Nasr ibn Ahmadning mis tanga puli (X asr).
Ismoil Somoniy 893-yilda k o ‘chmanchi turk qabilalari ustiga
yurish qildi. Bu yurishda u katta tarixiy g ‘alabani q o ig a kiritdi.
Taroz (hozirgi Jambul)ni egalladi va turklaming xonini 10 ming
askari bilan birga asir oldi. Bu jang davomida shu darajada katta o ija
q o ig a kiritildiki, har bir jangchiga 10 ming dirhamdan boylik ulashib
berildi. Ismoil Taroz shahridagi xristian qasrini musulmon masjidiga
aylantirdi. Movarounnahr siyosiy hayotidagi bu o ‘zgarish Xuroson
hukmdori Amr ibn Laysga ham, arab xalifasi Mutazzidga (892
902) ham xush kelmagani aniq. Buning isbotini xalifaning Ismoilni
Movarounnahr taxtidan mahrum etib, Amr ibn Laysni Xuroson
bilan birga Movarounnahr ustidan ham hukm yuritish huquqi bilan
ta’minlagani haqidagi farmonidan bilib olish mumkin. Bu bilan bu
ikki hukumdomi xalifa bir-biri bilan gijgijlagan. Natijada 900-yilda
Ismoil bilan Xuroson hokimi safforiy Amr ibn Lays o ‘rtasida urush
keltirib chiqardi. Amr ibn Lays hukmronligi (879-900) davrida
o ‘zining aqlliligi va serg‘ayratliligi tufayli kuchli hokimiyat barpo
qildi. Xalifa undan qoiq ard i. Xalifa Amr ibn Laysni Xuroson
bilan Movarounnahr ustidan ham hukmronligini ta ’minlovchi
farmon chiqardi. U Amr bilan Ismoilni to ‘qnashtirib, o ‘rtada o ‘zi
yutib chiqishni m oijallagan edi. Lekin voqealar rivojlanib borishi
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
171
xalifa umidlarini chippakka chiqardi. Bu urushda Ismoil katta
g ‘alaba qozondi va uning davlati, kuch va qudrati yanada yuksaldi.
Safforiylar qoldirgan meroslami o ‘ziniki qilib olgan Ismoil butun
Hurosonni ham somoniylar davlatiga qo‘shib oldi.
Ismoil Somoniy shu darajada kuchli va qudratli davlat barpo
qildiki, ko‘chmanchi qabilalarga qarshi kurashmoq uchun mudofaa
istehkomlari b o ‘lgan devorlarga, umuman hech qanday ehtiyoj
qolmadi. Narshaxiyning m a’lumotlariga qaraganda mamlakat mu-
dofaasini ta ’minlashda devorlariga qaraganda qo‘shinlaming ro ‘liga
katta baho berib, Ismoil Somoniy «Men — Buxoroning devoriman»,
degan edi. Kuchli markaziy hokimiyat va qudratli qo‘shinning
barpo etilishi Ismoil Somoniy va uning izdoshlariga Movarounnahr
va Eronning ichki muammolariga asosiy diqqat-e’tiborini qaratish
imkoniyatini berdi.
Ismoil Somoniy o ‘z davrining yirik va aqlli davlat arboblaridan
b o igan. U yirik va markazlashgan davlat barpo qilishdan manfaatdor
b o ig a n barcha oqsuyak amaldorlami o ‘z atrofiga to ‘playdi. Ulaming
yordami bilan Ismoil shunday bir qudratli markazlashgan davlat
barpo qiladiki, bu davlat o ‘sha vaqtda Sharqda shuhrat topadi. Ismoil
Somoniy davrida Movarounnahr Arab xalifaligining istibdodidan
abadul-abad ozod b o id i. Ammo bir qarashda qudratli b o iib ko‘ringan
bu davlatni ichdan yemirayotgan bir qator ijtimoiy ziddiyatlar bor
ediki, buni hatto Ismoil Somoniy ham bartaraf eta olmadi. Bu markaziy
hokimiyat bilan mahalliy hokimiyat o'rtasidagi qarama-qarshilik edi.
Somoniylar har qancha urinsalar-da, Sejiston, G ‘uzg‘on, G ‘azna,
Garjiston, Isfijob, Xorazm hozirgi Tojikistonning to g ii viloyatlari:
Chag‘oniyon va Rashtani o ‘zlariga batamom bo‘ysundira olmadilar.
Bu viloyatlaming hokimlari markaziy hokimiyatni rasman tan
olsalar-da, amalda mustaqil siyosat yurgizardilar. Somoniylar davrida
qo‘shinda yetakchi mavqeni turk sarkardalari va g ‘ulomlari egallagan
edilar. Ularga hamma vaqt ham ishonib boim asdi.
Ismoildan so‘ng uning vorislari davrida somoniylar sulolasi
inqliroz sari yuzlandi.
Ismoilning o ‘g i i Ahmad hukmronligi (907-914) davrida arab tili
yana davlat tiliga aylantirildi, arab tilini bilgan shaxslaming mansab
va martabalari oshirildi. Holbuki, Ismoil Somoniy davrida bu narsa
yo‘q edi. Albatta, bu hoi saroy amaldorlarining, birinchi navbatda,
turklardan iborat harbiy oqsuyaklaming noroziligini oshirdi. Shu bois
Ahmadning turk g ‘ulomlari tomonidan oidirilishi tasodif emasdir.
Ahmad oidirilgach taxtga uning sakkiz yoshli o ‘gli Nasr II (914-
172
VATAN TARIXI
943) o ‘tqazildi. Uning hukmronligi davrida Buxoroda Registon
maydonida devonlar uchun saroy qurdiradi. Davlat boshqaruvida
esa Nasr II davrida amaliy ishni vazir Abuabdullo Muhammad
ibn Ahmad Jayhoniy olib bordi. Hali Ahmad ibn Ismoil hayotlik
chog‘idayoq bir qator viloyatlarda xalq ommasining qo‘zg‘olonlari
b o iganligi qayd qilingan. Ahmadning o ‘ldirilishi munosabati bilan
bunday harakatlar yanada avj olgan. Ahmad hayotlik chog‘ida
Ismoilning ukasi Is’hoq ibn Ahmad Samarqandda qo‘zg ‘olon
k o ‘taradi. Bu qo‘zg ‘olon shafqatsizlik bilan bostiriladi. Ahmad Ray
va Seistonda ko‘tarilgan isyonlami ham shafqatsizlarcha bostirdi.
Nasr II saroyida vazirlik lavozimida, amalda esa hokimiyatni
boshqargan Jayhoniy mamlakatda tartib-intizom va osoyishtalik
o ‘matmoqchi b o isada, uni eplay olmadi, xalq noroziligini bartaraf
eta olmadi va isyonchi feodallar kayfiyatini tinchlantira olmadi.
Uning qilgan ishi Abusolih Mansur ibn Is’hoq boshchiligida
Samarqandda ko‘tarilgan qo‘zg‘olonni bostirishdan iborat b o id i,
xolos. Bu qo‘zg ‘olon 914-yilda boshlangan edi. Nasr II davlatining
janubiy viloyatlarida qo‘zg ‘olon yanada kuchliroq k o ‘tarildi. Bu
qo‘zg‘olonga Ahmad ibn Ismoil davrida ishonchli va sadoqatli
lashkarboshi b o ig a n Husayn ibn Ali Marvaziy boshchilik qildi.
Marvaziy xalq ommasining noroziligidan ustalik bilan foydalangan.
Bu harakatda karmatlar1 diniy oqimining ta’siri katta b o ig an .
Karmatlar Misrdagi fotimiylar bilan mustahkam aloqada ish olib
borganlar. Ular somoniylar davlati ichiga yashirincha kirib olib, xalq
ommasining kurashlaridan o ‘z manfaatlari y o iid a foydalanmoqchi
boiganlar. Nasr II zamonida karmatlar ta iim o ti Xuroson va
M ovarounnahrda keng quloch yoydi. Ish shu darajaga borib yetdiki,
Nasr II ning o ‘zi ham karmat taiim otini qabul qilgan. Yana shunisi
diqqatga sazovorki, Nasr II Buxoro zindonida vafot etgan Xuroson
karmatchilari harakatining yirik rahbarlaridan biri b o ig a n Husayn
ibn Ali Marvaziyning xuni uchun 119 ming dinor to iash g a rozilik
bergan. Husayn ibn Ali esa Misr fotimiylarining maslahati va y o i-
yo‘riqlari asosida ish ko‘rgan edi. Xullas, Husayn ibn Ali Marvaziy
bosh b o ig a n qo‘zg‘olon 918-yilda bostirildi va uning o ‘zi asir olindi.
Somoniylar hukmdorining karmatchilarga nisbatan samimiyligi
musulmon ruhoniylari va turk lashkarboshilari noroziligiga sabab
b o id i. Ular Nasr II ga qarshi fitna uyushtirdilar. Uyushtirilgan fitna
fosh qilinadi. Biroq Nasr II o ‘z o ‘g ‘li Nuh foydasiga taxtdan voz
1 Islomda karmatlardan tashqari «shialar», «islomiylar», «horijiylar» kabi har xil mazhab -
oqimlar boigan.
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlat! arning tashkil topishi
173
kechishdan boshqa chora topa olmaydi. Nuh o ‘z otasini kishanlab,
qal’aga qamab qo‘yishga buyruq beradi. Movarounnahrdagi karmat-
chilar harakatining rahbari Muhammad ibn Ahmad Nahshabiy
(Nasafiy) esa Buxoro maydonida osib oidiriladi. Shundan so‘ng
mamlakatda karmatchilami yoppasiga qirish boshlandi. Ammo
Nuh har qancha urinsa-da, karamatchilami yo‘qota olmadi, u
Movarounnahr va Xurosonda uzoq vaqtgacha yashab keldi.
Somoniylar davlati Nuh ibn Nasr (943-954) hukmronlik qilgan
davrda har tomonlama og‘ir ahvolga tushib qoldi. Davlat xazinasi
batamom b o ‘shab qoldi, moliyaviy ahvol og‘irlashdi. Xalqdan
olinadigan soliq va o ‘lponlar ko‘payib ketdi. Hatto soliqlami
muddatidan ilgari undirib olish odati chiqarildi.
Nuh ibn Nasr vazirlik mansabiga uquvsiz va jaholatparast dindor
Abdulloh Muhammad as-Sulomiyni tayinlaydi. Tayinlangan vazir
faqat diniy ishlar bilan shug‘ullandi-yu davlat ishlarini o ‘z holiga
tashlab qo‘ydi. Har tomonlama iqtisodiy qiyin ahvolga tushib qolgan
xalq ommasi Nuhga qarshi qo‘zg‘olonga tayyorlandi. 947-yilda hatto
qisqa muddatga bo‘lsa-da, qo‘zg‘olon k o ‘targan xalq Xuroson noibi
Abuali Chag‘oniy yordami bilan Buxoro taxtini bosib oldi. Natijada
Nuh Samarqandga ketishga majbur bo‘ldi. Faqat Abuali Chag‘oniy
Buxorodan ketgandan keyingina Nuh o ‘z taxtiga qaytib keladi va
qo‘zg‘olonda qatnashgan qarindoshlarini jazolaydi. Nuh ibn Nasr yon
berib, Abuali Chag‘oniy bilan yarashganboisada, ikki о ‘rtadagi kurash
Nuhning o‘limi (954)dan so‘ng o ‘g ‘li Abdulmalik (954-961) davrida
ham davom etdi. Somoniylar davlatida turk lashkarboshilarining
ta ’siri shu darajada kuchayib ketdiki, ular davlatni boshqarish ishlarini
batamom o ‘z qoilarig a oldilar. Bu borada turk lashkarboshisi Ali
Taginning r o i i va o ‘mi g ‘oyatda katta bo‘ldi.
Abdulmalik vafoti (961)dan so‘ng somoniylar hukmronligi
batamom inqirozga uchradi, desa ham bo‘laveradi. Buni shu narsa
ochiq-oydin ko‘rsatadiki, Abdulmalik vafotidan so‘ng qo‘zg‘olon
ko‘targan xalq Buxoro taxtini egallab talon-taroj qiladi, taxt uchun
kurash kuchayadi. Bu kurash jarayonida Ali Taginning nufuzi
pasayadi. Bu holni shundan ham bilsa b oiadiki, Ali Taginning
talabi bilan amir taxtiga qo‘yilgan Abdulmalikning o ‘g ‘li Nasr III
bir kundan keyinoq taxtdan tushirildi. Ayni zamonda Ali Tagin ham
G ‘aznaga ketishga majbur bo‘ldi va u yerda mustahkam davlat barpo
qildi. Somoniylar davlatining bundan keymgi taraqqiyot bosqichi
ham hokimiyat, davlat va mol-dunyo talashib, kurash bilan o‘tdi va
oxir-oqibatda yuztuban inqiroz sari ketdi.
174
V A TA N TA R IX I
Do'stlaringiz bilan baham: |