V B O B
ARAB XALIFALIGI DAVRIDA
MOVAROUNNAHR VA XUROSON
1. ARAB XALIFALIGINING TASHKIL TOPISHI
VI
asming oxiri va VII asr boshlarida, y a’ni islom dinining
vujudga kelishi arafasida Somiy qavmiga mansub arab qabilalari
o‘rtasidagi mavjud ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy taraqqiyot darajasi
bir xil emas edi. Yamanda savdo-sotiq rivojlanib, ilk davlatchilik
belgilari shakllanayotgan bir paytda, yarimorolning shimoliy
qismida joylashgan shaharlarda hali ham ibtidoiy turmush tarzi
saqlanib qolgan edi. Sahrolarda ko‘chmanchi chorvachilik bilan
hayot kechirayotgan arab qabilalari esa, hatto patriarxal urug‘chi-
lik tuzumining ilk bora yemirilish bosqichida turardilar. Aytmoq-
chimizki, Arabiston yarimorolida yashagan qabilalaming asosiy
ko‘pchiligi ularga qo‘shni yashagan Misr, Vizantiya, Eron, Meso-
potamiya kabi qadimiy madaniyat markazlariga qaraganda tarixiy
taraqqiyotning ancha quyi bosqichida b o iib , orqada qolgan edi.
Arabiston yarimorolining g ‘arbiy qismida, Qizil dengiz sohil-
larida, geografik qulay bir hududda joylashgan va Xijoz deb nom
olgan tuman bu davrda iqtisodiy taraqqiyotda birmuncha ilgarilab
ketgandi. Karvon savdo y o ila ri bu hududni janubda Yaman orqali
Habashiston va Hindiston, shimolda Shorn yurti (Suriya) orqali
Misr, Vizantiya va sosoniylar Eroni bilan b o g ia r edi. O 'z davrida
katta, iqtisodiy ahamiyatga ega b o ig a n bu hududning markazi
Makka shahri b o iib , bu yerda yoz va qish fasllarida katta karvonlar
tashkil etilgan (tarixchi Tabariy bergan m aium otlarga qaraganda
b a’zan bu karvonlar 2000 tuyagacha yetgan). Bu karvonlaming
shimolga va janubga yuborilib turgani haqida Q ur’oni Karimning
106-«Quraysh» surasida qayd etiladi1. Savdo karvoni y o iid a
joylashgan Makkadan tashqari yana Yasrib (keyinchalik Madina),
Toif, Xaybar kabi shaharlar ham rivojlanib, kengayib, ahamiyati
oshib bordi va VI asrlarga kelib gavjum savdo markazlariga
' Куръони Карим. Узбекча изохли таржима. - Т., «Чулпон», 1992. 524-бет.
128
VATAN TARIXI
aylandilar. Albatta bu davrda Makka shahri bilan biror-bir sohada
b o is in raqobatlashadigan savdo markazi hali y o ‘q edi. Arab
qabilalari o ‘rtasida Makkaning diniy markaz sifatida ham o ‘mi
ancha yuqori b o ig an . Islomshunos olim A.Hasanov o ‘z kitobida
«Makkadagi Zam-zam qudug‘i qadim zamonlardan beri atrofdagi
ko‘chmanchi qabilalar va o ‘tkinchi savdogarlar e’tiborini qozongan.
Nihoyat, rivoyatlarga qaraganda, Makkada qurilgan birinchi bino—
K a’ba bora-bora arablaming muqaddas joyiga aylanganini hisobga
olsak, Makkaning shuhrat qozonishi uchun omillar yetarli b o iganini
ko'ramiz», deydi. Q ur’onning 108-«Alkavsar» (chashma, buloq)
surasida arablaming K a’ba ziyoratiga kelib, qurbonlik so‘yish
odatlari (526-bet) o ‘z ifodasini topgan. Xullas, Makka shahri arab
qabilalarini birlashtirishda markaziy o ‘rinni tuta bordi. Chunki
V VI asrlarda arab qabilalari ittifoqi mustahkam emas edi. Ular goh
birlashar, goh tarqalib, parchalanib ketar, qabilalar o ‘rtasida tez-tez
nizolar kelib chiqardi va shu asnoda umshlar b o iib turardi. Negaki,
har bir urug‘, qabila turli dinlarga — xristianlik, otashparastlik
kabilarga sig in ar, ulaming har birining o ‘z xudosi, o ‘z payg‘ambari
bo iard i. K o‘pxudolilik va ko‘ppayg‘ambarlilik negizida tez-tez
kelib chiqadigan va sodir boiad ig an u ru g ia r va qabilalar o ‘rta-
sidagi umshlar xalq ommasining noroziligini kuchaytirib borar,
arab qabilalari o ‘rtasida borgan sayin birlashishga intilish ishtiyoqi
kuchayardi. Kuchli um g‘ jam oalar ibodatxonasi va ular siginadigan,
topinadigan qadamjolaming ahamiyati osha borardi. Ojiz urug‘-
qabilalar topinishi va xudolari haqidagi ta iim o tlar tobora o ‘rtadan
surib chiqarila boradi.
Arabiston yarimorolining ayrim tumanlarida yahudiylar va
xristianlaming yashaganligi tarixdan m aiu m . Shu bois yahudiylik
Yaman arablari o ‘rtasida qadimdan keng tarqalgan. Yahudiylikka
e ’tiqod qiluvchi qabilalar markaziy va g ‘arbiy Arabistonning ayrim
vohalarida ham b oigan. Xristian dini esa asosan yarimorolning
shimoliy qismida Shorn yurti, Falastin, Mesopotamiyada yashavdigan
arab qabilalarining b a’zilari o ‘rtasida tarqalgan edi.
Muhammad alayhissalom g ‘oyaviy taiim otining asosini tashkil
etgan yakkaxudolilik islom diniga qadar ham b oigan. Muhammad
alayhissalom davrida ham bu g ‘oyani bayroq qilib kurashganlar
bor edi. Jumladan, A. Hasanov «Makka va Madina tarixi»i kitobi
da payg‘ambarlikni d a’vo qilganlar jumlasiga: «Yamomada —
Do'stlaringiz bilan baham: |