Keywords: synthesis, synthesis of design and association, metaphor, symbol of synthesis,
psycholinguistic, literary synthesis.
Inson ongi tashqi omillar ta’sirini asosan beshtasezgi a’zosi yordamida
sezadi. Bular: hid bilish, ta’m bilish, koʻrish,eshitish va teri orqali sezish.Barcha
sezgi a’zolarimiz bizga tashqi muhitning turli xil ta’sirlarini seza olish,ularni
ongimizda analiz sintez qilish imkonini beradi.Ba’zi bir insonlarda shunday
holat ham kuzatilishi mumkinki, bir vaqtning oʻzida bir nechta sezgi a’zolari
birgalikda ishlaydi va ongda ma’lum bir holat kuzatiladi. Ushbuholat fanda oʻz
nomiga ega boʻlib, u sinesteziya deb nomlanadi. Sinesteziya oʻzi nima? U
qanday sodir boʻladi? Uning ijtimoiy fanlar bilan qanday aloqasi bor? Bu kabi
savollarga javob topish maqsadida XVII asr oxiriga, Angliya tarixiga nazar
tashlaymiz .
Til va adabiyot:
ilmiy va amaliy izlanishlar yoʻlidagi ilk odimlar
2020-yil 30-aprel
191
1690-yilda Oksford universitetining professori, falsafashunos olim Jon
Lokk bir koʻzi ojiz insonning karnay ovozini eshitganda ongida toʻq qizil rangni
tasavvurga keltirganligi haqida soʻzlab beradi.Ammo Lokk bu voqea orqali
sinesteziyaga oid misolni tasvirlaganmi yoki metafora usulidan foydalanganmi
shu masala xususida olimlar oʻrtasida ixtilof paydo boʻlgan. Buixtilofga
faqatgina XIX asr olimlari hamda psixolingvistlari tomonidan aniqlik kiritilgan.
1812-yilda nemis psixologi Georg Sachs oʻtkazgan tajribalari natijasida inson
turli xil holat va vaziyatlarda ongda ma’lum bir musiqa ovozi hattoki, iste’mol
qilgan taomining ta’mini ham ranglarga qiyoslab tasavvur qilish holati
kuzatilganligini aytib oʻtadi. Sinesteziya yuzasidan juda koʻp va qiziqarli
tajribala roʻtkazilgan. Masalan, ingliz olimlarining aniqlashlaricha, bitta
oilaning barcha a’zolarida sinesteziya holati kuzatilgan. Qizigʻi shundaki, ular
skripka ohangini eshitganlarida har kim har xil rangni kuzatgan. Ota koʻk
rangni, oʻgʻil pushti rangni, ona esa binafsha rangni. Yoki yana bir holatni misol
qilishimiz mumkin: pishirilgan joʻja goʻshtini yeganda bir ayolda ta’mni och
yashil rangga qiyoslash holati kuzatilgan.
Sinesteziya sohasiga qiziqish, asosan, XIX asrdan boshlangan. Dastlab u
faqatgina psixofiziologik holat deb qaralgan. Ammo keyinchalik,
sinesteziyaning tilshunoslik va badiiy adabiyot bilan uzviy ravishda
bogʻlanganligi yaqqol oydinlashdi. Koʻplab olimlar bu sohaga qiziqish
bildirganlarva oʻz asarlarida, ilmiy izlanishlarida sinesteziyaga nisbatan ta’rif
berib oʻtganlar. Masalan, rus olimiYe .Klyonev sinesteziyanimetaforaga bogʻlab
oʻrgangan. U shuningdek, sinesteziya birlashmalar orasida oraliq hodisa, ya’ni,
bir vaqtning oʻzida bir necha a’zolarining oʻzaro bogʻliqligi asosida yuzaga
keluvchi jarayonligi toʻgʻrisidagi fikrlarni ilgari surgan .Sinesteziyani fanlar
chorrahasidagi holat deb qarasak, yanglishmaymiz. Sababi, sinesteziya nafaqat
psixologiya va fiziologiya balki, estetika, adabiy tanqid hamda tilshunoslikning
psixolingvistika tarmogʻiga ham aloqador hodisadir. Uzoq oʻtmishda Aflotun:
“Tovushlar obyektlar singari shakli, hajmi, dinamikasi va rangi kabi
xususiyatlari bilan bir- biridan farq qiladi”, - deya ta’kidlagan edi. Biroz
192
boshqacharoq jihatdanaynan shu fikrni rus olimi Lomonosov koʻrib chiqqan . “
Rus tilida A harfining tez-tez takrorlanib turishi ulugʻvorlik, balandlik, ulkan
choʻqqi tasvirlarigaЕ,И,Ю harflari muloyimlik mehr - shafqat qaygʻu kabi
tuygʻularni O, У,Л harflari esa qoʻrqinch, dahshat kabi holatlarni ifodalashini
ta’kidlaydi “… Bundan tashqari, xuddi shunga oʻxshash holatni ingliz tilshunos
olimlarining izlanishlarida ham koʻrishimiz mumkin .Ya’ni ular rus
tilshunoslaridan farqli ravishdaharflarga jins vakillarini qiyoslaganliklarini
ham aytib oʻtishgan.Masalan, ular T harfini erkak, A harfini ayol va M harfini
jinsi yoʻq deb atashganlar.
Amerikatilshunos olimi Benjamin Uarf sinesteziya yoki bir nechta sezgi
a’zolari yordamida idrok qilish ranglar yoki yorugʻlikni tovushlar orqali idrok
etish bu lugʻaviy metafora bilan uzviy bogʻliq ekanligini aytib oʻtadi. Aslini
olganda ham badiiy adabiyotlarda qoʻllaniluvchimetaforik misollar va
obrazlarni uchratishimiz mumkin. Asosan, rus adabiyotida oʻz asarlarida
sinestetik timsol va obrazlarni koʻplab keltirgan ijodkorlarning asarlarini
oʻqiganmiz. Misol qilib, S.Yesenin, Blok, A.Axmatova, Maykovskiy, K.Balmont
kabilar ijodini olishimiz mumkin.
S. Yesenin “Kuz” she’rida “Otlar tuyogʻining moviy rangi eshitildi”,
Mayakovskiy oʻz asarida “Men baxmal ovozimdan qora shim tikaman”,
A.Axmatova “Qoʻshiq tinglash” she’rida “Ayolning ovozi shamol kabi esadi”
misralarini keltirib oʻtadi…
Ammo ijodkorlarning bu usuldan foydalanishlarini rus olimi Nabakov
tanqid ostiga olgan. U shoir va yozuvchilarning buusuldan foydalanishlari bilan
oʻquvchini hech narsaga qiziqtira olmasliklarini ta’kidlab oʻtadi . Fikrimcha,
aynan, sinesteziya, ya’ni metaforik oʻxshatishlar oʻquvchiga yozuvchining
dunyoqarashi, uning ijodining oʻziga xos xususiyatlarini anglatib turadi. Chunki
har qanday ijodkor oʻxshatishlar qila oladi. Ammo badiiy jihatdan mukammal
oʻxshatishlarkamdan kam ijodkorlar asarida uchraydi.
Ural universitetining professor oʻqituvchisi Belotserkovskaya oʻzining
sinesteziyaga bagʻishlangan maqolalaridan birida u adabiyotda sinesteziyaga
193
qiziqish 1871-yilda fransuz shoiri A.Rimbaudning “Ohanglar” nomli asaridan
boshlangan deb hisoblaydi. U oʻz maqolasida Rimbaud rang va tovush
oʻrtasidagi naqshlarni payqaganligi haqida yozadi. Ammo Belotserkovskaya
uchun muammoli boʻlgan joyi shunda ediki, fransuz va rus tilidagi tovushlar
bir- biridan farq qiladi,bundan tashqari turli tillardagi tarjimalar doim ham bir-
biriga mutanosib boʻlavermaydi. Shu kabi muammolar borligi sababli
Y.Belotserkovskaya oʻz maqolasida A.Kublitskaya Piottuxning tarjimasidan
foydalanib, A harfi-qora, E harfi - oq, B-qizil, У-yashil, Л harfi esa koʻk ranglarni
ifodalashini keltirib oʻtgan . Qoʻshimcha sifatida oʻz asarlarida
koʻproqsinestetik obrazlardan foydalangan ijodkor K. Balmont haqida ham
ma’lumot keltirib oʻtgan. Olimlar inesteziyaning, asosan, ikki xil turini
keltiradilar. Bular: loyihaviy sinesteziya va assosiativ sinesteziyadir. Loyihaviy
(proyektsion) sinesteziya turida insonlar ruhiyati koʻtarilganda ranglarni
ma’lum bir shakllarga qiyoslaydilar.Masalan, olimlar bu holatni koʻproq
bogʻcha va maktab yoshidagi bolalarda kuzatilganligini ta’kidlab turib, ular
turli xilgeometrik shakllarni ranglarga qiyoslay olishlarini ma’lum qilishgan.
Assosiativ sinesteziya – bu kuchli qoʻzgʻatuvchining ta’sirida paydo boʻluvchi
holat hisoblanadi. Ya’ni tashqi muhitning qaysi bir omili ta’siridainsonda
sinesteziyaqoʻzgʻaladi.Oddiy bir misol, biron bir joyda limonni koʻrsangiz
beixtiyoruning ta’mi iste’mol qilgandagi holatingiz koʻz oldingizga keladi va
xohlaysizmi, yoʻqmi etingiz junjikib ketishi mumkin,yoki ba’zi bir insonlarning
hafta kunlarini xuddi kundalik jadvaldagi kunlarga qiyosan koʻrishlari va
ishlarini ham aynan oʻsha xayollaridagi qolipga moslab rejalashtirishlari ham
aynan assosiativ sinesteziyaga misol boʻla oladi. Oʻzbek tilshunosligida
sinesteziya boʻyicha ma’lumotlar hali koʻpemas .Tilshunos olim
M.Mirtojiyevning “Oʻzbek tili semasiologiyasi“ asarida ushbu sohaga ta’rif berib
oʻtadi. Adabiyotshunos S.Quronov “Sinesteziya hissiy a’zolarning bir vaqtda
faoliyat olib borishi, olingan hisning qorishib ketishi demakdir“ degan edi. Ya’ni
koʻz vositasida olingan informatsiya ta’sirida nerv sistemasida boshqa bir sezgi
a’zosini harakatlantirib yuborishi mumkin .Amerikalik olim M.Seans oʻz ilmiy
194
faoliyatida ba’zi odamlarning eshitish qobilyati koʻz bilan kuzatilayotgan
harakatda muayyan tovushlarni eshitish imkoniyatini bera olishini
asoslabberadi. Ya’ni, sinestetlar rangning hidini tovushlarning ta’mini seza
oladilar. Olimlar yana shu narsani ta’kidlashadiki, bir hisning assotsiativ holda
boshqa bir hisni uygʻotishga rang, soʻz, hid, tovush va ta’m vosita boʻlib sinestet
kishilar sanab oʻtilganlarning qay birida sezgirroq boʻlsalar, ular tabiatdagi
aynan shu holatni his qilib yurishadi. Umumanolganda, sinesteziya ozmi –
koʻpmi har birimizda mavjud . Koʻpchiligimiz toʻq sariq rangdaissiqni, toʻq va
koʻk rangda esa sovuqni his qilamiz.
Ba’zan soʻz ham insonda shunday holatni uygʻotishi mumkin. Aytish
mumkinki, sinesteziya hodisasi badiiy obraz yaralishidagi murakkabliklar
bilan ham uzviy bogʻliq. Shu sababdanham hozirgi zamon san’atshunosligida
badiiy sintez masalasini ham oʻrganishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ya’ni
ijodkor asaryaratar ekan oʻz qobilyatiga monand sinkretik obrazlarni dunyoga
keltiradi.
Qoʻgʻirchoq mushtining soyasi
Xalal bermasmikin
Tundan ajralib chiqyapkan tongga
Sadafi ham tushib qolibdi
Mana yaltiroq shabnam
Tipratikan jimlik shaklida edi
Ustiga olma qulamasidan avval
Mana ignalik shovqin
Yana koʻp narsani aytish mumkin
Xullasi kalom (B.Roʻzimuhammad)
She’rni oʻqib sirtdan qaraganda bir- biriga bogʻliq boʻlmagan metaforalar
ketma-ketliginikoʻramiz. Ammo she’rni tushunishda ham uning yozilish
tamoyillaridan kelib chiqsak “tartibsizlik”dagi muayyan assotsiativ bogʻliqlik
koʻrina boshlaydi. Yani, bir holat ikkinchisini eslatib turish holati koʻzga
tashlanadi
195
Xulosa qilib shuni aytishimizmumkinki, oʻzbek tilshunosligida ham
sinesteziya mavzusiga alohida e’tibor qaratish lozim. Ba’zilar sinesteziyani
metafora bilan bitta narsadeb notogʻri xulosa chiqarmasliklari uchun ham
ushbu sohaga yetarlicha e’tibor qaratmoq joiz. Yevropada sinesteziyani
insonlardagi noyob qobilyat deb ham e’tirof etishgan. Sinesteziya haqida
dastlabki tushunchalarni insonlar ongida shakllantirish uchunham albatta u
haqida yetarlichama’lumotga ega boʻlishimiz lozim.Ushbu holatdagi insonlarda
badiiy tasavvur ancha kuchliboʻladi,ehtimol, aynan shu tufayli ular orasidan
yozuvchi va shoirlarni koʻproq uchratarmiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |