Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet143/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Keyswords: Ginghis Aytmatov, works, global problems, artistic interpretation, history 

of humanity, traditions. 

 

Til va adabiyot:  



ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

230 


Yillar  oʻtgan  sari  zamon  va  davr  takomillashib  boradi.  Insoniyatning 

cheksiz qiziqishlari uni beqiyos imkoniyatlar sari yetaklaydi. “Har zamonga, bir 

zamon”, – degan naqlni odatda keksalar tilidan eshitamiz. Katta hayot tajribasi 

berayotgan ushbu xulosada jon bor. Zero, davr oʻzgargani, takomillashgani sari 

insoniyatning qudrati oshib bora yotgan boʻlsa-da, uni tashvishga sola yotgan 

jiddiy  muammolar  ham  yoʻq  emas.  Insoniyat  katta  rivojlanish  davri,  texnika 

asriga  XVIII  asrda  qadam  qoʻyganidan  buyon  uni  oʻylantiruvchi  muammolar 

ham u bilan barobar odimlamoqda. Tabiat insoniyatning toʻla hukmronligiga 

bir  qarashda  sokin  boʻyunsunayotgandek  koʻrinsa  ham,  zimdan  uning 

koʻrsatayotgan qarshiligi turli tabiiy ofatlar sifatida koʻz oldimizda namoyon 

boʻladi.  Nafaqat  tabiat,  balki  insoniyatning  oʻzi  ham  oʻzi  uchun  yetarlicha 

tashvish  orttirayotganiga,  yer  yuzining  insonparvarlik  ruhida  toʻla-toʻkis 

birlasha  olmayotganiga  birgina  XX  asrning  oʻzi  guvoh.  Bashariyat  boshida 

yetilgan  global  muammolar  yetarlicha  va  ular  botinan  kuch  toʻplayotgandek 

goʻyo. Biz  global muammo deganda nimani tushunamiz? Keling, bu atamaga 

dastlab aniq fan tilida yondashsak : 

Global muammolar – umumbashariy hayot va taraqqiyot bilan bogʻliq 

hozirgi  zamon  muammolari.  Jumladan  jahon  termoyadro  urushining  oldini 

olish,  xalqaro  terrorchilikka  qarshi  kurash  va  barcha  xalqlar  uchun 

osoyishtalikni  ta’minlash,  rivojlangan  va  rivojlanayotgan mamlakatlar 

oʻrtasida  ijtimoiy-iqtisodiy  taraqqiyot  darajasidagi  tafovutni  bartaraf  etish, 

ochlik,  qashshoqlik  va  savodsizlikni  tugatish,  rivojlana  yotgan  davlatlarda 

aholining  tez  sur’atlarda  koʻpayib  borishini  tartibga  solish,  atrof-muhitning 

ifloslanishiga  qarshi  kurashish,  insoniyatga  kerakli  resurslar  –  oziq  ovqat, 

sanoat  xom  ashyosi,  energiya  manbalari  bilan  ta’minlash,  fan  va  texnika 

taraqqiyoti salbiy oqibatlarga olib kelishiga yoʻl qoʻymaslik kabilar kiradi.  

Shu oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy hol, albatta. Xoʻsh, global muammolar 

va  adabiyot  oʻrtasida  qanday  bogʻliqlik  boʻlishi  mumkin?  Adabiyotda  ham 

global muammolarning oʻrni bormi? Shu savollarga javob izlasak.  



 

231 


Adabiyot  azaldan  insoniyatning  ichki  kechinmalari,  his-tuygʻulariga 

ta’sir  qilish  barobarida  faol  jamoatchilik  bilan  yelkadosh  boʻlib,  insoniyat 

uchun  xavf  qoʻngʻiroqchisi  vazifasida  ham  yetakchi  boʻlgan.  Jamiyat  negizini 

tashkil etuvchi ziyolilar qatlami ichida adiblar ham mavjud va ular oʻz asarlari 

orqali har qanday fojeani oldindan aniq koʻrishlari, uni badiiy vositalar orqali 

kitobxonga yanada teranroq fikr bilan yetkazishlari mumkin. Masalan, jahon 

adabiyotining yirik vakili Chingiz Aytmatovning “Asrga tatigulik kun’’ romanini 

olaylik[3]. Bir qarashda manqurtlik, oʻz an’ana va urf-odatlaridan voz kechgan 

bir qator obrazlar tasviri fonida katta muammolar yastanib yotibdi. Asar bosh 

qahramonlari  boʻlmish  Edigeyning  bolaligi  Orol  dengizi  boʻylarida  kechgan. 

Umrining  katta  qismi  esa  Sarioʻzak  sahrosida  oʻtadi.  Uning  yelkadosh  doʻsti 

Kazangap  vafotidan  bir  necha  oy  muqaddam  doʻsti  bilan  Orolni  koʻrishga 

borishadi: «Borishmagani ma’qul ekan, borarga borishdi-yu xafa boʻlib qaytib 

kelishdi.  Dengiz  suvi  tortilib,  tobora  kamayib  ketibdi.  Dengiz  yoqalab,  sogʻ 

tuproqli taqir yoʻl boʻylab oʻn chaqirimcha yoʻl yurishganidan soʻng arang suvga 

yaqinlashib  borishdi.  Oʻshanda  Kazangap:  “Orol  dunyo  turguncha  turar  edi, 

endi mana shu dengiz ham quriyapdi, odam umrini aytmasa ham boʻladi”, – 

degan  edi”[3,  56].  Orol  fojeasining  salmogʻini  bilish  uchun  faktlarga  quloq 

solishning oʻzi yetarli. Markaziy Osiyodagi mustamlakachilik siyosati davrida 

sugʻorish  ishlarining  me’yoridan  oshishi,  choʻl-u  biyobonlarni  ham  hosildor 

yerga aylantirishni koʻzlab qilingan amallar natijasida Orol dengizining 40 000 

km

2



 maydoni  butunlay  qurib  qoldi.  Yuqorida  asar  qahramoni  ta’biri  bilan 

aytilganda  dunyo  turguncha  turadigan  dengizning  umriga  insoniyatning  oʻzi 

zomin boʻldi. Adib Chingiz Aytmatov bu hodisani ancha ilgariroq payqagan va 

durdona  asarida  oʻz  oʻrnidan  bebahra  qolgan  Orol  uchun  joy  bergandek. 

Muxtor Shoxonov bilan hammualliflikda yozilgan “Choʻqqida qolgan ovchining 

ohi-zori” asaridagi esdaliklarida adib Qizil Oʻrdada Orol fojeasi muhokamasiga 

bagʻishlangan  anjumanda  soʻzga  chiqqanini  xotirlaydi.  Haqgoʻy  ijodkor  hech 

kimdan  tortinmaydi  va  «betga  aytilgan  achchiq  haqiqatni  koʻpchilik 

hukmdorlar yoqtirishmaydi” deya ilova qiladi soʻzi boshida. [9, 125] 



 

232 


“Asrga  tatigulik  kun”  asariga  yana  qaytamiz.  Asar  voqealari  rivojidan 

tushunish mumkin-ki,  Edigey  bir  umr  oʻzi  tugʻilib  oʻsgan  Orol  boʻylariga 

qaytishni bir umr orzu qildi. Odam oʻz Vatanidan ortiq yana nimaga bundan 

ziyod talpinishi mumkin. Muallif Chingiz Aytmatov bu asarni oʻtgan asrning 79-

80-yillarida  yozganini  hisobga  olsak,  Markziy  Osiyo  davlatlari  bu  paytda 

dengizning  qurishiga  unchalik  katta  e’tibor  qaratishmayotgandi.  Aytmatov 

xavfni ancha ilgariroq payqagan. Edigey asarda Orolga oʻz taqdirini bogʻlagan 

butun bir xalqning umumlashma obrazi. Edigey barobarida Oroldan ayrilgan, 

uning sershovqin qirgʻoqlarini sogʻingan millionlab insonlar taqdiri birlashgan. 

“Orol dunyodagi eng yosh choʻl” degan xulosaga kelingan bir paytda, Edigey 

ham butun umrini sahroda oʻtkazgani yodimizga tushadi. Shundan kelib chiqib 

aytadigan  boʻlsak, endi Oroldan ayrilgan,  uni vaqtida qadrlamagan xalq usiz 

yashashga  mahkum.  Vaholanki,  bu  Orolboʻyi  xalqlari  uchun  juda  qimmatga 

tushmoqda.  Sahrodan  chang  boʻlib  koʻtarilgan  tuzlar  natijasida  insonlar 

sogʻligiga  benihoya  katta  xavf  tugʻilgan.  Shu  oʻrinda  Oʻzbekiston  xalq  shoiri 

Jamol  Kamolning  «Asr  bilan  vidolashuv”  she’ridagi  quyidagi  misralarni 

keltirish oʻrinli boʻladi: 

“Bardosh berolmadi, quridi butkul 

Peshonangga bitgan bitta dengizing, 

Orol qulligimiz qurboni boʻldi, 

Olam bu shikvaning hayroni boʻldi...”[2, 98]  

Chingiz  Aytmatov  oʻz  asarida  Orol  fojeasi  bilan  bogʻliq  yana  bir 

koʻrgulikka  nazar  tashlagan.  Shu  masalani  koʻrib  chiqsak.  Edigey  Boʻron  va 

Kazangap kimsasiz choʻlda, insonlardan ancha yiroqda yashashardi. Lekin bu 

ikki obraz ota-bobolar urf-odatiga nihoyatda sadoqatli insonlar timsoli. Ammo 

Boʻronlida  yashovchi  qolgan  aholining  oʻz  urf-odatlaridan  naqadar  yiroq 

ekanligini  a’zaga  kelgach  ota  vasiyatini  amalga  oshirishdan  boʻyin  tovlagan 

Sobitjon, bundan tashqari marhum ruhiga bagʻishlab tilovat qilish ham qoʻlidan 

kelmaydigan ovuldoshlar sifatlaridan payqash qiyin emas. Kazangapning dafn 

marosimi  bilan  bir  sur’atda  tasvirlangan  Nevada  va  Sarioʻzakdagi 




 

233 


kosmodromlar  mavzusini  olaylik.  Togʻri,  ular  adibning  ijod  mahsuli  sifatida 

dunyoga kelgan va moddiy hayotda mavjud emas. Biroq samoviy sayohat va 

yerdagi  ikkovlon  taqdirida  allanechuk  oʻxshashliklar  borday.  Eslang, 

Toʻqaytosh deb atalgan sayyoraga Yerdagi markazdan besoʻroq joʻnagan ikki 

kosmanavt oʻzga sayyordan aloqaga chiqqanlarida umumbashariy ezgu gʻoyani 

koʻzlashgan  edi.  Sayyorani  saqlab  qolish,  insoniyatni  roʻy  berishi  mumkin 

boʻlgan  xatarlardan  saqlash!  Ammo  Yerliklar  bu  murojaatni  rad  etishdi. 

Fazogirlar bilan aloqa uzildi va ular Toʻqaytoshda qolib ketishdi, maqsadlar, 

insonparvar  amallarga  boʻlgan  xohish  ham  ular  bilan  birga  oʻzga  sayyorada 

qolib ketdi. Aslida Toʻqaytosh ham Yer kabi rivojlangan, ammo sayyora ichidan 

nurab borayotgan edi. Vaholanki oʻzga sayyora timsolida adib boʻlajak Yerni 

koʻradi va undagi fojeani taxmin qiladi. Endi oʻylab koʻring, oʻzining necha yillar 

davomida saqlanib kelgan urf-odatlariga, an’analariga begona boʻlgan Sobitjon 

va  boshqa  ovuldoshlari  ham  ezgulikni  rad  etgan  Yerliklar  timsoli  emasmi?! 

Edigey  va  Kazangap  ota-bobolar  izini  tutgan,  insoniylikni  mash’al  qilgan 

soʻnggi  avlod,  Toʻqaytosh  kabi  Yerliklardan  ancha  olisdagi  Sarioʻzakda  qolib 

ketishdi.  Gʻayrizaminiy  hayot  mavjudligini  yashirishga  tirishgan  amaldorlar, 

xuddi marhumning soʻnggi vasiyatiga binoan oʻtkazilayotgan marosim uchun 

ham  yoʻlni  ochib  bermagan  Tansiqboyev  kabilar,  insoniyatning  faqat  oʻz 

manfaatlarini  oʻylab  yashovchi  qismi.  Oʻlsa  dafn  amallarini  kim  toʻkis 

bajarishidan  gʻam  yeyayotgan  Edigey  timsolida  qadryatlarini  unutib,  koʻr-

koʻrona  kimgadir  ergashayotgan,  Jamol  Kamol  ta’biri  bilan  aytsak  “qul’’ 

boʻlayotganlarni  oʻylasak,  tarix  va  oʻtmishga  dahldorlik  hissi  naqadar 

muhimligini  tushunib  yetamiz.  Axir  asrlar  davomida  toʻplangan  urf-

odatlarning  unutilishi,  unga  loqaydlik  bilan  qaralishi  ham  global  muammo 

emasmi?!  Biz  odatda,  global  muammo  sifatida  moddiyatni tushunib 

oʻrganganmiz.  Lekin  ma’naviy  yoʻqotish  oqibatida  keladigan  fojealarning 

koʻlami  ham  global  muammoning  boshqa  tarmoqdagi  turlari  bilan  teng 

ravishda  zarar  yetkazadi.  Asardagi  manqurt  –  Joʻlomon  haqidagi  afsonani 

eslang.  Uning  oʻz  volidasining  qotiliga  aylanishiga  nima  sabab  boʻlgan  edi? 




 

234 


Oʻzligidan ayrilishi! Adib bu oʻzinda oʻz xotirasini, tarixini, oʻtmishini unutgan 

odam oʻz onasinining qotili darajasidagi johilga aylanadi demoqchi. 

Bu voqealarning barcha-barchasining boisi loqaydlik, nazarimda. Qoya 

tomon ildamlayotgan kemadagi yoʻlovchining boshqaruvi oʻz qoʻlida boʻlmas 

ekan,  yakundan  halokatdan  qochib  qutilmoqlikning  iloji  yoʻq.  Taniqli  jahon 

adibi Yulian Semyonov oʻzining “Bahorning oʻn yetti lahzasi” asarida quyidagi 

fikrlarni  keltirib  oʻtadi:  «Xoinlik  daxshatdir,  ammo  xoinlik  ham  qotillik  ham 

qanday  sodir  boʻla  yotganini  befarq  kuzatib  turish  undan  ham  battar 

dahshatlidir.”  [10.  89]  Ushbu  asar  syujeti  XX  asrda  insoniyat  boshiga  katta 

kulfatlar  yogʻdirgan  fashizm  bilan  bogʻliq.  Ikkita  jahon  urushi bilan ham 

tiyilmagan bu ofat, bugungi kunda gohida terrorizm, gohida yana qandaydir 

yovuz  kuch  sifatida  namoyon  boʻlishiga  guvohmiz.  Adib  nigohida  hukumat 

a’zolarining ma’naviy jihatdan naqadar qashshoqligi kitobxonni larzaga soladi. 

“Asrga  tatigulik  kun”  romanidagi  Sobitjonning  radioaloqa  bilan 

boshqariladigan  odamlar  haqida  qilgan  bashorati  aslida  ancha  oldin  amalga 

oshib  boʻlgan  edi.  Ammo  buning  uchun  insonga  radioaloqaning  hojati 

boʻlmagan. Ma’naviy jihatdan tobelikning oʻzi ham kifoya qilgan bunga. Koʻr-

koʻrona toʻqilgan  shior-u aqidaga ishongan fashistlar dunyo xalqlari boshiga 

ulkan  talofotlarni  yetaklab  keldi.  Bundan  kelib  chiqib  aytish  mumkin-ki, 

ma’naviyat  tubanlikka  yuz  tutsa,  bu  ham  benihoya  katta  global  muammoga 

aylanishi turgan gap. Chingiz Aytmatov ta’kidlaganidek: “Boshimizga yogʻilishi 

mumkin boʻlgan misli koʻrilmagan halokat – bu faqat atom, issiqlik quvvati kabi 

insonni  (balki,  jamiki  tiriklikni)  Yer  yuzidan  jismonan  yoʻqotib  yuradigan 

xatargina  emas,  ayni  chogʻda  insoniyatning  ichidagi  insoniylikni  tag-tomiri 

bilan mahv etib yuborishga qodir boʻlgan daxshatli halokat ham roʻy berishi 

mumkin. Bu degani – inson asil inson boʻlolmadi demakdir”.[9. 66] 

Soljenetsin oʻzining “GULAG – arxipelagi” asarida ta’kidlashicha, 1953-

yilga kelib sobiq tuzum ixiyoridagi 12 million mahbus sanoat rivojlanishiga jalb 

etilgan[8,  134].  Bu  aholining  soni  jihatidan  oʻrtacha  Yevropa  davlati  aholi 

soniga toʻgʻri kelardi. U mamlakatni xom ashyoning hamma zarur turlari bilan 




 

235 


ta’minlab  turardi.  Ta’minlab  turganda  ham  tekin  ta’minlardi.  Millionlab 

begunoh  qamalgan  insonlar  taqdiri  mana  shunday  qismatga  mahkum 

boʻlganiga  aql  bovar  qilmaydi.  Ongli  mavjudotdan,  uning  mehnatiga  haq 

toʻlamay  foydalanishning  bundan  yaxshi  usulini  topib  koʻringchi!  Tarixiy 

asarlardan ma’lumki, mana shunday qora mehnat orqasidan orttirilgan boylik 

ham ezgu maqsadlar yoʻlida sarf etilmagan, albatta.  

Igor Bunichning sotsializmning 74 yillik chirkin hayoti toʻla yoritilgan 

«Partiyaning  oltinlari”  asaridagi  quyidagi  parcha  e’tiborni  tortadi:  «Urush 

vaqtida olamshumul operatsiyilarni oʻtkazib mazaxoʻrak boʻlib qolgan Amerika 

generallari ogʻzidan koʻpik sachratib, hukumatlariga SSSRning “jilovini tortib 

qoʻyish”  zarurligini  isbot  qila  boshladilar.  Hozircha  atom  quroli  faqat 

Amerikada bor, shunday ekan, uni darhol SSSRga qarshi qoʻllamoq kerak. Atom 

quroli  tevaragida  josuslik  mojarosi  qorongʻu,  atom  sirlarini  izlagan  sovet 

josuslarining hammasi amerikaliklarga oshkor boʻlgan ekan, ularning ishi nima 

bilan tugashini kutib, anchagacha hech kimga tegmaganlar. Faqat sobiq ittifoq 

oʻzida  atom  bombasi  bor  ekani  haqida  rasmiy  axborot  e’lon  qilinganidan 

keyingina kutilmaganda hammalarini qamoqqa olishdi” [5, 166]. E’tibor bering 

dunyo  hukmronligiga  intilgan  ikki  davlat  qaysi  masalada  bir-biri  bilan  “kim 

oʻzarga  musobaqasi”ni  oʻynashmoqda.  Atom  qanday  talofatlar  keltirishiga 

Yaponiya  xalqi  orqali  butun  jahon  amin  boʻldi.  Xirosima  va  Nagasakida 

uyishtirilgan mash-mashalar  Amerikalik  demokratlarning  oʻz  qurollarini 

sinash benefisiga aylanib ketdi. Oqibatda millionlab insonlar jabrlanishdi, bu 

hududlarda  hozirga  qadar  ekologik  muammolar  aql  bovar  qilmas  darajada. 

Endi oʻylab koʻring, hozir bu davlatlar qoʻlida inson svilizatsiyasini bir necha 

marta tugatishga qodir boʻlgan yadro qurollari mavjud. Yangi kelib chiquvchi 

ixtiloflar salomogʻi naqadar katta ekanligini tasavvur qilishning oʻzi dahshatli. 

Inson  oʻzining  ildiziga  bolta  uruvchi  dahshatli  qurollarga  ega  boʻlish  uchun 

kurasha  yotgani  naqadar  ayanchli  holat.  Bu  masala  oʻtgan  asrning  oxirida 

yumshaganiga qaramasdan, bugungi kunga kelib yana hadiksirashga majbur 

eta yotgani bor gap. “Partiyaning oltinlari” asarida: “Koʻpchilik Stalin urushdan 




 

236 


keyin  ashaddiy  urushqoq  boʻlib  qolgan  deb  oʻylaydi.  Kunlarning  birida 

Garriman unga «Ovrupadagi eng qudratli davlat Vatikandir” degan ekan, Stalin 

istehzo  bilan  jilmayib  undan  soʻrabdi:  «Vatikanning  qancha  tank  diviziyasi 

bor?”  Shundan  bir  taassurot  tugʻiladiki,  butun  dunyoga  hukmdor  boʻlish 

dardiga  yoʻliqqan  Stalin  chindan  ham  mamlakatlarning  quvvati  va  ta’sirini 

faqat tanklar-u boshqa qurollar miqdori bilan hisoblardi” [5, 167]. Hukumdor, 

davlat  rahbari  lavozimidagi  bunday  insonning  Chingiz  Aytmatov  asarlarida 

hikoya qilingan manqurtlardan iborat iborat kuchga egalik qilishi haqida oʻylab 

koʻring.  Adib  ayan  shundan  xavfsiragani  tabiiy.  Holbuki,  sobiq  ittifoq  olib 

borgan  siyosat  insonlarni  faqat  oʻz  xotirasidan  ayirmadi  xolos.  Manqurtga 

berilishi mumkin boʻlgan boshqa har qanday azob, sovet fuqarosining boshiga 

tushishi muqarrar edi: majburiy mehnat qilish, erkin fikrlay olmaslik, oʻz urf-

dat  va  an’analarini  unutish  va  ilohiy  qudratni  aynan  hokimiyat  tepasidagi 

hukumdori timsolida tasavvur qilish! Sobiq ittifoq ixtiyorida dunyoning 15 ta 

respublikasi boʻlgani, yer yuzida unga xayrixoh boshqa davlatlar ham mavjud 

boʻlganligini hisobga oladigan boʻlsak, bu soha ham XX asrda vahimaga solgan 

global muammo bilan yuzma-yuz qiladi bizni. “Asrga tatigulik kun” romanidagi 

ziyoli inson Abutolib taqdiri bilan bogʻliq quyidagi lavhaga e’tibor qarataylik. U 

bilan  bogʻliq  tergov  jarayonida:  “Esingda  boʻlmasa,  mana!  –  chagʻirkoʻz 

qogʻozlar orasidan daftar varagʻini izlab topdi-da, – mana dastlabki soʻzlar, – 

dedi.  Varaqda  bola  qoʻli  bilan  yozilgan  «bizning  uy”  degan  soʻz  bor  edi.  – 

Koʻryapsanmi, bolaning yozgan birinchi soʻzini? Nima uchun «bizning gʻalaba 

deb yozdirmagan?  Hozir bolalarning  birinchi navbatda aytadigani qaysi soʻz 

boʻlishi kerak, qani ayt-chi? “Bizning gʻalaba” degan soʻz boʻlishi kerak. Shunday 

emasmi?” [3, 232] Bir qarashda kulgili holat! Vatan uchun jang qilib, yurtiga 

qaytganda halovat topolmaydigan Abutolib kabi ziyoli insonga taqalayotgan bu 

aylblov, xuddi gard topib boʻlmas joydan kir axtarishdek telbanamo vasvasaga 

oʻxshaydi. Boshqachasiga ayblab boʻlmas edi uni. Lekin ishni shundoq tashlab 

qoʻyolmagan  «manqurt”  tergovchi  baribir  maqsadiga  erishadi.  Uning  ham 

xuddi  manqurt  kabi  xojasining  koʻrsatmalariga  sadoqati  kuchli.  Taassufki, 




 

237 


sadoqat tuygʻusi qanchalik yuksak maqomda koʻrilmasin, uning ham baqamti 

turlari yetarlicha. Ozod Sharofiddinov: “Sadoqat deganlari juda yaxshi fazilat, 

ammo u koʻr-koʻrona, aql oʻtxonalarida toblanmagan boʻlsa, fazilat deb atash 

qiyin. Bunday fazilat faqat kulfat keltirishi mumkin”, – degan edi[6,3]. Asardagi 

hatti-harakatlari  bilan  Joʻlomonni  eslatib  yuboradigan  Tansiqboyev  obrazi 

olaroq  umumittifoqning  boshida  turgan  hokimiyat  xastaligini  namoyon 

etmoqda, oʻzining avlodlariga ma’rifat ilingan ziyoli Abutolib Quttiboyev esa 

mamlakatdagi ziyoli qatlam ifodasi sifatida maydonga kelgan, uning halokati 

roʻyi-rost tasvirlangan. 

«Yevropa  barcha  iblislarning  onasidir”  deb  yozgan  edi  K.Yung. 

Manqurtlikning turfa xil koʻrinishlaridan Yevropa ham xoli emas. Uzoq Afrika 

changalzorlari  toʻgʻrisidagi  bir  voqea  “Choʻqqida  qolgan  ovchining  ohi-zori” 

asarida  yoritilgan[9.76].  Unda  Afrikalik  qabilalardan  biriga  mansub yigit 

kunlardan bir kuni vafot etgan akasini tirik holda uchratib qoladi. Uning oldiga 

borganida,  akasining  koʻzlari  ma’nosiz  ekanini,  ukasini  eslolmayotgnini 

payqaydi.  Dorilbaqoga  rihlat  qilgan  akaning  qabriga  borib  tekshirib 

koʻrishganida qabr boʻsh ekanligiga guvoh boʻladi. Olimlar va davlat tomonidan 

belgilangan maxsus komissiya a’zolarining olib borgan izlanishlari natijasida 

ma’lum  boʻladiki,  Afrika  qabilalari  orasida  ham  tirik  insonni  manqurtga 

aylantirish  va  uning  tekin  ishchi  kuchidan  foydalanishga  qaratilgan  gʻarazli 

odatlar  shakllangan.  Samara  berishi  aniq  boʻlgan  tajriba  oʻtkazish  uchun 

oldindan  jismonan  baquvvat  yigitlar  tanlab  olinadi.  Qabila  a’zolari  bu 

yerliklarga yaxshi tanish boʻlgan suv havzalaridan ikki tishli zaharli baliqlarni 

ovlashib,  uning  yelkasidagi  qanotini  kesib  olishadi.  Uni  ovqatga  qoʻshib 

pishiradilar,  soʻng  tanlab  qoʻyilgan  nomzodga  yedirishadi.  Bu  ovqat  nafas 

yoʻllarini falaj qilib, bevaqt oʻlimga sababchi boʻladi. Qabila a’zolari marhumni 

qabrdan  kavlab  olishib,  oʻrmondagi  ovloq  chakalakzorga  eltadilar,  faqat 

ma’lum  doiradagi  odamlarga  ayon  boʻlgan  giyohlardan  tayyorlangan  dori-

darmonlardan  foydalanadilar.  Qisqasi,  ertasi  kuni  marhumga  jon  kiradi. 

Marhum  xuddi  oldingiday  soppa-sogʻ,  baquvvat  holatida  tiriladi,  lekin  oʻz 




 

238 


ismini  ham,  nasl-nasabini  ham  butunlay  unutadi.  Chingiz  Aytmatov  mana 

shunday  hodisalarni  koʻz  oldiga  keltirar  ekan:  «Zamindan  mahrum  qilish 

mumkin,  boylikdan  mahrum  qilish  mumkin,  hayotdan  ham  mahrum  qilish 

mumkin. Lekin, inson xotirasiga tajovuz qilish mumkin degan gapni kim oʻylab 

topdi?! Oʻ-oʻ, Xudoyim, bir-u borim oʻzingsan, netib odamlar koʻngliga bunday 

baloni solding? Axir, olamda bundan boshqa yovuzlik ham tiqilib yotibdi-ku?!”, 

– degan edi[9,65]. Texnika rivojlangan sari har qanday masalaning zamonaviy 

yechimi  topilmoqda.  Binobarin,  bunday  taraqqiyotni  faqat  ezgulikka  xizmat 

qiladi  deyilsa,  yanglishilgan  boʻladi.  Sababi  sobiq  ittifoqning  negizi  boʻlgan 

maxfiy  xizmat  ixiyorida  odamlarni  zombiga  aylantirib  qoʻyadigan  maxsus 

apparat va uzoqdan boshqariladigan qurilma borligi toʻgʻrisida gap-soʻzlar bor. 

Keyinchalik bir nechta taniqli nashrlarda ruhiyatga ta’sir oʻtkazadigan qurol 

ishlab  chiqarish  bilan  mashgʻul  boʻlgan  va  inson  aql-idrokini  boshqarishga 

moʻljallangan  tadqiqotlar  oʻtkazadigan  maxsus-maxfiy  markaz  Moskvaning 

oʻzida  borligi  dalil-isbotlar  bilan  fosh  etilgan.  Yozuvchi  oʻz  asarida  manqurt 

obraziga alohida e’tibor bergani endi ajablantirmaydi bizni. Boisi inson ongiga 

qaratilgan hujum ochiqchasiga katta davrada allaqachon boshlangan va uning 

qoʻrqinchli  oqibatlari  ham  endi  koʻpchilikka  ma’lum.  Shu  oʻrinda  «Asrga 

tatigulik kun” romanidagi Toʻqaytosh sayyorasidan Yerni ajratib turuvchi katta 

farqni  eslang!  Ha,  Toʻqaytoshliklar  oʻzaro  muhobasalarga  butunlay  chek 

qoʻyishgan  va  oʻz  zaminlari  haqida  qaygʻurmoqdalar.  Bugungi  vaziyatga 

naqadar  oʻxshash  holat,  shunday  emasmi?!  Bugun  ikkita  katta  urushni 

boshidan oʻtkazib, bir-biri bilan jang qilishdan charchagan Yer shari endi golbal 

muammolarga qarshi kurashmoqda. Toʻgʻri, hali urushlarga toʻla chek qoʻyildi 

deyishga erta, lekin ayni  paytdagi vaziyat inson  va uning  manfaatlari uchun 

foydali  tomonga  ogʻa  yotgani  rost.  Butun  dunyo  xalqlari  Yer  sharini  asrab 

qolish  maqsadida  birlashishmoqda.  Ota-bobolardan  qolib  kelgan  qadryatlar 

nihoyat e’zoz topmoqda. Lekin, hozirgi vaziyatda farovon hayot eyforiyasida 

yashash  kechirilmas  xato  boʻladi.  Gʻarbdan  kirib  kela  yotgan  ommaviy 

madaniyat hali ham asrlik umrga ega qadryatlarga koʻlanka solayapdi. Yoshlar 




 

239 


ongida, dunyo qarashida ibo-hayo, andisha oʻz oʻrnini Gʻarbning ochiq-sochiq 

nagʻmalariga boʻshatib bera yotganiga ba’zida oʻzimiz guvoh boʻlamiz. Turli xil 

kinofilmlar, internet tarmoqlaridan bemaqsad foydlanish yosh avlodni boshi 

berk  koʻchaga  olib  kirib  qoʻya  yotganidan  choʻchigan  Chingiz  Aytmatov 

“Choʻqqida qolgan ovchining ohi-zori” asarida: “Bunday axloqsizlik uchun kim 

javob beradi? Javob berish ham, javobgarni topish ham juda mushkul. Chunki, 

biz  mamlakatni  demokratik  taraqqiyot  yoʻlidan  boshqarib  bormoqchimiz. 

Mayli,  shunday  boʻlsin.  Biroq,  bizning  jamiyatimizda  birtalay  demokratik 

erkinliklar  notoʻgʻri  talqin  qilinyapdi.  Bemaza  qovunning  urugʻidek  urchib 

ketgan adabiyotlar yosh avlodni shubhali an’analarga oʻrgatayotgan boʻlsa, biz 

bunga qachongacha befarq qarab oʻtiramiz?”[9, 207] Darhaqiqat, adabiyotning 

goʻyaviy jihatlariga ham alohida e’tibor berish darkor. Tanganing ikki tomoni 

bor,  guruch  kurmaksiz  boʻlmaydi  deganlaridek,  adabiyotning  ezgu  xislatlari 

pardasiga  oʻzining  jaholatini  pana  qilib,  uning  targʻibot  qurolidan  gʻarazli 

gʻoyalarini tashuvchi  vosita sifatida foydalanadigan adabiyot vakillarini ham 

tarix yaxshi taniydi. Ulardan biri Markiz de Sad, 1740-1814-yillarda yashagan 

fransuz  yozuvchisi.  Oʻzining  ruhiyatidagi  zoʻravonlik,  yostiqdoshiga 

yetkazilgan  jismoniy  azobdan  huzur  qiluvchi  haddan  tashqari 

shavqatsizliknioʻz  asarlaridagi  qahramonlarga  ham  koʻchirib  oʻtkazgan.  Sad 

yozuvchi boʻlish bilan bir qatorda siyosat arbobi ham edi. U vatani Fransiyada 

boʻlib oʻtgan inqilob davrida: «Inqilobiy tuzum sharoitida insoniyatga qarshi 

qilingan  biron-bir  jinoyat  qoralanmasligi  lozim.  Chunk,  bunday  sharoitda 

jinoyat odatiy taomilga aylanib qoladi”, – degan hayqiriq bilan tarix sahnasiga 

chiqadi[9, 67]. Oʻzi yaratgan « Jyustin ” romanida shavqatsizlikning bir necha 

xil  jirkanch  koʻrinishlarini  ochiq-oydin  huzur-halovat  bilan,  maroqli  yoritib 

beradi. Har qanday yomonlik jazoga mahkum. Sadni 1778-yil 7-sentabr kuni 

italyanlar  yirtqich  hayvon  sifatida  temir  qafasga  qamab,  Vensenga  eltib 

tashlaydilar.  Italiyada  uning  kasali  yana  xuruj  qiladi  va  u  vatani  Fransiyaga 

qaytib  keladi.  Oʻziga  bir  umrlik  tavqi  la’nat  orttirib  olgan  Sad  oʻlimi  oldidan 

shunday soʻzlarni takrorlagan edi: “Xatto mozorimdan nom-nishon qolmaydi. 




 

240 


Ishonchim  komilki,  men  toʻgʻrimdagi  har  qanday  esdalik  ham  odamlar 

xotirasidan  oʻchib  ketadi”.  Ammo  Sad  yanglishgandi.  “Xalq  uchun  qilingan 

yaxshilik  ham,  yomonlik  ham  hech  qachon  odam  bilan  birga  goʻrga  kirib 

ketmaydi.  Tiriklar  hammasini  xotirada  saqlaydilar”,  –  deganida  Chingiz 

Aytmatov haq boʻlib chiqdi[9, 113]. XIX asrda yorugʻ dunyo bilan xayrlashgan 

fransuzning  asarlariga  simpatiya  bilan  yurgan,  ularning  bosmadan  koʻproq 

chiqishini talab qila yotgan toʻdalarni hali ham uchratish mumkin. Bu ommaviy 

ongsizlik va sadizm yuzaga keltirgan vaxshiylikning oqibati. Ayni shu paytda 

adabiyot  uchun,  unga  befarq  qaramaydigan  har  qanday  xalq  uchun 

adabiyotshunoslar  va  rostgʻoy  munaqqidlar  lozim  deb  oʻylayman.  Professor 

Qozoqboy  Yoʻldoshev  aytganlaridek:  “Adabiyotshunos  va  tanqidchining 

vazifasi  ham  badiiy  sanitar  sifatida  iste’dodsiz  bitiklarni  fosh  etib,  ularni 

yozmaydigan  qilishdan  koʻra,  yaxshi  asarlarning  fazilatlari  nimadan 

iboratligini koʻrsatib, oʻquvchilarda ularga mehr uygʻotish orqali yaxshi asarni 

estetik jozibasi yoʻq bitiklardan farqlaydigan holatga keltirishdan iboratdir”[1, 

2].  Yuqorida  keltirilgan  fikrlarga  amal  qilinsagina  adabiyotni  oʻz 

tajribaxonasiga aylantirib olgan jirkanch gʻoyalar karvoniga zarba berishimiz, 

oʻzbek kitobxoniga asl badiiyatni yetkazgan holda johillikka chiqish eshiklarini 

koʻrsatib qoʻyishimiz mumkin.  

Qadimgi  rimda  eramizdan  avvalgi  III  asrdan  boshlab  keng  koʻlamda 

oʻtkazilishi boshlangan gladitorlar jangi ham sadizmning bir koʻrinishi boʻlgan. 

Tomoshaga yigʻilganlarning oʻlim soʻrab uvvos solishlari, shavqatsiz kurashlar, 

maydondagi  ikki  jangchidan  faqat  bittasi  tirik  qoladigan  bahslar!  Es-hushini 

yoʻqotgan  Kaligula,  dengizda  ham  jang  tashkil  etgan  Klavdiy,  oʻz  tugʻilgan 

kuniga  bagʻishlab  265  mavzeda  jang  uyishtirgan  imperator  Vitelliy  tarixiy 

shaxslar fonidan vaxshiylik targʻibotchilari safiga koʻchib oʻtishdi. Qonxoʻrlikka 

boʻlgan fanatizm juda tez ommalashgan. Buning natijasida koʻplab begunohlar 

qurbonlar  berilgan.  404-yili  Rimda  soʻnggi  gladiatorlar  jangi  boʻlib  oʻtgan. 

Tomoshabinlar safida oʻtirgan Kichik Osiyolik rohib Telemax quturgan hayvon 

qiyofasidagi insonlarning olishuvini bamaylixotir kuzatolmaydi. U jangga chek 




 

241 


qoʻyish  maqsadida  maydonga  otiladi,  lekin  koʻzi  qonga  toʻlgan  jangchilar 

rohibni chopib tashlashadi. Jang qurbonlikdan soʻng tugar edi. Qurbon esa bor! 

Bu holdan qattiq ta’sirlangan imperator Gonoriya gladiatorlar jangini qat’iyan 

ma’n etib qoʻyadi. Bu insoniyatning oʻz oʻtmishi davomida yoʻl qoʻygan katta 

xatolaridan.  Ammo  Ozod  Sharafiddinov  ta’kidlaganlaridek:  “Oʻtmishni 

qoralashdan  foyda  yoʻq.  Chunki  oʻtmish  –  oʻtmish-da.  U  allaqachon  tarixga 

aylangan. Uning biror kemtigini butlab qoʻyish mumkin boʻlmaganidek, biror 

besoʻnaqay joyini pardozlab, tekislab ham boʻlmaydi. Undan faqat saboq olish 

mumkin.[6, 3]” 

Nafsilambirini aytganda, bugun insoniyat boshiga manqurtlik, terrorizm, 

behayolik  va  qadryatlardan  yiroqlashib  qolishdek  mudhish  xavflar  tushish 

ehtimoli  mavjudligi  hisobga  olinsa,  bizga  telemaxlar  kerak  degan  fikrga 

kelamiz.  Bu  masalada  loqaydlik  va  xotirjamlikka  berilish  ofat  bilan  boʻlgan 

jangda magʻlubiyatni tan olishdek gap. Adabiyot xavf qoʻngʻirogʻini allaqachon 

chaldi.  Adiblar,  xususan  Chingiz  Aytmatovning  yuqorida  nomi  keltirilgan 

asarlarining katta qismi ayni shu masalalarga qaratilgan. Soʻz boshida aytilgan 

taqdir kemasining shturvali bugun kimlarningdir boshqaruviga muhtoj emas. 

Barchasi oʻz qoʻlimizda. Adabiyot boshlagan nurli yoʻldan yurilsa, qarshimizda 

turgan qoyalardan eson-omon oʻtmoqqa hamisha imkon bor!  


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish