V bob. A rab xalifaligi davrida M ovarounnahr va X uroson
163
tomonidan harbiy va moddiy tomondan ta ’minlanib turildi. Muqanna
kuchlari esa nima b o ‘lganda ham turli toifa va tabaqalaming
vaqtinchalik qurama uyushmasidan tashkil topgan edi va doimiy
muntazam ta ’minlanib turadigan harbiy va moddiy zaxiraga ega
emas edi. Ikkinchidan, Muqanna tomonida turib jang qilgan kuchlar
turli toifa, tabaqa va guruhlarga mansub bo‘lganliklaridan ularda
mustahkam birlik bo ‘lmadi. Ulaming kattagina qismi, xususan
mulkdorlar, oqsuyak mahalliy hukmdorlar va zodagon dehqonlar
dushman ustidan tez, yengil va osongina g ‘alaba qozonishga ko‘z
tutgan edilar. Umsh cho‘zilib ketgach, va borgan sari dahshatli tus
ola borgach vatanfurush kuchlar xoinlik, xiyonat va sotqinlik yo‘liga
o‘tdilar, hatto arab bosqinchilari tomonida turib o ‘z vatandoshlari,
birodarlari, og‘a va inilariga qarshi jang qildilar. Arab bosqinchilari
esa bundan ustalik bilan foydalandilar. Uchinchidan, «oq kiyimlilar»
qo‘zg‘oloni onglilik va dasturiy kurash darajasidan ancha yiroqdagi
olomon kurashining nisbatan rivojlangan bir ko‘rinishi edi. Albatta,
biz qo‘zg‘olonga hozirgi xalq ko‘zi bilan qarab uning oldiga buyuk
va yuksak talablar qo‘ya olmaymiz. Qo‘zg‘olon rahbari Muqanna
ham o ‘z zamonasining vakili edi, ko‘p hollarda qo‘zg‘olonga bevosita
o ‘zi rahbarlik qila olmadi. K o‘p vaqtini u malikalar davrasida sharob
ichib o ‘tkazdi.
Muqanna rahbarligidagi «oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni yengilgan
b o ‘lsa-da, juda katta tarixiy iz qoldirdi va Movarounnahrda Arab
xalifaligining mustamlakachilik bosqinchilik ildizlariga bolta urdi.
Bu qo‘zg‘olon xalq ommasining kuch-qudrati. birlikda, hamkorlikda
ekanligini ko‘rsatdi. IX asrdan boshlab o ‘lkada tashkil topa
boshlagan mahalliy markazlashgan feodal davlatlaming shakllanish
ibtidosi ham «oq kiyimlilar» qo‘zg‘oloni davrlaridan boshlangan
desak, mubolag‘a bo‘lmaydi. Muqanna qo‘zg‘oloni, ayniqsa, ho
zirgi sharoitda 0 ‘zbekiston fuqarolari Vatan mustaqilligini yanada
mustahkamlash uchun kurash olib borayotgan bir paytda g ‘oyat katta
ijtimoiy-siyosiy va tarixiy ahamiyatga egadir. Muqanna va u bilan
birga Vatan ozodligi va erki uchun kelgindi arab bosqinchilariga
qarshi kurashgan fidoyi qahramonlar timsoli, ayniqsa, yosh avlodni
vatanparvarlik mhida tarbiyalash borasida asrlar osha xizmat
qilaveradi.
Muqanna qo‘zg‘oloni yengilgan va halokatga uchragan bo‘lsa-
da, «oq kiyimlilar» harakati darhol to ‘xtab qolgani y o ‘q, balki u yana
164
VATAN TARIXI
bir necha o ‘n yillar mobaynida davom etdi va istilochi arablaming
tinkasini quritib bordi. Bu albatta o ‘lkamiz xalqlarining erksevar,
hurriyatparvar, haq va adolat uchun kurashda juda katta tarixiy
an'anaga ega b o ‘lgan jasur va mard xalq bo‘lganliklaridan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: