Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo


Muhim ahamiyatga ega boʻlgan nimadir yaratilgan boʻlsa



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Muhim ahamiyatga ega boʻlgan nimadir yaratilgan boʻlsa,  

albatta kuchli tartib asosida tashkil etilgandir. 

(Andrew Hendrikson) 

 

Kuchli tartib, milliylikka sadoqat va insoniy fazilatlar yozuvchi Xurshid 



Doʻstmuhammadning ijodida yaqqol tasviralanadi, desam mubolagʻa bolmaydi. 

Uning asarlari yaratilishi zamirida aynan bir muhim sabab yotadi va u bu sabab 

mohiyatini asar tarkibida badiiy tarzda koʻrsata olgan. 

Xurshid  Doʻstmuhammad  mustaqillik  davrining  izlanuvchan 

adabiyotshunosi  hamda  ziyrak  yozuvchisi  hisoblanadi.  Uning  ijodi  oʻzbek 

adabiyotida muhim oʻringa ega. Adabiyot olamida yetuk marralarni egallagan 

adib tarjimonlik faoliyati bilan ham shugʻillangan. Uning asarlarida hayotiylik 

jozibasi  aks  etgan  boʻlib,  ularda  qoʻllangan soʻzlar  esa  mazmunni  yanada 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

216 


yuksaltirgan. Zero, soʻz qudrati cheksizdir. Shunday soʻzlar borki, kishilarning 

qalbida oʻchmas iz qoldiradi. Bazilari esa bizni xafa qiladi. Shunday qudratga 

ega boʻlgan soʻzlar  borki,  ular  insonlarni  kurashga  intilishga  undaydi.  Men 

aynan  Xurshid  Doʻstmuhammadni  mana  shunday  gavharlarni  adabiyot 

matolariga  qaday  bilgan  adib  deb  hisoblayman.  U  yozgan  hikoyalar  ham 

tahsinga  sazavordir.  Uning  hikoyalarida  gʻoyaviylik,  keng  qamrovlilik, 

hayotiylik  ifodalaridan  foydalanilgan  boʻlib,  bunga  aynan  “Beozor  qushning 

qargʻishi” hikoyasini misol qilishimiz mumkin. 

Hozirda  qilayotgan  har  bir  harakatimizning  ular  yaxshimi  yomonmi 

oʻzimizga ikki hissa boʻlib qaytajagini tasvirlab bergan. Zero, hammasi tushinib 

yetilganda, afsus va nadomatlar oʻrinsiz holda boʻladi. 

Hikoyada  milliylik,  insoniylik,  doʻstlik  kabi  bir  qator  qadriyatlar  ilgari 

surilgan. Asarning milliylik gʻoyalari aynan qaldirgʻochning bahor faslida kelib 

odamzod makonidan qoʻnim topishida namoyon boʻlgan. 

“Umid  akam:  “Iya,  anovini  qaranglar!”,  deb  jimlikni  buzdi.  Hammamiz 

akam koʻrsatgan tomonga-  shiftga  qaradik,  devorga  yaqin  toʻsin  biqiniga 

qapishib qaldirgʻoch qoʻnib turgan ekan! Ukam oʻzini tutolmadi. 

- Ur-ee, qaldirgʻoch! Deb ravonni boshiga koʻtardi. Irgʻib oʻrnidan turdi. 

-  Oʻchir!  –dedilar  onam  tahdidli  tovushda,  lekin  ovozlarini 

balandlatmay”. [3. 284-bet]. 

 Aynan mana shu jumlalarni oʻzida adib qay darajada hikoyasida milliylik 

ruhidan foydalanganligini koʻrishimiz mumkin. Shu mittigina jonzodning uyda 

hokim boʻlgan sukunatni quvib solishi, bola uni koʻrganda cheksiz baxtdanmi, 

hayajondanmi oʻzini tutolmay shovqin solgani va bunga qalbi mehr-shafqatga 

toʻla  onaning  bolani  tartibga  chaqirishi  ham  aslida  qaldirgʻochning  azaldan-

azal muqaddasligi, uni e’zozlash esa xalq ongiga oʻchmas milliy urf-odat singari 

oʻrnashganini koʻrish mumkin. 

“- Qadriya!.... 

- Gapiraver!.... 

- Timga qaldirgoch kelganmikan?... 




 

217 


- Qaldirgʻoch shovqin- suronli joyni xushlamaydi. 

-Yana qanday joylarni xushlamaydi? 

- Bilasanmi, Fozil qaldirgʻoch bexosiyat xonadonlarga uya qurmaydi”. [2. 

285-bet]. 

 Hikoyaning  Qadriya  va  Fozilbek  oʻrtasida  boʻlib  oʻtgan  suhbatida  sof 

doʻstlikni koʻrish mumkin. Qadriyaning bor tuygʻulari, uning oʻzbek ayollariga 

xos iffati ham shu yoʻsinda koʻrsatib berilgan. 

 Asarda Qadriyaning otasining afsusli, onasining esa alamli holatlari chin 

insoniylik ruhidan darak beradi. 

“Mani uraqoling, adasi, roziman. Oʻldiring. Faqat qaldirgʻochni iniga tega 

koʻrmang! Kasofati uradi, Baraka top…. 

-  E,  irim-siriming  bilan  qoʻshmozor  boʻla!  “Yomon  boladi,  kasofati 

uradi”dan boshqa narsaga yetmaydi aqling!..” [2. 286-bet]. 

 Ushbu jumlalarda onaning cheksiz istiroblari oʻz aksini topgan. Undagi 

insoniylik,  mehr-  shafqat  tuygʻulari  otaga  ta’sir  qilmay  qolmaydi,  albatta. 

Afsuski, u vaqt tuzatib boʻlmas xatolikka qoʻl urilib boʻlingandi. Ona bu holatdan 

shunchalik ta’silanadiki, uni adib yoʻrgakdagi bolajoni yotgan uyga oʻt ketgan 

onaga  oʻxshatadi.  Mana  shu  beozor  onaning  qoʻllaridagi  uyani  esa  payola 

sinigʻiga qiyos etadi.  

Yozuvchining  mahoratini  aynan  shu  jihatlarda  ilgʻab olish mushkul 

emas.Onaning iztiroblari shu qadar kuchli ediki, u bir lahza hushidan ketish 

darajasiga  boradi.  Yozuvchi  bu  jarayonda  toʻlaqonli  otani  ham  ayb  otiga 

oʻtirgʻizib qoʻymaydi. 

“Shunda,  dadamning  tok  zangini  siqimlab  tutgan  qoʻllariga koʻzimm 

tushdi. Zangini azbaroyi qattiq siqimlardiki, zangining qurigan poʻsti uvalanib, 

uqalanib yerga toʻkildi…va birdan dadamga qattiq achinib, ichim achishdi”. [2. 

289-bet] 

Ushbu tasvir orqali adib chin insoniylik bilan birga shu vaqtdagi zamon, 

sharoitni ham keltirib oʻtgan,  desak  xato  boʻlmaydi.  Qadriyanig  hikoya 

jarayonida “Dadam bilan onam juda totuv yashashardi, faqat uyimizda biron 




 

218 


yigʻinmi,  toʻymi,  umuman  sarf-  xarajat  koʻpaysa,  bir  koʻngilxiralik  chiqmay 

qolmasdi”,  degan  soʻzlaridan  ham  bilish  qiyin  emas.  Ham  jismoniy,  ham 

ma’naviy  tomondan  kamchiliklar  tufayli  siqilgan  inson,  koʻpincha,  oʻzi  nima 

qilayotganini anglashi birmuncha qiyin kechadi. Hammasi ravshanlashganda 

esa  kech  boʻladi.  Bu  hikoyada  ham  adib  qahramonlar  holatini  shunday 

tasvirlagan.  Otaning  koʻz  oʻngi  qilgan  xato  ishidan  keyin  tiniqlashadi,  ammo 

buning oqibati farzandga tuhfa qilinishga ulgurgandi. 

“Uch oy oʻtar-oʻtmas Zulfiya opam oilasi buzilib, uyimizga qaytib keldi”. 

[2. 292-bet] 

Xurshid Doʻstmuhammadning bu kabi talqindagi asarlarini uning ijodida 

koʻplab  uchratish  mumkin.  Shuning  uchun  ham  yozuvchi  el  ardogʻidagi 

ijodkordir. 

Asarlarda mavjud milliy qadriyatlarimizga xos an`ana va e`zozda boʻlgan 

urf-odatlarni singdirishda yozuvchi hayotiy voqealarni asos qilaib oladi. Inson 

tafakkurida  ayni  shu  haqiqatlarni  shakllantirish  baddiy  adabiyot  zimmasida 

ekan, mahoratli yozuvchilar asarlari doimo oʻqiladi va yosh avlodga oʻrgatiladi.  




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish