Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

tevaragimiz ramzlarga toʻladir… ular aql qulogʻiga baland ovoz bilan xitob qilib 

turibdi…”.  “Alkimyogar”  da  esa  shunday  qat’iy  hukm  bor:  “  Yodingda  saqla: 

alomatlar  gapiradi  ”.  Bir-birini  taqazo  etadigan  fikrlar,  shunday  emasmi?! 

Ammo  bu  yerda  asosiy  urgʻu  alomatlar  tilini  oʻrganish,  ularning  ovozlarini 

ilgʻay olish, kerakli koʻrsatmani idrok qila olishdir. 

Yuqoridagi oʻxshashliklarni yana koʻplab davom ettirish mumkin. Biroq 

endi  asarlardagi  ramzlarga  toʻxtalsak.  “Alkimyogar”  da  ma’lum  ma’no 

tashiydigan ramzlar juda muhim. Jumladan: 

Qoʻylar - nega aynan Santyagoning kasbi duradgor emas, tikuvchi emas, 

choʻpon?!  Chunki  qoʻylar  oʻz  tirikligi  mazmuni  bilmaydigan  odamlar  singari 

zohiran  faqat  qornini  oʻylaydi,  qoʻylarning  botinida  esa  qoʻrqishga  arzigulik 

loqaydlik  kabi  beparvolik  zohir.  Santyagoning  choʻpon  boʻlishida  badiiy 

missiya bor. Biz asar boshidanoq uning oʻzgachaligini his qilamiz. 

Tashlandiq  cherkov  -  boʻm-boʻsh  qalbni  ifodalaydi.  Santyagoning  oʻz 

taqdir  yoʻlini  topishi  orqali  u  boyib  boradi  va  nihoyat,  xazina  shu  qalbning 

ichidadir,  zero,  qalb  Tangri  maskan  qilgan  dargoh:  “Xazina  qayerda  boʻlsa, 



qalbing ham oʻsha yerda”. 

Maliksiddiq  va  tumori  -  sodiqlarning  ulugʻi  ma’nosini  bildiradi, 

qimmatbaho tumor esa qalbni ifodalaydi. Maliksiddiq, aslida, insonning oʻziga 

boʻlgan ishonchidir.  

Chinnivorlar sotuvchisi - chinni ulkan mehnat mahsuli, u qahramonni 

mehnatga  oʻrgatdi.  Chin,  ya’ni  Xitoy  ham  mukammallik  timsoli  hisoblanadi. 

Demak, bundan kelib chiqadiki, bu obraz inson botinidagi pinhoniy jasorat va 

irodani ifodalaydi. 

Quduq yonidagi uchrashuv - insonning azaliga sayohat, ya’ni quduqda, 

albatta,  suv  boʻladi.  Suv  insonning  tugʻilmasdan  avvalgi  holatiga  ishora  va  u 




 

186 


tanimizni  poklaydi.  Bu  yerda  esa  quduq  yonidagi  uchrashuv  qahramonning 

ruhiy  olamini  poklaydi  hamda  unga  maqsadini  eslatadi,  ya’niki,  yoʻlga 

chiqishdan avvalgi niyatini yodiga soladi.  

Asarda  bunday  talqinlar  anchagina.  Endi  esa  “Boqiy  darbadar”  ga 

murojaat qilaylik. 

13-kun - boʻlinmas va boshqalar bilan munosabatga kirishmaydigan son, 

yolgʻiz va omadsiz inson tasviri. Zamon va shaxs uygʻunligiga ishora qiluvchi bu 

raqam la’natlangan insonning hayotiga yana bir baxtsizlik boʻlib keladi.  

Karvon - naslni davom ettiradigan qarindoshlar va qismatdoshlar tizimi. 

Karvon  bu  hayot  qaytar  dunyo  ekanligiga,  zamon  charxpalak  koʻrinishiga 

egaligiga ishora. Shuningdek, ajdodlar ortmoqlagan qargʻish avlodlar qismatiga 

aylanib  qolganligini  koʻrsatadi.  Unda  yana  shunday  mohiyat  bor:  Alloh  oʻz 

bandalarini bir-biriga suyanchiq qilib yaratgan. 

“Dreamliner”  -  “Orzu  kemasi”.  Orzu-havas  yoʻlida  mohiyatni  unutgan, 

ammo  asli  toza  yuzlab  Professor  Ziyolar  borliqning  isyoni  oʻlaroq  halok 

boʻlishadi.  

Professor  Ziyo  -  bu  qahramonning  aqli  ma’rifatning  nuridir,  u  ilmga 

xizmat qiladi, ammo oʻz nafsi va kibri yoʻlida ilmdan foydalanayotganlar kam 

emas. Professorning aybi yakunini oʻylamay ilmga xizmat qilganligidir.  

“Firavn”  –  nafsi  boshiga  yetgan  Misr  shohi  kitobxonlarga  sir  emas.  U 

Allohni  tan  olmagan,  Musoning  qasdida  uning  ortidan  quvlagan.  Taqdir 

takrorlanadi, deganlari rost. Zero, bu hodisa yana bir bor Firavnning barbod 

boʻlishi bilan yakunlanadi. 

“Vahshiy” – “Firavn” yaratgan mahluq. 

Boʻron  –  Tangri  gʻazabiga  ishora,  zero  18  ming  olamni  yaratgan  zot 

borliqqa mutlaq hokimdir. 

Anjir  –  xalq  qarashlarida  jannatga  ishora,  avliyoning  nasibasi  ushbu 

meva ekanligi uning jannatiyligidan dalolat beradi. 

Sher  –  kuch-qudrat  timsoli,  ulugʻvorlik  koʻrinishi,  uning  avliyoni 

qoʻriqlashida pinhoniy ilohiylik mavjud. 




 

187 


Luvr – madaniyatli, ammo asl mohiyatdan yuz oʻgirgan jamiyat, ularning 

qismati achinarli, chunki yashab turib tirik boʻlish ularga nasib etmagan. 

Albatta,  fikr  yuritayotgan  asarlarimiz  diniy  adabiyotlar  qatoriga 

kirmaydi,  ammo  ilohiy  kuchlarga  ishonish  ikki  asarda  ham  mavjud. 

“Alkimyogar” da nasroniylik haqida ifodalar mavjud boʻlsa, “Boqiy darbadar” 

da islomiy e’tiqodlar tasvirlangan. Masalan, “Alkimyogar” epigrafi “Injil, Luka, 

10:38-42” dan olingan yoxud folbinning uyiga kelgan Santyago oʻz qoʻrquvini 

xonada muqaddas Isoning yuragi surati borligi sabab unutadi. Bunday misollar 

talaygina, albatta.  

“Boqiy  darbadar”  da  aynan  Qur’on  oyatlariga  murojaat  qilinmasa-da, 

insoniylik  mohiyati  e’tiqod  orqali  ochib  beriladi.  Asarda  ishtirok  etadigan 

avliyo, loʻli chol, Xizr, muqaddas kishi shundan dalolat beradi.  

Biz  yuqorida  koʻrib  oʻtgan  asarlar,  albatta,  yozuvchining  e’tiqodi, 

voqealarning sodir boʻlish makoni, tanlangan syujet, qahramonlar romantizmi 

kabi  qoliplari  bilan  bir-biriga  mos  tushmaydi.  Ammo  maqsad  bir  –  “Inson 

nechun yaralgan?” soʻrogʻiga javob topmoq.  

“Alkimyogar” asari kichik syujetli hikoyalardan iborat ravishda tuzilgan, 

bu hol asarning bir tekisda oʻqilishiga zamin hozirlagan. Ushbu vaziyatni keyigi 

asarda ham uchratamiz, ammo undagi zamon va makon tushunchasi bir izga 

tushirilmagani  bois  oʻquvchida  savollar  uygʻotishi  tabiiy.  Aslida,  bu holat 

hayotning bir tekisda va faqat oq ranglardan iborat emasligiga ishoradir.  

“Alkimyogar”  asarida  keltirilgan  quyidagi  jumlalar  har  birimizni 

oʻylashga undaydi: 

Xatolari  shundaki,  ular  faqat  oltin  izlashgan,  ular  yoʻlda  yashiringan 



xazinani izlashgan, yoʻlni esa aylanib oʻtishgan”. Asarda aytilgan oʻsha yoʻl asosi 

“Boqiy darbadar” dan oʻrin olgan yakundagi jumlalar emasmi?! 

Men kimman? 

 Otim nima?!” 

Oʻzbekistonning Milliy ta’lim dasturidan bir necha fanlar qatori adabiyot 

fani ham mustaqil dars sifatida oʻrin olgan. Aniq fanlar bilan shugʻullanadigan 



 

188 


insonlar  uchun  ushbu  vaziyat,  albatta,  bir  necha  savollarga  sabab  boʻladi. 

Ushbu fikrlar muallifning shaxsiy qarashlari emas, negaki bir necha yillik oʻz 

tengdoshlari yoxud jamiyatda muayyan ahamiyatga ega shaxslar bilan boʻlgan 

suhbatda  bir  qancha  bahsli  munozaralarga  asosiy  vaj  sifatida  e’tirof  etilgan 

ushbu  masala  jamiyatning  ba’zi  a’zolari  tomonidan  yaxshi  qarshilanmaydi. 

Albatta,  ijtimoiy  fanlar  bilan  professional  tarzda  shugʻullanadigan  ziyolilar 

yuqoridagi qatorga kirishmaydi.  

Umuman  olganda,  jamiyatga  foyda  keltirmaydigan,  unga  xoh  moddiy, 

xoh ma’naviy jihatdan yordam berolmaydigan har qanday asar, yaratiq yoki 

maqolani yozishdan naf yoʻq, deb oʻylayman. 

Ushbu  maqolani  yozishdan  avval  “Alkimyogar”  va  “Boqiy  darbadar” 

asarlarini aniq va tabiiy fanlar boʻyicha oliy ta’limda tahsil olayotgan bir necha 

tengdoshlarimga mutolaa etishni maslahat berdim. Aytish mumkinki, adabiyot 

bilan faqat maktab darsliklari orqali tanish boʻlgan bu talabalarning ushbu soha 

boʻyicha  fikrlari  aytarli  yaxshi  emas  edi.  Ammo  asarlarni  toʻliq  oʻqib 

tugatishgach,  ularning  badiiyat  boʻyicha  fikrlash  saviyalari  sezilarli  darajada 

oshganining guvohi boʻldim. Keling, ularning xulosalari bilan tanishsak:  

1. “Alkimyogar” asari insonni hayot haqida teran fikrlashga undaydi, shu 

sabab oʻtayotgan har soniya haqida chuqurroq oʻylab koʻrish kerakligini yodda 

saqlab qolasiz. 

2. “Boqiy darbadar” ni tushunish biroz mushkul, ammo unda falsafiylik 

juda kuchli. Bu asarning asosiy maqsadi - kitobxon uchun bir xulosa yoxud ibrat 

vazifasini oʻtay olish. 

3. Ikki asarning ham mazmuni bir-biriga juda oʻxshash: siz uchun hadya 

qilinayotgan har narsa hikmat ekanligini anglab qolasiz, har qanday baxtsizlik 

ortidan baxt kelishi siz uchun sir boʻlmay qoladi. Oʻzingizni hurmat qila olasiz, 

anglay  boshlaysiz.  Hayotga  endi  qadam  qoʻyayotgan  oʻsmirlar  uchun  har 

qanday  noreallikdan  va  umidsizlikdan  xoli  oʻqishli  asarlar  ekanligi 

shubhasizdir. 



 

189 


Darhaqiqat,  yuqorida  nomi  qayd  etilgan  asarlar  hayotimizning  tamal 

toshlarini  qoʻyishda  andoza  vazifasini,  albatta,  oʻtay  oladi.  Badiiy  asarni 

mutolaa etish uchun ketgan qimmatli vaqtingiz oʻrniga bir olam zavq-u, qalbda 

oʻxshashi topilmas ibrat hosil qilish shu asarning umrboqiyligini belgilaydi. Shu 

sabab ham olam olam boʻlib yuribdiki, unga adabiyot hamrohdir. 

  

 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish