Annotation. This article artistically analyzes the image of the heroes in the stories of
Isajon Sultan, their inner and mental state and destiny. The ideas put forward by the writer
in the stories are expressed in relation to the experiences. . The stories are about the essence,
the feelings that lead a person to perfection, the worthlessness of life and various human
feelings.
Keywords: uzbek literature, stories, style, art, essence.
Bugungi kunda zamonaviy oʻzbek nasri tobora jadallashib, chuqur
ahamiyat kasb etib bormoqda. Xususan, nasrimizning yetuk vakillari butun
insoniyat taqdiriga daxldor boʻlgan, odamzot boshidan kechiradigan, kechirishi
mumkin boʻlgan barcha muammolarni, turli xildagi mavzularni deyarli
qalamga olganlar va bu an’ana hozir ham davom etib kelmoqda.
Yozuvchilarimiz bugungi kun kishisi sifatida oʻz asari qahramoniga yuksak
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
171
badiiy talablar qoʻymoqda,zeroki, zamon ham shuni talab qilyapti va badiiy
adabiyotimiz ham shunga monand oʻquvchini sehrlab qoʻyadigan, kitobga
oshno qiladigan va, bir soʻz bilan aytganda, kitobxonning his-tuygʻulariga ta’sir
qiladigan hamda uning hissiyotlarini junbushga keltirib, oʻylantiradigan
asarlar bilan boyib bormoqda.
Bugun adabiyotimiz vakillari zarur gapni, dolzarb muammoni odamning
taqdiriga bogʻlab, ta’sirli yoʻsinda ifodalash kerakligiga katta e’tibor bermoqda.
Aytish mumkinki, hozirgi davr kitobxoni ham badiiy saviyali asarlarni oʻqishi,
yozuvchining asar orqali aytmoqchi boʻlgan fikr- mulohazalari va badiiy
maqsadini tushunishi uchun ma’lum bir ma’noda adabiyotga oshno, har
qanday ma’no nozikliklarini anglay oladigan, tafakkur koʻlami keng boʻlishi
kerak. Ana oʻshandagina yozilgan asarning qadr-qimmati yuqori boʻladi va
yozuvchi oʻz xayollarini, orzu-istak va maqsadlarini oʻquvchiga “yuqtira oladi”.
Ma’lumki, adabiyotimizda har bir yozuvchining oʻz uslubi, oʻz yoʻnalishi
bor. Gʻazal mulkining sultoni Mir Alisher Navoiy bobomiz “Xamsa”ni yozishda
ham oʻz fikrlarini bildirib oʻtganlar: “Shunday asar yozginki, oʻziga xos boʻlsin,
oʻqigan odamlarga yangi, boshqa asarlarga oʻxshamasligi sezilib tursin. Aks
holda asari oʻzgalar yozgandek boʻlsa, bunday takrorlash senga loyiq emas.
Yaxshisi, bunday asar yozmagan ma’qul.”.[1, 34-b]
Adabiyotshunos olim Hamidulla Boltaboyevdan: “Uslub asarning eng
ahamiyatli tomoni hisoblanadi. Uslubning adabiyotdagi oʻrni juda katta va juda
muhimdir. Bir asardagi fikrlar, ma’lumotlarning eski, boshqa yozuvchilar
tomonidan aytilgan boʻlishi mumkindir, ularning bizga sezdirmasdan,
bildirmasdan ifoda qilib, uni bizga oʻquta olgʻan kuch uslubdir”, - dab aytadi
Abdurauf Fitrat va uslubning ishlanishi va shakllanishini mumtoz
adabiyotimizda mavjud boʻlgan “Layli va Majnun“ dostoni misolida asoslaydi:
“buni fors shoirlari necha daf’alar yozgʻanlar. Hammasida hikoya birdir, voqea
bir turlidir. Biroq forscha-turkcha bilgan kishi Nizomiyni, ondan keyin Jomiyni
oʻqiydir. Xisravga kelgach, Navoiyni albatta ularga tarji’ qiladi. Fuzuliyni
koʻrgach, Navoiyning “Layli va Majnun”ini tokchaga qoʻyib, Fuzuliyni oʻqishga
172
majbur boʻladi. Shunday xulosa qilishga asos tugʻiladiki, badiiy asar uslubi
asarni tashkil etadigan barcha unsurlar tizimi emas, balki yozuvchining oʻziga
xos “prinsip”idir” [2, 176-b]. Xuddi shunday Isajon Sulton asarlarida ham oʻziga
xos mualliflik uslubi yaqqol sezilib turadi va boshqa ijod namoyondalarining
asarlaridan adib asarlari ancha farq qiladi.
Taniqli oʻzbek yozuvchisi, qator hikoya va romanlar muallifi, oʻzining
oʻrni va uslubiga ega boʻlgan adib Isajon Sulton zamonaviy oʻzbek
adabiyotining mana shunday yetuk vakillaridan biri. Uning asarlari goʻzal
samimiyat asosiga quriladi, ularda ortiqcha dabdaba ham, boʻrtma mubolagʻali
tasvirlar ham yoʻq, shunchaki oddiy soʻzlar vositasida mohirona yondashuv va
nozikliklar sezilib turadi. Yozuvchining aksariyat asarlari mazmunan falsafiy,
mohiyatanesa oddiy insoniy muammolar, hayotiy voqealar hisoblansa-da,
uning asarlaridan koʻplab hayotiysaboq chiqarish va hayotni oʻrganish
mumkin. “ Xazinabon yoxud Hazrati Xizr izidan”, “ Ogʻriq togʻi “, “ Qismat”, “
Farishta “, “Todd”, “ Doʻst “ kabi hikoyalarida insonning umri mobaynida
amalga oshiradigan ishlari, oʻz taqdiri yoʻlidan borib, koʻngliga tukkan orzu-
umidlarini amalga oshirishi uchun insonga eng zarur narsalar haqida fikr
yuritiladi. Dunyodagi engezgu kuch – yaxshilik va insonlar oʻrtasidagi mehr-
oqibat, samimiylik, otalik va farzandlik burchi, doʻstlar oʻrtasidagi
munosabatlar, sadoqat va vafodorlik kabi tuygʻular qalamga olinadi. Yoinki,
yozuvchi qalamiga mansub har bir hikoyada inson ma’naviyati qirralarini
tekshirishga, inson ruhiyatidagi koʻz ilgʻamas sezimlarini tadqiq etishga urinish
holatlarini ham koʻrishimiz mumkin. Isajon Sulton hikoyalarining
qahramonlari, asosan, oddiy odamlar boʻlib, ular har doim oʻz taqdir yoʻlini
izlab topishga urinadigan, hayot sinovlariga toʻqnash kelsa-da, oʻzini, oʻzligini
unutmaydigan, maqsadi sari olgʻa intilib, oxirigacha izlanishdan
toʻxtamaydigan insonlardir. Har qanaqasiga boʻlmasin, ma’naviy kamolotga
yetish, komillikka erishish, oʻzini toʻla ma’noda ideal qilishga intilish va har bir
voqeadan toʻgʻri xulosa chiqarishga urinadigan insonlar tasvirlanadi.
Yozuvchining koʻplab hikoyalaridagi voqealar aynan ijodkorning oʻz tilidan
173
bayon qilinadi. Chunki yozuvchi borliqdakoʻrganinigina sayqallab, oq qogʻozga
koʻchiradi. Balkim, ijodkorning umri mobaynida yuz bergan voqealar uni
qandaydir asar yoki hikoyada aks ettirishga turtki boʻlgandir…
Isajon Sulton hikoyalarini oʻqir ekanman, bulardagi bir jihat e’tiborimni
oʻziga jalb qildi. Koʻplab hikoyalari, “ Xazinabon yoxud Hazrati Xizr izidan “
hikoyasida yozuvchi bevosita oʻzi ishtirok etgan va boshidan kechirgan
voqealarni soʻzlaydi.[3, 125-b] Bu hikoyada asosiy ramziy timsol- yoʻl
hisoblanadi. Bilamizki, inson komillikka erishish uchun bir necha
bosqichlardan mashaqqat chekib, oʻtishi kerak boʻladi.Yozuvchi ham
komillikning sirlariga yetishish maqsadida yurtining har yer- har yerini kezib,
oʻtib ketgan aziz avliyolarning dahmalarini, muqaddas qadamjolarni, buyuk
zotlar yotgan ziyoratgohlarni birma- bir izlab chiqadi. Umri mobaynida
nafsining va dunyoning jilva-yu nozlanishlariga sira havaslanmagan, dillaridagi
gʻoyat kuchli iymon sabab barchaning e’zoziga musharrafboʻlgan zotlarning
qabriga boradi, chunki hikoya qahramoni azizlikka erishishning sirlarini
anglab yetmoq maqsadida boʻladi.
“Albatta, u sirni bilganim bilan oʻsha maqomga koʻtarila olishim uchun
bilimim va qat’iyatim yetmasligini sezib turibman. Shu boisdan yuragimda
gʻalati bir armon boʻy choʻzadi, taassuf bilan hoy-u havas ichra oʻtkazgan umrim
esimga keladi…”
Isajon Sultonning “Xazinabon yoxud Hazrati Xizr izidan" hikoyasida
yozuvchi yurtining har burchak, soʻqmoqlaridan oʻz yoʻlini topish ilinjida
darbadar kezadi.[3, 234-b] Ana shunda u oʻzini orzu, havas,
ba’zidapushaymonlik va armon kabi tuygʻular girdobida yurgandek his qiladi.
U safar davomida odamlarning qilayotgan ishlarini kuzatadi va muqaddas
ziyoratgohga kelib-ketuvchilarning nazriga tilanib turganlarni koʻrib, gʻashi
keladi, qoʻpolroq qilib aytganda, ulardan nafratlangandek boʻladi. Nega ?! Nima
uchun?! Hozirgi davrda insoniyat koinotni kashf etib, yuksakliklarni egallab,
koʻzga koʻrinmaydigan atom zarralarini oʻrganib, turli xil texnikalarni ixtiro
qilib, olamni boshqarayotgan bir paytda ularning sadaqa soʻrabturishi, hech
174
shubhasiz, yozuvchining“ Ey odamzot, yemishning eng yaxshisi ipak qurtiga
berilgan ekan.Biroq hayoti davomida ipak qurti maqomidan chiqa olmasligi
uning qismati boʻlishiga qaramasdan qurt jonidan kechib, ipak bo`ldi, shu ipak
qurtichalik ham himmating yoʻqmi?!” demoqchi ekanligini anglash mumkin.
Shu oʻrinda yozuvchi butun insoniyatga qarata dunyoga keldingmi, demak,
oʻzing uchun harakat qil, oʻzingdan qandaydir iz qoldir, umringni shamol
uchirib yuborgan daraxtning bargidek xaslar orasida oʻtkazma, deydi. Zero, pir-
u avliyolar ham ushbu maqomga oʻzlarining mehnati va mashaqqati ila
erishgan. Toʻgʻri, ular balki oʻz zamonida turli xil moʻjizalar koʻrsatib,
dunyoning sirlaridan voqif boʻlgandir, ammo hozirchiulardan nima foyda
topish mumkin? Ular bir paytlar osmondayarqiroq charaqlagan va pastga
shoʻngʻib, yerda esa kichkina, sovuq,temirga aylanib qolgan yulduz parchasi
emasmi?! Ularning qabriga borib, dardlaringni aytsang, ularning ruhidan
madad soʻrasang, ular seni eshitadimi?! Yoʻq, sen yaxshisi hamma tilagingni
buyuk va rahmdil Ollohdan soʻra, u hech qachon seni yolgʻizlatib qoʻymaydi, u
hamma duolarni ijobat qilguvchidir. Olloh taolo har bir bandasining qismatini
bitguvchidir.
Men bu hikoyani oʻqib chiqish mobaynida bu asarni jahon adabiyotining
eng sara asarlaridan biri boʻlganPauloKoelyoning “ Alkimyogar" asariga
oʻxshatdim. Qaysi jihatiki, asar qahramoni Santyago hamxuddi bizning
qahramonimizdek oʻz taqdirini izlab yoʻlga chiqadi, manziliga yaqinlashgani
sari komillikka erisha boshlaydi, lekin oxirida tushunib yetadiki, uning baxti
oʻsha oʻzi tugʻilib oʻsgan jonajon diyorida qolib ketgan ekan. Xuddi shuningdek,
yozuvchi tiriklikning,hayot va mamotning sirlarini koʻp izlaydi, bir bora
boʻlsahamki, shu sirdan boxabar boʻlishni xohlaydi, ammonenikibilsa va qilsa,
u behuda boʻlibchiqaveradi. Oxirida esa shunday xulosa chiqaradi: balki
xazinabon xuddi sham kabi yogʻdulana- yogʻdulana soʻng soʻnib qolgandir.
Sham yogʻdu taratgani holda oʻzini sarf qilib boradi.Xazinabon ichida saqlagan
mana shu sirlari tufayli yogʻdulanadi. Uning sirlari bitmas- tugunmas . Hamma
narsa Ollohdan va dunyoning sirlarga toʻlaligi ham ravshandir. Biz anglagan va
175
anglab yetmagan yana boshqa sirlar ham talaygina, bularning hammasini idrok
qilish uchun inson umri kamlik qiladi.
Haqiqatan, inson umri mobaynida qancha qiyinchilik, sinovlarga dosh
berib, bu omonat dunyo zinapoyalaridan bir-bir odimlab keladi. Inson hayoti
bir togʻ qadar emasmi?! Avval quyoshga qarab ildam talpinadi, koʻkka
boʻychoʻzib, oʻz salobati bilan koʻzlarni qamashtiradi. Bagʻrida gul-chechaklarni
ulgʻaytiradi va oxirida esa bir kun nurab, yemirilib, choʻkib qoladi. E’tibor
berganingiz gap yozuvchining “ Ogʻriq togʻi“ hikoyasi toʻgʻrisida edi. Inson zoti
shunday: xuddi togʻ kabidir. Yaqinlari, oilasi, yor- u birodarlari uning
mustahkam tayanchi, suyanchigʻi hisoblanadi. Yaxshi damlarda hamisha
yonida boʻlgan, oʻz mehrini bir-biridan ayamay, viqor bilan barvasta turishiga
sabab mana shular emasmi aslida?! Ha, bu koʻngil har bir yaqinidan ayrilgani
sari tilka-pora boʻlib, unda bitmas yoriqlar paydo boʻlaverarkan. Ogʻriq togʻi
deyilishiga sabab togʻ ham bagʻridan oʻz toshlarini, choʻng xarsanglarini
uloqtirib, oʻzi ham qulab boradi. Buni togʻ bagʻriga chiqqan odam biladiki,
yiqilib tushib, oyogʻini tirnab olsa, qanchalik ogʻriq beradi, xuddi shunday
koʻngil ham har bir taqdirning zarbidan larzaga keladi. Bu asarda togʻ timsoli –
inson umri, uning oilasi, yaqinlari, doʻst- u birodarlari, ishining sabr-toqati,
qanoat va bardosh, tugʻilish hamda oʻlim orasigacha mavjud boʻlgan baland-
pastliklarga bir oʻxshatma ekan.Shuning uchun yaqinlarimizni tirikligida
avaylaylik, qadriga yetaylik, zero,kimga qanday qismat bitigi yozilgani faqat
Yaratganga ayon.
Isajon Sulton hikoyalarini oʻqir ekanman, ularning deyarli hammasidagi
bir jihat mening e‘tiborimni oʻziga jalb qildi: yozuvchi hikoyalarida umrning
oʻtkinchiligi, hayotning hech kimga vafo qilmasligi, bebaqoligi, vaqtning
shiddat bilan oʻtishi, tiriklik va oʻlim kabi syujetlarkoʻproq aks etgandek,
nazarimda. Va shu bilan birga hikoyalarda kuz- xazon fasli, yerga toʻkilgan bargi
xazonlar, qurib qolgan daraxt, shamol, tuproq, olov kabi tabiat bilan bogʻliq
detallar, dahmalar, qabrlar,otasini oʻldirgan oʻgʻil singari tasvirlar ham mana
shu mazmunni ochishda qoʻllaniladi. Masalan, ijodkorning “ Qismat daraxti’’
176
hikoyasida qahramon qandaydir “qopqalari tilladan, tutqichlari billurdan
boʻlgan... samoviy bir bogʻ” gatoʻsatdan xayolan kirib qoladi va har safar
kirganida uni bogʻ darvozasi yonida turgan darbon kutib oladi. Bogʻga
kirganida shoxlari bulutlar orasida koʻzga koʻrinmay ketgan bahaybat bir
daraxtni koʻradi. Har safar daraxtning oltin yaprogʻi uning oyoqlari ostiga kelib
tushadi va unda yaqinlarining ismi bitilgan boʻladi. Shunday qilib, u yillar
davomida otasidan, doʻstidan va yaqinlaridan ayriladi. Soʻnggi marotaba bogʻga
kirganida oʻzi tengi qartaygan, sochlariga oq oralagan darbonni koʻradi va endi
kimning ismi bitilgan ekan, deb o`ylaganda darbon hassasiga tayangan koʻyi “
Endi kira qolgin, yetar...” deb darvoza eshiklarini ochadi...
Inson bolasi qachon tugʻilishi- yu qachon oʻlishini oldindan bilmaydi.
Uning qismati mohir qalamkash tomonidan u yaratilmasdan oldin bitilgan
boʻladi. Isajon Sultonning “Qismat“ hikoyasi insonni oʻylar girdobida qoldiradi,
fikr yuritishga undaydi [3, 278-b] . Hikoya qahramoni yoshligida otasini urib
yuborganda otasining koʻziga qamish kirib koʻr boʻlib oʻladi. Otasi “qamishdek
qurigin iloyo” deb qargʻab olamdan oʻtadi . Oʻgʻli padarkush boʻladi. Oʻgʻlining
butun umri qamishzor orasida oʻtadi: u qamishlarni jon-jahdi bilan oʻradi, lekin
yana hamma yerni qamish bosib ketaveradi, u qamishzorning oxiriga yetolmay
oʻlib ketadi. U juda yomon ota edi: mast holatda kelib, xotinini urardi,
farzandlarini erkalatmas, ularga nisbatan mehrsiz edi...
Xudoyim uning ruhini yana oʻsha qamishzor orasidagi zovurga baliq
koʻrinishida yubordi. Oxirida uning farzandi baliqni tutib, olovda qovurdi, baliq
olovda lov-lov yondi...Oʻgil otasining qilmishlarini eslab, oʻzini undan
nafratlanib ketgandek his qildi . U bu dunyodan hech kimga yaxshilik
qilmasdan oʻtdi. Uning bir qilgan yaxshiligi, menimcha,baliq holida qaytib,
xotinining koʻzlari ravshanlashishiga sabab boʻlganidir.Xudoyim, balkim, uni
hech boʻlmaganda bir marotaba yaxshilik qilishi uchun yuborgandir...
Bu hikoya juda ta’sirli . Hech bir yomonlik jazosiz qolmaydi, degan gapga
bir isbot. Ota qargʻishi misoli oʻqdir, u oxiratda emas, shu dunyoning
oʻzidanishonga borib tegadi.(S. Ahmad “Sarob’’hikoyasi).Oʻzbek xalqi uchun
177
azaldan ota ehtiromga sazovor boʻlgan, muhtaram zot hisoblanadi . Farzand
otaga qoʻl koʻtarish tugul uning koʻziga tik boqolmaydi. Biz “ Mirzo Ulugʻbek’’
tragediyasi,
S.Ahmad
“Sarob’’
hikoyasi,MahmudxoʻjaBehbudiyning
“Padarkush’’ dramasi, Alisher Navoiyning “ Farhod va Shirin’’ dostonida otasini
oʻldirib qismati qaygʻuli yakun topgan farzand obrazlarini koʻrganmiz. Otasini
xor qilgan odam hech qachon halovat topmaydi.Dardini birovga aytolmay
azobda qoladi. Keraksiz, e’tiborga arzimaydigan odamga aylanib qoladi. Bu
yerda qamish timsoli orqali qahramon qismati ochib berilmoqda. Chunki
qamish, odatda, botqiqliklarda oʻsadi. Botqoqlik esa xunukjoy.UOllohning
qahriga uchrab, gunohga botdi.Otaning qargʻishi urdi: oxir- oqibatda u keraksiz
boʻlib qoldi, qamishdek olovda quridi.
Ta’kidlab oʻtish joizki, adibning yuqoridagi “Qismat” hikoyasi 2011-yil
AQSHning Chikago shahrida oʻtkazilgan xalqaro adabiy konkursda gʻolib deb
topilgan. Mana shuning oʻziyoq yozuvchining naqadar badiiy mahoratga ega
ekanligi hamda uning asarlari chegara va makon tanlamasligidan dalolat
beradi.
Yozuvchining “Boqiy darbadar’’ kitobidan olingan “Todd’’
hikoyasi,aksincha, yuqoridagi hikoyaning umuman teskarisi. [4, 78-b] Bu
hikoyada oʻzini oʻylamay bor kuchini, qobiliyatini mehnatga sarf qilgan, tinim
bilmay ishlagan, urush zamonlarida qancha qiyinchiliklarga uchrashiga
qaramasdan yelib – yugurib umr kechirayotgan, orom neligini bilmay farzandi
uchun qattiq mehnat qilib ishlagan ota timsoli aks ettiriladi. Hikoya qahramoni
Mamasiddiq ota xuddi boshqa hikoyalar qahramonlaridek oddiy odamlardan
biri boʻlib,u oʻzining bor hissiyot, tuygʻularini hayot degan poygada boy beradi.
Farzandlari uchun mashaqqat kechib, mehnat qildi, oʻzini unutdi. Bir soʻz bilan
aytganda, ota butun umri davomida kechani kecha, kunduzni kunduz demay,
yugurib yashaydi, oʻziga qaramaydi, bolam, deydi, roʻzgʻorim deydi. Lekin
shunday boʻlsa hamki,uning ichki dunyosidagi ulkan iztiroblari, ruhiy holati
bilan kimdir qiziqib koʻrdimi?! Aslida uning shunday yashashiga nima majbur
qildi?! Yana oʻsha insoniyatni dahshatga solgan Ikkinchi jahon urushiga
178
qaytamiz. Urush lagerlarida VilgelmTodd ismli nemis ofitseri boʻlgan. U
mahbuslarni har doim yugurishga majbur qilgan. Yiqilganlarni ayamay otib
tashlagan. Har safar marraga yetib kelganlarga qarata shunday der ekan:
“Senlar meni yomon koʻrasanlar, bilaman. Ammo, hayot mendan koʻra
beshafqatroq, senlarning bu yugurishingdan koʻramilyon marta murakkabroq.
U senga marra qaydaligini aytmaydi, qay tarafga qarab chopishni, qancha
chaqirim yugurishing kerakligini koʻrsatmaydi, dam bermaydi. Barini oʻzing
topasan, oʻzing hal qilasan... Bugun senlar marraga yiqilmay yetib kelib,
kechgacha yashash huquqiniqoʻlga kiritdinglar, xolos. Keyingi hayotingni esa,
kechqurungi yugurish hal qiladi...” Mamasiddiq otaning hayoti shamolda uchib
ketgan somon parchasi kabi oʻtib ketdi. Engqizigʻi, Todd degan soʻzning ma’nosi
“oʻlim” ekan. Har qancha yugurmaylik baribir marrada bizni oʻlim kutib turadi.
Shuning uchun inson oʻz mayllariga e’tiborliroq boʻlishi, oʻzini ham oʻylab
turishi kerak.Hikoyadagi“Der Toddimmergewinnt” kalimasining ma’nosi
“Oʻlim haqdir" demakdir. Hikoya soʻngida adib mana bunday achchiq xulosaga
keladi: “ Bildimki, hech bir falsafa hayot hikmatini izohlab bera olmas ekan.
Chunki hayot hamisha haq va rang-barang, tovlanuvchi, falsafa esa, uning
faqatgina soyasi, boshqa hech narsa emas ekan”.
Xulosa qilib aytadigan boʻlsak, Isajon Sulton hikoyalari koʻproq
insonning ruhiy holatini aks ettirishga yoʻnaltirilgan. Insonning ichki
kechinmalari, oʻylari talqini yozuvchi hikoyalarida yaqqol oʻz ifodasini topadi.
Oʻzlikni anglash va oʻz mayllariga bee’tibor boʻlmaslikka undaydi. Hayot
hodisalaridan oʻrnak olib, toʻgʻri xulosa chiqarishni oʻrgatadi. Ularni oʻqigan
odamning ruhiyati taskin olgandek boʻladi va har bir narsaning mohiyatini
anglashga harakat qiladi.Umuman olganda, odamning eng kichigi ham, eng
yomoni ham, eng yaxshisi ham baribir odamdir. Yozuvchi mana shu kichik
insonning katta va chigal ichki dunyosidagi chegarasiz, xilma-xil ruhiy
sezimlarini tasvirlab berishga harakat qiladi. Ma’lumki, inson xayolotida
izchillik, muntazamlik, bir xillik boʻlmaydi. Koʻp hollarda, inson xayolini
boshqarolmaydi, balki xayol insonni uzoq-uzoq manzillarga eltadi. Yozuvchi oʻz
179
xayollari ogʻushida oʻzi bilan oʻzi suhbat qurgandek boʻladi. Sirtdan olib
qaraganda, Isajon Sulton asarlarida oʻychil inson tafakkuri va hissiyoti
manzaralari namoyon boʻladi.
Xullas, hozirgi davrda adabiyotimiz turli tamoyillar asosida
rivojlanmoqda. Bugungi kunda yaratilayotgan turli janrlardagi asarlarda inson
ruhiyatini, uning ichki ma’naviy dunyosini tasvirlash adabiyotimizning eng
ta’sirchan usullaridan biri boʻlib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |