motherland and the impact of the socio-political environment on poetry. At the same time, in
qorachigʻidek asrash ruhi о‘ziga xos she’riy misralarda jo bо‘ladi. Bugunga kelib
xrestomatik she’rlarga aylangan, oltmishinchi yillarning birinchi yarmidan
203
yillar osha tobora tiniqlashib, о‘tkirlashib, yangi joziba kasb etib, yaxlit katta
bir turkumga aylandi.
Shoirning ushbu mavzudagi she’rlarini shartli ravishda ikkiga ajratish
mumkin. Biri mustaqillikkacha yozilgan she’rlar, ikkinchisi istiqlol bergan
ne’matdan kuch, bahra olib yozilgan she’rlar. Shoirning oltmishinchi,
yetmishinchi, saksoninchi yillarda yozilgan ushbu mavzudagi qay she’rini
olmaylik, ularda О‘zbekiston degan yurtga otashin bir muhabbat, uni ozod va
ulugʻ mamlakat sifatida kо‘rish orzusi ufurib turganligini kо‘ramiz. Bu ruh
qandaydir boshqa bir munosabat bilan yozilgandek bо‘lib tuyuladigan “Minorai
Kalon tepasidagi laylak”, “Sovgʻa”, “Armaniston” kabi she’rlarga ham xosdir.
“Sovgʻa” she’rida bosqinchilar zulmi ostida Buxoroni “beklar, amirlar,
bulbullar” kо‘zda yosh bilan tashlab ketganligi, faqat laylak bu shaharni tashlab
ketmaganligi haqida sо‘z boradi. Ajabkim, bu qushning “oyoqlari gʻо‘zaga
о‘xshar, qanotlari esa paxtadek oppoq”. Gʻо‘za, paxta deyilganda о‘sha yillarda-
О‘zbekiston, о‘zbek xalqi tushunilardi. Ya’ni zulm iskanjasi, totalitar tuzum
zugʻumlari qanchalik qattiq bо‘lmasin, bu diyorda xalq mangu qolajagi,
О‘zbekiston yana о‘z tugʻi, о‘z bayrogʻiga ega bо‘lgan mustaqil mamlakatga
aylanishi orzusi poetiklashtiriladi.
Sobiq ittifoq davrida О‘zbekistonning zabun, tushkun ahvoli, о‘zgalar
uning qonini sо‘rganligi “Sovgʻa” she’rida ayniqsa kuchli ifodalab berilgan.
О‘sha mafkuraviy tazyiqlar davrida bunday fikrlarni yozishgina emas,
о‘ylashning о‘zi ham jasoratdan boshqa yana qandaydir katta bir narsani talab
qilganligi ayon bir holdir. О‘zini jallodning kundasiga rо‘para qilish bilan
barobar “shakkoklik”ka undagan bu kun О‘zbekistonni chinakam sevgan, unga
jonini ham qurbon qilishga tayyor turgan shoirning qalb hayqirigʻi, о‘tli nidosi
edi. Vatan tushunchasi Abdulla Oripov she’rlarida serma’no va rang-barang.
Keng miqyosda qaraganda, shoir va uning lirik qahramoniga «shu buyuk
sayyora – yagona Vatan» boʻlib koʻrinadi («Genetika»). Biroq ona-Vatan
deganda u faqat Oʻzbekistonni tushunadi. Bu mavzu shoir ijodining eng nurli va
porloq sahifalarini tashkil etadi.
204
Tarixni yaratuvchi xalqdir. Lekin ba’zan uning bagʻrida kechishi mumkin
bо‘lgan ayrim norasoliklar, noahilliklar ham borki, ular gohida shoir qalbida
achchiq nido uygʻotadi. Mashrabni dordan, Qodiriyni tuhmatlardan asrab
qololmaganlarga qarshi shoir о‘ziga xos “ta’na” qiladi, faryod chekadi:[ Ўзбек
адабиёти тарихи. Беш томлик. III том. – Тошкент: Фан, 1978 йил, Б. 446.].
Nimasan? Qandayin sehrli kuchsan?
Nechun tomoshaga bundayin о‘chsan?
Qarshingda hasratli о‘yga tolaman,
Qachon xalq bо‘lasan, ey, sen olomon?
Shoirning ushbu “Qachon xalq bо‘lasan, ey, sen olomon? ”, Choʻlponning
“Xalq dengizdir, xalq toʻlqindir, xalq kuchdir”, Muhammad Yusufning
“Alpomishga alla aytgan momolarim, Ruhini shod etay desang — xalq boʻl,
Do'stlaringiz bilan baham: