Kalit soʻzlar: Puankare gipotezasi, portfel va qoʻlyozma detali, vaqt, badiiy obraz badiiy
detall, badiiy peyzaj.
Annotatsion. Through “Puankare” story which is written by Abduqayum Yoʻldosh
each person may know to achive something to try which reality heart, it should be living to
tell interj thanks for GOD to giving things. In this article it observed on one word. Human who
knows real “Puankare” is what, resolve this, is capable of realizing themselves.
Keywords: Puankarehypothesis, time, portfolio and manuscript detail, student, artistic
image, artistic detail, artistic landscape.
Hozirgi adabiy jarayonda hozirjavob oʻqiladigan janrlardan biri bu
hikoya janridir. Hikoya inson hayotida yuz bergan ixcham voqeani loʻnda
ifodalashga moʻljallangan. Ixchamlik hikoyaning muhim belgisi, unda personaj
hayotidan birgina lavha, uzoq davrlik voqealar, personajlarning butun umr
yoʻli, bir emas, bir necha odamlarning taqdiri, xarakterning shakllanish
jarayoni,ruhiy holatlarning almashinib turishi muhim hisoblanadi. Hikoya
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
197
janrining roman va qissadan farqi ham ana shundadir. Mana shunday
ixchamlikka asoslangan, hozirjavoblik bilan oʻqiladigan hikoyalardan biri bu
Abduqayum Yoʻldoshning “Puankare” hikoyasidir [Toshkent: Akademnashr,
2014]. Bu hikoya ijtimoiy hayotning puchmoqlarini koʻrsatdi. Birgina teorema
orqali inson hayoti badiiy talqin etilgan. Uni yechish qiyin, ammo hayot ham
turli sinovlardan iborat-ku. Munaqqid Shuhrat Rizayevevning fikrlari
yuqoridagi fikrlarimizga asos boʻlishi mumkin.”Bu hikoyada teorema
yechishga asos boʻlgan bir jumboq .Jumboqlar esa hayotimizning bir boʻlagidir
.Nihoyatda jiddiy ayotiy kuzatish, ruhiy holat, falsafiy umumlashmalarning
teranligi bilan oʻquvchilarni larzaga sola oladigan sof an’anaviy realistik ifoda
yoʻsinida qurilgan asar“ [Shuhrat Rizayevning adabiy nutqidan].
“Bu dunyoda har kimning oʻz PUANKARESI bor. Har kim umri davomida
uning gipotenuzasini yechishga urinadi. Garchand bu oson emas. Bani bashar
dunyoga kelib, tiriklikning sirli, sehrli ilohiy tamaddun jarayoni boshlanibdiki,
hayot atalmish ulugʻ muallim Koinot sarvari boʻlmish har bir odam oldiga bir-
biridan murakkab ayni paytda kulguli darajada oʻta joʻn sinoatlar gipotezasini
qalashtirib tashlaydi: istaganingni tanlab ol-u, qisqagina davom etadigan
umring davomida, oʻz hayoting, kechajak kunlaring mohiyat-mazmuni bilan
uni isbotla, Inson boʻlib yasha, Inson boʻlib qol. Shu ma’noda men hayotning
oʻzini mutafakkir PUANKARE deb bilaman“ [Abduqayum Yoʻldosh “Puankare”
hikoyasi .-Toshkent: Akademnashr, 2014].
Shu oʻrinda yozuvchidan bir savol soʻrashgan :
- Puankareni oʻqib, xavas qilibmi, yozuvchi degani avval matematikani
oʻrganishi kerakmikan?
- Yoʻq, yoʻq mening nazarimda yozuvchi degani avval hayotni oʻrganishi
lozim. Zero, hayot matematikadan million-million barobarmurakkab va chigal.
Hikoyada esa matematika aytilmoqchi boʻlgan fikrga, hayot haqiqati qoʻshilgan
koʻngil dardlariga vosita, xolos. Ya’ni qahramon matematik oʻrniga san’atkor,
shifokor, dehqon, yozuvchi … ham boʻlishi mumkin edi va bu bilan mohiyat
oʻzgarib qolmasdi – deb javob qaytaradi yozuvchi.
198
Ba’zida hikoyalarda personaj hayotida nima boʻlganligi, qanday roʻy
berganligi ayrim detallar orqali ishora qilinishi mumkin. Bu hikoyada ham
yozuvchi asar kompozitsiyasi qurilishiga mos keluvchi detallardan
foydalangan. PORTFEL va QOʻlYOZMA detali asosida hikoya strukturasi
boshidan oxirigacha davom etadi. Hikoyaning barcha oʻrinlarida bu detallar
muallif konsepsiyasi, qahramon ichki olamini ochish uchun xizmat qilgan.
Hattoki, ba’zi oʻrinlarda bosh obraz ruhiy holatini ham ifodalab kelgan:
“Bir asrning uchdan birini oʻtab- oʻtamay yuzimga oʻxshab, bujmayib,
qarimsiq boʻlib qoldi; bir xil joylarining terisi koʻchgan, kal boshimni eslatadi.
Mol ham egasiga oʻxsharkan-da. Bu ham kamdek, boʻsh qopga oʻxshab sira tik
turmaydi, ichiga u- bu solsam sal qaddini gʻoz tutgandek boʻladi, ammo bu
aldamchi taassurot; sal oʻtmay yana qiyshayib-miyshayib qoladi “… Bundan
koʻrinib turibdiki, u hali gipotenuzani yechishga kirishgani yoʻq, bu yerda
portfel uning maqsadlarini ifodalab kelgan [axir doim oʻzi bilan olib yuradi-ku].
Hikoyada QOʻLYOZMA detali ham bor . Asarda bu detall qahramonning oʻy-
xayollari, orzu – umidlarini amalga oshiruvchi vositadir. Faqat gipotenuzani
yechish mobaynida shu qoʻlyozmalariga tayanadi, ammo vaqtlar oʻtib
gipotenuzani yechishdagi urinishlari amalga oshmagandan soʻng bu
qoʻlyozmalar faqat portfel ichida turadi. Shogird topilganda esa u qoʻlyozmalar
yana portfel ichidan chiqadi, uning orzusi ifodachisi vazifasini bajaradi:
“Tuni bilan qoʻlyozmalarimni titib chiqdim. Men yana hoʻv oʻshal
davrdagi gʻalaba uchun tuya boshlagan tadqiqotchiga aylanib bormoqda edim”
Koʻrib turganimizdek, qoʻlyozma detali zamon oʻzgarsa-da baribir oʻz vazifasini
bajarmoqda. Hikoyada ilk jumla va soʻnggi jumlalar badiiy xronotop orqali
tutashadi :
- Xudoyim, meni oʻtiz yil orqaga qaytar … qaytar, Xudoyim.
Koʻp takrorlangan bu jumla inson hayoti oʻtib borgani sayin qilgan
ishlarini sarhisob qiladi. Orqaga qaytib qolishni istaydi . Zerokim, vaqt – oliy
hakam. U barcha narsaga ta’sirini oʻtkazmay qolmaydi . Asarda:
199
“VAQT, VAQT, VAQT … U bunchalar tez oʻtadi? Qayoqqa bunchalar
shoshadi? Bu qattol shiddat inson umrini tushga, roʻyoga aylantirib
qoʻymaydimi ? Uxlading –u uygʻonding . Qisqagina davom etgan tushingda esa
butun umringni koʻrding . Bunchalar shavqatsizsan vaqt?“...
Bu oʻrinda ritrospektiv usulda qahramon holatini ifodalab kelgan.
Hikoyada bu holat shogird va rafiqa personajlari orqali asoslangan. Oiladagi
ijyimoiy, ma’naviy muhit toʻgʻri yoʻlga qoʻyilmaganligi uning asl maqsadidan
chalgʻishiga sababchi boʻlgandir . Yana bir holat orqali buni bilishimiz mumkin.
Bu – shogird. Yozuvchi bu personajni hikoyaga shunchaki olib kirmagan .
Goʻyoki shogirdining harakatlari bosh obraz oʻtgan vaqtining takroridek
namoyon boʻladi .
Hikoyada PEYZAJ tasviridan yozuvchi mohirona foydalangan . Ayniqsa,
asar boshida qoʻllagan peyzaj tasviri orqali butun boshli asar kompozitsiyasi va
uning mohiyatini ochib bergan:
“Kambagʻalning boyligi yonida boʻlgani ma’qul. Mashina turtib ketsa,
qogʻozlarimning bari sochilib ketishi mumkin“… Kelajakda uning maqsadlari
ham shunday sochilib ketishi mumkin degan gʻoya ilgari surilgan. E’tibor
bergan boʻlsangiz, asarning tub mohiyatini tashkil etuvchi qoʻlyozma asar
boshida sochilib ketadi. Balki, mana shu voqea bilan inson bir narsani maqsad
qildimi, unga erishish uchun sidqidildan harakat qilmogʻi lozimligi, har qanday
vaziyatda ham bu yoʻldan qaytmasligini ta’kidlab oʻtgandir yozuvchi.
“Baayni yoz osmonidan doʻl yoqqandek rafiqam bir xonali “vatan”dan
voz kechib qoldi“. [Abduqayum Yoʻldosh. “Puankare” hikoyasi. –Toshkent:
Akademnashr, 2014]. Bu oʻrinda muvozanatning buzilishini koʻrishimiz
mumkin. Yozda doʻl yogʻmasligi barchaga ayon. Yogʻsa-da noodatiy holat .Bu
yerda yozda doʻlning yogʻishi bilan ayolning soʻzlari parallel tarzda kelmoqda,
ya’ni peyzaj tasviri ayol soʻzlari bilan oʻxshatilyapti. Hikoya strukturasigamos
holda qahramonning oʻsha vaziyatdagi ichki holatini ochib bera olgan.
“Yozuvchilar peyzaj yordamida xarakterlarni harakatda, doimiy oʻzgarishda
200
koʻrsatadilar“ [Xudoyberdiyev E. “Adabiyotshunoslikka kirish“. - Toshkent
2007].
“Ne makon, ne zamonda umrguzaronlik qilayotganimni anglab-
anglamay,atrofga nolon boqaman ; million tonnalik ulkan tosh ustimda, men
esa torgina yoriqqa tikilib olgan odamdek nafasim qaytadi, gursillab urayotgan
yurak koʻkrak qafasimni yorib chiqib ketgudek kattalashaveradi, mana, mana,
hozir, oniy soniyadan soʻng havo toʻlgʻazilayotgan shardek pakillab yoriladi“…
Gipotenuzani yechishga oʻziga ishonch sezgan qahramonning asar soʻngiga
kelib bu ishonchning soʻnishi konflikt tarzda qoʻyilmoqda.
Bu tipdagi hikoyalarning semantik strukturtor xususiyatlari:
“Hikoya detall va uning atrofidagi ashyolar asosida quriladi. Muallifning
badiiy gʻoyasiga tabiat tasviri fon vazifasini bajaradi. Koʻtarilgan mavzuning
ilmiy jihatdan yondashib, aslida qanday gʻoya ilgari surilganligini anglash,
yozuvchi niyatining yorqin namoyon boʻlishini ta‘minlaydi. Hikoya qilish
strukturasi hikoyachilarning almashinuvi, nuqtayi nazarlar oʻzgarishi ham asar
kompozitsiyasining alohida tipi sifatida ahamiyat kasb etadi“… [Komiljon
Hamroyev “Shukur Xolmirzayev hikoyalarida kompozitsiya“. – Toshkent:
Muharrir nashriyoti, 2012.] Aynan bu poetik komponentlar hikoyada
yetakchilik qiluvchi omillardir “Puankare” hikoyasida bu yaqqol sezilib turadi.
Hikoyaning kam soʻzlab, koʻp ma’no anglatishiga erishilganligiga sabab,
voqealarni qahramon tilidan bayon qilinganligidir . Aynan shu bayon uslubi
oʻquvchiga qahramon ichki dunyosiga kirib, uning xarakterini, ruhiyati va
ma’naviy olamini oʻrganishga, hikoyaning yechimini berishga kelganda esa
aniq maqsadni aks ettirishga xizmat qilgan.
Xulosa qilib aytganda, bu dunyoni har kim oʻz dunyoqarashi bilan
oʻlchaydi . Oʻz nuqtayi nazari, oʻz mezonlari, oʻzining yaxshi-yomon, achchiq-
shirin hayotiy tajribasi, chiqargan koʻlamli-koʻlamsiz xulosa-saboqlaridan kelib
chiqib baholaydi. Bugun biz ham Abduqayum Yoʻldoshning “Puankare”
hikoyasini oʻzimizning dunyoqarashimiz, fikr-mulohazalarimiz orqali tahlil
qildik va anglab yetdikki, inson hayoti shu gipotenuza kabi jumboqlardan
201
iboratdir. Vaqtlar oʻtgani sayin, albatta, bu jumboqlarning javobi topiladi.
Buning uchun faqat biz toʻxtab qolmasdan harakat qilishimiz lozim, xolos.
Zerokim, ortga yoʻl yoʻq. Faqat oldinga tomon shahdam odimlaylik!
Bularning hammasi, hammasi anglashga urinish edi, xolos. Iztiroblar esa
endi boshlanadi. Zero, yuzaga eng asosiy savol qalqib chiqdi: “Men-chi ?.. Oʻzim-
chi ?.. “ Bu savolga javob topishing, uni oʻzing oʻzinga tik qarab ayta olishing esa
ogʻir, juda ogʻir. Lekin, hayotimiz davomida oʻz “Puankare”imizni topishimiz
lozim-ku !
SHOSHILING …
MEN HAM BUGUNDAN BOSHLADIM !!!
Do'stlaringiz bilan baham: |