Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

 

Yaxshiboyev obrazi “Lolazor” romanida oʻziga xos yoʻsinda ifodalangan. 

Asarda  qahramonni  mushohadalarga  boy,  har  bir  kuni,  har  bir  qilgan  ishi, 

doʻstlari, oilasi, yaqinlari haqida oʻylari ichida koʻramiz. Yozuvchi, aytish joizki, 

Yaxshiboyevning nutqida juda koʻp oʻrinlarda kinoya, qochirimlar, pichinglarni 

ishlatgan. Qahramonning dunyoqarashi, fikrlashi, asarda aks etgan voqeliklar 

aynan  ana  shunday  til  birliklari  orqali  yanada  aniqroq  namoyon  boʻladi. 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

273 


Yaxshiboyevning  kinoya  bilan  gapirishi  qahramon  ichki  olamining  bevosita 

voqelikka  munosabatini  ham  koʻrsatib  beradi.  Yaxshiboyevning  atrofidagi 

yaqinlari,  doʻstlari,  hamkasblari,  shogirdlariga  boʻlgan  munosabati  ana 

shunday  kinoya-yu  qochirimlar,  kesatiq-u  pichinglarga  boy.  Asar  voqeligini 

baholashda  nafaqat  butun  asar  ichidagi  qahramonlarning  nutqidagi  oʻziga 

xosliklar,  balki  markaziy  obrazlardan  biri  hisoblangan  Yaxshiboyevning 

nutqidagi ajib tasvir bizni qiziqishimizni yanada orttiradi. “Murod Muhammad 

Doʻstning “Lolazor” romani ham koʻp ovozli romanga misol boʻla oladi. Undagi 

Oshno, Nazar Yaxshiboyev kabi qahramonlarni fe’l-atvoriturfa tovlanishlarda 

akslangan.  Ayniqsa,  Nazar  Yaxshiboyevning  obrazida  koʻp  ohanglilik  yaqqol 

koʻzga  tashlanadi:  u  oʻz  nuqtayi  nazari  (iroda  yoʻnalishiga)  ega  boʻlganidan 

tashqari,  oʻzini-oʻzi  (ikki,  uch…koʻpga  boʻlinib)  tahlil  ham  eta  oladi,  oʻzgalar 

(qarama-qarshi tugunlar) bilan ishonchli bahslasha ham biladi… “U bir ongning 

in’ikosi boʻlib emas, xususan boshqa ong ta’sirida paydo boʻlgan va bir necha 

ongning oʻzaro aloqasi asosiga qurilgan” (M.Baxtin) ligi bilan xarakterlidir”. [1. 

55-bet]  

 Yaxshiboyev obrazini talqin qilishda, albatta, qahramonning oʻz-oʻzini 

tahlil  qilishida,  oʻzgalar  bilan  bahs-munozaraga  kirishishida  kinoya,  kesatiq, 

achchiq va kulgili shama-yu ishoralarning oʻrni beqiyosligini inobatga olishimiz 

zarur.  Aytish  joizki,  nutqning  ifodaliligi,  ta’sirchanligini  oshirishda  kinoya 

muhim  oʻrin  tutadi.  Buni  “Lolazor”  asari  misolida  yaqqol  koʻrish  mumkin. 

Avvalo,  kinoya  tushunchasiga  toʻxtalsak.  Kinoya  soʻz  yoki  iboraning  oʻz 

ma’nosiga  butunlay  qarama-qarshi  boʻlgan  koʻchma  ma’noda  ishlatilishidir. 

Undasoʻzlovchining  tasvirlanayotgan  narsa  yoki  tushunchaga  kesatiqli, 

pichingli,  istehzoli,  umuman,  subyektiv-kulgi  aralash  munosabatini  yuzaga 

chiqqanini  koʻramiz.  Soʻz  yoki  iboraning  toʻgʻri  ma’nosiga  zid,  ya’ni  inkor, 

emotsional-ekspressiv  boʻyoqli  ma’no  ifodalashi  ayni  kinoyaga  xosdir. 

Kinoyaning  lugʻatlarda  izohlanishiga  e’tibor  beramiz.  “Til  birligini  uning 

haqiqiy  ma’nosiga  qarama-qarshima’noda,  kesatiq,  qochirim,  piching  bilan 

ishlatishdan iborat koʻchim” [2. 49-bet] deya ta’rif berilgan kinoyaga. “Oʻzbek 




 

274 


tilining  izohli  lugʻati”da  esa“Kinoya  [a]  Masxaralash,  kulish  uchun  aytilgan 

pardali gap; qochirim, istehzo, piching, kesatiq” [3. 386-bet] deyilgan. 

 Kuzatganimizdek,  lugʻatda  kinoya  leksemasining  mohiyati  gapning 

qoʻllanish  maqsadi  asosida  tavsiflangan,  ma’noni  yoritish  uchun  kinoyaning 

sinonimlari  qochirim,  istehzo,  piching,  kesatiqqa  ham  murojaat  qilingan. 

Kinoya oʻzagi asosida yaratilgan kinoyali, kinoyaomiz soʻzlari izohi ham ayni 

shu lugʻatda berilgan. Ogʻzaki nutqda koʻpincha “Kinoyali gapirdi”, “Kinoyaomiz 

qarab qoʻydi” jumlalariga duch kelamiz. Aytish joizki, oʻzbek tilining bunday 

ohang tovlanishlaridan muallif Yaxshiboyev obrazida yaxshigina foydalangan. 

Uning  nafaqat  nutqida,  balki  xatti-harakatlarida  kinoyali,  kinoyaomiz 

holatlarni  kuzatamiz.  Tilning  bu  birligidan  foydalanish  Yaxshiboyevning 

qalamkash yozuvchi ekanligi bilan ham bogʻliq. Negaki, yozuvchilar soʻzni qaysi 

oʻrinda,  qanday  oʻynatishni  yaxshi  biladi.  5  jildli  “Oʻzbek  tilining  izohli 

lugʻati”da  esa  kinoyaga  ta’rif  boyitilgan.  “Kinoya  [a  –  belgi;  shama,  ishora; 

piching; kesatiq] 1. Masaxaralash, kulish uchun asl ma’nosidan boshqa, majoziy 

ma’noda  aytilgan  soʻz,  gap;  qochirim,  istehzo,  piching,  kesatiq  ifodasi.2  ad. 

Uslubiy vosita: badiiy asardagi inkor etish usullaridan biri boʻlib, biror shaxs 

yoki narsa ustidan kesatiq, qochiriq vositasida yashirin kulishdan iborat” [4. 

370-bet] 

Ushbu  izohdan  kinoyaning  mohiyati  ma’lum  darajada  oydinroq 

yoritilganini,  uning  turli  sath  birliklari,  deylik,  soʻz,  gap  bilan  ifodalanishi 

haqidagi hukmni, sathlar boʻyicha sochilgan keng qamrovli hodisa ekanligiga 

ishorani  anglaymiz.  Badiiy  adabiyotda  ham  kinoya  atorflicha  ma’no-

mazmunga, qoʻllanish doirasiga ega. “Ironiya (gr. yeironeia – bilib bilmaganga 

olish soʻzidan) – kinoya, qochiriq, kesatish, piching. Badiiy asardagi inkor etish 

usullaridan  biri  boʻlib,  biror  shaxs  yoki  narsa  ustidan  kesatish,  qochiriq 

vositasida yashirin kulinadi. Shuning uchun ham kinoyaning muhim belgisi soʻz 

yoki gapning hamma vaqt ikki ma’noli boʻlishida, haqiqiy ma’no aytilgan soʻz 

yoki gapning teskari ma’nosi orqali anglashilishida namoyon boʻladi. Kinoya 

oʻzining ta’sir darajasiga qarab fosh etuvchi yoki shunchaki qochiriqdan iborat 




 

275 


boʻladi. Kinoya usuli, asosan, hajviy, kulgili tasvirda keng qoʻllaniladi” [5. 141-

bet] 


Shunday qilib, kinoya oʻzida soʻzlovchining salbiy, hissiy munosabatini 

aks  ettirgan,  shakliy  va  mazmuniy  nomuvofiqlikdagi,  kulgi,  istehzoga 

asoslangan, turli sathga birliklariga xos nutqiy ma’nodir. Yaxshiboyev juda koʻp 

oʻrinlarda  kinoya  bilan  soʻzlaydi.  Uning  kinoyalarini  magʻzini  chaqish  asar 

mazmuniy kalitini ochishga yordam beradi. “Lolazor” romanida Yaxshiboyev 

nutqida  keltirilgan  kinoyalar  oddiy  qahramonlar  tilida  qoʻllanuvchi 

kinoyalardan keskin farq qilib, obrazlilik, chuqur ma’nolilik, oʻtkir qochirimlar, 

oʻxshatishlar,  frazeologik  birliklar  tipida  berilgan.  Yaxshiboyev  aytolmagan 

gaplarini, yozolmagan soʻzlarini kinoyalari qatiga singdirib yuborgan. Ularning 

ba’zilariga toʻxtalib oʻtsak. 

 Asar  muqaddimasi  “Osmon  mezonlardan  yiltirar  edi”  soʻzlari  bilan 

boshlanadi.  Bu  gapni  Yaxshiboyev  qayt-qayta  takrorlaydi,  atrofidagilarning 

munosabatini bilmoqchi boʻladi. Topgan tashbehi ostida uning hayoti, qanday 

yashash  zarurligi  aks  etgan.  U  oʻtgan  umrini  sarhisob  qilish  asnosida 

mezonlardan  yiltiragan  osmon  yonida  “xushomadgoʻy  laychalar”  qolganini 

kinoya  bilan  xotirlaydi.  U  asar  soʻngida  umrini  boshqacharoq  yashab  oʻtishi 

mumkinligini  anglaydi.  Afsus  qiladi,  nadomat  qiladi.  Keksayib  qolgan 

Yaxshiboyev  xotini  Muhsina  xonimga  baho  berishda  kinoyali  sifatlarni  koʻp 

oʻrinda  ishlatgan.  Kasalxonada  yotganida  vazadagi  gul  haqida  oʻylarkan, 

“Muhsina xonim tarafidan – didli, savodli Muhsina xonim tarafidan qoʻyilganki, 

oq nilufar deb ataladi”.[6. 12-bet] “Didli, savodli” izohida yengilgina kinoya bor. 

Sababki,  Yaxshiboyev  gulni  koʻrganda  dimogʻida  botqoq  hidini  tuyganday 

boʻlaveradi.  Bir  oʻrinda  Muhsina  xonimga  “Qargʻalar  koʻngilda  boʻlsa-chi? 

Koʻngilda  qagʻillab  tursa-chi?”[6.  29-bet]  deydi.  Albatta,  Muhsina  xonim 

kinoyaning  magʻzini  chaqolmaydi.  Yaxshiboyev,  aslida,  Muhsinaning 

diydiyosidan  charchagan,  uni  Yosumanga  qiyoslaydi.  Yaxshiboyevning 

Muhsinaga ishlatgan kinoyalari unga munosabatini aks ettiradi. Yaxshiboyev 

kasalxonada 

badantarbiyachi 

ayolga“Bu 

deyman, 

xonim, 


ayni 


 

276 


maskanda…bekorchi  yotib  kuch  yigʻayotgan  chollarning  ichida  ishlashingiz 

qiyindir-ov?”[6. 143-bet] tarzidagi kinoyasi esa Yaxshiboyevning xarakteri xos 

xususiyatni,  ya’ni  ayollarga  munosabatini  oshkor  qilib  qoʻygan.  Hazilomuz 

kulgi  ohangidagi  kinoyalar  ham  talaygina.  Kasalxonadagi  farrosh  xotin 

Marfaning yetmish yoshini mazax qilib, “Eh-he, hali qiz bola ekansan-ku!” [215-

bet] deganda Yaxshiboyevning hazilni toʻgʻri kelgan odamga qilib ketaverishi, 

hazillarida kinoyalar koʻrinib qolishini kuzatamiz.  

 Muyassar xonim bilan muloqotda kechmishini eslatish uchun achchiq 

kinoya qoʻllaydi. “Ilojimiz qancha, – dedi Yaxshiboyev takabburona iljayib. – Siz, 

xonim, mulozamatga shunchalar oʻrganib qolgansizki, endi eng quyuq salomga 

ham  alik  olavermaysiz.  Haddan  oshganimning  boisi  shuki,  betamizlik 

bahonasida zora esingizda qolsam…” [6. 513-bet] Kinoya ohangida mulozamat, 

xushomadga  oʻrganib  qolgan  Muyassar  xonimni  iltimosiga  koʻndirish 

maqsadida  Yaxshiboyev  kinoya  bilan  soʻzlashda  davom  etadi.  “Eshagingiz 

loydan oʻtganiga, eh-he, necha zamonlar boʻldi!” [6. 513-bet] Yaxshiboyevning 

kinoyasiga qarab Muyassar xonim uni tamagirlikda ayblaydi. Kinoya subyektiv 

munosabat  koʻrinishlaridan  biri  boʻlib,  soʻzlovchining  salbiy  munosabatini 

bildiruvchi uslubiy vositadir.  

Oshno  obrazi  ham  diqqatga  sazovor.  Negaki  Yaxshiboyevning  butun 

hayot  yoʻli,  ijod  yoʻli  bevosita  Oshnoga  bogʻliq.  Oshno  bilan  muloqotda  ham 

kinoyalar qoʻllangan.“Och qolsak, yana “ov”ga chiqaman!” – dedi qat’iy qilib. [6. 

113-bet] Yaxshiboyev doʻsti Oshnoga qaroqchilik qilishga chiqib xarom luqma 

topishiga  ishora  qilyapti.  Bu  yerda  kesatiq  shundan  iboratki,  Yaxshiboyev 

Oshno aytganday halol yoʻl bilan topib keltirilgan yegulikka qoniqmaganidan 

dalolat. Yaxshiboyev va Oshnoning yoshlikdagi sarguzashtlarida ular halol va 

yaxshi  yashash  haqida  ancha  tortishgan.  Oshno  Bulduriq  qishlogʻiga  doʻsti 

ikkalasi muallimlikkka moʻljal qilinayotganini aytganda “Qadaming boshqacha-

ku,  –  dedi  Yaxshiboyev  hasadini  yashirolmay.  –  Endi  u  yoqlarga  qaytib 

borarmiding!”[6. 136-bet] tarzida shahardagi hayotini kinoyaomuz yodga solib 

qoʻygandek  boʻladi.  Ya’ni  sen  osmonlarda  yuribsan,  pastga  tushib  qishloqqa 




 

277 


qaytib  ketasanmi  degan  ma’noda.  Yillaroʻtib  ikki  doʻst  xotiralarni  albatta 

eslaydi. Kasalxonada yotgan keksa Yaxshiboyevdan hol-ahvol soʻragan Oshno 

unga  xotira  yozishni  tavsiya  qiladi.  “Xotira  yozgali  choʻchiyman.  Umrimizda 

koʻp voqealarga guvoh boʻldik, hammasini ham yozib boʻlarmikan?..” [6.149-

bet] tarzida oʻzining oʻtgan umrida boʻlgan voqealarga ham qoʻshtirnoq ichida 

kinoyaomuz munosabat bildiradi. Shu birgina jumlada oʻzining hayotida tilga 

olib  boʻlmaydigan  voqeliklar  borligi  anglashiladi.Oshno  katta  lavozimlarda 

ishlab yurganida unga qarata “Sizdek ulugʻ odam rashk qilsa yarashmas ekan, 

dedim, rashkingiz – men uchun sharaf, oqsoqol, lekin butun bir xalqning doʻsti 

boʻlgan odam birgina bechora Bogʻiyni chetlatib qoʻysa qanday boʻlarkan?..” [6. 

173-bet]  deyishida  bitta  gap  bilan  doʻstining  nozik  joyidan  ushlaydi. 

Yaxshiboyevning istehzo, yengil kulgi sezilib turgan soʻzlariga javoban Oshno 

“balosiz, gapniyam olasiz” deb tan beradi.  

Kinoya “…nutqning ma’lum bir maqsadni yoʻnaltirishga xizmat qiluvchi, 

salbiy subyektiv munosabat (modallik) ifodalovchi uslubiy vosita hisoblanib, 

nutqning ta’sirchanligini oshirishga katta yordam beradi”. [7. 14-bet] 

Yaxshiboyev nutqida keskin kinoyaning oʻtkir namunalari ham benihoya 

koʻp  keltirilgan,  har  bir  jumla  xuddi  muayyan  kinoya  ifodasi  uchun 

yaratilganday.  Uni  kasalxonaga  koʻrgani  kelgan  yosh-yalang  shogirdlari 

ketayotgan  chogʻda  qaysidir  nashriyotda  iligʻliq  turgan  “Bu  dargohdan  hech 

kim  norozi  boʻlib  ketmasin!”  shiori  eslab,  oʻrniga  xayolida  “Xush  kelibsiz, 

qalangʻi-qasangʻilar”  shiorini  mos  topishi  faqat  Yaxshiboyevda  uchraydigan 

takrorlanmas  kinoyaviy  ishora  deyish  mumkin.  Haqiqatan,  qahramonning 

nafaqat  nutqida,  balki  xatti-harakatlarida,  atrofidagi  har  bir  voqelikka  baho 

berishida,  oʻylarida  kinoyaomuz  holat  aks  etib  turadi.  Bu  esa  xarakterni 

chuqurroq, koʻlamliroq, aniqroq ochilishiga va serboʻyoqli hayotiy chiqishiga 

asos  boʻlgan.  Bunday  kinoyaviy  ma’noning  voqelanishida  nutq  vaziyati, 

kontekst va intonatsiya ham alohida ahamiyatga ega. 

Asardagi  qahramonlardan  biri  Suyarqul  muovinlikka  nomzod 

soʻraganda Ostonovni tavsiya etadi. “Dunyoda kushandasini bilmagan banda 




 

278 


bormikan  oʻzi?”  [6.  155-bet]  tarzidagi  istehzoda  Ostonov  Suyarqulning 

kushandasi ekanligiga ishora bor. Ana shu oʻrinda Yaxshiboyev kasalxonada 

uni bezor qilgan odam Ostonovdan shu usulda qutilishidan rohatlanishi unga 

xos  salbiy  jihatni  koʻrsatadi.  Yana  bir  qahramon  Bogʻiyning  yupqaroq  bir 

jurnalchaga bosh muharrir qilib tayinlanishiga hissa qoʻshgan Yaxshiboyev uni 

“bosh  muharrir”  boʻlgani  bilan  tabriklaydi.  Bogʻiy  kal  bosh  ekanligini  mazax 

qilish  maqsadida  oʻylab  topilgan  bu  tayinlov  Yaxshiboyevning  qitmirligiga, 

kinoya-yu kesatiqlari atrofidagi odamlar bilan oʻzaro munosabati izohlashiga 

guvoh  boʻlamiz.  Umuman,  Yaxshiboyev  kinoya  ishlatishiga  nutqiy  vaziyat 

yaratiladi. Jumladan, Yaxshiboyev kasalxonda ekanida uni tinimsiz soʻrattirib 

turgan  Zohid  undan  yordam  soʻrab  kelganda  qarigan  chogʻida  ajdahoning 

ogʻziga roʻpara qilayotgan Zohidga zavqlanib, yoyilib kulib, “Bitta sassiq chol 

kam boʻlsa kam-da, a?” [6. 499-bet] deydi. Bu kesatish ortida ogʻir vaziyatda 

Yaxshiboyevdan  foydalanib,  Zohidning  oʻzi  suvdan  quruq  chiqmoqchiligiga 

ishora bor.  

“Kamsitish, masxaralashni yarim yashirin ravishda ifodalovchi gap-soʻz, 

xatti-harakat. Kesatish soʻzida masxaralash ottenkasi kinoya soʻziga nisbatan 

kuchliroq. Kinoya soʻzi kesatiq soʻziga nisbatan kitobiy boʻlib, termin sifatida 

ham  qoʻllanadi.  Istehzo  kitobiy”.  [8.  123-bet]  Kinochi  yigit  Abrorga  Xarajat, 

kasalxondagi  xonadoshlariga  Daroz  va  Xumkalla  laqabini  qoʻyishi,  Muhsina 

xonimni  Yosuman  kampirga  qiyoslashi,  yosh  qalamkashlardan  ba’zilariga 

Mahmadana  va  Taqirbosh  deb  laqab  ulashishi,  asli  ismi  Turgʻun  boʻlgan 

Taqirboshga  “Doʻltachol”  laqabini  ham  qoʻshib  berishi,Rahmatovga  nisbatan 

“Shirin  bola”  laqabini  qoʻllashi,  Koʻklamovning  familiyasini  “koʻklam,  koʻk, 

koʻkat,  koʻkalamzor”  soʻzlarini  aralshtirib  soʻz  oʻyini  qilishi,  ichida  bobosini 

“lalmikor  yer”  ekan  deb  kulgiga  yoʻyishi  ayni  Yaxshiboyevni  yaxshi  tanib 

olishimizga,  xarakteridagi  qusurlarni  koʻrishimizga  yoʻldir.  Kinoya 

qoʻllanganda  gap  semantikasida  xarakter  bilan  bogʻliq  psixologik  boʻyoq 

ifodalanadi.Aytish joizki, Yaxshiboyevning nutqida bu soʻzlar nedirki achchiq 

kesatiq  emas,  yengil  kulgini,  yumorni,  goʻyoki  atrofdagilarini  aslida  qanaqa 




 

279 


ekanligini  koʻrsatayotgandek.  Yoinki  Yaxshiboyebga  xos  bachkanalikdek 

tuyuladi.  

Xulosa oʻrnida shuni aytish kerakki, asar voqeligi, sujeti, kompozitsion 

qurilishi, qahramonlar taqdiri, asarda polifonik obrazlar talqinini ifodalashda 

kinoya  juda  qoʻl  kelgan.  Yaxshiboyev  misolida  oladigan  boʻlsak,  uning 

atrofidagi  odamlarga  laqab  toʻqishida  ham  kinoya  ishlatishi,  koʻp  ovozli 

qahramon sifatida butun hayoti, yoshligi, ijodiy faoliyati haqidagi oʻylari, oʻz-

oʻziga  ham  kinoya  bilan  baho  berishi,  ichki  olami  va  tashqi  dunyoni  ayni 

qarama-qarshilikda  koʻrishi  kabi  oʻrinlarni  kinoyalarning  uslubiy  vazifasi, 

badiiy tasvir vositasi sifatida muhim oʻrin tutishi bilan izohlashimiz mumkin.  

 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish