Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

3. QORAXONIYLAR  DAVLATI

Movarounnahr  hududlarida  o ‘troq  sug‘dliklar  bilan  bir  qatorda 

ko‘plab  turk  qabilalari  ham  yashaganlar,  ulaming  ko‘pchiligi  Shosh 

va  Farg‘onada,  qisman  Zarafshon  va  Qashqadaryo  vohalarida 

istiqomat qilar edilar.

V III-IX   asrlarda  turkiy  qabilalar  til  jihatdan  Farg‘ona  va  Shosh 

hududlarida  yashagan  sug‘dliklarga  o ‘z  ta ’sirlarini  kuchli  bir  tarzda 

o ‘tkazganlar  va  bu  joylarda  turkiylashish  jarayoni  kuchaygan.  Bu 

hududlardagi  turkiylar  o ‘troq  hayot  kechirganlar.  Farg‘onada  turkiy



VI  bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

179


qarluqlar,  Shoshda  esa  turkiy  o ‘g ‘uzlar  ko‘proq  boiganlar.  Arab 

geografi  Ibn  Havqalning  bergan  m a’lumotlariga  qaraganda  islom 

diniga  o ‘tgan  mingga  yaqin  turk  oilasi  sharqdan  Farob,  Kenjida 

va  Shosh  oralig‘idagi,  y a’ni  hozirgi  Chimkentning  janubi-g‘arbiy 

hududlariga  kelib joylashganlar.  Bular  turkiy  o ‘g ‘uzlar  edilar.  Shosh 

hududlarida  turkiy-o‘g‘uzlar  shu  darajada  ko‘p  boiganki,  ulaming 

ta ’siri  xalq  og‘zaki  ijodida  ham  o ‘z  aksini  topgan.  0 ‘zbek  xalq 

og‘zaki  ijodida  o ‘g ‘uzlar  hozirgi  o ‘zbek  xalqining  o ‘tmish  avlod- 

ajdodlari  sifatida talqin etiladi.

0 ‘g‘uzlar  turkmanlaming  ham  avlod-ajdodlaridirlar.  XII  asming 

birinchi  yarmida  yashagan  Sharof  az  Zamori  Tohir  Marvaziyning 

so‘zlariga  qaraganda  o ‘g ‘uzlar  islom  dinini  qabul  qilganlaridan 

so'ng  Xorazm  hududlaridan  «kofirlar»ni  pecheneglar  yashayotgan 

hududlarga siqib chiqarib, bu yerlami o ‘zlari  egallab oladilar.  Tarixga 

turkmanlar  nomi  bilan  kirgan  bu  saljuqiy  qabilalar  somoniylaming 

mxsati  bilan  Buxorodan janubdagi  hududlami  egallab,  ko‘chmanchi- 

chorvadorlar  sifatida  hayot  kechirganlar.  Shoshni  turklashtirishda 

o‘g ‘uzlar bilan bir qatorda turgashlaming  o ‘mi katta b o ‘lgan.

V1IMX  asrlarda  turkiy  qabilalaming  asosiy  qismi  Yettisuv 

hududlariga  kelib  o ‘mashganlar.  Sug‘dliklar  turkiy  xalqlar  orasiga ~ 

o ‘zlarining  oliy  darajadagi  dehqonchilik  va  hunarmandchilik  tajri- 

basini  tarqatganlar.  «Buyuk  ipak  yo‘li»  savdosida  ular  faollik 

ko‘rsatganlar.  Sug‘dliklar  turkiy  xalqlarga  va  aksincha  turkiy 

xalqlar  sug‘dliklarga  o ‘zaro  ta ’sir  o ‘tkazganlar,  ular  bir-birlariga 

qiz  berib,  qiz  olganlar,  quda-anda  bo‘lib  ketganlar.  Sug‘dliklar  turk 

tilida  so‘zlashga  o ‘ta  boshlab,  asta-sekin  o ‘z  ona  tillarini  unuta 

boshlaganlar.

Mashhur  turkshunos  olim  Mahmud  Qoshg‘ariy  XI  asrda  arab 

tilida «Devoni lug‘atit turk», y a’ni «Turkiy so‘zlar lug‘ati»ni yaratgan. 

Bu  asarda  olim  qanday  qilib  turk  tilining  sug‘dliklar  tiliga  nisbatan 

ustuvor  mavqega  ega  bo‘la  borishi  va  sug‘dliklar  o ‘z  ona  tillarini 

yo‘qota  borganliklari  jarayonini  ustalik  va  mohirlik  bilan  bayon 

qiladi.  Albatta,  sug‘dliklar jismonan yo‘q b o iib  ketmadilar, balki ular 

turkiylar  bilan  aralash-quralash  b o iib ,  qorishib-assimilyatsiyalashib 

ketdilar.  Bu  jarayon,  ayniqsa,  X  asrda  somoniylar  davrida  juda  avj 

olgan.


X  asrda  yashagan  geografiya  sohasidagi  olimlar  ham,  Mahmud 

Qoshg‘ariy  ham  o ‘sha  davrda  Yettisuvda  va  Sirdaryo  havzalarida 

turklaming  shaharlari  bo iganligi  haqida  m a’lumotlar  beradilar. 

Maqdisiyning  ko‘rsatishicha,  Isfijob  yaqinidagi  Bemket  va  Boloj




180

VA TAN  T A R IX I

shaharlarida  turkman-o‘g ‘uzlar  joylashganlar. 

Lekin  turkman- 

o ‘g ‘uzlaming  asosiy  qismi  ilgarigidek  Sirdaryoning  quyi  oqimida 

yashaganlar.  Faqat,  894-yildan  so‘ng  qipchoqlar  o ‘g ‘uzlami  Emba 

daryosidan  shimolroqdagi  tumanlardan  siqib  chiqargach,  u  xalqning 

bir  qismi  hozirgi  Turkmaniston  hududlariga  o ‘tgan.  K o‘chmanchi 

o‘g‘uzlar  Turkmanistonning  bir  qancha  hududlarida,  shu  jumladan, 

Forobiy  tumanlarida  yashaganlar.  Bu  holni  Belazuriy  tohiriylar 

hokimi  Abdulla  ibn  Tohir  (830-844)  hukmronligi  davrida  o 'z  o ‘g ‘li 

Tohimi  o ‘g ‘uzlarga qarshi yurishga otlantirdi,  deb  isbotlaydi.

Xullas,  0 ‘rta  Osiyoning  Oltoy  janubiy  yonbag‘ridan  bosh- 

lanadigan  sharqiy  qismida,  Markaziy  Tyanshan  etaklarida,  Chu, 

Hi,  Norin,  Talas  daryolari  vodiylari  bo‘ylab  to  Pomirgacha  bo‘lgan 

hududlarda  turk  tilida  so‘zlashuvchi  xalqlar  uyushmasi  yashagan. 

Bu  turk  qabila  va  urug‘lari  turlicha  nomlar  bilan  atalsalar-da,  sheva 

jihatidangina  bir-birlaridan  farqlanadigan  yagona  bir  tilda  so‘zlashar 

edilar,  ulaming  turmush  tarzi,  madaniyatlari,  urf-odatlari  bir  xil  b o i ­

gan.  Ulaming jismoniy  baquvvatligi,  tabiatidagi  xususiyatlari,  mard- 

ligi,  urushqoqligi  va  epchilligi  ham  bir-biriga  o ‘xshagan.  Bu  turkiy 

xalqlar  tashqi  ko‘rinish  jihatidan  ham  bir-birlariga  o ‘xshaganlar: 

«Yuzlari  yalpoq  k o ‘zlari  kichik,  bumi  tekis,  siyrak  sochh,  temir 

qilichli va qora libosli» kishilar edilar.  Bu ulkan xalqlar tarkibiga turk 

qabila  va  u rug iam in g  juda  ko‘plab  gumhlari:  qarluqlar,  chigillar, 

yag‘molar,  tuxsiylar,  uyg‘urlar,  o ‘g ‘uzlar,  qipchoqlar  kirgan.  Bular 

orasida eng yirigi va madaniyatlisi  qarluqlar boigan.

Qarluqlar  766-yilda  turgashlami  tor-mor  keltirib,  Yettisuvni 

egallaganlar.  Qarluqlar  to ‘g ‘risidagi  to ia   m aium otni,  n o m aiu m  

m uallif  tomonidan  yozilgan  «Hudud  al  Olam»  kitobidan  olish 

mumkin.  Unda  hikoya  qilinishicha,  qarluqlar  yashagan  mamlakat 

barcha  turk  xalqlar  yashagan  mamlakatlarga  nisbatan  eng  boy  va 

go‘zal  b o iib ,  oqar  suvlari  k o ‘p  va  iqlimi  m o‘tadil  b o ig a n   ekan.  Bu 

mamlakatda  qishloqlardan  tashqari  shaharlar  ham  b o ig an .  Qarluqlar 

xo‘jalik  ishlarining  turi  b o ‘yicha  bir-birlaridan  farq  qilganlar: 

b a’zilari  dehqonchilik  bilan,  boshqa  birovlari  chorvachilik  bilan  va 

uchinchilari  ovchilik  bilan  shug‘ullanganlar.  Qarluqlaming  Qulon 

(hozirgi Lugovaya temir y o i  bekati), Marki (Marki bekati) va hokazo 

kabi  shaharlari  b o ig an .  Qarluqlar  shu  qadar  katta  hududlarga  egalik 

qilganlarki,  aytishlaricha,  ulaming  yerlarini  g ‘arbdan  sharqqacha 

bosib  o ‘tish  uchun  30  kun  kerak  b o ia r  ekan.  Ular  Farg‘ona  vodiysi, 

Chu,  Ili  va  qisman  Norin  daryolari  vodiylarini  to i a   egallaganlar. 

Qoraxoniylar  davlatining  tashkil  topishida  hal  qiluvchi  ro in i



VI  bob.  M ovarounnahr va X urosonda mustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

181


qarluqlar  o ‘ynadilar  va  bu  davlat  qo‘shinining  asosiy  o ‘zagini  ham 

ular tashkil qilar edilar.

Qarluqlar hukmron b o ig a n  hududlarda chigillar (jikil), tuxsiylar, 

argular,  yag‘molar,  turgashlar,  qipchoqlar,  yabakular,  qaylar,  jumul- 

lar,  o ‘g ‘uzlar  yashaganlar.  Toroz  tumani  va  Issiq k o i  atroflarida 

joylashgan  chigillar  V.V. Bartoldning  xulosalariga  qaraganda  qora­

xoniylar  davlatida  katta  mavqega  ega  boiganlar.  Ular  madaniy 

taraqqiyotda  qarluqlarga  qaraganda  orqada  boisalarda,  boy,  to ‘q  va 

farovon  turmush  kechirganlar,  chorvachilik  bilan  shug‘ullanganlar, 

quyosh va yulduzlarga topinganlar.

Turk  qabilalarining  uchinchi  yirik  guruhi  yag‘molar  edi.  Ular 

Issiqkoining janubida,  Qashg‘ar shahri  tomonlarda,  k o ‘pchilik qismi 

esa  Sharqiy Turkiston hududlarida ko‘chib yurgan.  «Hudud al Olam» 

muallifi  yag‘molami  madaniyatda  orqada  qolgan  qabila  edi,  deb 

yozadi.  Ular dehqonchilik bilan  shug‘ullanmaganlar,  asosan yovvoyi 

hayvonlami  ovlash  va  m o‘ynachilikni  o ‘zlariga  kasb  qilib  olganlar. 

Shu  bois  yag‘molaming  yilqi  va  qo‘y  podalari  k o ‘p  b o ig a n   va 

boshqa  turk  qabilalariga  nisbatan  nihoyatda jasur  va  jangovarliklari 

bilan mashhur boiganlar.

Qoraxoniylar davlatining tashkil topishida boshqa turk qabilalari: 

qipchoqlar,  kenjeklar,  yabaqular,  qirg‘izlar,  o ‘g ‘uz-turkmanlar, 

qanchlar va sug‘dlar ham faol qatnashganlar.

Qoraxoniylar  davlati  X  asming  ikkinchi  yarmida  tashkil 

topdi.  «Qoraxoniylar»  so‘zi  qarluqlaming  islomni  qabul  qilgan 

boshliqlaridan  biri  —   Satuk  Abdulkarim  Qoraxon  unvonidan  ke­

lib  chiqqan.  («Qora»  so‘zi  qadimdan  turkiy  xalqlarda  buyuklik  va 

u lu g iik   m a’nosida  ishlatilgan.)  Xon  hokimiyati  madaniyatli  b o isa- 

da,  qarluqdar  yoki  chigillar  qabilasidan  chiqmadi,  balki  madaniy 

taraqqiyotda  orqaroqda  b o ig a n   yag‘molardan  chiqqan.  Buni 

Satuk  Abdulkarim  Qoraxonning  yag‘molar  u ru g id an   boiganligi 

ham  ochiq-oydin  isbotlaydi.  «Majmuayi  at  tavoriy»  («Tarixning 

qisqartma  to ‘plami»)  asarining  muallifi  «yag‘ molar  podshoni 

bo‘g ‘raxon  deydilar»,  deb  aniq  aytgan  fikrlari  yuqoridagi  xulosalami 

to ia   tasdiqlaydi.  Markazi  ikki  shahar:  Qashg‘ar  va  Bolosog‘undan 

iborat  b o ig a n   yangi  davlatning  birinchi  podshosi  «Bo‘g ‘raxon» 

unvonini  olganligi  tavsiflidur.  Bu  xonning  turkcha  nomi  bizgacha 

yetib  kelmagan  va  biz  uni  «Bo‘g ‘raxom>  unvoni  bilan  yoki  arabcha- 

turkcha  Xorun  ibn  Satuk  nomi  bilan  bilamiz.  Lekin  hujjatlarda  faqat 

B o‘g ‘raxon  deb  keltirilgan.  «B o‘g ‘ra»  so‘zi  yag‘molar  tushunchasi 

b o ‘yicha qo‘sh o ‘rkachli tuya m a’nosini anglatadi.




182

V A TA N  T A R IX I

Qoraxoniylar  sulolasining  asoschisi  Satuk  B o 'g ‘raxon  islom 

dinini  qabul  qilgach,  yangi  turk  davlatini  barpo  qilish  ishini  boshlab 

berdi.  Uning  qachon  tug‘ilganligi  haqida  hech  qanday  m a’lumot 

yo‘q.  V.V.Bartold  bo‘yicha  B o‘g ‘raxon  955-yilda  Bolosog‘unda 

vafot  egtan.  Manbalarda  keltirilishicha,  uning  vorislari  davrida 

qoraxoniylar  butun  Markaziy  Tyanshan  va  Yettisuvni  o ‘zlariga  tobe 

qiladilar,  so‘ngra Movarounnahr hududlariga yetib boradilar.

Qoraxoniylar  990-yillardan  e ’tiboran  Movarounnahrda  o ‘z 

hokimiyatlarini  o ‘matish  uchun  astoydil  harakat  qildilar.  990-yillar 

ular  Farg‘onani  egallab,  bu  yerda  o ‘z  tangalarini  zarb  qilganlar. 

Eng  qudratli  hukmdorlardan  biri  bo‘lgan  Hasan  Xorun  B o‘g ‘raxon 

Isfijob  (Sayram)ni  o ‘ziga  tobe  qilib  olgach,  992-yilda  Buxoroga 

hujum  boshlaydi.  Turk  g ‘ulomlaridan  iborat  b o ‘lgan  lashkarboshilar 

somoniy  hukmdorlarga  xiyonat  qiladilar.  Manbalarda  shu  narsa 

m a’lumki,  g ‘ayratli  va  shuhratparast  turk  harbiy  b o sh lig i  Abuali 

Simjuriy  B o‘g ‘raxonning  hujumi  oldidan  somoniy  hukmdori  Nuh 

ibn  Mansurdan  yashirin  ravishda  u  bilan  muzokara  olib  bordi. 

B o‘g ‘raxon  bilan  b o ig a n   bu  muzokarada  somoniylar  davlati  ikkiga 

b o iinishi,  Movarounnahr  Bo‘g ‘raxonga  o ‘tishi,  Amudaryoning 

janubidagi  yerlar  esa  Abuali  Simjuriyga  topshirilishi  kerak  edi. 

Mulkdor dehqonlar ham qoraxoniylar tomoniga o ‘tadilar.

Bu  davrda Buxoro  taxtida  o ‘tirgan Nuh  II  ibn Mansur har qancha 

g ‘ayratli  va  qat’iy  hukmdor  bo‘lsa-da,  hech  kim  madadiga  ko‘z  tika 

olmas  edi.  Bo"g‘raxonga  qarshi  yuborilgan  turk  harbiy  b osh lig i 

Ayach  tor-mor  qilinib  asir  olinadi.  Noiloj  qolgan  Nuh  o ‘zining juda 

qobiliyatli,  ammo  ishonchsiz  harbiy  qo‘mondonlaridan  biri  Foyiqqa 

murojaat  qilishga  majbur  b o iad i.  Foyiq  katta  qo‘shin  boshida  turib 

Buxoro  ostonalarida,  Karmana  yaqinida  B o‘g ‘raxonga  qarshi  jang 

qiladi  va  atayin  yengiladi.  Buxoro  himoyasiz  qolib,  jangsiz  taslim 

bo iad i.  Foyiqning  xoinligini  shu  narsadan  ham  bilish  mumkinki, 

Bo‘g ‘raxon  uni  tez kunda  Termiz va  Balxga noib  etib tayinlaydi.

B o‘g ‘raxon  992-yilda  Buxoroni  egallagach,  Nuh  II  ibn  Man­

sur  shahami  tashlab  qochadi.  Bo‘g ‘raxon  o ‘z  qarorgohi  qilib 

Joyi  Muliandagi  go‘zal  saroyni  tanladi.  Ammo  qoraxoniylar  xoni 

salomatligi  tufayli  Buxoroda  uzoq  qola  olmadi.  Buxoro  taxtiga 

Nuh  II  ning  o ‘g i i   Nasr  Somoniyni  noib  etib  tayinlab,  Bo‘g ‘raxon 

Samarqand  sari  otlandi.  Nuh  II  bundan  foydalanib,  Abualidan 

yordam  olib,  Buxoroga  qaytib  keladi.  Bo‘g ‘raxon  salomatligi  borgan 

sayin  og‘irlashib  borayotganligi  tufayli  Samarqandni  ham  tashlab 

Qashg‘ar sari  yuzlanadi  va y o id a   vafot etadi.




VI bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

183


B o‘g ‘raxonning  vafoti  go‘yo  Nuh  II  uchun  qulay  vaziyatlar 

vujudga  kelayotganday  tuyular  edi.  Amalda  esa  somoniylar  inqiroz 

sari  yuz  tuban  ketgandilar.  Nuh  o ‘zining  yaqin  kishilaridan,  hatto 

bittagina  bo‘lsa-da,  ishonchli  va  qobiliyatli  harbiy  boshliq  topa 

olmadi.  Xuroson  bo‘Isa  vaqtincha  birlashgan  ikki  dushman  —  

Abuali  va  Foyiq  qo‘lida  edi.  G ‘azna  bilan  Hirot  viloyatlarida  oddiy 

g ‘ulomlikdan  tezda  qudratli  davlat  boshlig‘i  darajasiga  ko‘tarilgan 

Sabuqtakin  Nuhga  bo‘ysunishni  istamas  edi.  Sabuqtakin  977-yilda 

Nuhning  ruxsatisiz  G ‘aznaga  hokim  bo‘lib  oladi,  shu  bois  ikki 

o ‘rtadagi  munosabat  buziladi.  Lekin  og‘ir  vaziyat  Nuhni  undan 

yordam  so‘rashga  majbur  etadi.  996-yilda  Qoraxoniylar  Buxoroga 

qarshi  navbatdagi  hujumni  uyushtirdilar.  Qoraxoniylaming  yangi 

xoni Nasr ibn Ali g ‘ayrat va qat’iylikda B o‘g ‘raxondan qolishmasdi.

G ‘azna  hokimi  Sabuqtakin  katta  qo‘shin  bilan  Nuhga  yordam 

berish  uchun  y o ‘lga  chiqdi.  Balxga  yetganda  unga  Chag’oniyon, 

G ‘o ‘zg‘on  va  Xuttalon  hokimlarining  lashkarlari  ham  qo‘shildilar. 

Sabuqtakin  Kesh  tumani  hududida  chodir  qurib,  Buxoro  hokimi 

Nuh  II  ni  ham  o ‘z  lashkarlari  bilan  kelib  qo‘shilishini  talab  etdi. 

Albatta  bu  hoi  somoniylar  hukmdorining  nafsoniyatiga  qattiq  tegdi. 

Nuh bu taklifni rad  etdi  va  Sabuqtakinning  o ‘zini  Buxoroga kelishini 

talab  qilib  farmoyish  berdi.  Sabuqtakin  bunga  javoban  Buxoroga 

o ‘zining  20  ming  kishilik  qo‘shinini  yubordi.  Buxoro  Sabuqtakin 

q o iig a   o ‘tdi.  U  Nasr  bilan  muzokaralar  boshladi.  Bu  muzokaralar 

natijasida  Sirdaryo  havzasining  hammasi  qoraxoniylar  q o iig a  

o ‘tadigan  b o id i.  E ’tiborli  tomoni  shundaki,  qoraxoniylar  tomoniga 

batamom  o ‘tgan  Foyiqni  Nasr  ibn  Ali  Samarqandga  o ‘z  noibi  qilib 

tayinladi.

Sabuqtakin  esa  shartnomaga  asosan  Amudaryo  janubidagi 

yerlarga,  eng  avvalo  Xurosonga  t o i a   xo‘jayin  b o iib   oldi.  So- 

moniylarga  faqat  Movarounnahming  markaziy  qismigina  qoldirildi, 

xolos.  Bu  shartnomalar  Nuh  ibn  Mansursiz  tuzildi.  Nuh  ibn  Mansur 

bunday  k o ‘ngilsiz  voqealardan  so‘ng  uzoq  yashamadi  va  997-yilda 

vafot  etdi.  Taxtga Nuhning  o ‘g ‘li Mansur  ibn Nuh  (997-999)  o ‘tirdi. 

Taxt  vorisi  o ‘zgargani  bilan  ahvol  yaxshilanmadi.  Mansur  bilan 

harbiy  boshliqlar  o ‘rtasidagi  xusumat  va  kelishmovchiliklar  tufayli 

vaziyat  yanada  ogirlashdi  va  oqibat  fitna  uyushtirishga  borib  yetdi. 

Buxoroda  Mansur  saroyida  qoraxoniy  Nasming  homiyligi  ostida 

haqiqiy  mansabni  egallagan  Foyiq  fitnaning  boshida  turdi.  999-yilda 

turk  g ‘ulomlariga  suyangan  Foyiq  Mansumi  q o ig a   tushirdi  va 

ko‘zini  ko ‘r  qilib,  uni  hokimiyatdan  mahrum  etdi.  Ana  shu  tariqa




184

V A TA N  T A R IX I

kuchsizlanib  qolgan  somoniylarga  kutilmaganda  katta  zarba  berildi. 

Somoniylar  haqiqatda  qarshilik  ko‘rsatish  uchun  kuchga  va  kurashni 

boshqaruvchi  tadbirkor  va  mard  bir  kishiga  ham  ega  emas  edilar. 

Xalq  esa  b o ‘layotgan  voqealarga  butunlay  befarq  qarar  edi.  Natijada 

somoniylar  sulolasi  batamom  quladi.  Nasr  tomonidan  999-yilda 

Buxoroning  egallanishi  barcha  muammolarga  nuqta  qo‘ydi  va 

Movarounnahrda  hokimiyat  masalasi  uzil-kesil  hal  b o ‘Idi.  Albatta, 

somoniylar  1005-yilga  qadar  yana  o ‘z  qadlarini  rostlash  uchun 

qarshilik  ko‘rsatgan  bo ‘ldilar.  Ammo  bu  qarshilik  voqealaming 

rivoj lanib  borishiga  bir  qadar  bo‘lsada  ta ’sir  qilmadi.  1005-yildan 

e ’tiboran esa qoraxoniylarga qarshilik k o ‘rsatish umuman to‘xtadi.

Qoraxoniylar  qariyb  yuz  yil  davomida  mustaqil  hukmronlikning 

nashidasini  surdilar.  1005-yilga  qadar  davom  etgan  mustaqil  taraq- 

qiyot  davrida  qoraxoniylar  bepoyon  katta  davlatga  asos  soldilar. 

Ulaming  mulklari  g ‘arbda  Buxoro  va  Sirdaryoning  quyi  oqimidan, 

sharqda  Yettisuv  va  Qashg‘argacha  cho‘zilib  ketgan  edi.  Qoraxoniy 

xonadonlari  o ‘rtasida  1016-yildayoq  boshlanib  ketgan  um g‘chilik 

adovatli 

urushlar  tufayli 

1041-yilda 

xonlik 

ikkiga  b o ‘linib 

ketdi.  G ‘arbiy  xonlik  markazi  Buxoro  b o iib ,  uning  tarkibiga 

Movarounnahr  va  X o‘jakentgacha  b o ig a n   Farg‘onaning  g ‘arbiy 

qismi  kirgan.  Sharqiy  xonlik  markazi  Bolosog‘un  b o iib ,  uning 

tarkibiga  Talas,  Isfijob,  Shosh,  Farg‘onaning  sharqiy  qismi,  Yettisuv 

va  Qashg‘ar  vohalari  kirgan.  Yer,  mol-dunyo  va  davlat  talashish 

qoraxoniy  Tom g‘ochxon  Ibrohim  (1046  1068)  hukmronligi  davrida 

ikki  turkiy  sulola:  qoraxoniylar  va  saljuqiylar  o ‘rtasida  kuchaydi. 

Dushmanlikka  sabab  b o ig a n   bu  kurash  markazida  Amudarvoning 

o ‘ng va chap  qirg‘og‘i bo ‘yidagi Termiz va Balx shaharlari  atrofidagi 

yerlar  yotardi.  Bu  yerlami  g ‘aznaviylarga  tashlab  ketishga  majbur 

boiganlaridan so‘ng  saljuqiylar egalik qilgan edilar.

1068-yilda  Tom g‘ochxon  Ibrohim  taxtdan  voz  kechgach, 

Movarounnahrda  hokimiyat  Tom g‘ochxonning  o ‘g ‘li  Shamsul- 

mulkka  o ‘tishi  munosabati  bilan  xonning  o ‘g ‘illari  o ‘rtasida  Buxoro 

va  Samarqand  taxti  uchun  kurash  avj  olib  ketdi.  Bu  kurashda 

Shamsulmulk  g ‘alaba  qozondi.  Termiz  va  Balx  uchun  kurash 

saljuqiylar  bilan  Shamsulmulk  davrida  yanada  kuchaydi.  1072-yilda 

saljuqiylar  xoni  Alp  Arslonning  oidirilishi  va  saljuqiylaming 

vaqtincha  kuchsizlanganligidan  foydalanib  Shamsulmulk  Termiz 

va  Balxni  ishg‘ol  qildi.  Lekin  tez  orada  Alp  Arslonning  vorisi 

Malikshoh  bu  hududlami  qaytarib  oldi.  Shundan  so‘ng  ichki  va 

tashqi  siyosatdagi  tashabbus  saljuqiylar  xoni  Malikshoh  (1072-




VI bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

185


1092)ga  o ‘tdi.  Xususan,  1080-yilda  Shamsulmulk  vafot  etgach, 

Movarounnahming  ahvoli  yanada  og‘irlashdi.  Bundan  foydalangan 

Malikshoh  1089-yilda  juda  katta  qo‘shin  bilan  Amudaryodan  o‘tdi 

va  Buxoro  bilan  Samarqandni  egalladi.  Qoraxoniylar xoni  asir  olindi 

va  Isfahonga j o ‘natildi.  Malikshoh  Ahmad  bilan  o ‘zaro  muzokaralar 

olib  borgach,  uni  Samarqand taxtiga qaytishiga rozilik beradi.  Ammo 

Samarqand  taxtiga  qaytgan  Ahmadni  mutaassib  ruhoniylar  va  turk 

sarkardalari  1095-yilda  Kosonga  (Farg‘onadagi)  yurish  paytida  yoy 

ipi bilan bo‘g ‘ib oidiradilar.

Saljuqiylar,  ayniqsa,  Sulton  Sanjar  (1118-1157)  hukmronligi 

davrida  qoraxoniylami  deyarli  o ‘zlariga  batamom  tobe  etdilar. 

Garchi  Arslonxon  (1102-1130)  o ‘z  hukmronligining  birinchi  yarmi­

da  mustaqil  davlat  siyosati  olib  borishga  intilgan,  juda  ko‘plab 

qurilish  ishlari  va  obodonchiliklami  amalga  oshirgan  boisa-da, 

mamlakat  ichidagi  halokatli  ziddiyat  va  qarama-qarshiliklami 

oldini  olishga  ojizlik  qildi.  Shu  bois  Arslonxon  davri  qoraxoniylar 

davlatining  siyosiy  tushkunlik  davri  sifatida  tarixga  kirdi.  Bu  borada 

johil  ruhoniylar  va  harbiy  boshliqlar  davlatni  boshqarish  ishlariga 

aralashib,  hokimiyatni  barbod  qildilar.  Arslonxon  kasalligi  tufayli 

davlat  ishlarini  boshqarishda  o ‘g i i   Nasmi  yarim  podsho  qilib 

ko‘tardi.  Bundan  norozi  b o ig a n   ruhoniylar  fitna  uyushtirib,  Nasmi 

oidirdilar.  Arslonxon  noilojlikdan  Marvdan  yordamga  Sulton 

Sanjami  taklif  qildi.  Fitnani  Arslonxonning  ikkinchi  o ‘g ‘li  Ahmad 

bostirgan  va  isyonchilami  qatl  qilishga  hukm  qilgan  boisa-da, 

Sulton  Sanjar  Movarounnahr  sari  ot  qo‘ydi.  D o‘st  qo‘shni  sifatida 

yordamga  chaqirilgan  Sulton  Sanjar  bosqinchilik  bilan  shug'ullandi. 

U  Samarqandni  qamal  qilib,  1130-yilda  uni  egalladi.  Arslonxon 

shahar  qamali  ch o g id a  zambilga  solib  olib  chiqildi  va  Balxga 

j o ‘natildi.  K o‘p  vaqt  o ‘tmay  shu  yerda  u  olamdan  o ‘tdi.  Garchi 

1130-yildan  to  1147-yillarga  qadar  ham  Samarqandni  qoraxoniylar 

sulolasiga  mansub  xonlar boshqargan  boisalar-da,  bu  davlat  amalda 

mustaqil  emasdi  va  Sulton  Sanjaming  izmidan  zarracha  b o isa- 

da  chiqa  olmasdi.  1211 -yilda  Xorazmshoh  Oloviddin  Muhammad 

qoraxoniylar xonadonidan b o ig a n   so‘nggi  qo‘g ‘irchoq  xon Usmonni 

oid irib ,  qoraxoniylar  davlatiga  so‘nggi  hal  qiluvchi  zarbani  beradi. 

Qoraxoniylar  u ru g i  batamom  qirib  bitiriladi.  0 ‘tror,  0 ‘zgan  va 

Buxoro hukmdorlari ag‘darilib,  qatl  etiladi.

Ana  shu  tariqa  qoraxoniylar  tarix  sahnasidan  tushdilar,  ammo 

o ‘zlaridan so‘ng tarixda m a iu m  m a’noda iz qoldirdilar.



186

VATAN  TARIXI




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish