Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet133/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Annotation. In this article the works of Zulfiya, who was one of the famous poetess 

and representative of loyalty in uzbek literature, was analysed by autobiographical method. 



Keywords: Zulfiya, Hamid Olimjon, poem, lyric hero, loyalty, missing 

 

 



Bahor! Atrofdagi goʻzalliklarga boshqacha nigoh bilan boqiladigan fasl! 

Bahor kirib kelar ekan har bir oʻzbek  qalbida  “Oʻrik  gullaganda”  she’rining 

timsollari joʻsh urishini koʻrishimiz mumkin. Ushbu she’rning muallifi Hamid 

Olimjonni  eslar  ekanmiz,  Zulfiyaxonimni  eslamasdan  iloj yoʻq.  U  Hamid 

Olimjonning turmush oʻrtogʻi, oʻzbek she’riyatining dargʻalaridan biri, vafo va 

sadoqat  kuychisi,  oʻzbek  she’riyati  jahon  sahnalariga  olib  chiqqan  ilk 

shoiralardan biri hisoblanadi.  

Uning  hayoti  va  ijodi  bir-biri  bilan  shunday  chambarchas moslashib 

ketganki, hayotining har jabhasi she’riyatida aks etgan. Uning she’rlarini oʻqir 

ekansiz uning quvonchi, kulgusi, sogʻinchi, sadoqati, qaygʻu, gʻam va anduhlari 

sizga ham koʻchib oʻtadi. Ya’ni she’riyatning ichki ruhiyati oʻquvchiga yuqadi. 

Uning  hayotiga  nazar  tashlaydigan  boʻlsak,  qizlik  yillari  Qizlar  bilim  yurtida 

oʻqiyotgan paytidan boshlab ijod qila boshlaydi. Ilk she’rini paxta dalasidagi 

ishchilarga  bagʻishlab  yozadi,  bundan  esa  uni  ana  oʻsha  yoshlik  yillarida 



Til va adabiyot:  

ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar   

 

2020-yil 30-aprel 


 

209 


mehnatni qadrlaydigan va insonlarga e’tiborli boʻlganligini bilishimiz mukin. 

Qaysidir  shoir  aytganidek:  “Shoirlik  haqiqiy  xalq  dardini  kuylashdan 

boshlanadi.”  

Zulfiya  ijodining  ilk  yillarida  boʻyoqdorlik,  rangbaranglik  va  tabiat 

tasvirlari  yetakchi  oʻrin  tutgan.  Hamid  Olimjon  bilan  endi  uchrashgan  ya’ni 

umrining bahor faslida esa otashin sevgi va muhabbat alangalan she’rlari uning 

oʻquvchilarini  ham  joʻsh  urdirib  yuboradi.  Shundan  soʻng  esa  u  biroz  jiddiy 

ishlarga  ham  qoʻl  uradi.  Ya’ni  she’riyatda  ruhiyat  tasvirini  beruvchi  ajoyib 

na’munalarni  yaratadi.  Shu  kungacha  hech  bir  oʻzbek  shoirasi  hissiyot  va 

ruhiyat chizgilarini bunchalik aniq qilib chizib bera olmagan. 

Ammo,  uning  hayotida  chuqur  bir  burulish  roʻy  berdi.  Oʻsha  mudhish 

hodisa, Hamid Olimjondan judolik uni yetti pora gʻamga botirdi, baxt quyoshini 

soʻndirdi.  Umr  yoʻldoshi  bilan  birga  oʻz  muhabbatini  ham,  quvnoqlig-u, 

erkaliklarini ham koʻmib  keldi.  Ammo  yoriga  hech  ham  bevafolik  qilmadi. 

Butun umr u uchun yashadi. Bu hodisa uning ijodiga juda qattiq ta’sir qildi. Endi 

uning she’riyatini faqat gʻam, anduh, sogʻinch va sadoqat egallab oldi. Uning 

oʻquvchilari  shu  voqealardan  boshlab  Zulfiya  ijodida  qora  ranglar  bilan 

bezatilganiga  guvoh  boʻla  boshladilar.  U  oʻzining  “Sen  qaydasan  yuragim” 

she’rini quyidagi misralar bilan boshlaydi: 

Qalb boʻlganda yiroqda  

Iroda ekan ojiz. 

Doʻstlar ham koʻp atrofda, 

Lekin men yakka yolgʻiz… 

 

Ushbu  misralarda  garchi  shoira  tirik,  yashayotgan,  yuragi  urib  turga 



boʻlsada, uning qalbi yiroqda ya’ni Hamid Olimjon bilan ketgan. Ana oʻshanday 

vaziyatlarda insonning irodasi ojiz boʻlishini eslatib oʻtmoqda. Keying misrada 

esa uni garchi hamma oʻrab tursada, u bu muhitga begona ekanligi va oʻzini 

yolgʻiz his qilishini aytib oʻtyapti. Yuqorida keltirilgan misralarda shoiraning 

sogʻinchi qogʻozga oʻralgan holda retseptorga yetkazib berilgan boʻlsa, “Qalb 



 

210 


boʻlganda  yiroqda”  she’rida  esa  shoira  oʻz  sogʻinchini  ochiqdan-ochiq  bayon 

qiladi. 


Sogʻinganda izlab bir nishon, 

Qabring tomon olar edim yoʻl. 

Keltirarding menga bir zamon,  

Endi har chogʻ men eltaman gul. 

 

Ushbu misralarning tahliliga e’tibor qaratadigan boʻlsak, avtobiagrafik 



metodga tayanishimizga toʻgʻri keladi. Ya’ni Zulfiyaning hayotida endi Hamid 

Olimjon  yoʻq.  Oilaning bor tashvishlari va ogʻirliklari,  bolalar  tarbiyasi  va 

boshqalar  birgina  Zulfiyaning  oʻz  gardaniga  yuklangan.  Endi  u  yolgʻiz  ona 

sifatida ham ayolning, ham erkakning ishini qilishi kerak. Shunda u gul koʻtarib 

uning  qabriga  borishni  kanda  qilmasligini  ushbu  she’rda  aytib  oʻtadi. 

Vaholanki,  gul  koʻtarib  kimnidir  koʻrgani  boorish  bu  odatda  erkak  kishining 

vazifasi hisoblandi. Uning she’riyatida shoira hissiyotlari isyon koʻtaradi. “Sen 

qaydasan yuragim” she’rining nihoyasida biz ushbu isyonga guvoh boʻlamiz: 

Ishqqa maskan yuragim,  

Topib ber deb qistaydi. 

Nima qilay, berahm- 

Ruhim seni istaydi. 

Ushbu  misralarda  u  qoʻl-oyogʻi bogʻlangan,  boshqa  iloji  qolmagan, 

sogʻinchning  eng  chuqur  botqogʻiga  botgan,  ammo  qoʻlidan  hech  narsa 

kelmaydigan, ilojsiz bir ma’suma ayol qiyofasini gavdalantirgan. Uning “Qayda 

oʻz  sevinchim”  she’rida  esa  ana  oʻsha  isyonning  yuksak  choʻqqiga  yetganini 

koʻrishimiz mumkin: 

Oʻqilmagan maktub, 

Taqilmagan ziynat 

Nodarkorlar ichra yotar kesakday, 

Uzoqroq, 

Xilvatroq kunjakka irgit 




 

211 


Naq jarroh pichogʻi-kayfing kesarday! 

Shunday ham nobutun koʻngling qoʻysin tinch! 

Shoira  ushbu  she’rida  hamma  narsani  inkor  qiladi,  unga  endi  na 

maktublar,  na  taqinchoqlar  kerak,  bunga  oʻshxash  ahamiyatsiz  buyumlar 

nodarkorlar  ichra  yotardi.  Agar  koʻzga  koʻrinib  qolsa  ham  ularni  uzoqroq 

xilvatroq  kunjaklarga  otib  yuboring.  Jarroh  pichogʻidek  alam  uchquni  uning 

koʻksini kesmoqchi. Shu ham insofdanmi? Axir bu koʻngil shundogʻam nobutun-

ku! Xuddi shu she’rning nihoyasi esa quyidagicha: 

Sevinch! 

Qayda oʻsha qaytmovchi sevinch? 

Qoʻlga tutolmagum bebaho bisot! 

Shoiraning  alamli  dardi  bu-  uning  sevinchi  qaytib  kelmayotganligidir. 

Endi u lirik qahramon uchun tutqich bermas, bebaho bisotdir. Izlash, qidirish 

va  uning  ortidan  yugurishning  foydasi  yoʻq.  U  oʻzining  “Sogʻinib”  she’rini 

quyidagi misralar bilan boshlaydi: 

Shu kunlarda bahorga zorman, 

Navjuvonlik oʻti tanda yoʻq. 

Kuz singari zafarruxsorman, 

Mevalar ham shoxlardan uzuq. 

“Zulfiyaning hijron lirikasida unga hamisha tabiat hamdard”[ Qozoqboy 

Yoʻldosh,  Ayriliqning  umidbaxsh  tasviri.  –T.:  Yoshlik,  2-son,  2015].  Ushbu 

she’rni tahlil qiladigan boʻlsak, shoira bahorni sogʻingan, nafaqat shoira balki 

butun tabiat bahorga ilhaq. Biz ushbu she’rda lirik qahramon va tabiatning bir-

biriga hamdard boʻlayotganiga guvoh boʻlishimiz mumkin. Xuddi shu she’rning 

boshqa misralarida esa:  

Shu kunlarda bahorga zorman, 

Oʻz bahorim kabi bemisol. 

Bahor qaytmas, yonuvchi qorman, 

Yo noʻnoq qoʻl butagan nihol. 



 

212 


shoiraning  oʻz  hayotidan  noliyotganini  koʻrishimiz  mumkin.  Ya’ni,  u 

judayam  bahorni sogʻingan,  bahor  kelganda  ham  oʻz  bahori  singari  bemisol 

boʻlib kelishini xohlaydi. Ammo bahor qaytmas, lirik qahramon esa oʻz sovuq 

qishida alamdan yonayotgan qor singari boʻlib yashashga majbur. Chunonchi, 

u  oʻzini  xuddi  noʻnoq  qoʻl butagan niholga oʻxshatib,  yaratgandan  bunday 

taqdir uchun ham nolib qoʻymoqda.  

Zulfiyaning “Sensiz” she’ri shoiraning hayotidagi fojeaning bevosita aksi 

hisoblanadi.  Ushbu  she’r  garchi  Hamid  Olimjonning  vafotidan  ancha  vaqt 

oʻtgandan soʻng yozilgan boʻlib, uning qalb yaralari endi unga azob berishga 

emas  balki  taskin  berishga  harakat  qiladi.  She’r  “Mana  bir  umrni  yashadim 

sensiz,  Qaytmas  shodliklarning  qaytishin  kutib…”  deya  boshlanar  ekan, 

dastlabki ikki misradayoq qalb yarasi hech qachon bitmasligini bilib olishimiz 

mumkin.  Zukko  oʻquvchilar  bu  yerda  shoira  nima  demoqchi  boʻlayotganiga 

tushunib  olishadi.  “Agar  shunday  boʻlmaganda  nima  boʻlardi?  Qanday  goʻzal 

hayot kechirgan boʻlardik?” savollari yotibdi bu yerda. Shoira aqlan uning endi 

yoqligiga ishonsada, ich- ichidan uning tirik boʻlib chiqishiga, qandaydir moʻjiza 

roʻy  berishiga  ishonadi.  Endi  u  butun  bor  taqdiriga  koʻnadi,  mayli 

boshqaningda  yori  boʻlsada,  uning  qaytishini  xohlaydi.  “Bilardim,  qaydadir 

olasan  nafas.”  Menga  oʻsha tirikligingning oʻzi  kifoya  deydi.  “Bilaman,  rashk 

meni etardi halok, Afzal koʻrganingni qargʻab oʻtardim” deydi shoira oʻz ayollik 

his-tuygʻularini  yashirmagan  holda.  Shu  bois  ham  shoira  “Tirik  ekan  nega 

tashlab  ketmading”  tirikligingda  tashlab  ketganingda,  ayriliqni  yengish 

osonroq boʻlarmidi deb aytadi.  

“Zulfiyaning mashhur “Bahor keldi seni soʻroqlab” asarida uning hijron 

mavzusidagi barcha boshqa she’rlaridagi kabi kuchli dard, chegarasizhijron aks 

etgan.  Ulkan  insoniy  alam,  oʻkinchning  she’rga  yoʻgʻrilgan  samimiy  ifodasi 

she’rxonning  koʻnglini  titratadi.  Chunki  titragan  koʻngilning  manzarasi 

oʻqirman  ruhiyati  va  hissiyotini  ham  titratishi  tayin.  She’rda  ifoda  etilgan 

shoira,  bahor,  yel  timsollarining  bari  sogʻinch  dardiga  mubtalo.  Ularning 

uchalasi ham oʻrik gullariga maftun boʻlib, bahor yellarini “baxtim bormi deya” 




 

213 


soʻroqqa tutgan, shoiranida, bahornida, yelnida  yaxshi koʻrgan jingala  sochli 

xayolchan  yigit  Hamid  Olimjonni  birday  sogʻinishgan.  Bu  dard  uch 

qaygʻukashni bir-biriga  yaqinlashtiradi,  ularni  bir-birini  suyashga,  bir-birini 

tuyishga undaydi.” 

Bu she’rning quyidagi misralarini tahlil qilar ekanmiz, shoiraning butun 

dard va gʻamlariga guvoh boʻlamiz: 

Qani oʻsha kuychi, xayolchan yigit? 

Nechun koʻzingda yosh, turib qolding lol. 

Nechun qora libos, sochlaringda oq, 

Nechun bu koʻklamda sen parishonxol? 

Yuqoridagi  misralar  yel  tomonidan  emas,  balki  shoiraning  oʻziga  oʻzi 

bergan savoliga koʻproq  oʻxshab  ketadi.  U  oʻzidan  qidirmoqda,  oʻzidan 

soʻramoqda, chunki bu savollarning javobini faqatgina oʻzidan topishi mumkin. 

Keying  misralarda  esa  u  yoriladi,  va  javob  berishga  tili  bormay,  nima 

boʻlganligini koʻrsatib beradi: 

Qanday javob aytay, loldir tillarim, 

Baridan tutdim-u, keldim qoshingga. 

U ham gʻaming bilan kezdi aftoda, 

Boqib turolmayin qabring toshiga. 

Va hammasiga guvoh boʻlgan yel ham bunday ayriliqqa chiday olmaydi. 

Keyingi misralarda esa:  

Bahorga burkangan sen sevgan elda, 

Ovozing yangraydi joʻshqin, zabardast. 

Oʻlmagan ekansan, jonim, sen hayot, 

Men ham hali sensiz olmadim nafas. 

 

Hijroning qalbimda, sozing qoʻlimda, 



Hayotni kuylayman, chekinar alam. 

Tunlar tushimdasan, kunduz yodimda, 

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham 



 

214 


 

“Zulfiya  she’rlarining  aksariyatida  kuchli  obraz,  porloq  fikr  koʻpincha 

soʻnggi bandda beriladi”[ Qozoqboy Yoʻldosh, Ayriliqning umidbaxsh tasviri. –

T.: Yoshlik, 2-son, 2015]. Ushbu she’rning nihoyasi shoiraning ham hayoti, ham 

ijodining xulosasiga oʻxshaydi. Shoira tushunib yetdiki, u tirik ekan, uning yori 

ham, muhabbati ham u bilan hamnafas.  

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Zulfiyaxonim oʻz ijodi bilan oʻzbek 

ayollarining  vafo,  sadoqat  tuygʻularining  yaqqol  ifodasini  yoritib  bera  olgan 

ijodkor  boʻlib,  uning  ijodi  shu  kungacha  oʻz  jozibasini  yoʻqotgani  yoʻq  va 

bundan keyin ham shunday boʻlib qoladi.  

 


Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish