Choʻlpon
“Tasodifni yetaklarkan sababiyat”.
Usmon Nosir
Siz-u bizni oʻrab turgan bu olam sir-u sinoatga boy. Insoniyat oʻz
svilizatsiyasi mobaynida millionlab savollarga javob topdi, ammo odamzot har
bilmaganini bir gʻisht koʻrinishida oyogʻi ostida toʻplasa, u yulduzlarga qadar
yetib bora oladi. Koinotning bizga bergani bilim boʻlsa, uning koʻrsatmaganini
topishda bizga ilm yordamga keladi. Ilmning insonga oʻrgatiladigan shakli fan
hisoblanadi. Ba’zi olimlarning fikricha, adabiyot fan emas, u muammolarni
yecha olmaydi, ilm degulik boyligi yoʻq, u ong mahsuli emas. Toʻgʻri, adabiyot
inson hislarining umumlashmasi, u yurak amri ila vujudga keladi, ammo
adabiyot boʻlmas ekan, inson yaratishga harakat qilmaydi, fikrlashdan
toʻxtaydi, ongi qotib qoladi. Negaki bizning ongimiz koʻrganiga ishonadi, ammo
yurakning tasodif shunchaki emasligiga, barchasi hali muqaddima ekanligiga,
olam ruhining borligiga inonchi bisyor. Falsafa qalbda paydo boʻladi, aql esa uni
anglaydi, xolos. Zero, ruh aqldan koʻra qalbga moyilroq.
Hozirgi zamonaviy adabiyotda she’riyat qisqalikni yoqlasa,
dramaturgiya reallikni afzal koʻradi, nasrda esa falsafiylik joʻsh uradi.
Oʻtgan asrning 20-30-yillarida Gʻarbda modern adabiyot shakllanib
ulgurgan edi. Bu borada oʻzbek adabiyotida mustaqillik tom ma’noda burilish
yasadi. Qadimda didaktik koʻrinishda boʻlgan Sharq adabiyoti oʻzida bu jihatni
qisman saqlab qolgan. Ammo falsafiy asar bilan didaktik mohiyat orasida farq
bor: didaktik adabiyotda pand-nasihat orqali buyurish, da’vat qilish, maslahat
berish ustun; falsafaga asoslangan bitikda yozuvchi kitobxonnni ma’lum
yoʻldan yetaklaydi, ammo uning uchun qaror qabul qilmaydi, ya’ni voqelikdagi
mohiyat boʻyicha xulosa qilish oʻquvchiga qoldiriladi, tabiiyki, oʻnlab savollar
qurshovida qolgan kitobxon oʻz ongini fikrlashga majbur qiladi. Xotima bir
boʻlgani bilan xulosalar turlichadir va ushbu xususiyatga ega asarlarning umri
boqiy boʻlishi shubhasiz.
182
Jahon adabiyoti ixlosmandlariga Paulo Koeloning “Alkimyogar” asari
yaxshi tanish. Ushbu asar yaratilganidan beri millionlab qalblarni zabt etib
kelmoqda. Asardagi bosh gʻoya insoniyat mavjudligining mohiyatini anglash
hisoblanadi. Va asarda bir qadar bu soʻroqqa javob ham topilgan. Ammo bu
javobning asosi olamdagi goh ayon, goh pinhon ramz va timsollardadir. Oʻzbek
adabiyotida ham aynan shunday xususiyatlarni oʻzida jamlagan deya
olmaymiz-u, har holda “Alkimyogar ” bilan ruhiyatdosh bir qator asarlar
yaratilgan. Ulardan biri Isajon Sulton qalamiga mansub “Boqiy darbadar”
romanidir. Avvalo, qoʻyilgan asar nomlariga e’tibor qarataylik: nima uchun
aynan “Alkimyogar”-u, “Boqiy darbadar”?!
Agar biz “Alkimyogar” soʻzining lugʻaviy ma’nosiga e’tibor qaratsak, bu
soʻz kimyo, ya’ni oddiy metallni oltinga aylantiradigan fan bilan
shugʻullanuvchi shaxs ma’nosini beradi. Agar biz ushbu mohiyatni
xususiylikdan umumiylikka olib oʻtsak, alkimyogar aslida oddiy voqelikdan
baxt topa oladigan har qanday shaxs ekanligini koʻramiz, ya’ni bunday inson
har doim Allohga tavoze-yu shukronadadir. Endi shu yoʻl bilan yana olgʻa
siljiymiz: Alkimyogar baxtdan soʻng halovat izlayotgan inson!
Muqaddas dinimizga koʻra halovat har qanday insonga ham berilmaydi,
u faqat Allohga suyumli insonga hadya qilinadi. Komil inson halovatga
erishgandan soʻng haqiqatni izlashga majbur, zero, abadiy halovat haqiqatni
talab qiladi. Goʻyoki Sharqda mashhur “Shariat-Tariqat-Ma’rifat- Haqiqat”
jamligiga mos keladi. Keling, isbotini asar qahramoni Santyago misolida koʻrib
chiqaylik.
Santyago choʻponlik qilardi, u oʻzi yashayotgan jamiyat qoidalariga
monand hayot kechirardi. U oddiy voqelikda yashardi; shariatga oʻxshashligi
shuki, bizningcha, shariatda anglash yoʻq – boʻysunish bor. Qahramon oʻzining
asl mazmunini anglamay, olomonga singib yashardi. Keyin u muhabbatga duch
keldi – hali mustahkam qad rostlamagan, moʻrt, agar muhabbat deyish mumkin
boʻlsa, shunday tuygʻu qalbida uygʻondi. Oddiy inson ham tariqatga
muhabbatning ilk uchqunlari sabab oshno boʻladi. Santyago baxt tomon
183
odimlay boshladi va bu yoʻlda oʻz taqdir kalitini qoʻlga kiritdi. Xuddi tariqatdagi
oshiq Alloh jamolini anglab, ma’rifatga intilmogʻi kabi u endi halovatni axtarishi
kerak edi, Santyago oʻz halovatini Fotimada topdi, ammo Fotimaning yonida
abadiy qolmoq uchun xazinani – haqiqatni izlab topmoq shart. Aslida, dindagi
haqiqat oʻzni anglay bilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |