is dedicated to love analyze of Usmon Azim's poem and the poems which are included to the
books named Saylama and Kuz are used in this article! Usmon Azim's love poems are analyzed
and their literal image is discussed in this article. As well as, creative skills of Usmon Azim are
musiqiyligi bilan tovlanib turadi. “XX asrning 20-yillarida mumtoz aruzdan
belgisi sifatida shoʻro davri she’riyatiga yoʻnaltirilmadi”.[5. 57-bet.] Oradan
yillar oʻtib, “sof lirika”ga qarshi kurash alangalari soʻngach, dastlab erkin
Vohidov va Abdulla Oripov, soʻngra Rauf Parfi, Shavkat Rahmon va Usmon
yordam beruvchi tasvir usuli va vositalariga keng murojaat etdi. Jumladan,
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
256
Usmon Azimning shu boradagi izlanishlari natijasida oʻzbek she’riyatida badiiy
mahorat behad darajada oshdi. Shoir tuygʻuning ong orti harakatlarini ham
tasvirlash mahoratini mukammal egalladi. Bu borada, aniqsa, shoir ijodida
alohida oʻrin egallagan ishq mavzusi e’tiborga molik.
Usmon Azimning “Saylanma” va “Kuz” majmualaridan oʻrin olgan
she’rlaridagi ishq lirik qahramonning real ishqi boʻlib, hayotdagi mahbubaning
vasliga yetish mashaqqatlari hajridir. Usmon Azim ijodidagi muhabbat hayotga
muhabbat va inson sevgisi boʻlib, u orzular va samimiy hissiyot bilan ifoda
etiladi. Shuni alohida qayd etish joizki, zamonaviy she’riyatda nafis ohang va
tuygʻular taassuroti boshqacha shaklda namoyon boʻlmoqda. Shoir she’rlarini
oʻquvchining estetik didi, saviyasi, orzu-istagi va dil izhorini hisobga olgan
holda, shabadadek mayin, shabnam kabi tarhi toza, guldek nazokatga boy
shaklda oro berib taqdim etadilar. Oʻquvchi she’r oʻqiganida xayolot bilan
chulgʻangan orzu-armonlarga gʻarq boʻladi va nafosat dunyosiga shoʻngʻiydi. U
she’rdagi soʻzlar haroratidan, goʻzalligidan, balki soʻz emas, dilkash ohangidan
masrurlik his etadi.
Usmon Azimning “Kuz” kitobi yirik sheʼriy toʻplam boʻlib, unda shoirning
toʻrt yuzga yaqin (381 ta) sara sheʼrlari jam boʻlgan. Sheʼrlar “Sevgi”,
“Bogʻlardan kelgan sheʼrlar”, “Togʻ va dasht qoʻshigʻi”, “Xotira parchalari”,
“Bahslarning davomi”, “Sukunatlar va qichqiriqlar”, “Tugamagan kitob” deb
nomlanuvchi yetti daftarga taqsimlangan. Toʻplamning har bir daftari qaysidir
jihatlari bilan umumiylikka va yana qaysidir jihatlari bilan xususiylikka ega.
Taʼkidlash kerakki, toʻplamdagi sheʼrlar Usmon Azim ijodining oʻziga xos
oʻsuvchanligini koʻrsatuvchi yangicha turkumlanishga egaligi bilan e’tiborni
tortadi. Sahifalardagi sheʼrlarni oʻqib, oʻzingizni sevgining rango-rang bogʻiga
kirgandek his etasiz. Sheʼrlarning deyarli har birida muhabbat bilan bogʻliq
inson kechinmalari, oshiq ruhiy dunyosidagi talotumlar, hissiy evrilishlar aks
etgan. Masalan, “Ertaksevar jonim” sheʼrining lirik qahramoni sevgining
ibtidosidan soʻz ochadi. Uning taʼkidicha, sevgining ibtidosi – bu ikki qaro
koʻzning ilk toʻqnashuvi. Oshiq va maʼshuqa hayotlari davomida baʼzi
257
narsalarni unutishi mumkin, lekin ular bir narsani – nigohlarning ilk
toʻqnashuvini hech qachon unutishmaydi. Zotan, bu – ibtido! Buni oshiq oʻz
mahbubasiga ming kecha ertak qilib, ming bir marta aytib berishga tayyor:
Do'stlaringiz bilan baham: