(Yer); 2. Zar (oltin); 3, Z o‘rlik (kuch-hokimiyat) va 4. Zan
(xotin). Kubod dastlab bu qo‘zg‘olonni himoya qildi va q o ilab -
quw atladi. So‘ngra u bu qo‘zg‘olonga qarshi kurashdi va eftaliylar
tomoniga qochib ketdi. Kubod hukmronligi davrida Eron bilan
eftaliylar orasidagi munosabatlar ancha yumshab do'stona tus ola
boshladi. Bu hoi eftaliylar orasida o ‘sgan Kubodning eftaliylar bilan
shaxsiy do‘stona munosabatlarining natijasi b oiganligi ehtimoldan
uzoq emas. Kubod eftaliylar podshosining qizi, y a’ni o ‘z jiyaniga
uylanadi. Chunki uning opasi asirga tushgach Vaxshunvoming xotini
IV bob. 0 ‘rta asrlar davri.
I l l
bo‘lgan edi. Ikki tomon o‘rtasidagi yaqinlik shu darajada kuchaydiki,
eftaliylar 502-yilda Eron tomonida turib Vizantiyaga qarshi urushda
qatnashganlar. 506-yilda tuzilgan sulh bitimiga ko‘ra Vizantiya
tillasidan va boshqa ulushlarini olishga muvaffaq boiganlar. Eron
bilan eftaliylar o ‘rtasidagi do‘stona munosabatlar Kubodning o ‘g ‘H
Xusrav I Anushirvon davrida ham davom ettirilgan. Chunki Xusrav I
eftaliylarga yil sayin kumush hisobida belgilangan xirojni to ‘lab
turgan. Ammo Turk xoqonlarining eftaliylarga qilgan hujumidan
foydalanib Xusrav I 554-yilda eftaliylardan Toharistonni tortib
oladi. 563-567-yillarda esa turk xoqoni Silsivul Eron bilan ittifoqda
eftaliylarga qaqshatqich zarba beradi va bu podsholikni tobe ahvolga
solib qo‘yadi. Lekin VI asr oxirlariga kelib turk xoqonligi roziligi
bilan eftaliylar Eronga qarshi urush olib bordi va Toharistonni
qaytarib olishga muvaffaq b oidilar. So‘ngra Eronda boshlangan
fuqarolar urushidan foydalanib, sosoniylarga qaram boiishdan
ozod b o ig a n eftaliylar allaqachon g ‘arbiy turkiy xoqonlik ta’siriga
tushib qolganliklaridan o ‘zlarining aw algi mustaqilliklarini saqlab
qololmadilar. Eftaliylar davlatining siyosiy markazi — poytaxti
qayerda b oiganligi to ‘g ‘risida qat’iy aniq m aiu m o t yo ‘q. Taxminiy
fikrlarga ko‘ra bunday markaz Poykand yoki Balx b o ig a n deyiladi.
Davlatning boshida podsho turgan. Podsholar Vizantiya tarixchisi
Prokopiyning (VI asr) so‘zlariga qaraganda vizantiyaliklar bilan
forslar orasida mavjud b o ig a n adolatdan zarracha b o isa-d a kam
boim agan adolatga suyanib faoliyat ko‘rsatganlar.
Odamlar
asosan shaharlarda yashaganlar. Eftaliylar hukmronligi davrida
asta-sekinlik bilan yerga b o ig a n egalik munosabatlari qaror
topa boshlaganligining guvohi boiam iz. Bu davrda olib borilgan
to ‘xtovsiz urushlar ishlab chiqarish kuchlarining inqirozga uchrashiga
ham sabab b o id i. Sug‘oriladigan yer maydonlari qisqardi, shaharlar
son jihatdan kamaydi. Eftaliylardan oldingi kushonlar davridayoq
yer va qo‘rg ‘onlarga ega b o ig a n aslzodalar ajralib chiqa boshlagan,
dehqonlar mahalliy zodagonlarga k o ‘proq tobe b o ia borgan.
Aholining asosiy qismi dehqonchilik bilan mashg‘ul b o ig an , ayrim
qismigina ko‘chmanchilik asosida yashagan, o ‘tovlarda istiqomat
qilishgan. Eftaliylar davrida aholi-sonining o ‘sishi natijasida obikor
yerlarga b o ig a n talab ortib b o ra u n a tija d a V -V I asrlarda hozirgi
Toshkent va Janubiy Q ozogiston yenarini sug‘orish uchun B o‘zsuv
va Zog‘ariq kanallari, Samarqand viloyati yerlarini sug‘oruvchi
D arg‘om kanallari qazildi.
112
V A TA N T A R IX I
Xalqning urf-odat va turmush tarzida eski tuzum davrining
sarqitlari keng qo‘llanilgan. Oliy tabaqa vakillarida, patriarxal
tuzum urf-odatiga ko‘ra ko‘p xotinlilik hukm surgan. Oddiy eftaliy
vafot etganda tuproqqa qo‘yilgan, boylaming murdasini esa maxsus
tayyorlangan tosh dahma (yodgorlik toshi, maqbara)ga ko‘mishgan.
Ijtimoiy-iqtisodiy tuzumdagi o ‘zgarishlar munosabati bilan eski
tartibdagi shaharlar inqirozga uchrab yangi qo‘rg ‘on, qal’alaming
mustahkamlanishi ko‘zga yaqqol tashlanadi. Bundan tashqari,
yangicha tipdagi shaharlar, shahar-qal’alar yuzaga keladi. Eftaliylar
Eron, Vizantiya, Hindiston, Xitoy va boshqa davlatlar bilan keng
ko‘lamda savdo aloqalari olib borganlar, elchilik munosabatlari
o ‘matganlar. Savdoda Xitoy va Vizantiya asosan ipak, oyna, turli
meva-chevalar, qimmatbaho toshlar, b o ‘yoqlar va boshqalar bilan
muomala qilar edi. Bu savdo jarayonida sosoniy tangalar bilan bir
qatorda mahalliy tangalar ham qo‘llanilgan: buxorxudotlar tangasi,
sug‘diy tangalar, xorazm tangalari va hokazo.
Tarixiy yozma manbalarda eftaliylaming kundalik turmush va
madaniyati haqida deyarli hech qanday m a’lumotlar saqlanmagan.
askarlari qo‘lida harbiy qurol-yaroqlardan gurzi, o ‘q-yoy va asosiysi
qilich muhim o ‘rin tutgan1. Xitoy manbalarida ko‘rsatilishicha,
eftaliylar cho‘qmorlar bilan jang qilganlar (forslar kamonlar, arablar
nayzalar bilan), ular nihoyatda bahodir, jangovar va mard xalq
bo‘lishgan. Eftaliylaming tili haqida yuqorida eslatganimiz singari,
aniq bir xulosaga ega emasmiz. Eftaliy podsholigida sug‘d tilining
keng qoilanilganligi to ‘g ‘risida manbalar yetarli darajada m a’lumot
beradi. Sug ‘d yozuvidan tashqari, undan biroz fa rq qiluvchi buxor
yozuvi, xorazmiy va eftaliy yozuvi keng tarqalgan. Eftaliylar davri
xalq qo‘shiqlari va eposlari Firdavsiy «Shohnoma»sida tasvirlangan.
Eftaliylar podsholigida har xil diniy g'oyalarga e ’tiqod qilish davom
etgan. Bunga asosiy sabab Eftaliylaming juda ko‘p xalqlami siyosiy
birlashtirganligidir. Bu yerda zardushtiylik Erondagiga nisbatan
boshqacharoq shaklga ega bo‘lgan. U Anaxit va Siyovushga ehtirom
ko‘rsatish bilan qo‘shilib ketgan. IV asrda Navro‘z (Yangi yil) kuni
zardushtiylar erta tongda Siyovushning Buxorodagi qabriga kelib,
xo‘roz so‘yib qurbonlik qilganlar. Bundan tashqari Vaxsh, Mitra,
Anaxitaga sig‘inish ham mavjud b o ig an. Manixeylar, Mazdak ta ii-
moti (Eronda), buddizmning yoyilishi o ‘z y o iid a davom eta berdi.
1 Сагдуллаев А., Аминов Б., Мавлонов У., Норку лов Н. Узбекистан тарихи: Давлат ва жа-
мият тараккиёти. - Т.: «Академия». 2000, 62-бет.
IV bob. O 'rta asrlar davri.
113
Eftaliylar davri tarixiga oid b a’zi bir moddiy madaniyat
yodgorliklari saqlanib qolgan. Bular Xorazm viloyati hududidagi
Firqala (Qiyot — Beruniy yaqinida), Buxoro viloyatida Poykand
va boshqalardir. Bu tarixiy obidalar eftaliylar davri madaniy va
turmush hayoti to ‘g ‘risida qimmatli xulosalar chiqarish imkoniyatini
beradi.
Eftaliylar davrida shuhrat topgan yirik shaharlardan biri
Paykent (Baykend) dir. Tarixchi Narshaxiy Baykendni «Buxoro
shahri dan qadimiyroq» deb hisoblaydi1. Bu shahar harobalari va
uning o ‘tmish tarixi ham yetarli darajada o ‘rganilgan emas. Yoki
Bolaliktepa ibodatxonasidagi binoning devorlariga ishlangan suratlar
rang-barangligini aytmaysizmi. Q oilarid a qadahlar ushlab o ‘tirgan
erkak va xotinlaming ziyofatlari rangli bo‘yoqlarda jonli bir suratda
hayratomuz o ‘z ifodasini topgan. Ammo markaziy hokimiyatning
zaiflashuvi va kichik-kichik mayda hukmdorlaming raqobatlari
natijasida VI asrning o‘rtalariga kelib eftaliylar davlati asta-sekin
yemirila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |