4. MOVAROUNNAHRDA ARABLAR
ZULMINING KUCHAYISHI
Arablar 0 ‘rta Osiyo hududlarini bosib olgach o‘lkada zulm
siyosatini kuchaytirdilar. Arablar Movarounnahrda birinchi kundan
boshlab qattiqqo‘llik bilan arablashtirish siyosatini olib bordilar.
Ushbu maqsad yo‘lida ular ming-minglab arablami 0 ‘rta Osiyo
hududlariga ko‘chirib kelganlar va eng yaxshi yerlami ularga zo‘rlik
bilan olib berganlar. Movarounnahr hududlarida arablar egallab
V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
143
olgan b a’zi yerlar hozirgacha ham «arab qishloq»!ari nomi bilan
saqlanib qolgan. Dali ibn Ziyod davridayoq o ‘lkaga 50 mingdan
ortiq arab aholisi Basra, Kufa atroflaridan ko‘chirilib keltirilgan.
Belozuriy va Narshaxiyning bergan m a’lumotlariga qaraganda arab
lashkarboshilari ko‘chirib keltirilgan arablarga mahalliy xalqlaming
iiy-joylarini zo‘rlik y o ‘li bilan tortib olib berganlar. Jumladan,
Qutayba Samarqand va Buxoroni egallagach, shaharlardagi uylaming
yarmini arablarga b o ‘shatib berilishini talab qilgan. Faqat quraysh
qabilasining o ‘zidan Samarqandga besh ming aholi к о ‘chib kelgan.
Buxoro, Samarqand, Marv va boshqa shaharlaming aholisi o ‘z
yashash joylaridan masjid qurish bahonasida ham ko‘chirilgan.
Qutayba ibn Muslim hali batamom bo‘ysundirilmagan o ‘lkada
shu boisdan ham islomni keng yoyishga katta e ’tibor bergan.
Chunki u Movarounnahr xalqini arablarga b o ‘ysundirishda islom
mafkurasining o ‘ta ta ’sir kuchiga ega ekanligini juda yaxshi bilardi.
Arab istilochilari mahalliy xalq sig‘inib kelgan va ulaming manaviy
hayotida katta o ‘rin tutgan zardushtiylik, buddizm va boshqa dinlami
soxta, xurofiy va yolg‘on g ‘oyalar deb e ’lon qilganlar. Bu dinlaming
targ‘ibot markazlari bo‘lgan ibodatxonalar buzib tashlanib, vayron
qilingan, ulaming o ‘rinlariga musulmon jome masjidlari qurilgan.
Sahroyi arablar mahalliy xalqning m a’naviy hayot boyligi va
o ‘tmish tarixining yozma namunalari bo‘lmish asarlar, kitoblami
gulxanlarda yondirdilar. Bu sohada, xususan, Qutayba ibn Muslim
mislsiz vahshiyliklar qilgan edi.
Arablar ayni zamonda islom dinini qabul qilgan va musulmon
bo‘lgan
mahalliy
aholi
vakillarini
har tomonlama
qo‘llab-
quw atladilar va ularga imtiyozlar berdilar. Jumladan, islomni qabul
qilganlar ju z ’ya va xiroj soliqlaridan ozod qilingan b o ‘lsa, undan
bosh tortganlardan bunday soliqlar q attiqoilik bilan undirib olingan.
Tarixchi Narshaxiyning guvohlik berishicha Qutayba ibn Muslim
«Juma namoziga hozir b o ‘lgan har bir kishiga ikki dirham beraman»1,
deb chaqirtirar ekan.
Islom dinini qabul qilganlami ju z ’ya va xiroj soliqlaridan ozod
qilish siyosatini xalifa Umar II ham yurgizgan va u bu siyosatni
Xurosonga 717-yilda noiblikka tayinlangan Jarroh ibn Abdullohdan
bajarilishini talab qilgan. Jarroh rasman xalifaga b o ‘ysungan b o isa-
da, bosib olingan mamlakat aholisi islomni qabul qilgan boiishidan
1
Наршахий.
Бухоро тарихи. - Т., «Камалак», 1991, 124 бет.
144
VATAN TARIXI
qat’i nazar xiroj solig‘ini to iash i kerak deb hisoblardi. Bundan
tashqari Jarroh islomni qabul qiluvchilar uchun sunnatni shart
qilib qo‘ygan. Mahalliy xalq o ‘rtasida Jarroh zulmidan norozilik
kuchaygan. Umar II vaziyatni murakkabligini hisobga olib Jarrohni
719-yilda ozor va arman yurtiga hokim qilib jo ‘natadi.
Arablar mahalliy xalqni islom mafkurasiga bo‘ysundirishda
rag‘batlantirishdan tashqari zo ‘rlash va majburlash uslubidan ham
foydalanganlar. Narshaxiyning yozishicha Buxoroda islom dinini
savdogarlar tez qabul qilgan bo‘lsalar-da, unga qattiq qarshilik
ko‘rsatgan guruhlar ham b o ig an . Ular islomni qabul qilmasdan
va jom e masjidiga namoz o ‘qishga bormasdan Buxoro shahrining
chetida o ‘z qasrlari (keshklari)da zardushtiylik odati bo‘yicha ibodat
qilib yurganlar. Kunlardan bir kun musulmonlar bu qasrlarning
darvozasi oldiga kelib, u yerda yashovchilami jom e masjidiga
namozga borishga undaganlar. Bunga javoban qasrlarning tomlaridan
tosh ota boshlaganlar. Bu joyga juda k o ‘p musulmonlar to ‘plangan
va rosmana jang b o ig an . Oqibatda ko‘p qasrlar vayron qilinib,
talangan.
Xullas, Movarounnahr hududida yashagan xalqlar orasiga islom
dinining kiritilishiga, ayniqsa, keksalar qattiq qarshilik ko‘rsatganlar.
Narshaxiy «Buxoro tarixi» kitobida «Qutayba ibn Muslim shahar
(Buxoro shahri — R.Sh.) ichkarisidagi xisoming ichida masjidi
jom e bino qilgan vaqtida, odamlar «Registon» deb ataganlari b o ‘sh
maydonni Iyd namozi о ‘qiladigan joy qildi va musulmonlami Iyd
namozini o ‘qish uchun o ‘sha yerga chiqardi. U kishilarga (Iyd
namoziga chiqqanda) qurollarini ham olib chiqishga buyurdi, chunki
islom dini hali yangi b o iib , musulmonlar kofirlardan xotirjam
emas edilar», (127-bet) deydi. Hatto Buxoro hukmdori Tog‘shoda
Buxorxudot musulmonchilikni yuzaki qabul qilgan, yurakdan esa
unga qarshi b oigan. Narshaxiy kitobida yozilishicha: «Asad ibn
Abdulloh al-Qushariy zamonida bir kishi chiqib Buxoro aholisini
(islom diniga) da’vat qilgan. Buxoro podshohi Tog‘shoda edi. U
o ‘zi yashirin ravishda kofir boiganligi uchun bundan g ‘azablandi
va Xuroson amiri Asad ibn Abdullohga (quyidagicha) xat yozdi:
«Buxoroda bir kishi paydo b o iib , viloyatni betinch qilyapti va bir
guruhni bizga qarshi ko‘tardi. U guruh biz musulmon b o id ik deb
yolg‘on aytadilar, ular tillaridagina musulmon boiganlar, dillarida
esa o ‘zlarining o ‘sha ilgarigi e ’tiqodlari bilan mashg‘ullar. Shu
bahona bilan ular viloyat va mamlakatni betinch qilmoqdalar va
V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
145
xiroj to‘lamayaptilar». Shu sababli Asad Ibn Abdulloh o ‘zining soliq
yig‘uvchisi Sharik ibn Harisga xat yozib unga: « 0 ‘sha odamlami
qo‘lga olib, Buxoro podshohiga topshir, toki u nimani xohlasa
shuni qilsin», deb buyuradi. Aytishlaricha, u guruh masjidda bo‘lib,
hammalari baland ovoz bilan «Ashhadu an la iloha illollohu va
ashhadu anna Muhammadan Abduhu va Rasuluhu» deyishar va
«Vo Muhammado», «Vo Ahmado» deb faryod qilishar ekanlar.
Tog‘shoda Buxorxudot ulaming kallasini olar va ularga shafqat
qilishni so‘rashga hech kim botina olmas edi. Nihoyat u to ‘rt yuz
kishining boshini oldirdi va dorga ostirdi, qolganlarini esa Asad
ibn Abdulloh nomidan asir qilib, uning oldiga Xurosonga yubordi»
(133-bet). Tog‘shoda vafot etgach uni mahalliy zaroastr urf-odati
b o ‘yicha dafn qildilar. Uning o ‘gli Qutayba ibn Tog‘shoda ham
birmuncha vaqt musulmon b o ‘lib turdi va hatto Sharik qo‘zgolonini
bostirishda abbosiylar va Abu Muslimga yordam ham berdi. Biroq
keyinchalik islom dinidan qaytdi va Abu Muslim buym g‘i bilan
o ‘ldirildi. Tog‘shodaning ikkinchi o ‘gli Buniyod esa Muqanna
qo‘zg‘olonini qo‘llab-quw atladi va u ham o ‘ldirildi. Arablar yerli
xalqni arablashtirish maqsadlarini ko‘zlab islomni o ‘rganish va
uni tashviqot va targ‘ibot qilish bahonasida sug‘d, xorazmiy,
zardushtiylik kabi mahalliy xalq yozuvlarini batamom yoq qilib
tashladilar, mahalliy yozuv va adabiyotlaming bilimdonlarini yo
mamlakatdan quvg‘in qildilar, yoki qatl etdilar. Arab tili va arab
alifbosi davlat tili darajasiga ko‘tarildi, fan va adabiyot tili b o ‘lib
qoldi. Arab tilining aholi keng qatlamlari orasiga yoyilishi va
tarqalishiga to ‘sqinlik qiladigan hamma g ‘ovlar olib tashlandi va
bu ishga zarracha bo‘lsa-da qarshilik qiluvchilar shafqatsizlik bilan
y o ‘q qilindi. Abu Rayhon Bemniy bergan m aium otlarga qaraganda
«Qutayba Xorazm yozuvini yaxshi bilgan, ulaming rivoyatlaridan
xabardor bo ‘lib, xorazmliklarda bo‘lgan fanlarga o ‘rgatgan kishilami
o‘ldirdi va ulami har turli azob-uqubatlarga duchor qildi hamda bu
rivoyatlar shunchalik yashirin bo‘lib ketdiki (hatto xorazmliklarga)
islom paydo boiganidan keyin nima boiganligini aniq bilib b o im ay
qoldi»'.
Mahalliy xalq arablarga og‘ir miqdordagi «juz’ya» va «xiroj»
deb nom olgan soliqlami to ‘lashga majbur qilinar edi. «Juz’ya»
jon boshiga solinadigan soliq bo‘lib, musulmon bo‘lmagan
fuqarolardan olingan. U asosan pul va natura shaklida undirilgan.
1
Берутт.
Сайланма асарлар. - Т., 1957, 48-бет.
146
VATAN TARIXI
«Xiroj» solig‘i asosan dehqonlaming daromadidan undirilgan
va odatda, bu daromadning 1/3 qismiga, hatto undan ortig‘iga
ham teng bo ig an . Bulardan tashqari, xalq ommasi istilochi
arablarga «zakot» deb nomlangan soliq ham to iag an . «Zakot»
islom dini b o ‘yicha gunohlardan «tozalanish» uchun mol-mulk va
daromaddan beriladigan sadaqa, xayr-ehson deb hisoblangan va
shariatning besh asosiy talablaridan biri b o ig an . «Zakot», odatda,
pul daromadlarining 1/40 ulushi (2,5) ga teng b o iish i kerak edi.
Yana «Ushr» — arabcha o ‘ndan bir deb atalgan soliq ham b oigan.
Bu soliq turi davlat foydasiga olinadigan soliq b o iib , natura va pul
shaklida, asosan, dehqonchilik mahsulotlaridan olingan. Arablar
o g ir soliqlami o ‘z vaqtida to‘lay olmagan fuqarolami haqoratlab va
x o ‘rlab taxtachalarga «qarzdor» degan yozuvlar yozdirib, ulaming
b o ‘yniga ostirib qo‘yar edilar. Jumladan, Taboriyning so‘zicha
Xuroson va Movarounnahming 735-738-yillardagi noibi Asad ibn
Abdulloh ju z ’ya to iaydigan kishilaming b o ‘yniga tam g‘a ostirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |