6. A BU M U SL IM Q O ‘Z G bO LO N I
Arablar bosib olgan hamma hududlarda, xususan Xuroson va
Movarounnahrda kuchayib ketgan mustamlakachilik zulmi xalq
ommasining ummaviylar xalifaligiga nisbatan nafrat va noroziligini
kun sayin oshirib bordi. Mamlakatdagi umumiy siyosiy vaziyat bu
sulola umrining tugab borayotganligidan yorqin dalolat berar edi.
Oqibatda ummaviylami siyosiy hokimiyatdan ag'darib tashlashni o ‘z
oldiga bosh vazifa qilib qo‘ygan raqib guruhlar paydo bo‘la boshladi.
Ana shunday guruhlardan biri abbosiylar edilar.
Bu sulolaga Muhammadning amakisi Abbosning evarasi M u
hammad ibn Ali asos solgan. Abbosiylar ummaviylami rasu-
lulloh avlodini qirib tashlashda ayblaydilar. Shu munosabat bilan
Muhammad avlodidan b o ‘lgan abbosiylaming hokimiyat tepasiga
kelishi e ’tiqodi mustahkam islom yo‘lining tiklanishidir, deb
talqin qilinadi. Abbosiylik g ‘oyasi harakatini tashviqot va targ'ibot
qilish maqsadida bu gumhning eng ishonchli va sodiq vakillari
xalifalikning barcha hududlariga yuborildi. Ayniqsa, ummaviylaming
bosqinchilik va mustamlakachilik zulmi siyosatiga qarshi ommaviy
xalq chiqishlari va qo‘zg‘olonlari kun sayin kuchayib borayotgan
sharqiy viloyatlarga alohida e ’tibor berildi. Dinovariyning bergan
m a’lumotlariga qaraganda Xuroson va Movarounnahming Marv,
Buxoro, Samarqand, Kesh, Nasaf, Chag‘oniyon Marvirud, Xirot,
Tolikon, Bo'shanj va Seyston kabi hududlarida VIII asming
30-yillaridayoq abbosiylik harakatini targ‘ib qilish avj olib ketgan
edi. Targ‘ibotchilar barcha zulm va sitamlaming sababchisi qilib
ummaviylar hukmronligini ko'rsatadilar va hokimiyatga abbosiylar
kelgach, vaziyatni o ‘zgarishiga da’vat qiladilar. Ummaviylarga qarshi
qo‘pomvchilik harakati, ayniqsa, xalifa Marvon II (744-750) davrida
g ‘oyatda kuchaydi. Abbosiylar bu davrda xalifalikning aholiga
soladigan soliq miqdorlarining oshirilishi va mehnatkashlami ko‘plab
hasharlarga majburan jalb qilinishi oqibatida kuchayib ketgan xalq
noroziligidan ustalik bilan foydalandilar. Bu davrda ummaviylarga
V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
151
qarshi uyushtirilgan harakatga abbosiylaming e ’tiborli va o b ro ii
vakillaridan b o ig a n Imom Ibrohim ibn Muhammad boshchilik qildi.
Xuddi mana shu davrda, y a’ni 746-yilda Xurosondagi abbosiylar
harakatiga boshchilik qilish maqsadida Abu Muslim (asli ismi
Abdurahmon ibn Asad, taxminan 727-755-yillar) bu yerga yubo-
riladi. Abu Muslimning taijimayi holi to‘g ‘risida bir-biriga qarama-
qarshi m aium otlar bor. Jumladan, Taboriyning yozishicha Kufa-
ning Savad yaqinidagi Xutomiyn degan joyda tavallud topgan. U
yoshligida bir boyning uyida gumashta b o iib ishlagan, sarrojlik
qilgan.
Dinovariy esa Abu Muslim yigitlik ch o g id a Isfaxon atrofidagi
bir qishloqda qul b o ig a n , degan m aium otni beradi. Biroq Abu
Muslim to‘g ‘risida batafsilroq va to ia ro q m aium otni Taboriy
yozganligidan
uning
m aium otlari
haqiqatga
yaqin
b o iish i
ehtimoldan uzoq emasdir.
Imom Ibrohim ibn Muhammad Abu Muslimni Xurosonga
jo ‘natish oldidan unga bir qator aniq ko‘rgazmalar va maslahatlar
berdi. Abu Muslim Xurosonga yetib kelgach o ‘zining qarorgohi
qilib, Marv shahridan uch farsax g ‘arbda Harkon kanali bo‘yidagi
mustahkamlangan Safizanj qishlogini tanlaydi. Abbosiylaming
tam g‘asi tim qora rang bo‘yog‘i boiganligidan Abu Muslim
hamkorlari bilan birgalikda o ‘z kiyimlarini ana shu Safizanj
qishlogida qora rangga b o ‘yab oladi. Abu Muslim o ‘zining
qo‘shiniga kelib qo‘shilgan kishilarga dastlab 3 dirham keyinroq
esa 5 dirhamdan maosh tayinlaydi. U shuningdek, o ‘z faoliyatini
Xuroson aholisining yuqori tabaqa vakillariga murojaatdan boshladi.
U o ‘z murojaatida islom dinining g ‘oyaviy asosi b o ig a n Qur’oni
Karimga va Muhammad alayhissalom sunnatiga amal qilishga da’vat
etadi. Shu munosabat bilan Abu Muslim Muhammad avlodlarini
qoilab-quvvatlash va ularga bo'ysunishga chaqiradi. Abbosiylik
harakatini qoilab-quw atlashga qaratilgan bu murojaat tez orada
katta ijobiy natijalar berdi va har tarafdan Abu Muslim qarorgohiga
madadkor kuchlar oqib kela boshladi. Taboriyning yozishicha ular
otda, eshakda va k o ‘proq piyoda, qurolli va qurolsiz b o ig a n kimsalar
edi. Kunlardan bir kuni Abu Muslim huzurida 60 qishloqning aholisi
to ‘plangan va ular Abu Muslim bilan hamkor ekanliklarini bayon
qilganlar. Taboriy bergan m aium otlarga qaraganda Marv shahri
atrofidagi qishloqlardan juda k o ‘plab Abu Muslimga tarafkashlar
to'plangan. Jumladan, Saqodim qishlogining aholisidan 900 piyoda
152
VATAN TARIXI
va 5 otliq, Xurmuzfar qishlog‘idan esa 1300 piyoda va 16 nafar
otliq askar kelgan. Abu Muslim qo‘shinlari safi tobora ko ‘paya
borgan. Shu boisdan Safizanj qishlog‘i har tomonlama mustahkam
b o ‘lsada, u bu yerda uzoq qola olmas edi. Chunki bu qishloq
endi Abu Muslim uchun torlik qilib qoldi. U tez orada Moxuvon
(Turkmanistonning hozirgi Marv shahri) qal’asiga к о ‘chib o'tadi. Bu
qal’a Abu Muslimning mustahkam markaz istehkomiga aylantiriladi.
Bu yerda boshqaruv devoni, qo‘shin, qozilar, mirshablar va soqchilar
joylashtiriladi. Q al’a atrofi devorlar bilan o ‘rab olinadi va mudofaa
xandaqlari qaziladi. Q al’aga kiriladigan joyda ikkita darvoza
o ‘matiladi. Abu Muslim ummaviylarga qarshi ochiqdan ochiq
kurash y o iig a o ‘tib, o ‘zi joylashgan qal’ada bir qancha mustahkam
istehkomlar barpo etadi. Xuroson hokimi Nasr ibn Sayyor Balx,
M arvarid va Toharistondan keladigan oziq-ovqat yo‘llarini to ‘sib
qo‘yadi.
Abu Muslim o ‘zi tuzgan qo‘shinda qattiq tartib-intizom o ‘matdi.
Q o‘shiniga kelib q o ‘shilgan fuqarolar ro ‘yxatga olindi, ularga
dastlab uch dirhamdan, so‘ngra besh dirham miqdorida oylik maosh
belgilandi. Ro‘yxatdan o ‘tgan fuqarolaming kattagina qismini har
tomondan kelgan qullar tashkil etar edi. Qullarga qo‘shinning asosiy
tarkibiga kirishga ruxsat berilmagan. Chunki qullar aholi o ‘rtasida
eng past tabaqa hisoblanar edi. Shu bois boshqa tabaqa vakillari ular
bilan bir safda turishni o‘zlari uchun or deb bilardilar. Abu Muslim
Moxuvonga yaqin Shavval qishlog‘ida qullar uchun devorlar bilan
o ‘ralgan alohida joy tashkil qiladi va ularga Dovud ibn Korrozni
boshliq qilib tayinlaydi. Bu yerda qullar juda ko‘payib ketgach,
ulami keyinchalik Abu Muslim Obivardga ko‘chiradi. Xullas Abu
Muslim atrofida to ‘plangan qo‘zg ‘olonchi kuchlar tarkibi har xil
tabaqalaming vakillaridan iborat b o ‘lgan va ulaming bu qo‘zg ‘olonda
qatnashishdan ko‘zda tutgan maqsadlari ham bir boim agan. Bir
toifalari Xurosondagi feodallashgan va ummaviylarga raqiblashgan
kuchlar b o iib , bu kuchlaming asosiy maqsadlari hokimiyatni
ummayiylar q o iid an tortib olish va uni abbosiylarga topshirish
orqali yangi hokimiyatda o ‘z mavqelarini mustahkamlashdan iborat
edi. Ikkinchi toifalari Xuroson va Movarounnahming mahalliy
zodagonlari edi. Bu gumh abbosiylami qoilab -qu w atlab , siyosiy
jihatdan arablar bilan teng huquqda bo iishn in g tarafdori edi. Bundan
tashqari ular agar qulay vaziyat b o iib qolsa, o ‘z Vatanlarini arab
xalifaligidan ajratib olib, uni mustaqil idora qilishni o ‘z oldilariga
V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
153
maqsad qilib qo‘ygan edi. Abu Muslimning o ‘zi ham abbosiylar
harakatiga xuddi ana shu maqsadni ko‘zlab qatnashgan edi.
Uchinchi, toifadagilar mazlum mehnatkash xalq vakillari, shahar
hunarmandlari va qishloq kashovorzlaridirlar. Bu aholi tabaqalari
ummaviylar zulmidan, haddan tashqari og‘ir soliqlardan va uzluksiz
davom etadigan hasharlardan ozod b o iish n i istar edilar. Va nihoyat
to ‘rtinchi toifa kuchlar — bu qullardir. Albatta, qullaming eng asosiy
istak-orzusi — bu qullik kishanlaridan xalos b o iish edi.
Abu Muslim Moxuvon qal’asida ham uzoq qolmadi. U bu yerda
to ‘rt oy chamasi turgach vaqtincha nisbatan qulayroq Alin qal’asiga
ko'chib o ‘tdi. Buning sababi shu ediki, Nasr ibn Sayyor Moxuvonga
keladigan daryoni qirqib qal’ani suvsiz qoldirishi ehtimoli bor edi.
Abu Muslim hali daryoning yuqori qismini egallashga ulgurmagandi.
Dinovariy bergan m a’lumotlarga qaraganda Abu Muslim kuchlari
safi va geografik doirasi tobora kengayib bordi. Uning qal’asi atrofida
Hirot, Bushang, Marvirud, Talikon, Marv, Niso, Obivard, Tue,
Nishopur, Seraxs, Balx, Chog‘aniyon, Tohariston, Xuttaliyon, Kesh,
N asaf va boshqa viloyatlardan 100 mingdan ortiq lashkar to ‘plangan
edi. Yetarli miqdorda kuch to'plaganligiga ishonch hosil qilgan Abu
Muslim 747-yilda o ‘zining qora rangli libos kiygan qo‘shinlarini
ummaviylarga qarshi ochiq kurashga da’vat etdi.
Ummaviylarga qarshi Abu Muslim boshchiligidagi kuchlar
xavfi tobora kuchayib borayotgan bir paytda Xurosonda hokimiyat
tepasida turganlar o ‘rtasida qabilaviy kurashlar goh pasayib, goh
alangalanib turdi. G ‘oyatda ayyor siyosatdon b o ig a n Nasr ibn Sayyor
Abu Muslimga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bormoq uchun
arab qabilalari ittifoqi birligini hammadan ko‘ra yaxshiroq tushunar
edi. Lekin u arab qabilalari bilan o ‘zi o ‘rtasidagi nizolami bartaraf
etishga ojizlik qildi. Bunday nizo Nasr ibn Sayyor bilan Marvning
xo‘jayini Al-Kirmoniy o ‘rtasida g ‘oyatda kuchli edi. Oxir-oqibatda
ikki o ‘rtada urush kelib chiqdi. Abu Muslim bu ikki o ‘rtadagi nizodan
foydalandi va Kirmoniyga yordam berishga v a’da qildi. Abu Muslim
k o ‘rsatgan yordamga qaramasdan Nasr urushda g ‘alaba qozondi va
Kirmoniyni asir olib, oyoq-qoiidan mixlab o idirdi. Bu bilan Xuroson
hokimi Nasr ibn Sayyor juda katta xatoga y o i qo‘ygan edi. Chunki
arablaming Azd qabilasining b o sh lig i Kirmoniyning oidirilishi bu
qabila a ’zolari o ‘rtasida Nasrga nisbatan dushmanlik va o ‘ch olish
tuyg‘usini alangalatib yubordi. Darvoqe, Kirmoniy qatl etilgach, uning
o ‘gli Ali ibn Juday Kirmoniy Abu Muslim oldiga kelib, Nasrga qarshi
154
VATAN TARIXI
kurashda unga yordam berajagini izhor etdi. Tahlikaga tushgan Nasr
ibn Sayyor 748-yilda Marvni jangsiz tashlab chiqdi va Nishopurga
chekindi. Ammo Abu Muslim boshchiligidagi qo‘zg‘olonchi kuchlar
Nasrga hal qiluvchi zarbani berdilar. Bu m ag‘lubiyat ummaviylar
hukmronligi taqdirini uzil-kesil hal qildi. Xalifa Marvon II o ‘z
ixtiyoridagi barcha kuchlami ishga solib abbosiylar harakatining
g ‘oyaviy rahbari va rahnamosi Imom Ibrohim ibn Muhammadrii qatl
ettirgan b oisa-da, ummaviylar sulolasini halokatdan saqlab qola
olmadi.
Abu Muslim erishgan muvaffaqiyat uning obro‘-e’tiborining
arab xalifaligida keng yoyilishiga sabab b o id i. Uning qo‘shini tobora
yangi kuchlar hisobidan k o ‘payib bordi, Tez orada qo‘zg‘olonchilar
Xurosonni egallab oldilar va 749-yilda Iroq va Jazoirda ummaviylar
qo‘shinlariga bir necha bor qaqshatqich zarbalar berdilar. Shundan
so‘ng
Abu
Muslim
lashkarlari
poytaxt
Damashqqa
tomon
yurish qildi va xalifa Marvon II ni taxtdan ag‘dardi. Bu janglarda
lashkarboshi sifatida arab Kaxtaba va xurosonlik Xolid ibn Barmoq
o ‘zlarini ko‘rsatdilar. Xalifalik taxti abbosiylar qo‘liga o ‘tdi. Ular
750—1258-yillar davomida xalifalikni o ‘z q oilarid a saqladilar.
Taxtga birinchi b o iib Muhammadning amakisi avlodlaridan
b o ig a n Abul-Abbos as-Saffoh (750-754) o ‘tirdi. Xalifalikning
hamma hududlarida ummaviylar xonadonining vakillari va yaqinlari
batamom qirib tashlandilar.
Shunday qilib, arab xalifaligida davlat hokimiyati ummaviylar
sulolasidan abbosiylar sulolasi q o iig a o‘tdi. Abbosiylar faoliyatining
boshlangich davrida xalq ommasiga berilgan katta-katta v a’dalaming
birontasi ham bajarilmadi. Ular hokimiyatni egallab olgach, mahalliy
oqsuyak boy va zodagonlar bilan ummaviy hukmdorlar singari
hamtovoq b o iib oldilar. Ular bu y o in i tutishga majbur edilar. Chunki
birinchidan, bosib olingan oikalardagi xalqlami tutib turmoq uchun
ulaming yordami kerak edi. Ikkinchidan esa mahalliy hukmdorlar
va oqsuyak zodagonlar sahroyi arablarga qaraganda ko‘p asrlar
davom etgan madaniy an ’analar va tajribalarga ega edilar. Abbosiy
hukmdorlarga ana shu an’ana va tajribalar asqotar edi. Shu bois ular
mahalliy oqsuyak va zodagonlar vakillarini yuqori lavozimlar va
mansablarga ko‘tardilar. Ana shunday shaxslardan biri balxlik katta
yer egasi Xolid ibn Barmoq edi.
Abbosiylaming hokimiyat tepasiga kelishida Abu Muslim so‘zsiz
suratda juda katta xizmatlar qildi. U o ‘z davrining yirik davlat arbobi
V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
155
va mashhur sarkarda edi. Abu Muslim Xuroson va Movarounnahr
xalqining ummaviylar zulmidan noroziligidan foydalanib, o ‘z
orqasidan ergashtira oldi va ulami bir maqsad y o ‘lida birlashtirdi.
Biz Abu Muslim siymosida ikkiyoqlama ish tutgan shaxs timsolini
ko‘ramiz. Abu Muslimni xalq manfaatlari uchun kurash olib
borgan qahramon shaxs deb bo‘lmaydi. Sababi, u o ‘zining erishgan
g ‘alabasidan keyin k o ‘tarilgan xalq ommasining adolatli chiqishlari
va qo‘zg"olonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Ayni zamonda
abbosiylaming xalifalikda vurgizgan siyosatlari uchun Abu Muslimni
javobgar shaxs deb k o ‘rsatish ham mumkin emas. Chunki u xalifa
yurgizgan siyosatga mutlaqo qarshi bo‘lgan. Buning ustiga Abu
Muslimning xalifa bilan shaxsiy munosabatlari ham juda yomon edi.
Xalifa Abu Muslimning shaxsiy jasorati, sarkardalik qobiliyati, uning
Xuroson va Movarounnahrdagi katta ob ro'-e’tiboridan qo‘rqar edi.
Abu Muslim shuhratparast odam, u davlat to‘ntarishi yasamoqchi
degan bahona bilan dastlab Iroqdan chiqarib yuborildi, so‘ngra Xu
roson va Movarounnahrga noib qilib jo ‘natildi. Bu davrda u o ‘z
Vatanida katta ijobiy davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan ishlar bilan
shug'ullandi, katta-katta qurilishlami amalga oshirdi, suv inshootlari
barpo qildi va karvon y o ilari soldirdi. Biroq shu narsani alohida qayd
etish lozimki, Abu Muslim Xuroson va Movarounnahrda noib bo‘lib
turgan davrda mehnatkash xalq ommasining ahvolida biror-bir ijobiy
o'zgarish bo'lgani yo‘q. Aksincha. xalq ommasi ikki tomonlama feo-
dal zulmi ostida azob chekdi, soliqlar siyosati yana ham kuchaytirildi.
Xullas, demoqchimizki Abu Muslim ikki o ‘rtada arosatda qolgan
y o in i tutdi. Aslida u o ‘z Vatanining arablardan mustaqilligini yuragi
va qalbida pinhona saqlaganicha uni oshkor qila olmasdan bu dunyoni
tark etdi.
Abbosiylar harakati va Abu Muslim qo‘zg‘olonidan xafsalasi
pir b o ig a n Movarounnahr aholisi abbosiylar o ikazgan zulm
va ekspluatatsiyaga qarshi kurashni ummaviylar bilan kurash
tugamasdanoq boshlab yuborgan edi. Buni biz Buxoro shahrida
750-yilda Sharik ibn Shayx Almaxriy boshchiligida ko'tarilgan
qo‘zg‘olon timsolida ko'ramiz. Asli arablardan b o ig a n Sharik
Narshaxiyning «Buxoro tarixi» kitobida yozishicha shia mazhabida
b o iib , abbosiylik harakatiga qarshi b oig an. U Payg'ambaming
kuyovi — to‘rtinchi xalifa Alining avlodlarigina xalifa b o iishga
haqlidir, degan g ‘oyani
ilgari surgan.
Q o‘zg‘olonchilar biz
«abbosiylarga b o ‘ysunish uchun ummaviylarga qarshi kurashmadik»,
156
VATAN TARIXI
degan shiomi ilgari surdilar. Q o‘zg ‘olon 0 ‘rta Osiyo hududlarining
kattagina qismiga yoyilgan va unda 30 ming kishi qatnashgan. Hatto
Buxoro amiri Abdujabbor ibn Shayx va Xorazm xoni Abdumalik
ibn Xuzayl kabi nufuzli kishilar ham bu qo‘zg‘olonga tarafdorlik
qilganlar. Q o‘zg‘olonning asosiy kuchi sug‘d va arab mehnatkashlar
ommasi bo‘ldi. Buxorxudot ibn Tog‘shoda esa boshidan boshlab
bu qo‘zg‘olonga ashaddiy dushmanlik qilgan va o ‘zining 10 ming
kishilik qo‘shini bilan uni bostirishda qatnashib, abbosiylarga
homiylik ko‘rsatgan. Chunki dastlab Abu Muslim bu qo‘zg‘olonni
bostirish uchun Ziyod ibn Solih boshchiligida 10 ming qo‘shin
yuborib uni bostira olmagan edi. Faqat Tog‘shoda bu ishga bosh
qo‘shgach, qo‘zg ‘olon bostiriladi. Shahar uch kun mobaynida
yondiriladi. Ziyod ibn Solih qo‘zg ‘olonchilardan qattiq o ‘ch oladi va
ulami shafqatsizlarcha qirg‘in qiladi. Buxorodagi Sharik qo‘zg‘oloni
bostirilgach arab lashkarlari Samarqand shahriga o ‘tadilar va
buxoroliklarga qo‘shilgan xalqdan o ‘ch oladilar.
Movarounnahrda
arablarga
qarshi
ko‘tarilgan
q o ‘zg ‘olon
tufayli mamlakatda vujudga kelgan ichki ziddiyat va to ‘palonlardan
foydalangan Xitoy davlatining qo‘shinlari sarkarda Gao-Syan-Chji
boshchiligida 0 ‘rta Osiyo hududiga bostirib kiradilar. 751-yilda
Talos vodiysida Xitoy qo‘shinlari bilan Abu Muslim tomonidan
yuborilganlar o ‘rtasida dahshatli jang bo‘ladi. Bu jang arablaming
g ‘alabasi bilan yakunlanadi.
Xuroson va Movarounnahrda abbosiylar hokimiyatini mustah-
kamlash uchun, butun qalbi-vujudi bilan kurash olib borayotgan bir
paytda, abbosiy xalifalar Abu Muslimni taxtga birinchi da’vogar
hisoblab, uni yo‘qotish uchun tuzoq tayyorlamoqda edilar. Nihoyat
755-yilda Xalifa Abu Ja’far Davonaqiy — Mansur (754-775)
Makkaga y o ‘lga otlangan Abu Muslimni o ‘z saroyiga kirib o ‘tishini
so‘raydi. Qurolsiz va yolg‘iz saroyga kirgan Abu Muslimni Mansur
poyloqchilari qo‘lga oladilar va uni oidiradilar. Bu dahshatli fojia
Xuroson va Movarounnahrda abbosiylarga qarshi xalq harakatlarining
yanada kuchli tus olishiga turtki b o iad i. Ana shunday harakatlardan
biri Abu Muslimning o ‘chini olish maqsadida 755-yilda Rayda Sunbod
boshchiligida b o iib o ‘tdi. Bu qo‘zg‘olon Taboriy m aium otlariga
ko‘ra 70 kun davom etgan. Q o‘zg‘olonchilar Ray, Nishopur va Kumis
shaharlarini egallaganlar. Q o‘zg‘olon qattiqqoilik bilan bostirilgan,
qo‘zg ‘olonchilardan olti mingga yaqin kishi oidirilgan. Q o‘zg‘olon
rahbari Sunbod q o ig a olinib, qatl etilgan.
V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
157
Sunbod qo‘zg‘oloni bilan bir vaqtning o ‘zida Movarounnahrda
ham abbosiylarga qarshi harakat bo‘lgan. Bu qo‘zg‘olonning rahbari
Is’hoq degan kishi edi. U Abu Muslim harakatining otashin tarafdori
b o ‘lgan, 772-yilda Ustoz Sis boshchiligida Xurosonda 300 ming
kishini o ‘z harakatiga ergashtirgan qo‘zg‘olon bo‘lgan. 782-yilda
Jurjonda isyon ko‘tariladi. Lekin arablarga dahshat solgan va deyarli
butun Movarounnahmi qamrab olgan harakat — bu Muqanna
qo‘zg‘olonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |