Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Kalit soʻzlar: portret, pyezaj, mini-roman, vijdon, bolalik. 

  

 



Biz  avval  qalam  ostiga  olgan  botish  adabiyotining  yorqin  vakili  Paulo 

Koeloning “Alkimyogar” romanida turli timsollar tahlili haqida soʻz yuritgan 

edik. Jumladan, sahro, xazina va oʻzlik tushunchalarining sharhlari ila roman 

mohiyatini kengroq anglagan edik. Endigi tadqiqotimiz chiqish adabiyotining 

namoyondalaridan Isajon Sultonning bir qator asarlariga bagʻishlanadi.  

Adibning  koʻplab  hikoyalarini  oʻqir  ekanman,  bir  narsaning  guvohi 

boʻldim.  Insonni  vijdoni  bilan  yolgʻiz  qolib,  oʻzini  oʻzi  taftish  qilishga, 

gunohlardan  qaytarishga,  eng  muhimi,  odamzot  dunyoga  kelishining  asl 

sababini anglashga undovchi fikrlar Isajon Sultonning mittigina hikoyalarida 

jamlangan.  Mumtoz  adabiyotimizda  balogʻa  usuli  mavjud.  Uning  xususiyati 

shuki,  yozilmishda  kam  soʻz  qoʻllab,  koʻp  ma’no  chiqarishdir.  Isajon  Sulton 

asarlaridan  “Bogʻi  Eram”  yoki  “Qismat”  hikoyalarini  oʻqir  ekanmiz,  shunga 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

224 


amin  boʻlamiz:  asar  hajman  kichik,  lekin  mazmunan  va  undagi  pyezaj 

tasvirlaridan u yirik asarlar bilan tenglasha oladi. Shu oʻrinda aytish mumkinki, 

oʻzbek  adabiyotshunosligida  janrni  belgilashda  asosiy  tamoyil  hajm  emas! 

Fikrimning  dalili  sifatida  adabiyotshunosligimizda  shakliy  yangilik  boʻlgan 

Ulugʻbek Hamdamning olti sahifadan iborat “Na’matak” mini-romanini keltirib 

oʻtsam oʻrinli boʻladi, nazarimda.  

 Bizning  e’tiborimiz  markazida  turgan  yozgʻuchimizning  asarlariga 

kelsak,  “Bogʻi  Eram”  asarining  yozilish  uslubi  ham  gʻaroyib.  Ya’ni  uning  oʻzi 

hikoya boʻlsa ham oʻz ichiga yana uchta hikoyani jamlagan. Tarkibidagi birinchi 

hikoya  “Qismat  daraxti”  deb  nom  olgan.  Isajon  Sultonning  yana  bir  ajralib 

turuvchi oʻziga xos jihati shundaki, u har bir asarining kirish qismini mohirona 

tabiat  chizgilari  ila  boshlaydi  va  oʻqirman  beixtiyor  oʻzini  ana  shu  manzara 

bagʻrida  koʻradi.  Yana  aytish  joiz,  asar  tarkibidagi  har  bir  hikoya  begʻubor 

bolalik xotiralarini bekam-u koʻst koʻrsatadi. 

Dastlabki  hikoyada  7-8  yasharlik  bola  onasi  yopib  bergan  kulchani 

ariqqa oqizayotgan paytda “koʻchaning boshida, loysuvoq uyining oldida doim 

quyoshda  isinib  oʻtiradigan  Xolmuhammad  buva”  uning  yonidan  oʻtayotib, 

unga termulib qoladi. Birozdan soʻng cholning koʻzlaridan yosh oqa boshlaydi. 

Negaki chol bu bolakayda oʻzining quvnoq bolaligini koʻradi. Shirin xotiralar, 

ariqdagisuv  kabi  oqib  oʻtgan  umr…  Bola  esa  hayron  boʻlib  cholning yoniga 

bormoqchi boʻladi-yu, qoʻqqisdan ta’rifiga til ojiz boʻlgan bogʻda koʻradi oʻzini. 

Ichkarida xuddi oʻziga oxshash bir bolakay unga qarab kulgancha uni ichkariga 

imlaydi. Bu bogʻdagi qushlar shoʻx –shodon sayrar va suvlar shoʻx oqar, bari 

narsa  zaminiy  koʻringan  esa-da,  aslida  samoviy  ruhda  edi.  Bogʻda  shoxlari 

bulutlar  orasida  koʻzga  koʻrinmay  ketgan,  har  zamonda  barglari  asta  yer 

bagʻriga  kirayogan  yam-yashil  daraxt  boʻlib,  toʻkilayotgan  bir  barg  nogahon 

bolakayning  oyoq  ostiga  kelib  qoʻnadi.  Bola  shunda  bargda  yozuv  borligini 

sezadi  va  qoʻliga  olib  oʻqib  koʻrsa  unda  hozirgina  koʻrgani—  Xolmuhammad 

buvaning  ismi  yozilgan  boʻladi…  Shu  kuni  oqshomda  Xolmuhammad  buva 

olamdan  oʻtadi.  Bundan  koʻrinadiki,  bolakay  koʻrgan  daraxt-  asl  qismat 




 

225 


daraxtidir. Kurtak tugib unib chiqqan burglar- dunyoga kelgan insonlar. Vaqti 

tugab yangi kurtaklarga oʻrin berib, toʻkilayotgan barglar umri oxirlab qolgan 

insonning qismati goʻyo.  

Bola umri davomida bu bogʻga toʻrt marotaba duch keladi. Va  har bir 

samoviy uchrashuv koʻrsatgan goʻzalligi evaziga uning hayotidan bir insonni 

tanlab olaveradi. Ikkinchi marta bogʻni koʻrganida ilk marotaba uni kutib olgan 

bolakay ham endi ulgʻaygan, qop-qora soqol –moʻylovli darbon yigit boʻlgan 

edi, xuddi uning oʻzi kabi. U bu galgi safarga qanchalik ogʻir boʻlmasin oʻz padari 

buzrukvorini kuzatadi… 

Keying  safar  ham  bu  bogʻ  uning  eng  yaqin  doʻstini  bagʻriga  chorlaydi. 

Ammo  na  ilojki,  bu  ulugʻ  qismat  daraxti  buyuk  Bogʻbon  qoʻli  ila  undirilgan. 

Hikoya ichidagi bu hikoya ila adib goʻyo bir haqiqatni qayta eslatayotgandek. 

“… Biror yaproq uzilib tushsa ham bilur…” (An’om surasi, 59-oyat) 

Soʻnggi  daf’adagi  uchrashuvda  chek  uning  oziga  chiqadi.  Bogʻ 

ichkarisidagi bolakay ham endi qarib, soch-soqoli oppoq bir moʻysafid boʻlgan 

edi.  Bolaligida  qay  ajoyibotlar  bilan  koʻringan  bogʻ  hamon  oʻsha  sinoatlarini 

yoʻqotmagani holda endi uning abadiy makoniga aylangan edi… 

U umri davomida toʻrt marotaba bu sirli bogʻga kirib, nega aynan sanab 

oʻtilgan  kishilarnigina  koʻra  oldi?!  Ehtimol,  ularning  tirikliki  chogʻlarida  ado 

etgan ezgu amallari hosilasi boʻlib esgan shamol ularning borajak manzillari 

sifatida shu bogʻni belgilagandir!Yoki uning hayotida eng qadrli va unga ibrat 

boʻla olgan insonlarning jannatiy ekanligi marhamat qilingan boʻlsa ajab emas! 

Insoniyat  qismati  daraxtdagi  bargga  qiyos  etilishi  koʻpchilik  adabiyot 

ixlosmandlariga ma’lum. Gʻazaliyot sultoni mir Alisher Navoiy bobomiz “Qilgʻil” 

gʻazalida keltirib oʻtganlaridek: 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish