Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo


OʻTKIR HOSHIMOV IJODIDA ONA OBRAZI



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet155/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

OʻTKIR HOSHIMOV IJODIDA ONA OBRAZI 

 

Annotatsiya.  Mazkur  maqolada  oʻzbek  adabiyotida  oʻz  oʻrniga ega boʻlgan 

OʻzbekistonXalq  yozuvchisi  Oʻtkir  Hoshimov  ijodi  haqida  fikr  yuritiladi.  Xususan 

uning prozada Onaobrazini yaratish mahorati tadqiq etiladi. Bu mavzuning jahon va 

milliy adabiyotdagi ahamiyatiqiyoslanadi. Yozuvchining qissa va romanlaridagi Ona 

obrazi atroflicha oʻrganiladi. 

Kalit soʻzlar: oʻzbek milliy adabiyoti, proza, Oʻtkir Hoshimov, qissa, roman, Ona 

obrazi. 

 

 



Ona siymosi dunyodagi barcha xalqlar uchun muqaddas va moʻtabardir. 

Ularni birlashtirib turuvchi mushtarak fazilatlar bisyor. Lekin, ayni vaqtda, har 

bir xalqqa, millatga mansub ona siymosi oʻz fe’l-atvori, tabiati, ichki va tashqi 

dunyosi, hatto, portreti bilan muayyan darajada farqlanib turadi. Bir soʻz bilan 

aytganda, ona butun bir xalq, butun bir millatning oʻziga xosligi, shakllanishi, 

namoyon boʻlishida alohida oʻrin tutuvchi siymolardan biridir. 

Oʻzbek  adabiyotida  ona  obrazining  goʻzal  va  betakror  namunalarini 

yaratgan  yozuvchilar  juda  koʻp.  Lekin,  Oʻtkir Hoshimov  uni  eng  yuqori 

pogʻonaga  olib  chiqqanlardandir.  Adib  asarlarida  Ona  obrazi  shu  qadar 

mustahkam va muhim oʻrin tutadiki, ularsiz hatto yozuvchining yaxlit ijodini 

tasavvur qilish qiyin. 

“Asl  badiiy  asar  odamning  ruhiyati,  tabiat  va  ma’naviyatda  ma’lum 

yangilanish,  evrilish  sodir  qiladi”,  -  deydi  Q.  Yoʻldoshev.  [11,  b.17]  Oʻtkir 

Hoshimov  asarlari  ham  aynan  shunday  tarzda  insonga  ta’sir  qiladi,  uni 

fikrlashga  undaydi.  Ayniqsa  uning  Ona  obrazi  ta’riflangan  asarlarida  buning 

Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 



 

265 


yaqqol  dalilini  koʻrishiz  mumkin.Adib  mahoratining  koʻpdan-koʻp  qirralari 

koʻpincha  bevosita  mana  shu  obrazning  yaratilishi  va  yoritilishidagi 

muvaffaqiyat  bilan  tutashib  ketadi.  “Dunyoning  ishlari”da  Onaning  quyma 

obrazini yaratishga muvaffaq boʻlgan muallif endi boshqacha onani tasavvuriga 

sigʻdirolmasligi aniq. U adib Oʻtkir Hoshimovning onasi, oʻzbekning onasi edi. 

Ona obrazini yaratishda bosqichma-bosqich bosib oʻtilgan ”Dunyoning ishlari” 

qissasi,  ”Urushning  soʻnggi  qurboni”  hikoyasi,  ”Ikki  eshik  orasi”,  ”Tushda 

kechgan  umrlar”  romanlaridagi  qator  onalar  obrazi  va  ularning  milliy 

xarakterini  yaratishdagi  lirik  ifoda  va  epik  koʻlam uygʻunligining  yetakchi 

uslubiy yoʻnalish tariqasida shakllanganini koʻramiz. 

Oʻtkir  Hoshimov  ijodida  ”Dunyoning  ishlari”  qissasi  adibning  ona 

obrazini  yaratishdagi  kulminatsion  nuqtasi  boʻldi,  deyish  mumkin.  Yozuvchi 

ijodiga xos lirik taronaham uningmana shu qissasida eng baland pardalarda 

jarangladi. Fikrimizcha, bu asar Ona haqidagi, Ona qalbining cheksiz sahovati 

haqidagi  oʻziga  xos  qasidadir.  Zero,  mazkur  qissa  oʻzbek  kitobxonlari  va 

adabiyotshunoslarigina emas, xorij kitobshinavandalari qalbini ham zabt etdi. 

Ustoz  adib  Said  Ahmad  ”Ijod  va  jasorat”  maqolasida  qissa  haqida  shunday 

e’tirof  etdi:  ”Dunyoning  ishlari”  asarini  qissa  emas,  doston  deb  atashni 

istardim. U qoʻshiqday oʻqiladi. Uni oʻqib turib, oʻz onalarimizni oʻylab ketamiz. 

Shu  mushfiq,  shu  jafokash  onalarmiz  oldidagi  bir  umr  uzib  boʻlmas 

qarzlarimizning aqalli bittasini uza oldikmi, degan bir andisha, bir savol koʻz 

oldimizda  koʻndalang  turib  oladi”.[7,  b.2]  Muallifning  oʻzi  esa  bu  haqida 

shunday  deydi  -  ”Bu  qissa  katta-kichik  novellalardan  iborat.  Biroq  ularning 

barchasida men uchun aziz odam – Onam siymosi bor. Bundagi odamlarning 

hammasini  oʻz  koʻzim  bilan  koʻrganman.  Faqat  ba’zilarining  ismi  oʻzgardi, 

xolos. Bu odamlarning qismati ham qaysidir jihati bilan Onamga bogʻlangan”.[1, 

b.3]Yuqoridagi gapning isbotini Chingiz Aytmatov aytgan quyidagi purma’no 

soʻzlarda  koʻrishimiz  mumkin:  “Badiiy  asar  odamning  odam  haqidagi 

hikoyasidir”. [11, b25]  



 

266 


Demak,  bu  qissa  yaratilish  uslubi  jihatidan  Abdulla  Qahhorning 

“Oʻtmishdan  ertaklar”,  Oybekning  “Bolalik”  avtobiografik  xarakterdagi 

asarlariga oʻxshab ketadi. 

Zeroki,  dunyoda  eng  bebaho,  ammo  hamisha  tekinga  tarqatiladigan 

xazina bor. Bu ham boʻlsa, Ona mehri…Bu shunday narsaki, uni hech narsa bilan 

toʻsib, yashirib, pinhona tutib boʻlmaydi. U qanday boʻlsa, shundayligicha bizga 

koʻrinadi,  namoyon  boʻladi.  Bu  inkor  etib  boʻlmas  haqiqatdir.[4, 

b.19]”Dunyoning  ishlari”  qissasidagi  bosh  qahramon  Ona  obrazi  ham  ana 

shunday mehri daryo onalardan biridir.Uadibning onasi Poshsho xola obraziga 

hayotiy asos boʻlib,  uning  atrofiga  chamasi  20  ga  yaqin  onalar  obrazi  bilan 

chambarchas bogʻlanadi. Lekin barcha voqealar va onalar siymosi Poshsho xola 

obrazi  bilan  bir  nuqtada  kesishadi.  Qissadagi  hikoyalar  davomida  muallif 

qahramon  tarzida  oʻzini  oʻzi  koyiydi.Ona  qadriga  yetmaganlikda,  uning 

mehribonliklarini  tushunmaganlikda,  farzandlik  burchni  yaxshi  ado 

etolmaganlikda  ayblaydi,  afsuslanadi.Zeroki,  onalarimiz  biz  uchun  chekkan 

zahmatlarining evaziga qanchalik koʻp yaxshilik qilib, ulaning duolariniolsak 

ham  oz.  Xususan,  Al-Buxoriy  hadislarida  keltirilganidek:  ”Abu  Hurayra 

roziyallohu  anhudan  rivoyat  qilinadi:  Bir  kishi  Rasululloh  sollollohu  alayhi 

vasallamdan  “Kimga  yaxshilik  qilaman?”,  -  deb  soʻradi.  U  zot:  “Onangga”,  - 

dedilar. U kishi: ” Soʻngra kimga?”, - dedi. U zot: ”Onangga”, - dedilar. U kishi: 

“Soʻngra kimga?”, - dedi. U zot: ”Onangga”, - dedilar. U kishi: ” Soʻngra kimga?”, 

- dedi. U zot soʻngra: ” otangga”, - dedilar.”[10, b.12]. 

Adib  ijodida  Ona  obraziga  berilgan  dastlabki  chizgilar  1966-yilda 

yaratilgan  “Odamlar  nima  derkin?”  qissasidan  boshlandi.  Ushbu  asarda 

xarakter  evolyutsiyasi  ikkinchi  planga  tushib  qolsa-da,  ijodiy  tajribadan 

oʻtayotgan ikki Ona qiyofasi voqealar tizimiga oʻz ta’sirini oʻtkazadi. Garchand, 

dunyoga keltirgan Ona va oʻgay Ona orasida konflikt kelib chiqmasa-da, muallif 

voqealarni ona-bola munosabatlariga bogʻliq holda rivojlantiradi. Ona obrazi 

yaratilishidagi  navbatdagi  bosqich  1972-yilda  yozilgan  “Urushning  soʻnggi 

qurboni” hikoyasiga borib taqaladi. Aslida bu hikoyani inson ruhiyatining lirik 




 

267 


in’ikosi  sifatida  baholash  mumkin.  Oradan  10  yil  oʻtib  adibning  dunyodagi 

barcha onalarga bagʻishlangan, ijodining kulminatsion nuqtasi deb hisoblangan 

asari  “Dunyoning  ishlari”  yoziladi.  Bu  asardagi  Ona  obrazi  oldingilarga 

qaraganda  ancha  mukammalligi,  saktaliklardan  holiligi  bilan  ajralib  turadi. 

Undan  koʻp  oʻtmay  yozilgan  “Ikki  eshik  orasi”  romani  (1986)  bu  zanjirning 

uzviy davomi boʻladi deyish mumkin.  

Yuqorida  aytib  oʻtganimizdek,  ”Dunyoning  ishlari”  bir  qarashda 

avtobiografik  asar,  yozuvchining  oʻz  bolalik  yillari,  yoshlik,  yigitlik  davri 

xotiralari, onasi, qarindosh-urugʻlari, tanish odamlar hayotidanxabar beradi . 

Unda  xilma-xil  voqealar  hikoya  qilinadi,  biroq  asar  markazida  Ona  obrazi 

turadi.  Asardagi  ona  farzandi,  uning  oromi,  baxti  uchun  jonini,  jahonini 

berishga tayyor ming-minglab onalarimizning timsoliga aylandi. Bir soʻz bilan 

aytganda,  “Dunyoning  ishlari”da  oʻzbekning  mushtipar,  mushfiq  va  jafokash 

Onasiga  tirik  haykal  qoʻyildi.  “Daftar  hoshiyasidagi  bitiklar”da  aytilganidek: 

“Ayol goʻdak isini birinchi farzandi tugʻilganidayoq his etadi. Erkak esa goʻdak 

isi nimaligini nabirali boʻlganidan  keyin  anglaydi!”[4,  b.10]  Shunday  ekan, 

kitobxon qavmi ushbu asar mutolasiga kirishdi deguncha oʻz bolaligi, goʻdaklik 

xotirasiga  muhrlangan  volidasini  eslaydi.  Bu  eslash  har  qanday  bagʻri tosh 

odamning ham koʻnglini halimlashtiradi, uni ezgu tuygʻular girdobiga tortadi. 

“Tushda  kechgan  umrlar”dagi  Qurbonoy  xola  koʻp  jihatdan  qissadagi  Oyi 

obrazini mantiqan davom ettiradi. “Daftar hoshiyasidagi bitiklar”da shunday 

satrlar  bor:  ”  Hatto  bulbul  ham  bola  ochganidan  keyin  sayrashni  bas  qilib, 

polaponlariga  yemish  tashiydi”.  [4,  b.51]  Bu  misralarda  ta’riflangan  ayol 

Qurbonoy  xolaning  aynan  oʻzidir.U  oddiygina  farrosh  boʻlsa-da,  oʻz  oilasini 

halol mehnat bilan topgan mablagʻ hisobiga tebratar, ba’zan esa mashaqqatli 

hayot  qurboniga  aylanganligini  oʻzi  ham  sezar,  asar  boshidan  qismatning 

achchiq  zarbasiga  uchragan,  ota-onasidan  erta  yetim  qolgan  asar 

qahramonidir. Taqdirning zarbalari, farzandi, nabirasi oldida oʻzini, hayotini 

qurbon qilgan, ismi jismiga monand oʻzbek ayolidir. 



 

268 


“Urushning  soʻnggi  qurboni”  hikoyasidagi  Umri  onaning  mushfiqligi, 

hokisorligi  ham  bu  ikki  asardagi  onadagi  fazilatlarda  deyarli  farq  qilmaydi. 

Asar davomida kuzatiladigan tushkun kayfiyat ustuvorligi alamzada oʻgʻilning 

qarori  yordamida  fojiaviy  nuqtaga  koʻtariladi.  Shu  oʻrinda  Umri  xola  va 

Shoikrom  xatti-harakatlaridagi  oʻxshashlik  kitobxonni  ajablantirmaydi.  Ona 

oʻgʻrilik  qilish  katta  gunoh  ekanini  oʻylab koʻrmaganidek,  farzand  ham 

birovning joniga qasd qilish salbiy illat ekanini tushunishni istamaydi. Bu yerda 

asosiy  aybdor  –  urush  va  uning  salbiy  asoratlaridir.  Shu  oʻrinda  fransuz 

mutafakkiri D.Didroning “Xarakter tipik sharoit bilan belgilanadi”[6, b.206], - 

deganida naqadar haq ekanligi oydinlashadi. Ya’ni urush tufayli ona ham oʻgʻil 

ham shundan boshqa ishni qilishlari mumkin emasdek koʻrinadi, goʻyo Badiiy 

asarni tahlil qilish amaliyoti uchun asardagi makon va zamonning qanchalik oz 

yoki koʻp  toʻldirilganligi  muhimdir.  Negaki,  bu  koʻrsatkich  asarning  uslubiy 

yoʻnalishini qandayligidan dalolat beradi.[11, b. 207] 

Adabiyotshunos B.Sarimsoqov: “Shartlilik badiiylikning mezoni sifatida 

asardagi bosh gʻoyani toʻlaqonli ifodalashga xizmat qiladi. Haqiqiy badiiy asar 

koʻp  gʻoyali boʻladi.  Asardagi  barcha  gʻoyalar,  barcha unsurlar  ana  shu  bosh 

gʻoya  atrofida  markazlashib,  uni  yorqin  va  toʻlaqonli  ifodalanishiga  xizmat 

qiladilar” – deydi.[8, b.164-167] “Ikki eshik orasi” asaridagi Qora amma obrazi 

bilan gʻamboda Ona haykali, Qora amma bilan noma’lum soldat monumental 

haykalining kiritilishi ham asardagi bosh gʻoyaga juda mos keladi. Binobarin: 

“Haykallardan uzoqlarga ma’yus termilib oʻtirgan Ona paydo boʻldi. U katta-

katta, sertomir qoʻllarini tizzasiga qoʻyib, boshini quyi solib oʻtirar, koʻzlarida 

cheksiz  mung...  umid  bor  edi.  Negadir  vujudim  seskanib  ketdi.  Axir  bu... 

ammam-ku.  Qora  ammamning  oʻzi-ku!  Noʻgʻayqoʻrgʻonga,  uyiga  borganda 

xuddi shu alpozda oʻtirganini koʻrganman”.[3, b.573] Mazkur parcha ikkinchi 

kurs  talabasi  Muzaffar  tilidan  hikoya  etiladi.  Motamsaro  Ona  haykali  aslida, 

ramziy  ma’noda  oʻzbek  Onalarining  timsoli.  Asar  qahramoni  Muzaffar 

gʻamboda Ona haykali bilan Qora amma oʻrtasidagi oʻxshashliklarni juda nozik 

hissiyot bilan ilgʻaydi. Boshini quyi solib, sertomir qoʻllarini tizzasiga qoʻyib, 




 

269 


koʻzlariga mung bilan uzoqlarga tikilib oʻtirgan Ona haykali aslida Qora amma 

taqdiriga ramziy ishora beradi. . Qora amma oʻgʻli Kimsanni urush tugaganiga 

yigirma yildan oshib ketsa ham kutaveradi. Zero, farzandi dogʻida kutaverib 

ado boʻlgan onaning ruhiy holatini shu bir kichik parchada ham kuzatishimiz 

mumkin:  “-  Bola-m!  –  Qulogʻimning  tagida  yangragan  faryoddan  seskanim 

ketdim. – Onasining goʻriga tushgan bola-a-am! – Ammam dadamning qoʻlidan 

yulqinib chiqdi-yu, kalovlanib, yigit haykaliga talpindi. Yugurib borib haykalni 

quchoqladi. – Onasini dogʻda qoldirib ketgan Kimsani-i-im! Jon bolam. Jonim 

bolam!  –  U  haykalning  kaskali  boshidan  quchoqlab  oʻpa  boshladi.  Roʻmoli 

sirgʻalib  tushib,  haykalning  avtomatiga  ilinib  qoldi.  Oppoq  sochlari  toʻzgʻib 

ketdi”.[3, b.576] 

“Dunyoning  ishlari”  boshdan-oyoq  nihoyatda  yorqin,  ajib  bir  milliy 

boʻyoqlar bilan jilolangan. Ayni paytda asar teran bir umuminsoniy tuygʻular 

bilan yoʻgʻrilgan  mulohazalar  bor:  “Ehtimol,  dunyoning  bu  chetida  turib  bir 

odam oʻz sevgilisiga aytgan dil rozini dunyoning narigi chekkasidagi boshqa bir 

odam  tushunmas.  Ehtimol,  dunyoning  bu  chetida  turib  bir  odam  aytgan 

qoʻshiqni dunyoning narigichekkasidagi boshqa bir odam tushunmas. Ehtimol, 

dunyoning  bu  chekkasida  turib  bir  odam  aytgan  oqilona  fikrni  dunyoning 

narigi  chekkasidagi  boshqa  bir  odam  tushunmas.  Biroq  dunyoning  bu 

chekkasida  turib  Ona  aytgan  allaga  dunyoning  narigi  chekkasidagi  goʻdak 

bemalol orom oladi”.[1, b.24] Aynan  shunga oʻxshash oqilonasatrlarni Oʻtkir 

Hoshimovning  “Daftar  hoshiyasidagi  bitiklar”  asarida  ham  uchratishimiz 

mumkin.  Unda  aytilishicha:  “Amerika  bilan  Oʻzbekiston  orasi  oʻn besh ming 

chaqirim.  Avstraliya  bilan  Kanada  orasiyigirma  ming  chaqirim.  Ammo 

amerikalik  senatorning  xotini  oʻz  farzandini  oʻzbekistonlik  dehqonning 

xotinidan kamroq yaxshi koʻrmaydi. Avstraliyalik aborigen ayol oʻz farzandini 

kanadalik  millioner  ayoldan  koʻproq  yaxshi  koʻrmaydi”.[4,  b.44]Ya’ni,  ona 

mehriga  masofaning,  joyning,  makonning  aloqasi  boʻlmaganidek,  Ota-onaga 

bolaning ham yaxshi-yomoni boʻlmaydi. 



 

270 


Ona  allasining  sirli-sehrli  kuchini  muallif  avvalo  Alloh  soʻzi  –  Qur’oni 

Karim oyatlari tilovati sadosi bilan qiyos qiladi. Qabristondagi hujra tomonidan 

tilovat sadosi eshitiladi, xuddi shu payt hovli tomondan ona allasi yangraydi: 

“Rabbano – o – o, rabbano – o – o ...” “Allayo, alla...” Hikoyachi ajib bir holatga 

tushadi  ”Bir  tomonda  tilovat  sadosi,  bir  tomonda  alla...  Ajab,  ular  bir-biriga 

halaqit  bermas,  bir-birini  rad  etmas”.[1,  b.44]  Orada  qandaydir  sirli 

mushtaraklik mavjud. Yozuvchi dunyoning ikki chekkasida oʻzi guvoh boʻlgan 

ikki  hodisani  –  safar  chogʻi  qirgʻiz  oʻtovida  qirgʻiz  ayol  aytgan  alla  va  olis 

Kislovodskda  sibirlik  juvondan  alla  eshitgan  chogʻdagi  gʻaroyib holati – 

yurakdagi shirin orziqish tuygʻularini toʻkib soladi. Qirgʻiz va rus ayollarining 

oʻz ona tillarida aytgan dil rozlari muallif qalbini onasidan eshitgan alla kabi 

tugʻyonga  soladi,  allalaydi.  Shu  tariqa  yozuvchi  voqea-hodisalarni  shunchaki 

hikoya qilib bermaydi, hodisa bilan bogʻliq tuygʻularning ajib sehrini, nafosatini 

kitobxon  qalbiga  olib  kirishga  muvaffaq  boʻladi.  Qissaning  deyarli  barcha 

boblari ayni shu ruhda bitilganligining isboti sifatidaadabiyotshunos A.Rasulov 

shunday  deb  yozadi:  ”Dunyoning  ishlari”  poetikasining  alohida  sinchkovlik 

bilan oʻrganish zarur. Asarda yozuvchi mahorati, topqirligi, qissa janri tabiatiga 

kiritgan  yangiligi,  eng  kichik  personaj  mohiyatini  ham  bir  turtki,  bir  imo, 

harakat bilan ochib yuborganligi aniq koʻrinadi”.[8, b.323]  

Ona  avvalo  yaratuvchanligi  bilan  ulugʻlanadi,  sharaflanadi.  Zero, 

adibning  oʻzi  “Ayol”  nomli  publisistik  maqolasida  Onaning  yaratuvchanlik 

qobiliyatini kurrai zaminga qiyoslab yozgan fikrlari bilan buni dalillaydi: “Ona 

mehrini toʻsadigan qudrat dunyoda yoʻq. Ehtimol, ona yurt, ona tili, ona vatan, 

ona yer degan iboralar mana shundan kelib chiqqandir. Shuning uchun ham 

men yer kurrasini ayolga oʻxshataman”. [5, b.2]  

Qayta  hikoyalash  mumkin  boʻlgan  joyda  san’at  boʻlmaydi.  Sana’atning 

san’atligi,  ilohiyligi,  takrorlanmasligi  ham,  aynan,  uni  aytib  berish  mumkin 

emasligidadir. Kim boʻlsa ham boshqa birov tomonidan aytib berishga urinish 

badiiy asarni yoʻqqa chiqazish demakdir.[11, b.170] Oʻtkir Hoshimov asarlari 

shakl va mazmun jihatdan yuqoridagi gaplarning isboti oʻlaroq rang-barang va 




 

271 


takrorlanmas.  Adib  asarlarida,  ayniqsa,  Ona  obrazi  badiiy  talqinining  oʻziga 

xosligi va badiiy teranligi bilan boshqa ijodkorlardan ajralib turadi.

 

 

 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish