Tili va adabiyoti universiteti til va adabiyot: ilmiy va amaliy izlanishlar yo



Download 8,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet152/581
Sana31.12.2021
Hajmi8,82 Mb.
#222390
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   581
Bog'liq
Konferensiya 2020 aprel

Ammo takror aytaman – 

Koʻzlarning ilk uchrashuvidan boshqa 

Muhabbatning ertagi yoʻqdir. [3. 100-bet] 

Sevgi  haqida  bitilgan  koʻplab  mashhur  sheʼrlar,  dostonlar  maʼlum. 

Ularning  baʼzilarida  shoirning  bu  masala  bobidagi  oʻz  qarashini,  oʻzligini 

namoyon  etuvchi  unsurlar  ham  bor.  Shu  nuqtayi  nazardan  shoirning  sevgi 

mavzusidagi  sheʼrlarini  oʻqib,  ularda  ijodkor  shaxsini  koʻrsatuvchi,  unga 

ishoralar  qiluvchi  lirik  “men”ning  ruhiyati,  ahvolotiga  duch  kelishingiz 

mumkin. Shoir kuylagan ishq oddiy, Navoiy taʼbiri bilan aytganda, “avom ishqi” 

emas. U bundan bir necha pogʻona balandroq va mohiyatan chuqurroq sevgi. 

Kim  uchundir  sevgi  mavzusidagi  sheʼrlar  yorning  maʼshuqa  hajridagi  oniy 

kechinmalari,  oʻy-xayollari  ifodasi  boʻlishi  mumkin,  ammo  shoirning ayni 

mavzudagi sheʼrlari  haqida bunday joʻn gaplarni aytib boʻlmaydi. Chunki bu 

lirik  qahramon  sheʼrlarida,  satrlarida  yoʻqotgan  soʻzini  topgan,  yuragiga  bir 

ozod toʻzim tushgan, eng muhimi, oʻzligini topgan insondir: 

Oy qiz, mendan zarra xatar kutma

Tanimga ruh tushdi — oʻzim tushdi. 

Kul erdim — yuragim seni topdi — 

Koʻksimga bir ozod tuzum tushdi.[3. 89-bet] 

Demak,  bu  oddiy  ishq  emas.  Bu  –  insonga  oʻzini  tanituvchi  ishq, 

insonning  tanasiga  ruhiy  madad  olib  kiruvchi,  yoʻqotgan  soʻzini  anglatib, 

adashgan  yoʻlini  raso  qiluvchi,  tozartuvchi,  poklovchi  ishq.  Shunga  monand 

shoir sheʼrlarini koʻlamdor tuygʻularning ifodasi deb qarash toʻgʻriroq, albatta. 

Insonni baʼzi umidbaxsh tuygʻular yashashga undaydi. Masalan, sogʻinch. Zero, 

sogʻinmasdan,  nimanidir  kutmasdan  ahli  insonning  yashamogʻi mushkul. 

“Birinchi  daftarʻdagi  sheʼrlar  ushbu  fikrlarni  yana  bir  bora  tasdiqlaydi.  Lirik 




 

258 


“men”ning tasviridagi sogʻinch “choʻng bir qaygʻudan doʻppi kiygan, xijrondan 

egniga chakmon olib, umiddan beliga belbogʻ bogʻlagan” sogʻinchdir. 



Bormisan, yoʻqmisan – nima farqi bor? 

Muhimi, yuragim ogʻriqda notinch, 

Sheʼrimda uzoq bir ishqning sharhi bor, 

Ammo yuragimda xijron zahmi bor... 

Agar oʻlar boʻlsam, sevgim, baxtli bor – 

O, faqat yashashga haqlidir sogʻinch.[3. 115-bet] 

Sheʼrlarda lirik qahramon “Sogʻinch nima?” degan savolga “Sogʻinch dilni 

oʻrtovchi sas” deb loʻnda javob beradi. Usmon Azimning lirik qahramoni shu 

qadar  sogʻinchda,  “baxt  orasida  boʻlmasa-da,  armon  ichida  kelsa  va  yo  chin 

boʻlmasa-da,  yolgʻon  ichida  kelsa”,  deya  mahbubiga  intizor.  Axir  oshiqning 

dildori oʻzi uchun mangu baxtli hayot ramzi: 



Qoʻlingda hech narsa yoʻq edi sening – 

Ammo topmoq istab yoʻqday koʻnglimni, 

Bezovta bahorga koʻmib oʻngimni – 

(Qoʻlingda hech narsa yoʻq edi sening) 

Xuddi guldastaday tutding qoʻlingni. [5. 112-bet] 

Hatto  orzusi  ham  “ertakning  chuntagida”  boʻlgan yor seviklisiga nima 

ham  bera  olardi?  Ammo  sevgan  inson  uchun  oʻz  yorining  hech  narsasi 

boʻlmasa-da, doimo koʻnglini topib yashashga intilishi, hayotini bahorga koʻmib 

yashashi  va  xuddi  guldastadek  qoʻlini tutishi ulugʻ  bir  neʼmatdir.  Shoir  shu 

tariqa  baytdan  baytga,  sheʼrdan  sheʼrga  tuygʻuning  oliy  xilqati  tomon 

harakatlanib  boradi  va  lirik  qahramon  sogʻinchni  kuylashda  “sogʻinchni 

sogʻingan  sohir  samandar”  yangligʻ  namoyon boʻla  boshlaydi.  Chunonchi, 

“Dunyoni  toʻzitdi...”  deb  boshlanuvchi  sheʼrda  sevgining  goʻzal  hodisasi 

qalamga olinadi. Unga muvofiq, sof sevgining asosiy shartlaridan biri vafodir. 

Agar  ikki  mushtoq  qalb  hamdam  boʻlsa,  ularning  bir-biriga boʻlgan vafosini 

“qanday  yaxshi”  degan  oʻlchovda  baholash  mumkin.  Ammo  ikki  yakdilning, 

oshiq  va  maʼshuqning  birga  boʻlmagan  holatdagi  vafosini-chi?!  Endi  bunday 



 

259 


vafoni  “qanday  yaxshi”  qabilidagi  oʻlchamlar  bilan  oʻlchab  boʻlmaydi,  zero  u 

bunga sigʻmaydi  ham.  Bu  kabi  yuksak  darajadagi  olijanoblikni  ulugʻvor 

oʻlchamlar, xususan, “chin ishq”, “haqiqiy sevgi” kabi mezonlar bilan oʻlchagan 

maʼqulroq,  nazarimizda.  Sheʼrning  lirik  qahramoni  chin  oshiq  deb  atasa 

arzigulik insondir.   

“Birinchi daftar”dagi sheʼrlarning baʼzilari choʻng qaygʻu bilan, shoirning 

oʻzi aytganidek, “nahorda kuylangan maqom yangligʻ” kuy  sochadi. Masalan, 

“Osmon  choʻg  elaydi”,  “Nima  boʻlsa boʻldi”,  “Tunmi?”,  “Ayriliq”  sheʼrlarida 

armonlar, iztiroblar dunyosida adashib, sarson kezib yurgan inson holatini his 

qilsak, 



Download 8,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   581




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish