Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

Buxoro.  Ismoil Somoniy 

boiingan:  doimiy ravishda faoliyat



maqbarasi. X asr. 

ko'rsatuvchi  saralangan  (gvardiya)




VI bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

175


va zarur hollarda yig‘iladigan ko‘ngillilar.  Yuqoridagilardan shunday 

xulosa  chiqarish  mumkinki,  somoniylar  davrida  davlat  boshqaruvi 

va harbiy  siyosatning  o ‘z  davri  uchun murakkab  va  salohiyatli tizimi 

tashkil  topgan.  Mazkur masalaga juda katta e ’tibor berilganligini  shu 

narsadan  ham  bilsa  b oiadiki,  davlatning  umumiy  yillik  daromadi 

45  million  dirhamni  tashkil  etgani  holda,  shundan  20  million  dirham 

davlat boshqaruvi va lashkarga sarflangan.

Somoniylar  sulolasi  hukmdorligi  davrida  Movarounnahrda 

xo‘jalik  taraqqiyoti  faqat  0 ‘rta  Osiyoninggina  emas,  balki  Old 

Osiyoning  ham  yetuk  hududlaridan  biri  hisoblanardi.  Shahar  bilan 

qishloq o ‘rtasidagi,  o ‘troq dehqonchilik hududlari bilan ko‘chmanchi 

qabilalar  o ‘rtasidagi  mahsulot  ayirboshlashning  kuchayib  borishi, 

karvon  savdosining  o‘sishi  o ik aning  qishloq  xo‘jaligini,  kon  ishlari 

va  hunarmandchilikning  rivojlanishi  omili  bo‘ladi.  Movarounnahr 

iqtisodi  musulmon  mamlakatlari  orasida  yetakchi  o ‘rinlardan  birini 

egallar edi.

IX 

asrda  Movarounnahr  asosan  qishloq  xo‘jaligi  mamlakati 



bo‘lganligidan,  hatto  hunarmandlar  ham  bu  soha  bilan  shug‘ullanar 

edilar,  hech  boim aganda  ular  o ‘z  tomorqa  yerlarida  ishlab, 

o ‘zlariga  kerakli  b o ‘lgan  mahsulotlami  o ‘z  yerlaridan  olardilar. 

Yozma  manbalaming  bergan  m a’lumotlariga  qaraganda  Zarafshon, 

Qashqadaryo  vohalari,  Farg‘ona,  Eloq,  Shosh  va  Xorazmda  IX -X  

asrlarda  bug‘doy,  аф а,  sholi,  tariq,  g ‘o ‘za  va  boshqa  ekinlar  ekib 

dehqonchilik  qilganlar.  O ikaning  kattagina  qismida  lalmikorlik 

dehqonchilik  madaniyati  ham  b oigan.  Bundan  tashqari,  beda, 

zig‘ir,  kanop  ekish  ham  aholi  dehqonchiligida  qo‘llanilgan.  Z ig ir 

va  kanopdan  olingan  y o g ia r  o ‘sha  davrda  katta  shuhrat  topgan. 

Xorazmda  sedana,  kunjut yetishtirilgan  va  ulardan  yog‘  mahsulotlari 

tayyorlangan.

Movarounnahr  va  Xorazmda  bog‘dorchilik,  polizchilik  taraqqiy 

etgan,  meva-cheva  yetishtirilgan.  Shaftoli,  o ‘rik,  nok,  olma,  anor, 

anjir,  uzum,  olcha,  olxo‘ri,  qovun-tarvuz,  xullas,  deyarli  hamma 

meva turlari bo igan.

O ikam iz  o ‘z  davrining  yirik  hunarmandchilik  markazlaridan 

hisoblangan.  Jumladan,  Buxoroning  Zandona  va  Iskijkat  qishloq- 

larida  to‘qilgan  bo‘z  matolar,  Samarqandning  Vadori  qishlogida 

yaratilgan  mato  buyumlar  Eron,  Iroq  va  Hindistondan  tashqari 

joylarga  ham  olib  ketilgan  va  mashhur  b oigan.  Buxorodan  chetga 

qo‘y  terisi,  yog‘,  soch  moyi,  mayin  gazlamalar,  joynamoz  gilamlar, 

gilamlar,  mehmonxonalarga  yoziladigan  matolar,  Ushmundan



176

VATAN  TARIXI

matolar,  egarlar,  Taboristondan  matolar,  go‘sht  va  qovunlar,  har 

xil  shoyilar,  ro ‘mollar,  uzangilar,  suvluqlar,  qayishlar,  qozonlar, 

yong‘oqlar,  Jizzaxdan  jun  gazlamalar  va  kiyimlar,  Shoshdan  a’lo 

sifatli  charm  va  charm  mahsulotlari,  o ‘qdonlar,  egarlar,  chodirlar, 

chakmonlar,  namoz  gilamchalar,  yelkapo‘shtlar,  kamonlar,  ignalar, 

b o ‘z,  g ‘alla va qaychilar chiqarilgan.

Arab  geograflari  Eloq  viloyatini  Shosh  bilan  Farg‘ona  oralig‘ida 

joylashganliginiqaydetadilar.EloqXasrdakumush —  qo‘rg‘oshinqazib 

chiqarishning  markazlaridan  biri  b oigan .  Eloqda  Movarounnahming 

uchinchi  kumush  zarbxonasi  ochilgan.  Biri  Samarqandda,  yana 

boshqasi Buxoroda b o ig an .  Eloq chekani —  «Shosh koni»  deb o ‘sha 

davrda shuhrat topgan.  0 ‘z vaqtida Xuroson noibi M a’mun ibn Xorun 

ar-Rashid nomidan zarb qilingan kumush dirhamlaming birida «Shosh 

konida»  189-hijriy  yilida  (805-yil)  zarb  qilindi»,  yana  boshqa  birida 

esa «190-(805-806) yilda»  degan  so‘zlar bor.

Eloqdagi  kumush  konining  n echogii  katta  ahamiyatga  mo- 

lik  ekanligini  tasavvur  qilish  uchun  e’tibomi  shunga  qaratmoq 

joizdir,  o ‘sha  vaqtlarda  kumushni  muomalada  juda  ko‘p  ishlatgan 

Sharqiy  Yevropaning  o ‘zida  bironta  ham  kumush,  qo‘rg ‘oshin  koni 

boim agan.  Sharqiy  Yevropadagi  davlatlarda  muomalada  asosan 

somoniylar zarb  etgan tangalar b oig an .

Movarounnahr  xo‘jaligida  temir  qazib  chiqarish  ham  katta 

o ‘rin  tutgan.  Temir  Usturshonaning  ikki  hududidan  —   Mink  va 

Marsmandan  qazib  olingan.  Temir  rudaning  bir  qismi  shu  yeming 

o ‘zida  eritilgan  va  ishlatilgan,  qolgan  qismi  esa  Farg‘onaga  olib 

ketilgan.  Asbar  (Isfara)da  toshko‘mir  qazib  olingan,  Farg‘onada 

neft  borligi  aniqlanib,  undan  harbiy  maqsadlarda  foydalanganlar. 

Marsmandada  har  oyning  boshida  bir  marta  bozor  ochilardi.  Bu 

bozorga  juda  uzoq  joylardan  odamlar  kelardi.  Somoniylar  davrida 

Movarounnahr  xo‘jalik  hayotida  Xorazm  katta  o ‘rinni  egallagan. 

Xorazm  chetga  savsar  m o‘ynasi,  oq  suvsar  m o‘ynasi,  sassiqko‘zan 

m o‘ynasi,  latcha  m o‘ynasi,  tulki,  quyon  va  echki  m o‘ynalari,  sham, 

o ‘q,  oq  terak  po ‘stlog‘i,  uzun  qalpoqlar,  baliq  yelimi,  kanakunjut 

moyi,  anbar,  ot  terisidan  ishlangan  charm,  asal,  yong‘oq,  lochin, 

qalqonlar,  qo‘ylar  va  sigirlar  chiqarar  edi.  Xorazm  bu  buyumlami 

bulg‘orlardan  olardi.  Bulardan  tashqari,  Xorazm  chet  mamlakatlar 

bilan  k o ‘plab  qumq  mevalar,  ta rg it  movud,  qand-qurs,  gilamlar, 

kimxoblar,  choyshablar,  va  qulflar,  kamonlar,  pishloq,  b o ‘za,  baliq, 

qayiqlar va boshqa mahsulotlar bilan ham savdo qilardi.

Somoniylar  davrida  Movarounnahrda  «Buyuk  ipak  y o ii»   orqali




VI  bob.  M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil  davlatlarning tashkil topishi 

177


bo‘ladigan  karvon  savdosi  katta  ahamiyat  kasb  etdi.  Karvon  savdosi 

0 ‘rta  Osiyo  orqali  Janubi-sharqiy  Yevropa  mamlakatlarini  Sharq 

mamlakatlari,  aw alo   M o‘g ‘uliston  va  Xitoy  bilan  bog‘lab  turar  edi. 

Old Osiyo  davlatlarini M o‘g ‘uliston va Xitoy bilan bog‘laydigan yo‘l 

eng  gavjum  va  serqatnov  karvon  yo‘li  bo‘lgan.  Bu  yo‘l  Bag‘doddan 

boshlanib,  Hamadon,  Nishopur,  Marv,  Omul  (Chorjo‘y),  Buxoro, 

Samarqand,  Shosh,  Taroz (Jambul),  Kulon (Lugovaya bekati), Marki, 

Bolosog'un,  Suyob,  Issiqko‘lning  janubiy  qirg‘og‘i  orqali  o ‘tib, 

Sharqiy Turkiston orqali Xitoyga borar edi.

0 ‘rta  Osiyodan  Yevropaga  olib  boradigan  y o ‘lning  ahamiyati 

juda  katta  bo‘lgan.  Lekin  o ‘sha  davrda  Xazar  podsholigi  bilan 

Xalifat  va  bulg‘orlarning  munosabatlari  yaxshi  boim aganligi  tufayli 

karvonlar  Kavkaz  va  Xazarlar  hududi  orqali  borish  imkoniyatidan 

mahrum  boiganlar.  Y o i  endi  0 ‘rta  Osiyo  orqali  Marv,  Buxoro, 

Qiyot,  Urganch,  Zamjan,  Emba,  Yoyiq  ( 0 ‘rol),  Samara,  Kinel, 

Cheremshan daryolaridan o ‘tib,  so‘ng Bulg‘oriyaga borgan.

Xorazmning  o ‘ziga  kelganda  u  Xazar  podsholigi  bilan  turli 

sohalarda  savdo  va  madaniy  aloqalar  o ‘matgan.  Bu  davrda  savdo- 

sotiq  ishlarida  ko‘proq  cheklar  qoilanilgan.  Cheklami  k o ‘rsatish 

orqali  m oijaldagi  joydan  chekka  to ian g an   miqdordagi  pulni  olish 

mumkin edi.  Savdo  asosan  ayirboshlash y o ii  bilan  olib  borilgan,  pul 

esa hisob-kitob birligi vazifasini o ‘ynagan, xolos.  Karvonlar o ‘tadigan 

shahar  va  qishloqlarda  karvonsaroylar  qurilgan.  Karvonsaroylarda 

savdogarlar,  ulaming  xizmatkorlari,  ot-ulovlari  uchun  barcha  shart- 

sharoitlar  b o iard i.  Zarur  hollarda  karvonsaroylaming  o ‘zida  ko‘tara 

savdolar qilinardi.  Odamlar bu yerga savdo qilish uchun kelib, boshqa 

shaharlar va mamlakatlardagi tovar mollaming qiymatlarini ham bilib 

olar edilar.  Karvonlar bir necha  o ‘ndan bir necha mingga  qadar ot va 

tuyalardan  iborat  bo ig an .  Ulami  qo‘riqlab  boruvchi  maxsus  qurolli 

soqchilari  boiardi.  Har  bir  karvonda  tilmochlar  olib  yurilgan.  U 

paytda karvonlarga faqat savdo uyushmasi deb qaramaganlar.  Karvon 

tarkibida  savdogarlardan  tashqari  hunarmandlar,  olimlar,  rassomlar, 

san’atkorlar,  ustalar,  sayyohlar  va  elchilar  ham  bo iardi.  Savdo 

karvonlariga,  odatda,  elchilik topshiriqlari ham berilardi.

Jumladan,  922-yilda  xalifa  Muqtadirdan  bulg‘or 

podshosiga 

yuborilgan  karvon  butun  boshli  bir  elchixona  edi  desa  b oiad i. 

Karvonda  mirzalik-kotiblik  vazifasini  bajargan  Ahmad  ibn  Fadlan- 

ning yozib qoldirgan xotiralariga qaraganda bu karvon savdogarchilik 

ishlaridan  tashqari  yana  elchilik,  harbiy  va  diniy  vazifalami  ham  ado 

etgan.



178

VATAN  TARIXI

Savdo  karvonlari  «Buyuk  ipak  yo‘li»  orqali  Xitoydan  ipak 

va  ipak  matolari,  kimxob  va  shoyi,  oltin  va  kumush  aralashtirilib 

to ‘qilgan  zarbof  matolami  Movarounnahrga  olib  kelganlar.  0 ‘rta 

Osiyodan Xitoyga esa shisha-oynalar,  otlar olib borib sotganlar.

Sharqiy  Yevropa  bilan  olib  borilgan  savdoda  Xorazm  muhim 

o ‘rinni  egallagan.  IX  X  asrdagi  karvon  savdosi  Xorazm  bilan 

ikki  yirik  savdo  markazi  —   xazarlar  va  bulg‘orlar  o ‘rtasida  olib 

borilgan.  Bu  davrda  ikkita  savdo  markazi  Volga  b o ‘yida  shuhrat 

qozongan.  Bu  —   Itil  bilan  Bulg‘or  b o ‘lgan.  Itil  shahri  ikki  qismdan 

iborat  edi.  Shahaming  g ‘arbiy  qismi  Itil,  sharqiy  qismi  esa  Hazoron 

deb  atalgan  va  u  savdo  markazi  bo‘lgan.  Hazoron  aholisining 

ko‘pchilik  qismini  xorazmliklar  tashkil  qilgan.  Ibn  Havqalning 

ta ’kidlashicha,  musulmonlar  shahri  bo‘lgan  Hazoronda  30  ta  machit 

bo‘lgan.  M a’sudiy  esa  Hazoron  xoqonining  qo‘shinlari  asosan 

xorazmliklardan  bo‘lganligini  yozadi.  Ibn  Havqal  xoqon  qo'shinlari 

tarkibida  12 ming xorazmlik bo‘lganligiga alohida e ’tibor beradi.

Volga bo ‘yining 0 ‘rta Osiyo va xususan Xorazm bilan savdosida 

bulg‘orlar ham katta  o ‘rin  tutgan.  Sharqiy  Yevropaga  0 ‘rta Osiyodan 

zarb  etilgan  dirhamlar,  sholi,  ip  gazlama,  jun  va  boshqa  matolar 

olib  kelganlar.  Xorazmga  esa  Sharqiy  Yevropadan  har  xil  terilar, 

m o‘ynalar,  teri  oshlashda  ishlatiladigan  po ‘stloq,  qoramol,  asal, 

qullar va bandilar olib kelingan.

Xullas,  oikam izda  somoniylar  sulolasi  hukmronlik  qilgan 

asrlar  voqea  va  hodisalarga  boy,  jo ‘shqin  hayot  mavj  urgan  davr 

b o ‘lib,  davlatchiligimiz  taraqqiyotida  muhim  bir  bosqichdir.  Chunki 

xuddi  ana  shu  davrdan  e ’tiboran  arab  bosqinchilariga  qarshi  erk 

va  ozodlik  uchun  kurash  olib  borgan  o ik am iz  xalqlari  o ‘zlarining 

markazlashgan  mustaqil  davlatlariga  asos  soldilar  va  bu  davlatlar 

xalqaro maydonda o ‘z munosib  o ‘rinlariga ega bo‘ldilar.


Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish