Xazon sipohigʻa, ey bogʻbon emas mone’ Bu bogʻ tomida gar ignadin tikan
qilgʻil.
Bogʻbon oʻz bogʻini hatto uning tomiga ignadan tikan qilib oʻrab chiqsa
ham, tabiat qonuni boʻlmish “xazon lashkari”dan, ya’ni fano vaqti
yaqinlashgach, tashrif buyuruvchi oʻlimdan asray olmasligi ta’kidlanadi ushbu
226
shohbaytda. Yuqoridagi hikoyada ham yozuvchi ma’lum oʻxshatishdan goʻzal
ifoda yasay olganiga yana bir bora amin boʻlamiz. Asar tarkibidagi ikkinchi
hikoya birinchisidan xotima jihati bilan ozroq farq qiladi, nazarimda. Bunda
pokiza bolalik onlaridagi hayajon va umrining nihoyasida nadomat qurshovida
qolgan kishining qismati haqida soʻz boradi. Isajon Sultonning kitobxonni
asariga ipsiz bogʻlaydigan yana bir jihati shuki, u tabiatning manzara tasviri
bilan asar qahramonining taqdir yoʻllarini parallel olib boradi. Ushbu hikoyada
ham buning guvohi boʻlamiz. Hikoyaning bosh qahramoni Abduqodir va avliyo
ota hayotlari davomida ikki marotaba uchrashadilar. Xudo yarlaqagan avliyo
ota boriga shukr va ibodat qilib togʻ bagʻridagi bir kulbada umr kechiradi.
Bolaligida Abduqodirning bobosi uni avliyo otaning huzuriga olib borib,
nabirasining haqqiga duo qilishini soʻraydi. Shunda avliyo ota hali yaxshi-yu
yomonni, oq-u qorani farqiga bormagan bolajonni yoniga chaqiradi va
qoʻllarini uning boshiga qoʻyib, koʻzlarini yumishni buyuradi. Bolakay koʻzlarini
yumib koʻrsaki, birinchi hikoyada ham nomi keltirilgan bogʻda koʻradi oʻzini. Ne
bogʻki goʻzalligi va farovonligiga ta’rif yoʻq. Uning har yer-har yerida nurga
burkangan odamlar, bir tarafda esa havoda hilpirab uchib yurgan parilar
koʻrinardi. Bola koʻzlarini ochganda esa avliyo otaning nurli chehrasini koʻradi.
Shunda avliyo ota bola koʻrgan goʻzal saltanat jannatning Bogʻi Erami ekanini
aytadi. Ana shu paytdagi tabiat chizgilariga e’tibor bersak. “Avliyota togʻining
choʻqqilari tomondan sovuq shabada esayotgandi. U odamning etini
junjiktirsa-da, biroq qaydadir muzlagan toshlarni yorib chiqqan boychechak
iforini olib kelib dimoqqa tutar, kishining koʻngliga toza hislarni solar edi ”.
Insonga umid baxsh etuvchi ushbu tasvirlar bilan bolakayning nurli kelajagiga
ishora etilmoqda. Hali gardaniga gunoh yukini olmagan bu bolaga dargohi
jannatning koʻrsatilishi bejiz emas. Lekin kishi hayoti davomida qilgan amallari
ila borar yoʻlini belgilab boraveradi. Bola ulgʻayadi… Vaqt oʻtib ajal darvozasini
taqillatib turgan chogʻda bolalik paytda koʻrgan oʻsha samovoti oliyni qayta
koʻrish ilinjida avliyo ota huzuriga yoʻl oladi. Pokiza bolalikda koʻrganlari endi
ham unga nasib qilarmikin?! Tarozu pallasini hali ham shu bogʻga eltuvchi
227
poklik bosib turibdimikin?! Avliyo ota ogʻir tin oladi va qoʻllarini uning boshiga
qoʻygancha, koʻzlarini yumishni buyuradi. Ne koʻz bilan koʻrsinki,
bolalikdagigoʻzallikdan asar ham yoʻq! Uning oʻrnini endi qahraton qish
qoplagan. Qish, izgʻirinda yolgʻizgina qabr bor edi xolos! Shu oʻrindagi bogʻ
tasvirida yozgʻuchi ziddiy bir ibora qoʻllaganining guvohi boʻlamiz:
“… jahannamiy sovuq chor tarafni yax kabi qotirgan edi…” deyiladi
asarda. Aslida, jahannam deyilganda misli koʻrilmagan darajadagi issiqlik
nazarda tutiladi. Lekin bu oʻrinda sovuqni ifodalash uchun jahannam soʻzining
berilishi biroz oʻyga toldiradi, albatta. Fikri ojizimcha, jahannam nihoyatda
ogʻir azob beruvchi makon boʻlgani uchun ham qattiq azobli sovuqni ifodalash
uchun ushbu ibora qoʻllangan. Yolgʻiz qabr-chi?Balki bu uning oʻziga ishoradir!
Zeroki, insonnig qilgan oshkor va yashirin ishlari ham yolgʻiz Yaratganga
ayonligi holda uning borajak yoʻli koʻrsatilgandir?! Balki, umri davomida shu
qadar sovuq ishlar qilgandirki, shuning uchun ham mana shu “maqom” bilan
“siylanayotgandir”?! Ijodkor bu oʻrinda ham tabiat chizgilarini qahramon
taqdiriga juda chiroyli bogʻlaydi: “… kech kuz shamoligina kulba eshigiga
guvillab oʻzini urib oʻynar, bu ikki kishini uzoq-uzoqlarga olib ketmoqchiday
epkin urar, biroq endi u boychechak iforini taratmas edi…” endigi tasvirda
hikoya boshidagi jonbaxsh tuygʻularning mutloq aksini koʻramiz. Ushbu
hikoyaning kirish va xotima qismidagi oʻzaro zid koʻrinishlarda yana bir
narsaga ishora bordek goʻyo. Insonilohiy poklik bilan dunyoga keladi. Ammo
qay tarzda dunyoni tark etishi uning faqat va faqat oʻziga bogʻliq.
Asar tarkibidagi uchinchi hikoya nomi esa asar nomi bilan bir xil va
toʻlaqonli mohiyat ham aynan shu qismda ochib berilgan. Bu hikoyada
navmidlikning yana bir xotiralaridan parcha keltiriladi. Qabriston tasviri ila
boshlangan bu hikoyada bolakayning kechinmalari juda ta’sirli ifodalangan.
Aslida bu bir bogʻ boʻlib, uning orqa tarafi qabristonga tutashib ketgan edi. Bu
qabristonning biz biladiganlaridan farqi shunda ediki, unda har bir qabrning
oʻz daraxti boredi. Mozorga kiraverishdagi qabrlarning daraxtlari hali nihol
boʻlib, ichkarilab borgan sari daraxtlar qalinlashib boraverardi. Goʻyo har bir
228
daraxt oʻz egasining umrini soʻzlayotgandek. Daraxtlarning turi ham har xil edi.
Shu oʻrinda Abdulla Qodiriyning “Oʻtkan kunlar” romanidagi Xoja Maoz
qabristoni yodimga tushadi. Kumushning qabri tepasida ham chinor tasviri
berilgan edi. Demak bu ikki asarnig mazmunan oʻxshash jihatlari ham bor ekan!
“Oʻtkan kunlar”dagi qabr va chinor obrazlari Otabek uchun Kumushning nomi
va yodi barhayot ekanligini anglatsa, hikoyadagi qabr va daraxtlar insonning
oʻzidan keyin qoldiradigan yaxshi-yu yomon ishlari namunasidir! Kimning
daraxti qanday boʻlishi esa uning hayotlik chogʻlarida qilgan amallariga bogʻliq,
albatta!
Ushbu hikoyadan anglashiladiki inson, avvalo, bu foniy dunyo bir
imtihon ekanini anglashi uchun unga turli sinovlar yuboriladi. U xoh
xursanchilik korinishida boʻlsin, xoh qaygʻu. Ammo odamzotga berilgan
tortiqlarning eng totlisi bu –bolalik! Bolalikdagi shoʻxlik, oʻyinqaroqlik, osmon
qadar orzular… bularning zavqi boʻlakcha. Bolalikda qorboboga ishonadi,
qanot qoqib ucha oladi kishi, lekin fursat oʻtgach bu soflik, bu begʻuborlik
tashlab ketiladi. Shuning uchun ham yozuvchimiz barcha hikoyaning kirish
qismini bolalik xotiralarini bola tilidan bayon etgan, menimcha. Muallif
bolalikni Iskandar devoir ila oʻralgan mitti dunyoga qiyos etadi. Chunki
Iskandar Zulqarnayn bir shahar aholisini noma’lum yovlardan himoya qilish
uchun mustahkam devor qurdiradi. Hozirgacha ushbu devor saqlanib qolgan
deyiladi faktlarda. Bola dunyosini bu devor bilan oʻralgan deyilishiga sabab
ham uning turli gʻarazliklardan, nopokliklardan holi ekanligidir! Ijodkorning
asl maqsadi va tilagi esa ana shu murgʻaklikdagi soflikni umrining soʻngigacha
asrab qola olish. Yuzlab hikoyalari orqali qalblarni zabt etgan Isajon Sultonning
ushbu hikoyasi ham boshqalari singari insonning oʻzini taftish qilishga bir
turtki boʻlishiga aminman!
Do'stlaringiz bilan baham: |