”. And in this work, the concepts of “absurdity” and “rebellion” are
discussed, as well as the understanding of man’s place in the world and in life.
Keywords: modernism, existentialism, ugliness, absurd image, meaninglessness, existence.
Fransuz yozuvchisi va faylasufi Albert Kamyu (1913–1960) oʻtgan
asrning 50-yillarida jahon intelligensiyasi tafakkuri va dunyoqarashiga kata
ta’sir koʻrsatgan ijodkorlardan sanaladi. Zamondoshlar iunga “Gʻarb vijdoni”
degan sharafli nom bergandilar. Albert Kamyu 1913-yilning 7-noyabrida
Jazoirda yashovchi fransuz oilasida dunyoga keldi.Yosh Albert shu yerdagi
boshlangʻich maktabda savodini chiqardi. A’lo oʻqigani uchun u maktab
ma’muriyati yoʻllanmasi bilan litseyga oʻqishga qabul qilindi. Biroq, sil kasaliga
chalinib, bir muddat kasalxonada yotib davolandi. Baxtga qarshi bukasallik
umrining oxiriga qadar undan arimadi, adibning ruhiy holatiga jiddiy ta’sir
koʻrsatib, hayoti va ijodida salbiy holatlar tugʻdirdi. 1932–1937 yillar Kamyu
Jazoir universitetining falsafa fakultetida tehsil oldi. Bu yillarda u Andre Jid, F.
M. Dostoevskiy, F. Nitsshe asarlarini kata qiziqish bilan mutolaa qiladi. 1936-
yil Kamyu “Neoplatonizm va xristianlik ta’limoti” mavzusida magistrlik
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
340
dissertatsiyasini himoya qiladi. Dissertatsiya mazmunida Platon falsafasining
Avrelie Avgustin teologik falsafasi va diniy ta’limotiga ta’siri xususida fikr
yuritilga nedi. Shundan soʻng, u S. Kerkegor, L. Shestov, M. Xaydegger va K.
Yaspersning ekzistensializm falsafasini qunt bilan oʻrganishga kirishadi. Ayni
paytda davrining mashhur yozuvchisi Andre Malro prozasining tub mohiyatini
ifodalovchi “hayotning absurdligi” gʻoyasini oʻrganish bilan mashgʻul boʻlib, oʻzi
ham shu mavzuga yaqin “Baxtli oʻlim” nomli ilk qissasini yozadi.
1942 yili adibning “absurd haqida essesi” – “Sizif haqida afsona” asari
nashr etildi. Bu asarida Kamyu oʻlim haqidagi fikr-mulohazalarini, ya’ni oʻz-
oʻzidan begonalashib ketish, voqelikni bilib boʻlmaslik, yashash ma’nosini
anglashning mumkin emasligi, erkinlikning yagona manbai sifatida absurdni
koʻrsatish xususidagi mushohadalarini bir joyga toʻplarkan, absurd dunyoning
bosh qahramoni roliga afsonaviy Sizifni tanlaydi. Sizifning ter toʻkib
bajarayotgan ishi bema’ni, bemaqsad, ma’budlar amri bilan u xarsangtoshni
choʻqqiga koʻtarib chiqqanida tosh yana pastga qarab qulaydi va hammasini
yangidan boshlashini u yaxshi biladi. Yana shuni biladiki – u choʻqqiga
chiqqudek boʻlsa ma’budlardan ham yuqorilaydi, taqdir ustidan gʻalaba qiladi,
demak, toshni koʻtarish uning azaliy ishi va maqsadiga aylanadi. Shuni
bilishning oʻzi kifoya, buni anglash erkinlikni kafolatlaydi. San’at asari ham
absurd dunyoga mansubdir, biroq ijod jarayoni xaos qoplagan dunyoda es-
hush, eng muhimi tafakkurni saqlab qolishga, aqlni yoʻqotmaslikkai mkon
beradi.Shu asnoda Kamyu ijodida romantic ruhdagi optimizmning yana bir
manbai – san’at paydo boʻladi. U tomonidan yuksak qadrlangan, munosib
baholangan fransuz romani taqdirni yengish, taqdir zarbalariga bardosh
beruvchi qudratli kuch sifatida namoyon boʻladi. Muallif romanning badiiy
makoni va zamonida taqdirni “shakl”ga soladi, uni “san’at qoida” lari asosida
quradi. Bu xususiyat shak-shubhaga oʻrin qoldirmaydi, shuning uchun ham u
badiiy adabiyotda azaldan mavjuddir. Kamyuning oʻzi ham klassik an’analarga
sodiq qolish, ularga rioya qilishdek yuksak xislatlarni saqlashga harakat qilgan.
Qahr-gʻazabga toʻlgan ma’budlar Sizifni bema’ni va maqsadsiz ishni bajarishga
341
mahkum etdilar. Bu bilan ularda bema’ni, foydasiz va umidsiz mehnatdan
dahshatliroq, shafqatsizroq jazo yoʻq, degan tushuncha paydo boʻldi. Kamyu
esa ushbu afsonaning qahramonini absurd odam deb hisoblarkan: “U oʻzining
olijanob va qabih his-tuygʻularida ham, azob-uqubatida ham oʻzgarmaydi,
absurdligicha qoladi”, deb yozadi. Sizif yerdagi hayoti, jilovlanmagan
ehtiroslari, xudolarga boʻysunmagani va dunyoni chindan sevgani uchun
jazoga mahkum etilgan. Qahramonning qisqa vaqt toʻxtab, tin olish payti, ya’ni
poyoni yoʻq azob-uqubatlardan bir daqiqa boʻlsa-da, kutilgan holati
qiziqarlidir. Aynan shu dam Sizif hushiga keladi, unga his-tuygʻulari yana
qaytadi. Yoki tosh qaytadan pastga yumalayotganda, mehnatdan bir zum forigʻ
boʻlgan Sizif bema’ni mehnatidan qutilganini his etib, oʻzini erkin va ozod
sezadi, hatto baxtli odamdek quvonadi ham. Afsonaning fojiaviyligi Sizifning
ongli ravishda bema’ni ishni bajarayotganida, abadul-abad toshni koʻtarishga
mahkum etilganligini anglashida asoslangan, desak toʻgʻriroq boʻladi. Kamyu
zamonaviy odam hayotini ushbu afsona bilan taqqoslarkan, hayot fojiali va
koʻp jihatdan bema’ni deb hisoblaydi. Odamlarning xatti-harakati, yashash
uchun kurash olib borishlari charxpalak aylanishiga oʻxshaydi, bir zaylda
kechadi va hech qanday foyda keltirmaydi. Qahramonning aqli rasoligi, es-
hushi joyidaligi, ongi aniq-ravshanligi taqdir ustidan gʻalaba qozonadi va azob-
uqubatlarni xursandchilikka, shod-xurramlikka aylantiradi. Bu baxt Sizif chin
qalbdan sevgan goʻzal dunyo va shirin hayot haqidagi xotirada mujassam
boʻlarkan, uning yuragi “choʻqqiga chiqish uchun kurash” bilan toʻlib-toshgan.
Kamyu fikricha, Sizifni baxtli odamdek tasavvur qilish lozim. Shubhasiz, Kamyu
qadim yunon mifologiyasidan olingan mashhur afsonaga yangi hayot
bagʻishlaydi. Sizifning ishi zamonaviy insonlar mehnati bilan bir xil ekanligi
xususidagi fikrni radetib boʻlmaydi. Koʻp odamlar yangilik yaratmaydilar,
kashfiyot va ixtiro qilmaydilar, faqat bir zayldagi xarakatlardan iborat
yumushini kundan kunga bajaraveradilar. Sizifning baxti shundaki, u bir
qarashda bema’ni va befoyda boʻlib koʻringan ishida oʻzicha ma’noni koʻradi.
Albert Kamyu asarlari va falsafasi xususida aniq bir tasavvur hosil qilish oson
342
emas, chunki uning adabiy va falsafiy asarlarida bayon etilgan qarashlarni har
xil alpozda, turlicha talqin qilish imkoniyatiga ega boʻlamiz. Ayni paytda ushbu
falsafaning oʻziga xos xususiyati, yoʻnalishi va muammolar majmui tarixchi va
faylasuflarga uni ekzistensializmning bir koʻrinishi sifatida baholashga zamin
yaratdi. Haqiqatdan ham, Kamyu dunyoqarashi va ijodida Gʻarb falsafasi asrlar
osha bosib oʻtgan yoʻlning oʻziga xos xususiyatlari namoyon boʻldi. Kamyu
dunyo, umuman ob’ektiv voqelikning realligidan shubhalanmagan, uning
tadrijiy rivojlanishi, toʻxtovsiz harakatlanishi muhimligini anglab yetgan. Uning
fikricha, dunyo aql-idrokka asoslanib qurilmagan, u xaotik. Dunyo insonga
nisbatan shafqatsiz. Adovat ruhi bilan sugʻorilgan dunyo insonga doimo tahdid
solib turadi. Bu adovatli, shafqatsiz, tajovuzkor dunyo ming asrlar oshib
bizgacha yetib keldi. Bu dunyo haqida biz bilganimizni ishonarli deb boʻlmaydi;
toʻplagan bilimimiz yetarlicha asosga ega emas, tajribada isbotlanmagan.
Dunyo har doim koʻz oʻngimizdan gʻoyib boʻladi, tutqich bermaydi, oʻzgarib
turadi. Hayot, ob’ektiv borliq xususidagi tasavvurida Kamyu “borliq oʻzini faqat
shakllanishida namoyon qilishi mumkin, shakllanish esa mavjudliksiz, real
tarzda borliqsiz hech narsa, yoʻq narsa”, degan aqidaga asoslanadi.Yozuvchi
fikricha, borliq ongda aksetadi, lekin “inson aql-idroki, orzu-umidlar olamida
harakatlanmaguncha oʻzining toʻliq ifodasini topmaydi. Agarda u uygʻonsa,
hamma narsa oʻzaro uygʻunlashib ketib, yaxlit holga keladi, muayyan tartibga
tushadi. Agarda tashqaridan biron bir tahdid kelsa, xavf-xatar tugʻilsa,
ushbudunyoparchalanib,
xuddioynakabisinib,
minglabboʻlaklargaboʻlinibketishimumkin. Undan keyin insonning dunyoni
bilish qobiliyati, aqli-zakovati uchun behisob yaltirab turuvchi siniq oyna
parchalari qoladi. Uni terib olish esa inson aqliga bogʻliq”. Kamyu shu tariqa
dunyoni oʻzgartirishning yagona manbai deb bilishni koʻrsatadi, ayni paytda,
bilimdan oʻylamasdan, bema’no foydalanmaslikka undaydi. Kamyu ilm-fan
dunyo va inson xususidagi bilimlarimizni chuqurlashtiradi va kengaytiradi
deguvchi purma’no fikrga qoʻshiladi, lekin bu bilimlar hali yetarlicha
mukammal emasligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, ilm-fan bugungi kungacha
343
ham eng muhim, eng dolzarb, ya’ni hayot ma’nosi, dunyo mavjudligining
maqsadi, butun borliq, ya’ni oʻsimlik va hayvonot, umuman tirik organizmning
yashash ma’nosi haqidagi savolgajavob berolmaydi. Odamlar bu dunyoga, bu
tarixga tasodifan tushib qolishgan. Ular oʻlimga mahkum etilgan va hayot koʻz
oʻngimizda goʻyo absurd dunyodagi bema’ni harakat, yashash uchun
kurashdek namoyon boʻladi. Ushbu adovatli, tajovuzkor, sovuq va issiq, zulmat
va yorugʻ, mashriq va magʻrib, shams va qamar, hayot va oʻlimdan iborat
dunyoda Inson nima qilmogʻI lozim? Kamyu bizni bu savolga kechiktirmay
javob topishga chorlaydi. Avvalambor, inson “hayot nima, u yashab oʻtishga
arziydimi, umuman yashash, hayot kechirishda ma’no bormi, yoʻqmi?”,
deguvchi murakkab bir savolga javob berishi lozim. Falsafaning ushbu bama’ni
savoliga javob topish – oʻta murakkab falsafiy muammoni yechish demakdir.
Kamyu fikricha, “qolgan barcha narsa… ikkinchi darajalidir. Yashashga intilish,
toʻlaqonli hayot kechirish uchun tirishish, insonning dunyoga boʻlgan mehr-
muhabbati bilan oʻlchanadi, “ushbu muhabbatda dunyodagi jamiki azob-
uqubat, jabr-ujafo, qiynoq va sitamlardan kuchliroq narsa mujassam”dir”.
Dunyoviy muhabbat insonga hayotni sevish va hayot oʻrtasidagi tafovutni,
kelishmovchilikni yengib oʻtishga imkon beradi. Garchi ushbu tafovut ustunlik
qilgudek boʻlsa, dunyoda absurd hukmronlik qiladi. Insonga Benazir aql-
uzakovat, zehn, tafakkur, eng muhimi, ong va til berilganki, u dunyoni muayyan
tartibga solishi, ezgulik va yovuzlik xususidagi tushuncha va tasavvuriga mos
ravishda uni oʻzgartirishi lozim. Albert Kamyu yashash bu – absurdni chuqur
va keng tadqiq qilish, unga qarshi isyon koʻtarish, deb hisoblaydi. Aqlimni ishga
solib, oʻlimga itoatkorona boʻysunish qoidasini yashash qoidasiga
aylantiraman va oʻz jonimga qasd qilishni rad etaman”. Yozuvchi fikricha, inson
tanlash huquqiga ega: yo oʻz davriga moslashib yashash yo uni oʻjarona rad
etgan holda qarshi kurashish, lekin davr bilan bitim tuzishi ham mumkin.
Keyingisida “oʻz davrida yashab abadiyatga ishonish” tamoyili ustun turadi.
Qiziq holat, abadiyatga ishonish Kamyuga unchalik ham xush kelmaydi. Uning
fikricha, dunyodagi absurddan, ya’ni dunyo bema’niligidan azaliy va abadiy
344
qadriyatlarga e’tiqod qilish, kundalik hayot illyuziyasiga shoʻngʻib ketish yoxud
birorta gʻoyaga ergashib yashirinish, boshqacha aytganda, absurd bosimini
tafakkur yordamida pasaytirish mumkin.
Kamyu esselari va asarlarida xuddi Kafka kabi hayotning, dunyoning
absurd va ma’nosiz ekanligini ta’kidlaydi, ana shu ma’nosizlik va absurdni
tahlil qilishga kirishadi. Adib uchun hayotning ma’nosizligi, dunyoning
absurdligi bor haqiqat. Har qanday odam bu haqiqatni tan olishi, anglashi
kerak. Bu falsafaning birinchi masalasidir. Uni hal qilmay turib, deydi adib,
falsafaning boshqa masalalarini hal qilib boʻlmaydi. Dunyo boshidanoq absurd
boʻlgan va absurdligicha davom etayapti. Absurd sharoitida insonning
mavjudligi tan olinmaydi, u mavjud deb hisoblanmaydi. Qismatning eng katta
adolaltsizligi ham ana shunda. Hayot azaldan shunday qurilgan va bundan
keyin ham shunday davom etadi. Sizif tepalikka toshni dumalatib chiqishga
mahkum etilgan.Bu yerda u mavjud emas, aksincha uning peshonasiga bitilgan
taqdir bitigi mavjud, xolos. Tosh yana pastga dumalab tushaveradi. Sizif yana
toshni tepaga dumalatib chiqaveradi. Uning toshni dumalatib chiqishida hech
qanday ma’no yoʻq. Ma’budlar uning qismatiga ana shu azaliy taqdirni abadiyat
qadar bitib qoʻyishgan.Bu dumalatishdan ma’no izlashning oʻzi ma’nosizlikdir.
Ammo Kamyuning fikricha, absurdni ana shu xulosa bilan toʻxtatib
qoʻyilsa, bu absurd falsafasining, dunyoni anglashning notugalligini, absurdga
va taqdirga qul boʻlganlikni bildiradi. Absurdga boʻysunish, unga bosh egish –
insonning eng katta fojiasidir. Absurdni yengish uchun unga isyon qilish, ya’ni
uning mohiyatini anglash, inson oʻzining kimligini anglashi kerak
boʻladi.Kamyu Sizif tepalikka tosh dumalatib chiqishi taqdiri ekanini bilgach va
uni anglagach, absurdning eng muhim bosqichi boshlanadi, Sizifning tepalikka
tosh dumalatib chiqishga mahkumligini anglashi esa uning absurddagi birinchi
isyonidir, bu holat oʻzining mavjud ekanini isbotlashga hozirlanishdir deydi. Bu
isyon odamning olam va hayotda tutgan oʻz oʻrnini anglashidir. Ana shu
anglashdan soʻnggina endi toshni dumalatib chiqishdan zavq olish, uni ijodiy
shavqqa va hayotiy quvvatga toʻldirish, ya’ni qismat ma’nisizligini ma’noga,
345
mavjudsizlikni mavjudlikka aylantirish davri boshlanadi.Sizif oʻzining
mahkumligini oʻzgartirolmaydi, uning uchun boshqa yoʻl yoʻq, ammo unda
taqdirining peshonasiga bitilganiga qasdma-qasd oʻz hayol va tasavvurlari,
orzu-umidlari, zavq-shavqlari, mavjudligini bildirishga urinishlari bilan
toʻldirish imkoniyati bor. Sizif toshni tepaga dumalatib chiqar ekan, endi unda
shu dumalatishdan oʻzini, menini anglash va bu dumalatishni oʻzining
foydasiga hal qilish, Kamyu tili bilan aytganda, mahkumlikni ijodga aylantirish,
ya’ni toshni tepalikka oʻzi xohlaganday, oʻzining mavjudligini bildirib, oʻzi
tanlagan usul va uslubda dumalatib chiqish imkoni bor.
Yashash uchun kurash – bu oʻzi uchun yaratilgan hayotni va dunyoni
aqli, tafakkuri bilan tartibga solish, oʻzining mavjudligini isbotlash degani,
mavjudligini isbotlash esa azaliy hayot tartiblariga isyonni anglatadi. «Men
mavjudligimni isbotlash uchun isyon qilaman!» – deydiKamyu. Chunki bu
harakat bilan inson qarshisidagi abadiy ma’nisizlikni oʻziga boʻysundirishga
kirishadi, boshqacha aytganda, unga ma’no va mavjudlik bagʻishlashga oʻtadi.
Absurdni anglab, uni oʻzgartirish, unga oʻzgacha tartiblar berish uchun qilingan
har bir harakat isyondir, isyon esa ijoddir deydi adib.Bu erda adib isyon
ma’nosini keskin ajratib tahlil qilishga kirishadi.Adib nazarida shu paytgacha
odam odamga, eziluvchi ezuvchiga qarshi qilgan isyoni, bu haqiqiy isyon emas,
absurd isyon odamga qarshi qaratilmaydi, bu isyonda odam oʻldirishga dav’at
qilinmaydi.Shu sababli insoniyat boshidan kechirgan isyonlar, bugun inqilob
deb atalayotgan harakatlarning absurd isyoniga aloqasi yoʻq, bular shunchaki
qoʻzgʻolon yoki toʻntarishlardir.Haqiqiy isyon insonning oʻz mohiyatini
oʻzgartirish sari, oʻzgartirish yoʻlida qilgan botiniy isyonidir.Shu isyon haqiqiy
inqilobdir. Isyon deb atashayotganlarining qolgan jami xunrezlikdan boshqa
narsa emas. Inson oʻz mohiyatini oʻzgartirishga, oʻz «meni»ni izlab topishga,
«men»ini isbotlashga, uni kamol toptirishga kirishar ekan, oʻz hayotiga va
taqdiriga ma’no kirita boshlagan boʻladi, bu esa mavjudligini isbotlashga
urinish hamda absurd mohiyatiga isyondir.
346
Kamyu esselarida yashash bu absurdni tadqiq va tahlil qilish, unga
qarshi kurashish deganidir deya adabiy va falsafiy kredosini qat’iylashtiradi.
«Men absurdni uchta holatga – erkimga, isyonimga va zavqimga
aylantiraman», – deydi Kamyu. Absurdning bosimini odam oʻz tafakkuri,
harakati va ishonchi bilan yengishi mumkin. Oʻzining absurd hayotidan ustun
kelib, absurdni yengganlarni adib «gʻoliblar» (muzaffarlar) deb ataydi. Oʻz
absurdidan ustun kelganlar va uni yengganlar – gʻoliblar Kamyu uchun inson
degan nomga har tomonlama munosibdir. «Gʻoliblar» shunisi bilan tahsinga
sazovorki, ular hayotlarining ma’nosizlikka mahkum ekanini bilishadi va buni
yashirib oʻtirishmaydi, ammo shu ma’nosizlikni erkinlik va ijodiy shavq
manbaiga aylantira oladi. Bunday odamlar absurd hayotdan baland
koʻtarilolgan alohida shaxslardir. «Oʻzining isyonga boʻlgan botiniy ehtiyojini
qondirish uchun u talab qilayotgan birdan-bir narsa – barcha zaruriy narsalar
bilan birga pirovardida goʻzallikka va tenglikka olib boradigan turmush
asoslarini bunyod qilishdir. Har qanday tarixni inkor qilish mumkin, biroq,
baribir, oʻsha inkor qilingan joyda oʻzimiz yashashimizga toʻgʻri keladi», – deydi
Kamyu. Adib bu xil qarashlari bilan Sharq tasavvuf falsafasiga juda yaqin keladi
va xulosalaridan talay umumiyliklar kelib chiqadi. Kamyuning oʻz taqdiri va
qismatidan gʻolib kelgan odam tushunchasi tasavvufdagi komil inson
tushunchasiga ancha yaqin. Toʻgʻri, tasavvufdagi komillik ilohiy e’tiqod bilan
bogʻliq. Kamyu esa absurdni insonning mohiyati bilan bogʻlaydi, ammo
xulosada bu ikki qarash bir-biriga uygʻun keladi.
Kamyuning nazarida absurdni yengishning, inson mavjudligini
isbotlashning eng maqbul yoʻli ijoddir. Faqat ijodgina absurdning –
ma’nosizlikning qiyofasini va mohiyatini oʻzgartiradi, unga ma’no bagʻishlay
oladi. Ijodda odam mavjud absurd dunyoga qasdma-qasd tarzda oʻzining
dunyosini yaratadi, unga oʻzi istaganday qonunlar kiritadi, bu dunyodagi
tartiblarni oʻzi bitadi, tanlash imkoniga ega boʻladi, hayotiga goʻzallik va nafosat
bagʻishlay oladi. Shu sababli ham absurd ijod isyonlar ichidagi eng katta va
mukammal isyondir. Ijod qilish bu dunyoni oʻzi istaganday koʻrish va uni oʻzi
347
istaganday bekami-koʻst yaratishga, oʻzining mavjudligini isbotlashga
urinishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |