5. G‘AZNAVIYLAR DAVLATI
X
asr oxirlariga kelib, Movarounnahr hududida turkiy qabilalar
sulolalarining hukmronlik mavqeyi borgan sayin kuchayib boradi.
Ular o ‘z tarixlari davomida birin-ketin bir qancha davlatlami tashkil
etdilar. Bu elatlaming davlatchilik an’analari islom dinini qabul
qilganlaridan so‘ng ham davom etdi. Ana shunday musulmon turk
davlatlaridan biri G'aznaviylar davlati edi. Bu davlatning tamal
toshini Alptakin qo‘ydi. Sabuqtakin davrida g ‘aznaviylaming
quyoshi chiqqan b o isa , Mahmud G ‘aznaviy podsholigi yillarida eng
porloq va qudratli kunlami o ‘z boshidan kechirdi.
X
asrga kelib, G ‘azna shahrining mavqeyi har tomonlama ortdi
va turkiy sarkardalaming diqqatini o ‘ziga torta boshladi. G ‘azna
mamuriy-siyosiy jihatdan somoniylarga qaram edi. Biroq G ‘azna
hukmdorlari alohida mustaqil davlat b o iib ajralib chiqish ishtiyoqi
bilan yashaganlar.
Bu ishga birinchi marta astoydil kirishgan shaxs somoniylar
lashkarboshisi, turk g ‘ulomlaridan b o ig a n Alptakindir. U 962-yilda
mahalliy hokimni ag‘darib tashlab G ‘aznada o ‘z hukmronligini
o ‘matdi. G ‘aznada hokimiyatni q o ig a olib mustaqil davlat barpo
etishga ikkinchi marta urinish 977-yilda g ‘oyatda qobiliyatli va
idrokli hukmdor Sabuqtakin tomonidan amalga oshirildi. Sabuqtakin
Alptakinning g ‘ulomi b o iib , uni Alptakin Nishopur shahrida qul
bozoridan sotib olganligi ta’kidlanadi.
Mahmud G ‘aznaviy va uning o ‘g ‘li M as’ud devonxonasida
xizmat qilgan tarixchi olim Abul Fazl Bayhaqiy «M as’ud tarixi»
kitobida qiziq bir voqeani keltiradi. Uning yozishicha, bu hikoyani
hijriy 450-(milodiy 1057) yilning yoz faslida unga alloma Abul
Muzaffar Alaviy aytib bergan. Bu hikoyatga ko‘ra, amir Voziy uning
bobosiga xiroj solig ini kamaytirib, imtiyoz bergan ekan. Bobosi
190
VATAN TARIXI
amir Sabuqtakin boshchiligidagi qo‘shinda xizmat qilar ekan. Bobosi
amir Sabuqtakinni iste’dodli sarkarda, somoniylarga Hindistonni
zabt etib bergan fotih, oqko‘ngil va odil inson deb ta'riflaydi.
Abul Muzaffar bobosining bunday hikoyasini keltiradi: «Hirotda
janglam i tugallab, Nishopurga yo‘l olganimizda odatga k o ‘ra har
kuni somoniylaming va xurosonliklaming amirlari namozdan so‘ng
adolatli (amirsipohsolor) Sabuqtakin saropardasi (chodiri) vaqiniga
kelib, uning tashqariga chiqishini otda o ‘tirgancha kutib turishardi.
Amir Sabuqtakin chodiridan chiqishi bilan (uning hurmatiga)
barchamiz otdan tushardik va u o ‘z otiga minganidan so‘nggina
biz ham yana otlanar edik. So‘ng yana yo‘limizda davom etar edik.
Hokistar degan joyga yetganimizda amir Sabuqtakin to ‘xtam qilib,
arzgo‘ylami qabul qildi va kam bag‘allarga sovg‘alar ulashdi. Shorn
namozidan so‘ng amir va hamrohlari yana yo‘lga otlandik. Qirli,
adirli bir joyga yetganimizda amir Sabuqtakin ot choptirib, aylanib,
nimanidir qidira boshladi, bir payt «Topdim!» deb hayqirdi. So‘ng
yonidagi besh-olti nafar g ‘ulomga «Mana shu yemi kavlanglar!» deb
amr qildi. G ‘ulomlar birmuncha kovlashgach, zang bosib ketgan bir
temir qoziqni topishdi. A ’yonlari amir Sabuqtakindan: «Bu nima?
Ne bo‘lyapti o ‘zi?» deb so‘radilar. Amir ularga qullik chog‘larida
boshidan o ‘tgan qiziq bir voqeani gapirib berdi. Aytishicha, ulaming
turkistonlik xo‘jayini Sabuqtakinni va yana u uchta qulni sotish
uchun Jayhundan o ‘tib, Shopurg‘on va G ‘uzg‘onon tarafga haydab
boribdi. G ‘uzg‘onon amiri quvvat qullardan yettitasini sotib olibdi.
Sabuqtakin va yana olti qulga xaridor chiqmaydi. Xoja qullami
boshqa shaharga haydab boribdi. X o‘jayin M arvarmd va Saraxs
bozorlarida yana to ‘rtta qulini sotibdi. Sabuqtakin bilan ikkita
qulga bu bozorda ham xaridor chiqmaydi. Xoistarga yetgunlaricha
Sabuqtakin mingan otlardan uchtasi mayib b oiib d i. X o‘jayin
achchiqlanib, otlaming egarlarini Sabuqtakinning yelkasiga ortibdi.
Nishopurgacha yayov yurgizaman, deb do‘q uribdi.
Sabuqtakin o ‘zini hech kim sotib olmagani uchun qayg‘urib,
toleyi pastligidan o ‘kinibdi. Shu kuni kechasi Sabuqtakin tushida
Hizr alayhissalomni ko‘ribdi. Hazrati Hizr undan hol-ahvol so‘rab:
«Qayg‘urma, yaqin orada qullikdan qutulasan, ulug‘ va mashhur
odam bo‘lib ketasan, vaqti kelib, yana shu yerlardan o ‘tayotganingda
katta mansabdorlar ham senga xizmatda bo‘lishadi, ammo yuksak
martabalarga erishganingda odamlarga faqat yaxshilik qilgin, ana
shunda umring uzoq va kuch-qudrating ziyoda b o ‘ladi», deb duo
qilibdi. Sabuqtakin yarim kechasi uyg'onib ketib, ko‘rgan tushidan
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
191
ta’sirlanib, tahorat oladi va Xudoga shukronalar aytib, tonggacha
ellik rakat namoz o ‘qib, yigiaydi. Shunda vujudi kuch-quw atga
to ‘ladi. So‘ng karomat m o‘jiza yuz bergan joyni eslab qolish uchun
otning qozig‘ini adirlar orasiga qoqib keladi.
Ertalab, hamma uyg'onganida, otning qozig‘ini y o ‘qotgani uchun
xo‘jayini Sabuqtakinni kaltaklaydi va bu noshud qulni endi duch
kelgan odamga so‘ragan bahosiga bervoraman, deb tantanavor qasam
ichadi. X o‘jayin Nishopurgacha ikki qulini otliq Sabuqtakinni piyoda
haydaydi. Nishopurda bu uchala qulni somoniylar hukmdori Nuhning
sipoxsolori amir Alptakin sotib oladi. Shundan so‘ng Sabuqtakin
jang-u jadallarda va tinch paytlarda shijoati, halolligi, adolatli ish
tutishi tufayli navkarlikdan bosh qo‘mondonlik — sipohsolorlik
darajasigacha yetadi.
Mahmud G ‘aznaviyning otasi amir Sabuqtakin yaxshi jang-
chilardan tashqari oqko‘ngil, mehr-m uruwatli inson ekanligini
ko‘rsatuvchi yana bir voqea ibratlidir. Bu g ‘aroyib voqea ham
Abul Fazl Bayhaqning «M as’ud tarixi» kitobida keltirilgan.
Bu voqeani Abul Fazlga o ‘sha yili (1057) do‘sti Abdul Malik
Mustavfiy aytib bergan. Sabuqtakin Bust shahrini qo‘lga kiritib
shahaming fozil, donishmand kishilarini o ‘ziga yaqin tutib,
ularga lutf-marhamat ko‘rsatgan. Ana shunday fozil kishilardan
biri olim Abdul Malik Mustavfiyning otasi Ahmad Mustavfiyga
tongotar suhbatlaming birida Sabuqtakin quyidagi hikoyani aytib
bergan. Bir kuni Sabuqtakin shorn namoziga yaqin Balx qirlarida
ov qilayotganida ona-bola kiyiklami ko‘rib qoladi. Uchqur otida
quvlab, kiyikning bolasini tutib oladi. Namoz vaqti yaqinlashganida
o ‘ljani egariga b o g ia b , uyiga qayta boshlaydi. Biroz yurgach,
ortidan kiyikchaning onasi m a’rab kelayotganini eshitadi. Amir
ko‘nglida kiyikning onasini ham tutib olishni o ‘ylab, ortiga qaytadi.
Qorong‘i tushgunicha uni necha bor quvlab, tutolmay saroyga
qaytganida ona kiyik yana m a’rab ergashib kelaveradi. Oxiri da
amir Sabuqtakin ona kiyik b o ‘zlayotganiga rahmi kelib, kiyikchani
qo‘yib yuboradi. Ona-bola kiyiklar quvonib, chopqillab, ko‘zdan
g ‘oyib bo‘ladi. Shu kuni kechasi ham amir karomatli tush ko‘radi.
Tushida donishmand bir m o‘ysafid uni rahmdilligi uchun «Umring
uzun, toj-u davlating mustahkam b o isin » , deb duo qiladi. Abul Fazl
Bayhaqiy kitobida Sabuqtakinning bu ishini Tavrotda tasvirlangan
Muso payg‘ambaming qo‘zichoqqa m uruw ati bilan taqqoslaydi»1.
1
Do'stlaringiz bilan baham: |