352
Baxshining bu qoʻshigʻi odatda toʻylarda aytilardi. Ammo u buni azada,
oqsoqolning azasida kuyladi. Sabab nima? Nima uchun shunday?
Oʻylaymanki, baxshi bu qoʻshigʻi bilan xalqni uygʻotishga urinyapti. Agar
oʻzlikdan, millatdan, milliy gʻururdan ayrilsak, bu oʻlimdan ogʻir, ey turk
eli,uygʻoning, oʻzlikni , erkni yovga bermang deyotgandek nazarimda. Ijodkor
baxshining bu qoʻshigʻi keyinchalik butun turkiy xalqlar qoʻshigʻiga aylanib
ketdi, deydi. Sababi har birining dardi bir edi, ularning jon tomiri, ildizi , suv
ichgan irmoqlari bir edi. Bu xalqlar bir biridan suv ichar edi.
Adib har bir predmetni jonlantirishga, huddi odamlardek soʻzlatishga
qodir. Odatda kuchuk vovulllaydi. Ammo bu “Ozor ” hikoyasida kuchuk
odamlardek soʻzlaydi. Toʻgʻri ining soʻzlarini , gaplarini oʻsha voqeada ishtirok
etayotgan kishilar tushunmas, ammo oʻquvchilar anglab yetadi. Kuchuk-
sadoqat timsoli. Bu keng yoritilgan mavzu. Bir qarashda u Erkin Vohidovning
“Vafo” she’rini yodga soladi:
“Otasidan ayrilsa agar,
Buncha kuymas odam bolasi.
Yolgʻon edi kechagi yigʻilar,
Rost edi shu itning nolasi”
Ammo bu hikoya voqea qamrovining kengligi, qahramonlar harakteri
bilan ajralib turadi. Bu hikoyada peyzaj ham jonli tasvirlangan. Hikoyada
kuchukni quturgan deb gumon qilishadi. Balki kuchuk egasiga nisbatan
odamlarning mehrsizligi, sadoqatsizligi, saxtaligidan quturgandir.
“Otang seni oʻn yeti yil boqqan edi. Lekin otangdan yuz chandonini qilib
qoʻygan xoʻjangga qaramading”, - bu kuchuk tilidan uy bekasiga aytilgan gaplar
edi. Ota bilan erning boqishini tenglab boʻlarmikan? Xalqimizda:” ota uyidagi
qattiq non podsho dasturxonidagi obi nondan afzal “, - degan gap bor. Balki
ijodkor bu fikri bilan ayolning qay darajada e’tiborsizligi, mehrsizligi,
vafosizligini anglatmoqchi boʻlgandir. Shuning uchun qoʻllagandir bu jumlani.
Sadoqat shunday narsaki u murdani tiriltirishga qodir, - deyish mumkin.
Yor-birodarlar kuchukni otishmoqchi boʻlganda , egasi kuchuk koʻziga
353
koʻrinadi va uni oʻz yoniga chorlaydi. Isajon Sulton hikoyalarida shaxsiy
an’anaviylik bor. Bunda ham har bir qahramon oʻz nomidan soʻzlaydi. Bu
hikoyalarining br-biriga oʻxshash va boshqa ijodkorlardan farqli jihatidir. Bu
hikoyada yana inson harakteridagi qusurlar, oʻlgandan keyin e’zozlash,
yasamalik, soxtalik ham alohida takidlangan.
Sadoqatni his etish uchun sadoqatli boʻlish kerak emasmi? Insonning
sadoqatli boʻlmagani bu kuchukning aybi emas. Ular kuchukni oʻtib oʻldirish
barobarida sadoqatni otdi, mayidning dunyosi bilan tiriklik bogʻlanib turgan
ipni uzdi. Ular sadoqatni oʻldirdi. Qabrga qalblaridek tosh oʻrnatdi…
Adibning har bior asari xalqchil, dardchil. Ularning tag zamirida chuqur
falsafa bor . Uni anglab yetish uchun yaxshi ustoz yoki kuchli bilim kerak
boʻladi. Asosiysi adibning takrorlanmas oʻz uslubi, oʻz “men”i bor.
“Shamolli kecha” hikoyasiga toʻxtaladigan boʻlsak, u qishloq hayotini,
bolalikni, bolaning koʻngil kechinmalari, bola psixologiyasini yaqqol nomoyon
etgan hikoya, deyish mumkin. “Sandallar ustida qurutlar, turshaklar, vassalarga
behi, olma, anor, uzum boshlari osilgan…”.
“Ota dalada. Bola mol-holga qarab, oʻtinlarni maydaladi. Qizaloq katta
qozonga suv isitib tandirdagi kuldan qoʻshibkir yuvdi. ” Bunday tasvir faqatgina
qishloqda boʻladi. Shuningdek, bolalikdagi oʻyinlar, bala harakteridagi dev,
pari, jinlarga, afsonalarga ishonuvchanlik, maqtanchoqlik, bolalarcha gʻurur
ham e’tibordan chetta qolmaydi.
Qoʻrqinch tasviri…Bu beixtiyor Abdulla Qahhorning “Daxshat”
hikoyasini eslatadi. Insonda sevinch, shodlik har-xil boʻlishi mumkin, ammo
qoʻrquv bir xil boʻladi. Qoʻrquvdagi dil kechinmalari oʻxshash boʻladi. Asardagi
bu holat oʻquvchiga ham koʻchadi. Bir lahxa boʻlsada voqea ichiga kiradi. Aka –
singil bilan shalolli koʻchada yuguradi. Aka singlisining chaqiriqlariga e’tabor
bermaganda oʻquvchi ham akani birgalikda chaqiradi. Buvilar, onalar nutqida
oʻxshashlik uchraydi. Balki bu onaning, ayol zotining qalb kechinmalari
oʻxshashligidan dalolar, desak yanglishmaymiz menimcha. Hikoya “Moboda
topgan taqdirda ham … qay ahvolda toparkin. .
354
Topa olarmikin?”, - deya yakunlanadi. Hikoyaning soʻroq bilan tugashi –
bu har bir oʻquvchini mustaqil fikr yuritishga, xayol dunyosiga chalgʻishga
majbur etadi. Ijodkor asari davomida oʻquvchini ham baxsga chorlaydi. Oʻzi
ham tinchimaydi, oʻquvchini ham tinchitmaydi. Mana asl ijodkor qanday
boʻlishi kerak?!
Do'stlaringiz bilan baham: