Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

 

Annotation.  In  this  article  analyzes  the  trilogy  “Ufq”  by  Said  Ahmad  a  great 

representative  of  Uzbek  literature.  Acknowledgement  of  the  trilogy  “Ufq”  and  several 

opinions about the writing style of the work are given in the article. In the article mainly 

analyzes period and human commentary in the “Ufq” trilogy. Also there are some parts of 

uzbek father in the article.  

 Keywords: Said Ahmad, “Ufq” trilogy, tragedy, image of father, loyayty, pride  

 

  

 



XX asr oʻzbek adabiyotiga salmoqli hissa qoʻshgan Said Ahmad oʻzbek 

xalqining  nekbin  tuygʻularini,  sodda  donishmandligi-yu,  bagʻrikeng 

mehnatkashligini  oʻz  asarlariga  muhrlagan  adib  hisoblanadi.  Said  Ahmad 

merosining bezagi boʻlmish “Ufq” trilogiyasida Vatan urushining olovli yillarida 

oʻzbek  xalqining  front  orqasida  koʻrsatgan  metin  irodasi,  mehnat 

qahramonliklari  personajlar  misolida  atroflicha  hikoya  qilingan.  Koʻpchilik 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

220 


munaqqidlar  Said  Ahmadning  ushbu  romanini  yengil  hikoya  tarzida 

oʻqiladigan  asar  sifatida  baholab,  bu  yozuvchining  yutugʻi  ekanligini  e’tirof 

etishgan.  Asarni  mutolaa  qilish  jarayonida  bunga  oʻzim  ham  guvoh  boʻldim, 

trilogiya salmoqli hajmga ega boʻlishiga qaramasdan bir ritmda oʻqib tugatiladi. 

Atoqli  adib  Abdulla  Qahhor  oʻzining  “Ilhom  va  mahorat  samarasi”  deb 

nomlangan  taqrizida  ushbu  asar  haqida  shunday  ta’riflaydi:  “Bu  kitobni 

kitobxon  boshdan  oyoq  shavq  bilan  hech  qayerda  turtinmasdan,  diqqati 

susaymasdan, ishtahasi boʻgʻilmasdan oʻqib chiqadi… Kitobda qimirlagan har 

bir  jonning  qaygʻusi,  quvonchi,  qilish-qilmishi,  muhabbati,  gʻazabi,  ogʻzidan 

chiqadigan har bir soʻzi rost… ” Haqiqatan, ushbu asarga berilgan eng yuksak 

baho shu boʻlsa kerak. Mutolaa davomida asardagi voqeliklarni men ham oʻz 

“men”imdan  oʻtkazgandek  boʻldim,  voqealar  rivojida  mehr  va  qahr  tutashib 

yotganligini  his  etdim.  Trilogiyada  kechirim  hissi  qandaydir  ramziylikka 

egadir,  goʻyo,  darhaqiqat,  gunohkorlik  va  kechirim  bir-biriga  chambarchas 

bogʻlanib  yotadigan  tushunchalardir.  Bu  kechirim  hissi  otaning  farzandga, 

farzandning otaga, onaning esa har qanday holatda ham jigarini suyishi va u 

qilgan  nomaqbulchiliklariga  koʻz  yuma  olishi  kabi  oʻrinlarda  ta’sirli 

gavdalantirilgan. Ushbu trilogiyada ota timsoliga alohida toʻxtalib oʻtilgan va bu 

orqali oʻzbek otasi psixologiyasini qisman  koʻrsatib bergan desak mubolagʻa 

boʻlmaydi. Jumladan: Ikromjon, Ummatali, Rayimberdi togʻa, Inoyat oqsoqol, 

Melivoy aka, Yunusali ota kabi ota personajlari orqali turli xil xarakterga ega 

boʻlgan ota timsolini koʻrish mumkin. Bu personajlar orasidagi Inoyat oqsoqol 

qolganlaridan sezilarli darajada farq qiladi. Bu obrazni kuzatar ekansiz, unga 

qanday ta’rif berishga ham xayol surasiz va nahot ota oʻz farzandiga shuni ravo 

koʻrishi  mumkin,  akasining  ayolini(Dildorni)  ukasiga(Nizomjonga)  mahram 

qilish niyati ila Dildorning sepini oʻzlashtirishga urinishi naqadar jirkanchlik 

boʻlsa,  Nizomjonning  bunga  qarshi  chiqishi  oqibatida  uni  oq  qilish  nihoyat 

darajada  vahshiylikdir…  Farzandini  oq  qildim  deyish  shunchalar  yengil  til 

uchida aytilsa... Bu obraz juda xasis, pul turganda farzandni ham besh pulga 

sotadigan  xudbin  sudxoʻr  kimsa,  odamlar  uni  Inoyat  oqsoqol  emas,  Jinoyat 




 

221 


oqsoqol deb toʻgʻri ta’rif berishgan deb gʻuboringiz biroz eriydi. Said Ahmad bu 

obrazi  orqali  oʻzining  satirik  xarakter  yaratish  kuchini namoyon etganligini 

koʻrishimiz  mumkin.  Inoyat  oqsoqolning  bu  qilmishlarini  yozuvchining  oʻzi 

ham  “koʻtarolmay”  asarda  unga  ogʻir  qismat  yozgʻiradi.  Qarigan  chogʻida 

qamoqqa olinishi, farzandlari undan yuz oʻgirishi, aniqrogʻi uning oʻzi shunga 

majbur qilganligi hamda vafot etayotganda tavbasiga tayanmay, tili kalimaga 

kelmay toʻrt soat nimadir deyishga chogʻlangani, lekin aytolmagani, jon berishi 

ham qiyin kechgani, yashab yashayolmay, oʻlib oʻlolmay jon holatida yotgani, 

janoza  paytida  uni  qabrga  qoʻyishib  ustiga  tuproq  tortayotganda  kimdir 

marhum qanday odam edi, - deb soʻraganda olomon bir nafas jim boʻlib qolgani, 

qabr sukunati ham bir boʻlgani, bu sukunat ham bir boʻlgani, oxiri kimdir past 

tovush bilan aytar-aytmas  yaxshi  odam  edi,  deb  aytgani  uning  qismatidan 

darak beradi. Inoyat oqsoqol obrazini Balzakning “Gobsek” asaridagi Gobsekga 

mengzasak oʻrinli, chunki Gobsek ham sudxoʻr shaxs boʻlib oxirida toʻplagan 

mol dunyosidan ham, oilasidan ham ayriladi. 

Trilogiyadagi  yolgʻiz  oʻgʻlining  erkaliklari-yu,  beparvoliklariga  koʻz 

yumgan, asrab-avaylagan Ikromjon ota obrazi ham Said Ahmadning chinakam 

metin  irodadek  yaratgan  xarakterli  qahramonidir.  Bu  obrazni  Ulugʻbek 

Hamdamning  “Ota”  romanidagi  Poʻlatjon  otaga  ham  qisman  boʻlsa-da, 

qiyoslash  mumkin.  Toʻgʻri,  bu  ikkala  obrazning  xarakter  xususiyatlarini 

yozuvchilar turli uslubda zuhur etgan, ammo syujet qismati jihatidan mengzasa 

boʻladi. “Ota” romani qahramoni Poʻlatjon ham yolgʻiz farzandini, qizi Sevinchni 

Yaratgandan  tilab-tilab,  hayotning  bir  nechta  qiyinchiliklarini  yengib  oʻtib, 

otalik baxtiga muyassar boʻladi. Ikkala asarda ham ota obrazlari orqali yolgʻiz 

farzandlarini  oʻz  qoʻllari  ila  oʻldirish  maqsadida  qurol  oʻqtalib  oʻldirishga 

urinish hollatlari uchraydi. Poʻlatjon yolgʻiz qizini oʻldiradi gʻururi farzandidan 

ustun  keladi,  Ikromjonning  esa  otgan  oʻqi  tegmaganidan  xayriyat,  tegmabdi 

deb  qoʻyadi.  Ikkala  tip  ham  oʻz  ayolini  ardoqlaydi,  sevadi,  ishonadi,  lekin 

Poʻlatjonning gʻururi, ori bu tuygʻulardan-da kuchlilik qiladi. Qaysidir ma’noda 

Ikromjonning metin irodasini yozuvchining oʻziga ham mengzash mumkindek 




 

222 


goʻyo. Chunki Said Ahmad ham hayot yoʻlida iztirobli, fojiali holatlarni boshdan 

oʻtkazgan,  ularni  metin  irodasi  ila  yengib  oʻtgan.  Bu  fojiali  kunlarni  vafodor 

ayoli Saida Zununova bilan birga yengib oʻtgan. Shunday ekan, Ikromjon ham 

vafodor ayoli Jannat xola bilan bu qiyinchiliklarni yengib oʻtmadimi? Bir-biriga 

suyanchiq  boʻlib,  bir-biri  uchun  yashamadilarmi,  ayniqsa,  ikki  oʻrtada  joni 

halak Jannat xola oʻzini qurbon qilmadimi? Said Ahmad ham, Ikromjon ham 

oʻzidan oldin vafot etgan ayollari uchun yashadi, ularning ruhi uchun irodasini 

egishmadi. Shu oʻrinda bevosita asarni nomlanishini kuzatar ekanmiz: 

-Ufq… 

- Ketish… 



Bu ketish – shunday ketish-ki, ortga yoʻlni topolmaslik uchun bir ilinj… 

Bu ketish – sogʻinilish uchun bosilgan eng katta qadam… 

Bu ketish – unutilish… 

Bu ketish – hammasiga tupurish… 

Bu ketish – hissizlikka choʻkmoqlik dardi… 

Bu ketish – ogʻriqsizlik ogʻrigʻi… 

Bu ketish – oxiriga yetmay qolgan soʻzlar faryodi, ohi… 

Bu ketish – hammasiga qoʻl silkish… 

Bu ketish – Ufqqa qarab yoʻl olish… 

- Ketish… 

- Ufq… 

…men  dardga  chalinmayman.  Men  oʻlmayman.  Tirik  boʻlsam  yurib, 

yiqilsam emaklab, yotib qolsam surilib hoʻ oʻsha ufqqa boraman. Ufqqa bormay 

oʻlishim  mumkin  emas…  oʻlish  oson,  oʻlib  ketish  oson.  Yashash  qiyin.  Oʻlish 

nomardning ham qoʻlidan keladi. Mard yashaydi… 

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish