Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo


elim,  Moziyni  yod  etay  desang,  Xalq  boʻl  elim



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

elim,  Moziyni  yod  etay  desang,  Xalq  boʻl  elim”  kabi  misralarida  a  jib 

oʻxshashlikni koʻroʻramiz. Hamma misralarda Xalqni birlikka chorlash turadi.  

Abdulla  Oripov  lirikasida  Oʻzbekiston  -  xalq  –  tabiat  obrazlari 

uygʻunlikda ochiq bir kitobdek koʻz oʻngingda namoyon boʻladi. Abdulla Oripov 

shoir ona yurtining yoniq she’rlarini ehtiros bilan, mehr bilan oʻqitayotgandek 

tuyuladi. Darhaqiqat, Abdulla Oripov she’rlarining asosiy mavzui – ona yurt, 

Oʻzbekiston, Vatandir. Aslida Vatan, xalq, ona yurt, tabiat – bular bir zaminda 

yuzaga  kelgan  tushunchalar.  Yolgʻiz  Vatanni  sevib  xalqni,  tabiatni  sevmay 

boʻlmaydi.  Ona  yurtga,  soʻlim  va  dilbar  goʻshalarga  muhabbatdan  ulkan  va 

salobatli Vatan tushunchasi oʻsib chiqadi. 

Ey aziz yurt, hurriyat-davron muborakdir senga, 

Oʻzbekiston – begʻubor osmon muborakdir senga. 

Necha yuz yil sen kurashding mustaqillik oni deb, 

Sen ani topding, ulugʻ imkon muborakdir senga… 

“Abdulla  Oripovning  ijtimoiy  she’riyati  bir  vaqtning  oʻzida  koʻngil 

lirikasidek  qabul  qilinadi”[  Hamdamov  U.  Yangi  oʻzbek  she’riyati.  ―T.:Adib, 

2012].  Abdulla  Oripov  lirikasida  koʻpincha  xalqimiz  tarixiga  murojaat  etish, 

milliy  xarakter  asoslarini  anglab  etishga  intilish,  bolalik  xotiralarini  koʻz 




 

205 


oʻngida  jonlantirish,  tiklash,  ona  yurt  manzaralariga  estetik  munosabatda 

boʻlish  orqali  Vatan  obrazini  bunyod  etadi.  «Xalq»,  «Vatan»,  «Turkiston 

bolalariga»,  «Oʻzbek  qomusi»,  «Fidoyi»  kabi  she’rlarida  Vatan  mavzusining 

yangi  qirralarini  falsafiy  umumlashmalarda  ochib  berdi.  Yurtning  koriga 

yaragan  ezgu  fazilatli  insonlar  obrazini  yaratdi.  Bu  she’rning  mazmun-

mundarijasini  Vatan  va  xalq  sha’niga  madhiya  aytish,  mavjud  reallikni 

shunchaki  ta’kidlash  tashkil  etmaydi.  Sheʼrlaridagi  milliy  ruh  qalbingizga 

koʻchganini  sezmay  ham  qolasiz.  “Maydanak”  sheʼridagi  mana  bu  misralar 

buning isbotidir:  

Endi jiddiy turib bu yonga qara, 

Falakda koʻrinar ikkita oq qand. 

Biri “Oʻzbekiston” degan sayyora, 

Birovining esa nomi – “Samarqand”. 

Sheʼrning  poetik  xulosasida  ham  milliy  ifoda,  milliy  ruh,  milliy  talqin 

mujassam. “Agar magʻiz boʻlsang, olam bir danak” tashbehi ana shu milliylikka 

yorqin  bir  dalildir.  Vatan  haqida  gap  borar  ekan,  Abdulla  Orpov  shoirning 

burchini  faqat  madhiyabozlikdan,  yurtni  faqat  ulugʻlushu koʻklarga 

koʻtarishdan iborat, deb tushunmaydi. Toʻgʻri, u Vatan dardlarini goʻzalligini, 

iqbolini  kuylaydi,  biroq  uning  sermashaqqat  tarixi  va  taqdirini  haqqoniy 

gavdalantirish maqsadida koʻproq Vatan dardlarini kuylaydi, bir fidoyi farzand 

kabi uning dardlariga malham boʻlgisi keladi. Bu Vatan tarixda koʻpdan-koʻp 

buyuk  farzandlarga,  ulugʻ  kashfiyotlarga,  insonparvar  gʻoyalarga  doya 

boʻlganini  dunyoga  koʻz-koʻz  qiladi,  hozir  ham  uning  oʻshal  tarixga  munosib 

boʻlishini istab, oʻzini tugʻyonlar bagʻriga uradi.  

Abdulla  Oripovning  Vatan  timsolini  yaratishga  bagʻishlangan 

she’rlaridagi  poetik  obrazlar,  ayniqsa,  falsafiy,  xalqchil  va  ohorli  boʻlib,  bu 

yoʻnalishdagi  she’rlar  ichida  «Men  nechun  sevaman  Oʻzbekistonni»  hamda 

«Oʻzbekiston» she’rlari alohida ajralib turadi. 

Kech kuz edi, men seni kо‘rdim, 

Derazamdan boqardi birov. 




 

206 


U sen eding, o, dehqon yurtim, 

Turar eding yalangtо‘sh yayov. 

-Tashqarida izillar yomgʻir, 

Kir, bobojon, yayragil bir oz. 

Deding:-Paxtam qoldi-ku, axir, 

Yigʻishtiray kelmasdan ayoz. 

Ketding, umri mahzanim manim, 

 О‘zbekiston, Vatanim manim [Oripov A. Tanlangan asarlar. Olti jildlik, 4-

jild, – Toshkent: Adabiyot va san’at, 2001]. 

Shoir,  ayniqsa,  “Oʻzbekiston”  qasidasida  ayni  Vatan,  yurt,  xalq  dardini 

mohirona tasvirlab bergan. Bu she’r 1968-yilda yozilgan. Oʻsha kezlari “SSSR ― 

bizning  yagona  Vatanimiz”  degan  soxta  shior  koʻplab  insonlar  ongiga 

singdirilgan  edi.  Abdulla  Oripov  ana  shunday  bir  sharoitda  “Oʻzbekiton 

―Vatanim  manim”  deb  chiqdi.  Shoir  Vatanni  obrazini  tarixiy  shaxslar  orqali 

tasvirlash yoʻlidan  bordi.  Beruniy,  Amir  Temur,  Mirzo  Ulugʻbek,  Navoiy, 

Jaloliddin  Manguberdi  kabi  buyuk  bobolarimizni  madh  etar  ekan,  shunday 

buyuk ajdodlari bor, “Amudaryodan sakrab oʻtgan Jaloliddinlari”, “Temur tigʻi 

yetmagan joyni qalam bilan oldi Alisher”lari bor yurtdan faxr hissini tuyadi va 

ona xalqim oʻzing baridan buyuksan deydi: 

Bоbоlаrdаn soʻzlаdim, аmmо 

Bir zоt bоrkim, bаridаn suyuk:  

Buyuklаrgа bахsh etgаn dаhо, 

Onа хаlqim, oʻzingsаn buyuk. 

Bu  buyuk  shахsiyatlаrning  yarаtuvchisi  “bаridаn  buyuk”,  “bаridаn 

suyuk”  хаlqdir.  Shоir  kеyingi  bаndlаrdа  mаnа  shu  buyuk  vа  suyuk  оnа 

хаlqining  timsоlini  yarаtаdi.  bundаy  buyuk  fаrzаndlаrni  jаhоngа  yеtkаzib 

bеrgаn,  ulаrning  shоn-shаrаfini  аsrlаrdаn  аsrlаrgа  оlib  oʻtgаn  mаnа  shu 

хаlqdir.  Shu  tаriqа  Vаtаn  vа  millаt  tushunchаsi  bir-birigа  oʻtib,  bir-birini 

toʻldirib bоrаvеrаdi. dаrhаqiqаt, oʻzbеk dеgаni bu oʻzbеkis tоndir, Oʻzbеkistоn 

dеgаndа esа oʻzbеk koʻz оldimizgа kеlаdi. bu shе’r yanа bir mаshhur shоirimiz 




 

207 


Erkin  Vоhidоvning  “Oʻzbеgim”  qаsidаsi  bilаn  dеyarli  bir  vаqtdа  yozildi  vа 

ikkаlа аsаr хаlqimizning oʻzligini аnglаshidа sеzilаrli rоl oʻynаdi. 




Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish