SHARIAT
TARIQAT
MA’RIFAT
HAQIQAT
ODDIY
VOQELIK
BAXT
HALOVAT
XAZINA
Xulosa, ikki tomonda ham bir xil mazmunga ega. Toʻgʻri, “Alkimyogar”
asari islom falsafasi asosida yaratilmagan, ammo islomdagi qarashlarning
in’ikosi tarzida namoyon boʻladi, buning boisi inson qaysi e’tiqodga ega
boʻlmasin, u oʻz komilligini bir osmon ostida, bir qarash da’vogarligida,
ezgulikka intilibgina topadi va shunisi aniqki, insonlar tomonidan e’tirof etilgan
hech qaysi din bir-biridan uzoq hamda turli asosga ega emas. Barining nazdida
bir narsa - oʻzlikni anglash zohir.
Alkimyogar butun olamning ma’nosi oʻzi ekanligini anglay bilgan inson!
“Boqiy darbadar” da-chi?! Boqiy darbadar ham umumlashma syujet.
Muallifning musulmon ekanligi bevosita e’tirof etilgan holda asardagi har bir
detall diniy mazmun kasb etishini eslatib oʻtish darkor. Bu olam foniy, ammo
uning yakunini Bir-u bordan oʻzga bilmaydi, Allohdan boshqasi qiyomat vaqtini
idrok eta olmaydi. Shu sabab biz oʻlchovini bilmaydigan vaqtni boqiy deb
olishimiz mumkin, darbadar esa kezib yuruvchi, lomakon deganidir. Makoni
tayin boʻlgan inson hayotining ma’nosi bor, zero, u kim uchundir kerak boʻla
oladi. Ammo betayin va taqdir yoʻlini topolmaganlarning bari boqiy
darbadarlik qismatiga duchordir. Va ularning koʻpchiligi oʻz taqdir yoʻlini izlab
ham koʻrishmaydi. Yana shunday xulosa ham bor: bu olamda la’natlanganlar
narigi olamda ham sayyorlikka mahkum, ular har yerdan quviladi:
“Turgin va ravona boʻlgin! (“Boqiy darbadar” dan)”
184
“Boqiy darbadar” - inson hayoti savollardan iborat ekanligi va u butun
umr savollarga javoblar izlab oʻtishidan dalolat:
“Men kimman?
Ismim nima?!”
Har ikkala asarda ham timsol hamda ramzlar tili qoʻllanilgan va bu
xususiyat ushbu asarlarni bogʻlab turadigan asosiy unsurlardandir. Keling,
asarlardagi ba’zi bir jumlalar haqida fikr yuritaylik.
“Alkimyogar” da umrboqiylar haqida soʻz ketarkan, quyidagi jumlalarni
keltirish oʻrinlidir: “Umrboqiylarda orzu-havas boʻlmasligi kerak, chunki
ularning bu foniy dunyoda oʻz yoʻllari yoʻq!” Keyingi qayd etiladigan “Boqiy
darbadar” dan olingan jumlalar yuqoridagi fikrning mantiqiy davomi sifatida
yangraydi:
“Qanchalar uzoq umr berilsa-da, bu olamdagi hamma narsa kun kelib
sovurilib, yoʻq boʻlib ketishining tirik guvohi boʻlishim mening hikmatimdir ”.
Alloh olamdagi har narsani qonuniyat asosida yaratgan, u bandalariga
ravo koʻradigan har bir voqelik hikmatdir, aslida, bu qonuniyatning ziddida
neki tursa, unda bir fojia bor:
“Sen barhayotsan, ammo yoningdan oʻtayotganlarni na tuta olasan, na
halovatga yeta olasan. Sening fojiang olamda ne razillik boʻlsa, barchasi tatib
koʻrmoq va ularga shohid boʻlmoqdir”.
Yana bir oʻxshashlik bor:
“Sahro, bu – inson uchun bir sinov: bir lahza chalgʻisang, tamom – halok
boʻlasan...” (“Alkimyogar” dan).
“Shamol va quyun shundan soʻng Osiyo choʻllaridagi millionlab tonna
qumni ichidagi jonzotlari va nabototi bilan qoʻshib samoga koʻtarib ketdi, butun
samoni qum buluti enladi…” (“Boqiy darbadar” dan).
Ushbu mantiqiy ketma-kertlikda ham adabiyotda mashhur sahro motivi
mavjud. Mumtoz oʻzbek badiiy adabiyotida choʻl motivi sinov syujeti bilan
uygʻunlikda tasvirlanadi. Bundan kelib chiqadiki, choʻl tom ma’noda foniy
dunyo, u imtihon maskani boʻlishday vazifani ortmoqlagan. Xulosa shuki, sabot
185
sinaladigan bu yolgʻon dunyoda maqsaddan chalgʻimaslik, haqiqatdan
adashmaslik shart.
“Boqiy darbadar” asari oʻquvchisini Professor Ziyoning oʻgʻlidan kelgan
xat oʻylantirib qoʻyadi. Bu maktubdagi quyidagi jumlalar izohtalabdir: “…
Do'stlaringiz bilan baham: |