Annotation. This article about Normuod Norqobilov’s storys. Author’s analyzed
peyzaj portrayal in “Butterfly”, “Old man and snakes”. It has been found that the image of
nature reveals the psyche of the images, showing their character.
Keywords: artistic image, landscape, the image of the soul, character, plot.
Tabiat borliqning bir qismi sifatida inson hayoti bilan chambarchas
bogʻliq. Inson va tabiat oʻrtasida bir rishta borki, kimdir bu rishtani his qilib
yashaydi, kimdir unga yuz buradi. Badiiy adabiyotimizda inson shaxsini,
ruhiyatini, ochib berishda tabiat tasviri bilan hamohanglikda mengzash odat
tusiga kirgan. Aynan, Normurod Norqobilov asarlarida tabiat tasviriga juda
koʻp marotaba murojaat qilishini koʻrishimiz mumkin. Balki, bu bilan yozuvchi
yuqorida aytib oʻtganimizdek tabiat borliqning bir qismi ekanligini bizga bot-
bot eslatmoqchi va uqtirmoqchidir.
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
250
Lirik shoirimiz Hamid Olimjon oʻz maqolalaridan birida ona tabiatni his
etish va uni ishonarli tasvirlash uchun ijodkor uch xil qiyofada namoyon
boʻlishini orzu qilib shunday deydi: “Men Xorazmliklarning Amudaryoga
boʻlgan qarashini, oʻchini, ginasini soʻz bilan aytib beradigan shoirni, kuylab
beradigan ashulachini, chizib beradigan rassomni koʻrishni istar edim”, - deydi.
Shu bilan birga bu fikr zamirida insonning tabiatga boʻlgan munosabatini
ifodalash masalasi yotibdi. Xoʻsh, odam bolasi oʻz ne’matlarini moʻl-koʻl hadya
etayotgan tabiatga mehr-muhabbat bilan qaraydimi, mehr-muhabbat ruhida
yashaydimi? Bu nafaqat adabiyotimizning balki, bu butun bir davrning azaliy
muammosi boʻlib kelgan va ijod ahli u yoki bu darajada munosabat bildirgan.
Men ulugʻ shoirimizning orzusi davrimizning iste’dodli yozuvchisi Normurod
Norqobilov ijodida amalga oshganligini alohida ta’kidlab oʻtmoqchiman.
Yozuvchi oʻz ijodida yurtimizning koʻrkam tabiatini sehrli soʻzlar orqali
ifodalab beradigan mahoratli yozuvchi, nabobat va hayvonot olamini
joʻshqinlik bilan baland pardalarda kuylay oladigan hofiz, quyuq va boʻrtma
ranglarda tasvirlaydigan rassom qiyofasida namoyon boʻlmoqda.
Yozuvchining juda koʻp asarlari bunga guvohlik beradi. Jumladan, “Chol
va ilonlar”, “Judolik quvonchi”, “Kapalak”, “Keksa tut” kabi bir qancha
hikoyalarida ijodkor kitobxonni tabiat qoʻyniga beixtiyor chorlaydi. Aslida-ku,
tabiat tasviridan oʻz asarlarida foydalanmagan ijodkor boʻlmasa kerak. Xoʻsh,
Normurod Norqobilovning bunda mahorati va farqi nimadalarda ekan?
Normurod Norqobilov tabiatni shunchaki tasvirlamaydi, balki uni jonli va
tabiiy koʻrsatish orqali obrazlar ruhiyatini ochib berishni odat qilgan.
Asarlarida obrazlar ruhiyatini tabiat hodisasi bilan bogʻlaydi. Yozuvchi,
asosan, tabiat tasvirini bola yoki chol obrazilari orqali koʻrsatgan asarlari
salmoqlichani tashkil etadi. “Kapalak” hikoyasida bola ruhiyatini tabiat
moʻjizasi bilan bogʻlasa, “Chol va ilonlar” hikoyasida esa, chol obrazi bilan
bogʻlaganining guvohi boʻlamiz. Yozuvchi ijodida, asosan, bola va chol
motivlaridan foydalanishining sababi ham ular tabiiylik va samimiylikni,
begʻubor qalb pokligini saqlab qolganligida boʻlsa ajab emas. “Chol va ilonlar”
251
hikoyasidagi Rahmon chol juda tabiatnavis, koʻngli toza muallim edi. Chol
hovlisidagi u bilan birga yashayotgan ilonlardan bir zum ham choʻchimaydi.
Unga ziyon yetkazishni hayoliga ham keltirmaydi. Ular bilan yaxshigina
“qoʻshnichilik” munosabatini mustahkam bogʻlaydi. Har kuni ular uchun gulzor
pushtasiga un sepishni ham kanda qilmaydigan keksa nuroniy.
Yangi qoʻshnilarning hovlisida yashashidan avvaliga biroz hayiqsada,
keyinchalik buni tabiiy holday qabul qiladi. Rahmon chol gʻayritabiiy bu
qoʻshnichilikka boshida sira koʻnika olmaganidek, erta bir kun kelib ularga
qattiq bogʻlanib qolishini va hatto yuragida sogʻinchga oʻxshash ajabtovur
tuygʻularni tuya boshlashi mumkinligini oʻshanda xayolining yetti koʻchasiga
ham keltirmagandi.
Koʻp vaqt oʻtmasdan bu gʻaroyib qoʻshnilarga juda bogʻlanib qoldi. Har
galgidek, ularning hovliga chiqishi-yu, birin-ketin oʻrmalab oʻz inlariga,
aniqrogʻi, Rahmon cholning pastak hammomining ostiga kirib ketishini ilhaq
kutadigan boʻldi. Bu uchrashuvga qadar Rahmol chol tevarak-atrofga biroz
bee’tibor, oʻz yumushidan, oila tashvishidan boshqasini oʻylamaydigan inson
edi. Ana shunday sertashvish kunlarning birida ilonlarga duch keldi-yu,
cholning koʻzi yarq etib ochildi. Uning ta’biri bilan aytganda, bu “bir parcha
tuproq” oʻzidan boʻlak oʻzga jonivorlarga ham tegishli ekanligini angladi. Ilonlar
sabab cholning tevarak-atrofga boʻlgan e’tibori ortib boraverdi. U daraxt
shoxlaridagi chumolilar karvonini, gulzorda uchib yurgan nafis kapalaklarni,
samolarda parvoz qilayotgan chumchuqlar chugʻurini, tomdagi mushuklar
oʻyinini ilgʻaydigan boʻldi. Aniqrogʻi, tabiatning ajib bir moʻjizasini oʻz koʻzi
bilan koʻrish baxtiga muyassar boʻldi. Shu bilan chol ularga mehri oshib, ular
bilan gaplashishni ancha oʻrganib olganini oʻzi ham sezmay qoldi.
U ilonlar bilan qadrdonlashib qolganidan beri mudom bir savol uni
oʻylantiradi. “Jonivorlar bilan murosa qilish mumkin holda nechun odamzod
bilan til topishib boʻlmaydi -a?“Tabiat oʻz qudratini koʻrsatdi. Inson insonni
tushunmayotgan bir paytda jonivorlar insonlarning yaqin doʻsti ekanligini
koʻrsatmoqda. Bu orqali yozuvchi nafaqat tabiat moʻjizasini, balki hikoya
252
qahramonining bir tugal hayotiy xulosaga kelishi kerakligi vazifasini
yuklamoqda.
Normurod Norqobilovning yana bir hikoyasida ham mana shunday
xulosaga kelishimiz mumkin. “Kapalak” hikoyasidagi Nusrat juda beozor,
begʻubor, bolalik gashtini qishloqda bobosi va buvisi bilan birga oʻtkazayotgan
bola edi. U tugʻulganda ota-onasi hali talaba boʻlganligi uchun ham u qishloqda
oʻsgan. Yoshi ham maktab yoshiga yetib qolgani bois, uni otasi shaharga olib
ketish taraddudiga tushgan. Nusrat qizgʻaldoqlar-u kapalaklarni, gʻumaylarni-
yu otquloqlarni, shishadek tiniq osmondagi toʻrgʻayni hayrat bilan kuzatishdan
hecham charchamasdi. Hatto, yoʻldagi chumolilar karvonini soatlab tomosha
qilishdan, ularga qirqoyoqni tutib berishni ham esdan chiqarmasdi. Nusrat
faqatgina shu qirqoyoqni biroz yoqtirmasdi. Albatta, buning ham oʻz sababi
bor. Bir necha yil oldin qirqoyoq amakisining qulogʻiga kirib ketib, rosa jonini
azoblaganini bobosidan eshitgandi. Shu-shu qirqoyoqni koʻrdi deguncha uni
tutib chumolilar toʻdasi ixtiyoriga topshirardi. Va bu qilgan ishini amakisi va
bobosiga aytib, bolalarcha maqtanardi. Bobosi boʻlsa, nevarasining bu quvnoq
xatti- harakatlarini zimdan kuzatib, gaplarini eshitib koʻngli koʻtarilardi. Nusrat
shaharga ketishini eshitgandan koʻchaga uloqchadek oʻynoqlab otildi. Qadrdon
joʻralariga xabar berishni oʻyladi. Bu xabardan tomdagi lolaqizgʻaldoq ham, jajji
qoʻzichoq ham bu sayohatidan bexabar qolmadi. Bundan koʻrinadiki, bola
tabiatdagi har bir narsani oʻz joʻralari qatori ularni ham doʻst deb biladi.
Ulardan sirini yashirmaydi, balki gʻamxoʻrlik qiladi.
Qizgʻaldoq atrofidagi maysalarni tarab, uni yovvoyi oʻt-oʻlanlardan
asraydi. Bola tabiat tilini yaxshi tushunadi. Qizgʻaldoq bilan sirlashadi, shamol
boʻlganda esa gʻumaylar qoʻshiq aytib, otquloqlar chapak chalishini bola
tafakkurida idrok etadi.
Bir kuni u bobosidan arilar nima deyapti deb soʻraganida bobosi “Bekor
turmay ishlash kerak-ishlash kerak”, -deyapti degandi. Bolakay ajablangan:
“Shundan boshqa aytar soʻzi yoʻqmi ularning?” Bobo degan: “ Boʻlak gap
aytishga ularning fursati yoʻq”, - degan edi. Ana shundan beri Nusrat
253
asalarilarning mehnatkashligi-yu, bir daqiqani ham behuda sarflamay
ishlashini koʻrib, ularga mehr qoʻyib, har bir fursatning qadriga yetishni ham
ulardan oʻrgangan. Menimcha, odamzod ham juda koʻp narsalarni tabiatdan,
tabiat ta’siridan, jonivorlardan oʻrgangan boʻlsa ajab emas. Negaki, hali
moʻjizaga boy tabiatimizning hali biz bilmagan, kashf etilmagan sirlarga boy.
Nusrat esa hali bola boʻlishiga qaramay, bu moʻjizani bola koʻzi bilan koʻrishga
ulgurgan ziyrak bola.
Hatto, u kattalar oʻylab koʻrmagan ba’zi bir narsalarni ham u koʻzdan
qochirmaydi. Masalan, dadasi bilan shaharga ketayotganda yoʻlda shunday
savol bergandi. ”Ota, toʻrgʻay nega osmonda bunaqa qilib turadi-a? “, - deya
soʻragandi. Ota esa tepaga qaradi va yelkalarini qisdi. Toʻrgʻay nechun bu tarzda
muallaq turishini hech oʻylab koʻrmagan ekanligini, anglab yetmasdan bolakay
ikkinchi savolni ham berishga ulgurdi. ”Nega chumchuqlar bunaqa turmaydi, a,
ota. Shaharda chumchuqlar bormi. Musicha bilan toʻrgʻaychi?”, - deya otani
ketma-ket savollar oqimiga koʻmib tashladi. Ota boʻlsa, bu savollarga javob bera
olmasligini bilib, “bilmadim” soʻzi bilan kifoyalandi, xolos. Oʻzidan-oʻzi
hayratlandi. Shuncha yil shaharda yashab bu ikki qushning borligini ham,
yoʻqligini tuzukroq bilmas ekan. Shunchalikda atrofga, tabiatga e’tiborsizligini
oʻzi bilsada, buni oʻgʻliga sezdirmasligni ma’qul koʻrdi.
Biroq koʻp vaqt oʻtmay bolakay kapalaklar bilan ovundi. Lov-lov yonib
turgan lolaqizgʻaldoqlar ustida uchib yurgan kapalaklar sari oʻzini otdi. Bunday
chiroyli kapalakni umrida koʻrmagan Nusrat kapalakning qanotlaridan
avaylabgina ushladi. “Hozir seni qoʻyib yuboraman”, - dedi va dadasiga
koʻrsatish uchun uning yoniga yugurdi. Bu onda bola juda begʻobor, quvnoq va
baxtiyor edi. Ota boʻlsa, avvaliga oʻgʻlining ust-boshiga razm soldi. Koʻkargan
shimiga, oqargan koʻylagini koʻrib gʻazablandi. Oʻgʻlining xursandchiliga cherik
boʻlish oʻrniga, qoʻlidagi kapalakka chang soldi va kaftida gʻijimlab yerga
tashladi. Bunga ham qanoat qilmay, kapalakni oyogʻi bilan ezib, tuproqqa
qorishtirib tashladi. Bola shu on roʻparasida oʻz otasini emas, yovuz bir insonni
koʻrganday boʻldi. Nusratning rangi oqarib, koʻzlariga yosh qalqidi va qishloq
254
sari yelday uchib ketdi. Bolaning yoshligi, bolaligi kapalak umri singari qisqa
boʻldi. Kapalak oʻlimi bilan Nusratning yoshligi ham tugadi va u shu paytda
ulgʻayganday edi. Bunda birinchi koʻrgan sahnasi ham otasining “yovuz ishi”
boʻldi. Hikoyada qahramon va tabiat ya’ni bola va kapalak parallelizm usulida
tasvirlangan. Goʻyoki, Nusratning bolaligi tugagan emas, balki marvarid
shodasi kabi har tarafga sochilib ketganday, nazarimda. Otasining oʻylamay
qilgan birgina harakati bolani otadan ayirdi va ularning oʻrtasiga koʻrinmas
devor soldi.
Xulosa
oʻrnida
shuni
aytishimiz
mumkinki,
Normurod
Norqobilovhikoyadagi persanajlar nutqi, xatti-harakati orqali ularning
xarakterini, dunyoqarashini, umuman, ruhiy olamini ochib bera olgan va peyzaj
tasvirida usta ekanligini ham koʻrsata olgan. Yozuvchi hikoyalarida tabiat
tasviridan bir qancha maqsadlarda oʻrinli foydalangan:
-obrazlar fe’l-atvorini koʻrsatish uchun;
-ruhiy olamini yoritish uchun;
-personajlar ichki dunyosini ramziy tabiat orqali ifodalash uchun;
-obrazlarning hayotiy xulosaga kelishlari uchun;
Va boshqa turli xil maqsadlar uchun foydalangan.
Yozuvchi hikoyada nafaqat, qishloq hayotini, ota va oʻgil munosabatini,
balki jonivorlarni, tabiatni, butun borliqni asrashga, ularga gʻamxorlik qilishga
da’vat etgan. Biz ona tabiatimizning sehrli olamiga mahliyo boʻlmasak, asrab-
avaylamasak, betakror tabiatimizni kuzatmasak, uning kuzatiluvchisiga
aylanib qolishimizni ham unutmasligimiz darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |