Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

‘Ахмедов А.

  Турон «Мулокот».  1991  йил, 6-сон, 48-бет.




116

VATAN  TARIXI

545-yilda  qo‘zg ‘olon  ko‘targan jo'janlarga  Tele  qabilalari  zarba 

beradi  va  o ‘z  navbatida  turklar  Tele  qabilalarini  tor-mor  keltiradi. 

Shundan  so‘ng  545-yildan  e ’tiboran  Turk  xoqonligi  0 ‘rta  Osiyo, 

M o‘g ‘uliston,  G ‘arbiy  Sibir  va  Dashti  Qipchoq  yerlarida  hukmron 

davlatga aylanadi.

Umuman  aytganda,  birinchi  va  ikkinchi  turk  xoqonining 

545-yilda  to iiq   mustaqillikka  erishganlaridan  so‘ng  o ‘z  hukm- 

ronliklarini  deyarli  ikki  yuz  yil  davom  ettirdilar.  Turk  xoqonlari 

nihoyatda  katta hududlarga  ega  bo'lgan  mamlakatlarini  sakkizta tobe 

xonliklar  asosida  boshqardilar.  Sharqiy  xoqonlik  markazi  Oltoyda, 

G ‘arbiy  xoqonlik  Yettisuvda  bo‘lgan.  Yozma  manbalarda  Sharqiy 

va  G ‘arbiy  Turk  xoqonliklarini  tashkil  etishda  qatnashgan  turkiy 

urug‘laming  nomlari  tilga  olingan:  Ashin,  Arg'u,  Az,  Basmil,  Izgil, 

О  g  'uz,  To ‘qqiz  о ‘g  luz,  Uch  о ‘guz,  О ‘n  uvg ‘иг,  О ‘tuz  tatar  qarluq, 

Kurdanta,  Qimchoq,  Kiton,  Qirq  az,  Tordush,  Tatabi  (tung'uzlar), 

Dulu  Nushub,  Tuqri  (taharlarj,  Tolis,  Turgan,  Tupuri,  Turk,  Uyg'ur, 

Sir,  Quriqan,  Duba  (tuba)1.

VI 


asming  oxiri,  VII  asming  boshlarida  kuchli  Turk  xoqonligi 

davlati  bo'lganligini  yozma  manbalar  xabar  qiladi.  Xitoy  tarixchisi 

«Qadimgi  zamonlarda  shimoldagi  ko‘chmanchilar  hech  mahal 

bunday  kuchli  bo‘lmagan  edilar»,  deb  yozadi.  «Qariyb  barcha 

xonlar Xitoy  malikalariga  uylandilar,  xitoy  xonadoni  esa har > ili  yuz 

bo‘lakdan ipak mato  armug‘on qilib turdi».

Turklar  Bumin  hukmronligi  davrida  jo ‘janlarga  zarba  be­

rib  qaramlikdan  xalos  b o idilar.  Jo‘janlar  bilan  aloqani  uzish 

uchun  bahona  kerak  edi.  Turk  xoqoni  Bumin  jo ‘janlar  hukmdori 

Anauxaning  qiziga  sovchi  yuboradi.  Bundan  Anauxa  g ‘azablanadi. 

Bumin  g ‘o ‘yo  o ‘zini  Anauxaga  tenglashtirayotganday  va  bu  bilan 

u  Anauxani  haqoratlayotganday  tuyuldi.  Anauxa  Buminga  shunday 

javob  qaytaradi:  «Ey  mening  temir  erituvchim,  sen  menga  bunday 

taklif  kiritishga  qanday  ju r’at  etding?»  Bumin  o ‘z  maqsadiga  eri- 

shadi.  Jo ‘janlar  bilan  aloqani  uzadi  va  jo ‘janlar  elchisini  o ‘ldiradi. 

552-yilda  Bumin  jo ‘janlarga  qarshi  umsh  e io n   qiladi  va  tarixiy 

g ‘alabaga  erishadi.  So‘ng  Xitoy  malikasiga  uylanadi  va  Vey 

saltanatining hukmdori Vendi bilan shartnomani yangilaydi.

552-yilda  Bumin  vafot  etadi.  Taxtga  uning  o ‘g i i   Qora  Issiq  xon 

o ‘tiradi.  Bumin  vafotidan  foydalangan  jo ‘janlar  Turk  xoqonligiga



Махмудов К

  Туркий хоконликлар -  «Турон тарихи» туплами.  -  Т.,  1992 йил, 32-бет.




IV bob.  O 'rta  asrlar davri.

117


yana  hujum  qiladilar.  Lekin  Qora  Issiq  xon  ularga  qaqshatqich 

zarba  beradi.  Qora  Issiq  xondan  so‘ng  taxtga  uning  ukasi  M ug‘an 

xon  o ‘tiradi.  558-yilda  u  jo ‘janlarga  so‘nggi  hal  qiluvchi  zarbani 

beradi.  M ug‘an  xon  yigirma  yil  (553  -572)  xonlik  qiladi.  Bu  davrda 

Turk  xoqonligi  har  tomonlama  yuksalib,  butun  0 ‘rta  Osiyoda 

siyosiy  hukmronlikni  o ‘matdi.  M ug‘an  xongacha  ham  amakisi 

Istami  (Buminning  ukasi)  xoqonlikning  g ‘arbiy  qismini,  boshqarar 

edi.  Istami  akasi  vafotidan  keyin  (555-yilda)  Toshkent  va  uning 

atroflarida, Qozog‘iston, Yettisuv va Xorazm hududlarida mustahkam 

o ‘mashib  oldi.  Endi  Turk  xoqonligining  chegaralari  Amudaryogacha 

yetib  boradi.  Xususan,  563-567-yillarda  Turk  xoqonligi  eftaliylari 

tor-mor keltirgach,  uning  chegaralari  Eron bilan bevosita yaqinlashib 

qoladi.  Bu  hoi  Eron  va  Turk  xoqonligi  manfaatlarining  o ‘zaro 

to ‘qnashuviga olib keladi.

Eronda  shahanshoh  Husrav  Anushirvon  taxt  so‘rardi.  U  ham 

eftaliylar  hisobidan  o ‘z  chegaralarini  kengaytirishni  o ‘ylardi. 

Dastlabki  paytlarda  Eron  bilan  turklar  o ‘rtasidagi  munosabatlar 

yaxshi  edi.  Hatto  Husrav  turk  malikasiga  uylangan  ham  edi. 

Biroq  turklar  eftaliylami  tor-mor  keltirgandan  so‘ng  har  ikki 

o ‘rtadagi  munosabatlar  keskin  tus  oldi.  Turk  xoqonining  Eron 

bilan  munosabatlarini  o ‘matishga  intilishlari  foyda  bermaydi. 

Husrav  Turk  xoqoni  Istamining  birinchi  marta  yuborgan  elchisi 

Maniax  olib  kelgan  ipak  buyumlami  hammasini  ko‘zi  oldida  o ‘tga 

tashlaydi.  Istami  tomonidan  yuborilgan  ikkinchi  elchilami  esa 

Husrav  zaharlab  oidiradi.  Eron  bilan  aloqani  o ‘matish  imkoniyati 

b oim agach Turk xoqonligi  568-569-yillarda Vizantiya bilan bunday 

munosabatlami  o ‘matish  uchun  Konstantinopolga  Yusti  II  saroyiga 

elchi  yuboradi.  Konstantinopoldagi  Yusti  II  saroyiga  kelgan  Turk 

xoqonligi  elchilariga  yuqorida  nomi  tilga  olingan  sug‘d  savdogari 

Maniax  boshchilik  qilardi.  U  Eron  davlati  chegaralarini  chetlab 

Kaspiy  dengizining  shimoli  va  Kavkaz  orqali  borishi  kerak  edi.  0 ‘z 

navbatida  Vizantiya  ham  Zemarx  boshchiligida  Turk  xoqonligiga 

javob  tashrifi  bilan  elchilar  yuborgandi.  Muzokaralar  davomida 

asosiy  diqqat  ipak  savdosi  va  birgalashib  Eronga  qarshi  kurash  olib 

borish masalalariga qaratiladi.

Turk  xoqonligi  VI  asming  70-80-yillariga  (588-yilda)  kelib 

o ‘zining  ichidagi  ichki  nizolar  va  Xitoydagi  Suy  imperiyasining 

aralashuvi  natijasida  ikkiga  bo‘linib  ketadi:  G ‘arbiy  va  Sharqiy 

xoqonliklarga.  G ‘arbiy  Turk  xoqonligi  Sharqiy  Turkistondan  to



118

VATAN  TARIXI

Kaspiy  dengizigacha  cho‘zilgan  hududlami  o ‘z  ichiga  olib,  markazi 

Yettisuv  edi.  Sharqiy  Turk  xoqonligi  esa  old  Osiyo  yerlarini  o ‘z 

ichiga olib, uning markazi Oltoyda joylashgan.

VI  asming  70-yillarida  Turk  xoqonligi  uchun juda  qulay  vaziyat 

vujudga  keldi.  Bu  davrda  Eron  bilan  Vizantiya  o ‘rtasida  urush 

boshlandi.  Turk xoqonligi bu paytda ancha kuchaygan edi.

Sharqiy  Turk  xoqonligi  Xitoyga  bir  necha  bor  yurishlar  qilgan 

va  xitoyliklami  har yili  1000  b o ia k   miqdorida  ipak  o ‘lpon  to iash g a 

majbur etgan edi.  Biroq 589-617-yillarda Xitoyda hokimiyat tepasiga 

Suy  dinastiyasi  kelgach,  mamlakat  iqtisodi  yuksalib,  tashqi  hayotda 

ijobiy o ‘zgarishlar boshlandi.  Shundan  so‘ng Turk xoqonligi kuchlari 

xitoyliklar  bilan  b o ig a n   to ‘qnashuvda  m agiubiyatga  uchradi. 

M agiubiyatga  uchragan  turk  beklari  o ‘z  um g‘-aymoqlari  bilan 

g ‘arbga tomon ko‘chishga majbur b oid ilar.  Ulardan qashshoqlashgan 

bir  qismi  Buxoro  vohasi  tomon  k o ‘chib  ketdilar  va  ular  aslzoda  yer 

egalari  zulmidan  adoyi  tamom  b o ig a n   kambag‘al  mahalliy  aholi 

bilan  birgalashib  turk  shahzodasi  Abruy  boshchiligida  yer  egalariga 

qarshi  qo‘zg‘olon  ko‘taradilar.  Abruy  boshliq  qo‘zg‘olonchilar 

Poykend  shahrini  egallaydi.  Abruy  hukmronligi  davrida  zarar 

k o ‘rgan aslzodalaming katta bir qismi Turkiston va Toroz tomonlarga 

qochganlar.  Ular  G ‘arbiy  Turkiylar  sultoni  Qorachuringa  murojaat 

qilib undan yordam so‘raydilar.  Qorachurinning qo‘shinlari  585-yilda 

Abmy  qo‘zg‘olonini  bostirib,  yer-suvni  Yettisuvdan  qaytib  kelgan 

dehqonlarga  qaytarib  beradi.  Abmy  o iim   jazosiga  hukm  qilinadi 

va  uni  «qovog‘arilar  to idirilgan  qopga  tashlanadi»,  qo‘zg‘olon 

ko‘targan  kam bag‘allami  esa  qaytib  kelgan  boylarga  xizmatkor  va 

kashovarzlar qilib taqsimlab beradilar.

Qorachurin  o ‘z  o ‘g i i   Barmudni  Buxoro  noibi  etib  tayinlaydi. 

588-yili  Qorachurin  Eronga  qarshi  hazorlar  va  Vizantiya  yordamida 

umsh  boshlaydi.  Lekin  u  sosoniylaming  mashhur  lashkarboshisi 

Bahrom  Chubin  tomonidan  oidiriladi.  Bu  m agiubiyatdan  so‘ng 

Turk  xoqonligi  yanada  tushkunlikka  uchradi.  Bahrom  Chubin 

Qorachurinning  o ‘g iin i  ham  Poykendda  b o ig a n   jangda  oidiradi. 

VII  asr  boshlarida  G ‘arbiy  Turk  xoqonligi  yana  yuksalish  sari  yo‘1 

tutadi.  Bu  yuksalish  Xitoyda  Suy  sulolasining  qulashi  davriga  to ‘gri 

keladi.  Tan  sulolasi  hukmronligi  (618-907)  davrida  Xitoy  bilan 

Turk  xoqonligi  o ‘rtasida  q iz g in   munosabatlar  o ‘matiladi.  Buxoro, 

Samarqand,  Ishtixon  va  boshqa  shaharlardan  Xitoyga  elchilar  bilan 

sovg‘a-salomlar kelib turardi.

VII  asming  30-yillarida  xitoylik  ziyoratchi  Syuan  Sin  xoqonlik




IV bob.  0 ‘rta asrlar davri.

119


hududlarini kezgan va o ‘z xotiralarida Issiqko‘1,  Chu vodiysi,  Choch, 

Samarqand,  Buxoro  va  Amudaryo  b o ‘ylab  sayohatlar  qilganligini 

yozadi.

630-yildan  e ’tiboran  g ‘arbiy  Turk  xoqonligi  chegaralari  ken- 

gayib,  eftaliylar  davrida  b o ‘lgani  singari  Hind  daryosi  qirg‘oq- 

larigacha  yetib  boradi.  Shaharlaming  o ‘sishi  oqibatida  Xitoy  va 

Eron  bilan  savdo  munosabatlari  jonlandi.  Savdo  karvonlari  Marv 

orqali  Choijo‘y,  Buxoro,  Samarqand,  Choch,  Isfijob,  Talas,  Siyob 

va  Sharqiy  Turkiston  vohasigacha  borgan.

Xitoyliklar VII  asming  30-yillarida turklami yana m agiubiyatga 

uchratganlar.  Natijada,  659-yilda  bir  necha  m agiubiyatdan  so‘ng 

turklar  Xitoy  oliy  hokimiyatini  tan  olganlar.  660-yillarda  esa 

xitoyliklar  0 ‘rta  Osiyo  hududlarida  ham  xuddi  o ‘zlaridagi  kabi 

m a’muriy-uslubiy  boshqamvni  joriy  qilmoqchi  b oidilar,  ammo  bu 

ishni  eplay  olmadilar.  Chunki,  670-yilda  tibetliklar  Sharqiy  Turk 

xoqonligini  tashkil  etdi.  Bu  voqea  Xitoy  m a’murlarining  diqqat- 

e’tiborini 0 ‘rta Osiyodan chalg‘itib Tibetga qaratishga majbur qildi.

VII 


asming  oxirlarida  0 ‘rta  Osiyo  hududlarida  Turk  xoqonligini 

qaytadan  tiklashga  bir qadar urinishlar b o id i.  Biroq bu  ishni  amalga 

oshirib  b oim adi.  G ‘arbdan  arablar  Movarounnahr  ustiga  yopirilib 

bostirib keldilar.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish