Jonim manim,
Qalbim manim,
Koʻzim manim,
Oʻzga vujud aro topgan oʻzim manim,
Yuzsiz qolgan bu dunyoda yuzim manim.
Koʻzim manim,
Koʻzimdagi soʻzim manim... [3. 40-bet]
singari qator sheʼrlarida qaygʻuli mazmunning jarangdor ohangini
koʻngildan oʻtkazamiz. Bunday sheʼrlarda lirik qahramon “Kajraftorning kaj
qismatga xayri” ekanligiga tan beraturib, oʻzining zamonga, taqdirga boʻlgan
munosabatini ifodalaydi. “Jonim manim” sheʼri mutolaasidan soʻng visol
sharobidan benasib ikki oshiqning, ayniqsa, yigitning qismat bilan bogʻliq oʻtli
nolasi koʻkka olovlanganligi seziladi. Inson yuragi shoirona tasvir tufayli ilohiy
qudratga aylangan, dunyo timsoli va uning vujudi boʻlgan yurak haqiqatan
shunday kuchga ega, ammo uni shoirona tasavvurot ila tasvirga tushirish
san’atdir. Shoirning boshqa bir she’rida goʻzal libosga oʻranib xiromon
borayotgan hurliqo mahbuba keyingi satrlar ogʻushida kelinchakdek bezangan
shakl-shamoyilda tasvirga tushiriladi:
Sening liboslaring qanday chiroyli,
Ufurar boʻyningda qanday atirlar?
260
Borasan – goʻyoki bir goʻzal oyni
Avaylab chulgʻamish harir abrlar. [4. 200-bet]
“Chiroyli libos”, “atrlar ifori”, “goʻzal oy”, “harir abrlar” iboralar boʻlib,
she’rga nafosat, sokinlik, xushboʻylik va chiroy baxsh etgan. Ammo zebo libosga
oʻranib borayotgan oydek mahbubaning yoʻli tuganmasdir, lirik qahramon
butun umri davomida uni kutadi va yoʻliga intizor boʻladi, lekin mahbuba yetib
kelmaydi: maqsadi yorga azob berish, uni intiq qilish va unga toqat, sabr-
bardosh tilashdir. Oxir-oqibat mahbuba yoʻlidan qaytadi, uyga kiradi va
farogʻat topadi. Tongda u derazani ochsa, atrof oppoq qor. U yoʻlga chiqmaydi.
Oshiqona va shoirona taxayyulga oʻrab aytilgan bir tuygʻu va orzu boʻlsa kerak,
albatta. Maqsad shirin soʻzlar, nozik adolar va yoqimli hikoyatlar bilan shoirona
ilhomdan bashorat berish va uni oʻquvchi xayolotiga joylashtirish, uning
zavqini keltirish va nafosat dunyosiga olib kirishdir. She’riyatdagi bunday
tashbehlar shoirona hunar boʻlib, u adabiy taxayyul deb ataladi. Usmon Azim
esa bu san’atning donishmand vakili sifatida sahnaga chiqqan va uning
yangragan mayin taronasi bu ohangda jilva etgan:
Umrim tugayapti – yoʻqdir daraging,
Sensiz vujudimda qancha toqat bor?
Tongda derazani ochding, qarading –
Tashqarida qordir, tashqarida qor. [4. 200-bet]
Shoirona nafis tasvir va cheksiz taxayyul Usmon Azim she’rlarining
mohiyatini tashkil etadi. Zotan, she’r taxayyulsiz boʻlmaydi, unda badiiy xayolot
asosiy oʻrinda turadi. Usmon Azim she’riyatida esa bu hunar butun jozibasi
bilan namoyon boʻladi. Tasvir va taxayyul, oʻz navbatida, obrazli soʻzlarni
vujudga keltiradi.
Ikki qoshing – ikkita qanot,
Ikki koʻzing – ikki umidqush...
Dunyo kabi koʻnglim yorishsin,
Qon ichida kulgu yarat... kul.
Lablarimda manim ochilsin
261
Shafaq rangli gʻuncha – qizil gul. [4. 333-bet]
Mazkur shafaq rangli misralar haqiqatan koʻngillarni yoritadigan
dilkusho kuchga ega. Mahbuba kulgusi va tabassumi – oshiq uchun jonbaxsh
ozuqa va tiriltiruvchi kuch. Shu bois, shoir orzu-umid va qizil gul nashidasi
tarafdori, ularni mehr bilan tasvirlaydi. Bu esa Usmon Azimning she’riy
dunyosi va u she’rlar dunyoning ranginkamoni, nafosat-u issiqligi. Shuning
uchun ham uning she’rlari adabiy-badiiy va ilmiy-uslubiy tahlilga loyiq.Taniqli
munaqqid Umarali Normatov Hamidulla Boltaboev bilan adabiyot nazariyasi
masalalari haqida qilgan bir bahsida “Usmon Azim juda monand holda, tong
nasimi va shabnam kabi nazokatli hamda nurli adolar libosida ayta oladi” [6.
77-bet.], degandi.
Usmon Azim muhabbat haqida koʻp va xoʻp yozgan. Agar uning avvalgi
she’rlarida lirik qahramonning sevgi tuygʻulari ifodasida ravshanlik va hatto
porloqlik ustuvorlik qilgan boʻlsa, soʻnggi she’rlarida porlab yongan
mushaklarining kullari tasvirga tortilgandek tuyuladi. Ammo bu soʻngan sevgi
kullari emas. Lirik qahramon sevgisi (binobarin, shoir sevgisi) olovlangan
boʻlsa olovlanganki, aslo soʻnmagan. Faqat shoir endi sevgi haqida minbar
oldida turgan olomonga emas, balki eng yaqin kishisining, sirdoshining
qulogʻiga shivirlab aytadi. Usmon Azimning muhabbat lirikasi soʻnggi yillarda
shunday qiyofani olgan: u soʻzga xasis, lirik qahramon qalbini oʻrtovchi iztirob
yolqinini bir-ikki obraz, bir-ikki chizma bilan ifodalaydi, xolos. U shunday usul
bilan soʻzning she’riy matndagi vaznini, salmogʻini oshiradi va ayni paytda
she’rxonni she’rni chuqur his etishga, har bir soʻz va har bir poetik obrazning
magʻzini chaqishga da’vat qilgandek boʻladi. “Qalandar ishqi” deb nomlangan
buyuk gʻazalida Choʻlpon yorga butun borligʻi bilan berilgan lirik
qahramonning armonli ruhiy holatini tasvirlab, bunday yozgan edi.
Muhabbatning saroyi keng ekan yoʻlni yoʻqotdim-ku,
Asrlik tosh yangligʻ bu xatarlik yoʻlda qotdim-ku.
Karashma dengizin koʻrdim, na nozlik toʻlqini bordir,
262
Halokat boʻlgʻusin bilmay qulochni katta otdim-ku.
Ajib dunyo ekan bu ishq dunyosi, ayo doʻstlar,
Bu dunyo deb u dunyoni bahosiz pulga sotdim-ku...
Agar Choʻlponning lirik qahramoni yorga muhabbati tufayli u dunyodan
mahrum boʻlgan boʻlsa, Usmon Azimning lirik qahramoni shunday yolqin
sevgisi tufayli u dunyodan ham, bu dunyodan ham ayrilgan. Shoir bir she’rida
yozadi:
Men seni deb azoblarga urdim bosh,
Men seni deb xatolarga qayrildim.
Men seni deb gunoh boʻldim, bagʻri tosh,
Men seni deb bu dunyomdan ayrildim.
“Tangrim” dedim – bir bandacha boʻlmading,
“Tangrim” dedim – tubanlarga qayrilding.
Yuz oʻgirdim – xayolimda soʻnmading,
Men seni deb u dunyomdan ayrildim. [4. 209-bet]
Shoirning talqin etishicha, lirik qahramon har ikki dunyodan mahrum
boʻlganiga va gunohlarga botganiga qaramay, bir narsaga erishganki, bu narsa
ikki olamga teng bebaho boylikdir. Shoir shu fikrni lirik qahramonning
gʻussador kayfiyatidan kelib chiqqan holda quyidagicha ifodalaydi:
Oh, lahzada yoʻqlar etding, bor etding,
Borimga ham, yoʻgʻimga ham sen yorsan.
Meni qanday gunohlarga yor etding,
Ikki dunyom yoʻqdir, faqat sen borsan. [4. 200-bet]
Aytish mumkinki, Usmon Azim shu she’rda ustoz shoir bilan
mubohasaga kirishib, u topgan poetik obrazni goʻzal bir shaklda davom
ettirgan va unga yangi falsafiy ma’no bagʻishlashga, lirik qahramonning yorga
boʻlgan muhabbatini yanada ulugʻlashga erishgan. Shoir shu she’r orqali chin
sevgi inson ruhini pok va bokira tuygʻular bilan boyituvchi, uni ilohiy yuksaklik
sari yetaklovchi omil degan yuksak gʻoyani olgʻa suradi. Dard – har qanday
263
badiiy ijodning qoni. Inson tanasida qon aylanmas ekan, u yashamaydi. Badiiy
asar tarkibida ham qon yangligʻ dard boʻlmasa, bunday asar jondan, jonlilikdan
mahrum. Demak, haqiqiy badiiy asar dardsiz boʻlmaydi. Ammo uning namoyon
boʻlishi har xil. Ayni chogʻda, qayd etish joizki, dard namoyon boʻlishidan qat’iy
nazar, xususiy holatga taalluqli boʻlishi yoki ijtimoiy voqelik bilan bogʻliq
boʻlishi mumkin. Albatta, ularda ijodkorning dardi turli voqea-hodisalar, turfa
obrazlar misolida turlicha namoyon boʻladi. Ammo barcha asarlar negizidagi
dard, tasvirdagi zamon-u makonidan qat’iy nazar, bugungi ijtimoiy voqelikka
munosabat boʻlib, aynan shu davr jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiladigan
hodisa oʻlaroq jaranglaydi, mohiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |