Key words: conflict, space, psychology, character, hero, consciousness.
Hozirgi adabiy jarayonda ijtimoiy hayot voqeligini badiiy tahlil qilish
dolzarb sanaladi. Bu borada hikoya yetakchi janrlardan biri hisoblanadi.
Hikoya inson hayotidagi u yoki bu yorqin hodisani, ijtimoiy yoxud psixolagik
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
243
konfliktda xarakter bilan uzviy bogʻliq holda rivoyaviy usulda tasvirlovchi epik
asardir [6].
Hikoyalarda hayotning bir parchasi olinib, unda butun bir isoniyatga
daxldor boʻlgan turli gʻoylalar sigdiriladi. Ixchamlik hikoyaning muhim belgisi.
Unda bir lavha orqali hayotning turli koʻrinishlari, personajlarning butun umr
yoʻli, rang-barang xarakterlarining shakllanish jarayoni, ruhiy holatlarning
oʻzgarib turishi aks etadi. Hikoyani bevosita chumoliga mengzasak boʻladi.
Chunki u kichkina boʻlsa ham oʻziga oʻgʻir yuk oladi. Uning zimmasidagi vazifasi
ham oʻzidan ortiq.
Hikoya hammma xalqlar adabyotidagi eng rivoj topgan janrdir. XX asr
oʻzbek adabyotida A. Qodiriy, Gʻ. Gʻulom, A. Qahhor, Sh. Xolmirzayev va boshqa
yozuvchilar hikoyaning eng yaxshi namunalarini yaratdilar [5].
Aksaryat hikoyalarda maishiy turmush muammolari tasvirlansa-da,
ushbu janrda insonning ma’naviy qiyofasi, millatning oʻziga xos xususiyatlari,
umumbashariy mavzularning badiiy talqini asosiy planda turadi. Bunday
mavzular asarning umrboqiyligini ta’minlaydi. Eng ajoyib adabiy asarlarda
xalq ongi bayon etiladi. ShukurXolmirzayev “Hikoya haqida” maqolasida [7] A.
P. Chexov hikoyalarining 90% da xarakter koʻrsatilishini va shu bilan avtor
maqsadiga erishgandek boʻlishini aytadi. A. P. Chexovning “Qayliq” hikoyasi
haqida shunday deydi: “Qayliqda”-chi bunda ham xarakter bor, lekin, lekin… u
oʻzgaradi, u oʻzi oʻrgangan Chexovning barcha qahramonlari yashab, koʻnikib
kelayotgan hayotdan chiqmoqchi boʻladi, bunga qisman erishadi ham. Bu
hikoya menga ta’sir etdi. Demak, chin hikoyada mana shunday obrazning
takomili ham boʻlgani tuzuk ekan deydi”
Biz Sh. Xolmirzayev hikoyalarida inson ruhi, ongi, psixologiyasiga
daxldor boʻlgan mavzularni koʻp uchratamiz. Yozuvchining “Qariya” hikoyasida
inson ruhiyatidagi evrilish haqqoniy, ijtimoiy hayotdan koʻchirilganligiga
guvoh boʻlamiz. Tomchida quyosh aks etganidek, asarda inson hayotining
konkret manzaralari, individual belgilari orqali hayotdan olingan
umumlashmalar ifodalangan. Qoʻziboy cholda umumxalq vakillariga xos
244
boʻlgan xalqona hislatlar ham, uning shaxsiy hislatlarini belgilaydigan konkret
belgilar ham mavjud. Masalan: sodda, mehnatsevar, samimiy, halol, toat-
ibodatli, haqgoʻy. Alohida e’tibor berilganda esa ezgulikka yoʻgʻrilgan sof qalb
va ruhiyatning keskin burilishi Qoʻziboy chol asl xarakterini belgilaydi.
Qoʻziboy chol qovun-tarvuz poʻchoqlarini yigʻib yuradi, oyoqosti boʻlgan
uzum, pomidor, karam poʻchoqlarini supuradi. Mol bozoriga borib tezak
toʻplaydi. Shu ishlari evaziga bozorkomdan 60 soʻm maosh oladi, xizmatchilar
roʻyxatiga “ishchi” deb yozib qoʻyilgan. Bundan koʻrinadiki, Qoʻziboy chol
insonlarga yaxshiliklar qila oldi va ezgu mukofotga ham loyiq koʻrildi. Umuman
olganda bu ham kurrayi zaminimizning bir qonuniyatidir. Ya’ni inson, inson
boʻlib tugʻildimi, inson boʻlib yashamogʻi kerak. Qariya roʻyxatga “ishchi”deb
yozildi. Ammo insonlar qalbiga-chi? Vaholangki u ham loqayd, befarq inson
boʻlsa boʻlar edi. Lekin Qoʻziboy chol insonlar koʻngliga ‘‘insonparvar
qariya’’deya muhrlandi.
Asardagi har bir obrazda muayyan bir fikr ifodalangan boʻlishi lozim.
Bugʻoya ham oʻtkir va ta’sirchan boʻishi shart. Gʻoyasiz odam-jonsiz tanadir [3].
Qoʻziboy va Qobil qassob janjalini uzoqdan koʻrib turgan va cholga yordam
bergan Mirgʻozi qassob, qariyadan xabar olib turgan qoʻshni Jamol, oʻzi choʻloq,
olti bolaning otasi boʻla turib, halol rizq terib, tinmay mehnat qilayotgan
Shoyimardon Qudrat obrazlari umuman oʻzbek xalqiga xos boʻlgan
umuminsoniy hislatlarni koʻrsatishga yordam beradi. Birovning haqqini tab
tortmay yeydigan Qobil qassob obrazi esa hayotning asl qonunyati boʻlgan
ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlikni ochishga xizmat qilgan.
Adabiy asarda narsa, voqea va shaxslarni bir nuqtaga yigʻadigan kuch
bor. Bu gʻoya yozuvchi ifodalamoqchi boʻlgan fikrdir [3]. Hikoyada inson, uning
insonlikka xiyonat qilmasligi, oʻziga boʻlgan ishonchni yoʻqotmaslik, harakat,
berilgan hayotni mazmunli yashashga boʻlgan intilish gʻoyasi ilgari surilgan.
Oʻz mohiyatidan chekinmagan har qanday ilm, shubhasiz, Ollohga olib
boradi. Mohiyatga munosib ilm muayyan tuzum, jamiyat, millatga emas,
umuminsoniyatga xizmat qiladi [4]. Umuman olganda Sh. Xolmirzayevning
245
“Qariya” hikoyasi asl mohiyatdan uzilmagan, umuminsoniyatga xizmat qiluvchi
asardir. Qoʻziboy cholning choyxonachiga: “Inim, oʻlim degani toʻy emas, toʻy
bamaslahat boʻladi, oʻlim boʻlsa tuyqusdan keladi. Buning farqi katta!” degani
va hikoyaning yana bir oʻrnidagi “yogʻoch sandiq ustidagi eski joynamozini olib,
tilovat qilgani” “betob boʻlib choyxonaga borganida “Olloyim sevgan quliga
kasal berar ekan, inim. Oʻlimni unutmasin, meni eslab tursin deb” degan soʻzlari
asl mohiyatning yorqin dalilidir.
Hikoya “Qoʻzivoy cholning kasbi betayin” deya boshlanadi. Badiiy
asarlarda ilk jumla asar mohiyatini ochishda beqiyos roʻl oʻynaydi. Falsafa
fanlari doktori K. Hamrayev oʻz maqolalarining birida “Ilk jumla ijod
jarayonidagi psixologik holatlar, badiiy asar ritmi va asar badiiy gʻoyasi bilan
poetik aloqaga kirishib, hikoya kompozitsiyasi tarkibida karvon qoʻngʻirogʻi
kabi yoʻlboshlovchi vazifasini bajaradi” deb yozganlar [4]. Haqiqatdan ham
qariyaning aniq bir kasbi yoʻq. U jarchi, sovuq kunlarda togʻliklarga choʻgʻ qilib
beradi, poʻchoqlarni terib yuradi, tezak ham supuradi, vaqtida qoʻy ham
boqqan, pochtachilik qilgan, hatto eshonga yetti yilga muridlikka ham tushgan.
Qariya oʻz ishidan ogʻrinmaydi, or qilmaydi, minnat neligin bilmaydi. “Yigit
kishiga qirq hunar ham oz” deganlaridek faqat ezgulik deya harakat qiladi.
Yaratguvchi zot ham unga shunga yarasha rizq ham beradi. Qoʻzivoyning asl
ma’nosi ham suyukli, erkatoy, mol-u davlatli boʻlsin degan ma’noni anglatadi.
Haqiqatdan ham, qariya barcha uchun suyukli boʻla oldi. Asl mol-u davlar ham
aslida qariyaning oʻzida . Koʻrinib turibdiki, asar boshlanmasi hikoya uchun
belbogʻ vazifasini bajargan . Qoʻziboy cholning kasbi betayin ekanligi asar
boshidan oxirigacha saqlanib qolgan.
Yozuvchi Qoʻziboy cholning ichki dunyosini turli usullar orqali ochib
berolgan. “Berganini olib, haqiga moʻl-koʻl duo qiladigan, choyxonaga kirsa
umrida koʻrmagan odami bilan ham nihoyatda quyuq soʻrashadigan, oʻn tiyinga
beshtalab sotayotgan ravochni, oʻn tiyinga oʻntalab sotganini bilmay qoladigan,
oʻlimligini tayyorlab tayinli bir kishiga berib qoʻyishni oʻz burchi deb biladigan”.
246
Qobil qassob ta’biricha “xudojoʻy, urush-janjaldan yiroq yuradigan” bir insoniy
qariya.
Yozuvchilar koʻpincha kishilar xarakteri va taqdirini ta‘sirchan
koʻrsatishda tabiat manzaralaridan foydalanadilar. “Bu yil kuz barvaqt tushdi.
Bargi pastdan toʻkilgan daraxtlar uchi qontalash. Chugʻurchuqlar serob.
Mezonlar koʻp. Chumchuqlar ham sertashvish. Hikoyada aynan kuz tasvirining
berilishi hikoya matni avvalida keltirilgan: “Rayon shaharga aylanayotgani
uchun aholi koʻpayib, yer tagʻin torlik qilib, tomorqalarda mol saqlab
boʻlmaydigan darajaga yetyapti . Rayon koʻchalarida odam siyrak, hamma
paxta terimida, Qoʻziboy chol ham bir hafta terimda boʻlib keldi’’qismida
ochiladi. Sababi xalqimiz uchun majoziy “kuz” ertaroq tashrif buyurdi. Bargi
pastdan toʻkilgan daraxtlar- oʻzbek xalqi. Bargning pastdan toʻkilishi
yaxshilarning hayotdan dastlab koʻz yumishi. Erta toʻkilgan burglar bu bizning
ma’rifatparvar yozuvchi, jaded ajdodlarimizdir. Daraxt uchining qontalashligi
hali ham ulugʻlarning avlodlari mavjudligi, balki Qoʻziboy cholning aynan
oʻzidir. Chumchuqlar-SSR amaldorlari. Chugʻurchuqlar-tinib-tinchimaydigan
oʻzbek xalqidir. Mezonlar-befarq, loqayd insonlardirBu dunyoda har bir voqea
asossiz hayotimizda yuz bermaydi. Bular ma’lum darajada insonni inson
sifatida shakllantirishga va boshqa shu kabi sabablarga xizmat qiladi. Insoniy
qariya Qoʻziboy chol yaxshilik qilishda millat(xoh koreys, xoh tojik), yosh, kasb
tanlamadi. U oʻzining oily maqsadi yoʻlida tinib-tinchimadi!
Yoʻldan chiqsan chiq, eldan chiqma’’-deydi. dono xalqimiz. Qariya
yoʻldan ham, eldan ham chiqmadi.
Har bir davr adabyotida oʻsha zamonning ijtimoiy muammolari qisman
boʻlsa-da aks etadi. “Shuni es-es biladiki, bolaligida qishloqlarini qurollangan
odamlar bosgan. U somonxonaga bekinib jon saqlab qolgan”. Bu oʻrinda
yozuvchi xalqning ijtimoiy-siyosiy ahvoli bilan ham kitobxonni tanishtiradi.
Yozuvchilar personajlar nutqi orqali ularning oʻziga xos xususiyatlarini,
ruhiy dunyolarini, yashash tarzlarini, xarakterlarining mantigʻini ochib beradi.
“Qoʻziboy chol tiz choʻkib, rosa tilovat qildi. Oʻlganlarga jannatdan joy tiladi,
247
tiriklarga insof-adolat. Soʻng pichirlab: “E, rasuli barhaq! Iymonimni ber”, -dedi.
-Birovga yomonlik qilmadim, birovning haqini yemadim…Togʻlik
ogʻaynilarimni ham aldamadim. Koʻpning duosini oldim. Ha farzand
koʻrmadim. Senga bir yomonligim oʻtgandir-da…Oʻzingga shukur . Qobil boyga
ham umr ber, bola-chaqasining boshida omon yursin! Meni koʻmsin! E,
Qoʻziboyning hech kimi yoʻq ekan demasin birov!. . ’’
Shu oʻrinda qariyaning butun bir ichki dunyosi, hayot yoʻli, koʻrgan-
kechirganlari, umuman ruhiy olami boricha namayon boʻlgan. Ajabmaski,
yozuvchi Sh. Xolmirzayev o z da’vat va chaqirigʻini ham asarning aynan shu
oʻrniga yuklagan boʻlsa. Chunki, oʻlganlarga jannatdan joy, tiriklarga insof-
adolat tilash, rasuli barhaqdan iymonini soʻrash va oʻzini-oʻzi taftish qilish
umuminsoniylikning oʻzidir.
Xalqimizda bir naql bor:‘‘Asl odam hech oʻlmas”. Haqiqatdan ham inson
quyidagi savollarga javob bera olsa, u hech qachon “oʻlmaydi” Men kimman?
Aslim qanday? Qanday keldim? Qanday yashayabman va qanday
ketmoqchiman? Men qaysi yoʻlni toʻgʻri deb bildim Aslida qaysi yoʻlni tanlashim
kerak edi? Asar bosh qahramoni Qoʻzivoy chol shu savollarga javob topa oldi.
U hayotga ezgulik ulashish maqsadida kelganligini, qilgan amallari uni
umrboqiy qilishini tushunib yetdi.
Barcha belgilar, tafsilotlar, chizgilar, juda katta qunt bilan tanlanib,
jamlangandagina hodisalar va xarakterlarning mohiyatini ochishga, turmush
manzaralarini koʻrsatishga xizmat qiladi [3].
Hikoyaning eng kulminatsion nuqtasi bu asar soʻngidir. U jim-jit uyda,
palos ustida choʻzilib yotib, shu fikrga keldi,, Bu ahvolda men qandoq qilib
oʻlaman?Asti mumkin emas, sirayam…Men yana mehnat qilishim kerak. Halol
rizq topishim kerak. Oʻlimlik qilishim kerak. U qoʻshni chiqargan ovqatni
zoʻrlab yedi. Yarim kechada turib, goʻsht qovurdi bu bilan u oʻziga jismonan
quvvat oldi. Sahar uygʻonib, soyga tushdi. Yuvindi. Tetiklandi. Qoʻziboy chol
avvalgidek boʻlib ketdi. Soy uning butun dard-u iztiroblarini oqizib, oʻzi bilan
olib ketdi. Hikoyada inson hamma narsa, voqea-hodisadan toʻgʻri xulosa
248
chiqarishi yorqin aks ettirilgan. Asar qahramoni Qoʻziboy chol ham vaqtida
toʻgʻri xulosa chiqara oldi. Muhimi u turfa hayot puchmoqlariga “Labbay” deya
qarshi tura oldi. Ezgulikning yovuzlik ustidan gʻalaba qozonishini yana bir
karra isbotladi!
Do'stlaringiz bilan baham: |