Маркам Лндижоний.
Махмуд Газнавий. «Мулокот», 1992, 3^1 сонлар, 36-37-бетлар.
192
VATAN TARIXI
Sabuqtakin k o ‘p o ‘tmay Kobul daryosi havzasidagi yerlami, keyin
esa Xurosonning katta qismini qo‘lga kiritadi va 997-yilda vafot
etadi.
Sabuqtakin vafotidan so‘ng hokimiyat tepasiga Sabuqtakinning
katta o ‘g ‘li Mahmud kelishi kerak edi. Ammo ota taxt vorisligini
kichik o ‘g ‘li Ismoilga bashorat qilgandi. Ismoil taxtni 7 oy
boshqaradi, xolos. Tabiatan betadbir, kaltafahm, takabbur va lan-
davur taxt vorisi viloyat hokimlarining isyon-u xurujlariga bardosh
bera olmadi. Bundan foydalangan Mahmud katta qo‘shin bilan
G ‘aznaga bostirib kirdi va taxtni egalladi. U tarixda Mahmud
G ‘aznaviy nomi bilan shuhrat topdi va gaznaviylar sulolasiga asos
soldi. Sobiq sho‘rolar davrida Mahmud G ‘aznaviy faoliyati tarixda
faqat qora bo‘yoqlarda yoritildi, uni bosqinchi, jallod va sahroyi
sifatida baholadilar. Holbuki «Siyosatnoma», «Chahor maqola» (XII
asr) «Jome ul-hikoyot», «Lubob-ul-albob» (XIII asr), «Miftoxul-
adl» (XVI asr) va boshqa asarlarda, to ‘plam va solnomalarda. tarixiy
kitoblar tarkibiga kiritilgan hikoyatlarda Sulton Mahmud G ‘aznaviy
adolatli, fuqaroparvar, tadbirkor, sermulohazali va kelajakni oldindan
ko‘ra biladigan har qanday murakkab muammolami aql bilan odilona
hal etishga intiladigan shoh sifatida tasvirlanadi.
Mahmud nihoyatda ustalik va mohirlik bilan davlat siyosati olib
boradi. 999-yilda Nasr Qaraxoniy Buxoroni egallagach, Mahmud
Bag‘dod xalifasi Qodir (991-103 l)dan «Ie min ad daula va omin al
milla», y a’ni «hokimiyatning o ‘ng qo‘li va dindorlik jamoasining
ishonchli vakili» u bilan birgalikda Xurosonni idora etishga vakolat
ham oldi. Mahmud bu unvonga javoban xalifa Qodiming nomini
xutbaga qo‘shib jom e masjidida o ‘qittira boshladi. Bu Mahmudning
mustaqil siyosat yo‘liga o ‘tganligigina b o iib qolmasdan, balki uning
obro‘-e’tibori oshganligiga ham bir nishona edi.
1001-yilda
Mahmud
qoraxoniylar bilan
o ‘z
davlatining
chegaralarini aniqlash maqsadida qoraxoniylar hukmdori Nasr
bilan muzokaralar olib bordi va shartnoma tuzdi. Asosiy chegara
ch izig i qilib Amudaryo belgilandi. 1005-yilda so‘nggi somoniy
Ismoil Muntasir qatl etilgach, ilgarigi somoniylar davlati o ‘mida
ikkita mustaqil davlat paydo b o id i: bittasi — Qashg‘ardan
Amudaryogacha cho‘zilgan sharqiy Turkistonning bir qismini,
Yettisuv, Shosh, Farg‘ona va qadimgi Sug‘d hududlarini ham o ‘z
ichiga olgan qoraxoniylar davlati, ikkinchisi — shimoliy Hindiston
chegarasidan to Kaspiy dengizining janubiy qirg‘oqlarigacha
cho‘zilgan hozirgi A fg‘oniston va shimoli-sharqiy Eron viloyatlarini
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
193
ham o ‘z ichiga olgan g ’aznaviylar davlati. Ammo qoraxoniylar bir
necha bor o ‘rtadagi sulh shartnomasini buzdilar. Mahmud G ‘aznaviy
Hindistonda bo‘lganligidan foydalanib 1006 va 1008-yilda ular
Xurosonga ikki marta yurish qildilar. Bu yurishlar davomida
qoraxoniylar qo‘shini Balx Tus va Nishopur shaharlarini bosib oldi.
1008-yildagi Balx jangida Mahmud G ‘aznaviy qoraxoniylar ustidan
uzil-kesil g ‘alaba qozondi va Xurosonning hammasini, Chag‘oniyon
va Xuttalon viloyatlarini batamom egalladi. Bu jangda Mahmud
qo‘shini tarkibida 500 fil bor edi.
Sulton Mahmud G ‘aznaviy o ‘z hukmronligi (998-1030) davrida
yashin tezligida harakat qiladigan o ‘z davrining qudratli qo‘shiniga
tayandi. Islom dinini o ‘ziga g ‘oyaviy bayroq qilib oldi, islom y o ‘lida
va himoyasida g ‘azot urushlari olib bordi. Harbiy xizmatchilaming
hammasi davlat hisobidan yetarli miqdorda maosh bilan ta’min-
langandi. Taniqli olim Hamidjon Homidiyning yozishicha, «Sulton
Mahmud davlat idora hay’atida ham, viloyat hokimlari devonida-yu,
qo‘shinlar sarkardalari orasida ham qattiq intizom orqasidan jiddiy
nazorat o ‘matgan bo ‘lib, mahalliy hokimlaming ichki va tashqi
ahvolidan m a’lumot yetkazib turuvchi maxsus mahkama tashkil
etgandi. Uning qo‘shinida bir necha yuz jangovar fillar, qo‘rg ‘onlami
qurshab olganda tosh, neft quyilgan idishlar, otadigan manjaniqlar,
daryolami kechib o ‘tish uchun suzuvchi sollar b o ig a n ekan. Sulton
lashkarining asosiy qismini harbiy hunarlar o ‘rgatilgan qullar tashkil
qilgani manbalarda qayd etilgan. Xullas, Sulton Mahmud eng
zamonaviy qurollar bilan ta ’minlangan, 32 harbiy hunar o ‘rgatilgan,
yuksak jangovar ruhdagi yuz minglab suvoriy va piyoda lashkarga
ega edi»1.
Metindek intizom, qattiqoilik va talabchanlik siyosatiga
asoslangan Mahmud G ‘aznaviyning harbiy yurishlariga uncha-
muncha kuch bas kela olmasdi. U Hindistonga 17 marta yurish
qilib, Panjob, Kashmir va boshqa viloyatlami egallab, behisob
boyliklami q o ig a kiritdi. Mahmud G ‘aznaviyning lashkarlari
bosib olingan shaharlardagi oltin haykallami, ibodatxonalardagi
qimmatbaho buyumlami, minglab erkak-ayol asirlami olib ketar
edilar. M aium otlarga ko‘ra 1019-yilda Mahmud o ‘z yurishlarining
birida Kanauja shahridan 20 million dirham, 57 ming qul va 350 ta
fil keltirgan. Keltirilgan asirlar sotilmagan ham, oidirilm agan ham,
balki ulami dini islomga kiritib, yangi qo‘shinlar tuzganlar.
1 «Узбекистон овози», 1993, 26 октябрь.
194
VATAN TARIXI
Mahmud G ‘aznaviy 401-(milodiy 1010) yili G ‘urlarga qarshi
yurish boshlagan va faqat 405-(1015) yilda G ‘ur viloyatini batamom
egallashga muvaffaq bo igan.
Harbiy yurishlarda Mahmud G ‘aznaviy erishgan g'alabalar
va q o ig a kiritilgan behisob boyliklar g ‘aznaviylar davlatining
obro‘-e’tiborini tobora oshirib bordi. Hatto qoraxoniylar xoni ham
Mahmud bilan hisoblashardi. 0 ‘z navbatida Mahmud ham harbiy
yurishlarda xotirjam b o iish uchun qoraxoniylar hukmdorlari bilan
yaxshi muomala qilar va kelishardi. Mahmud G ‘aznaviy Samarqand
va Buxoroda o ‘tirgan iloqxon Alitakin bilan Qashg‘arda o ‘tirgan
tom g‘achxon Qodir o ‘rtasidagi ziddiyatdan ustalik bilan foydala-
nishga harakat qildi va xonlar xoni Qodir yordamida qo‘shnisi
Alitakinni kuchsizlantirmoqchi b o id i. 1025-yilda Mahmud G 'aznaviy
bilan tom g‘achxon Qodir Samarqand yonida shaxsan uchrashdilar.
XI
asrda yashagan fors tarixchisi Gardiziy «Zayn al axbor»
kitobida ta ’sirchan bir voqeani hikoya qiladi. Har ikki podshoh
uchrashuv cho gida bir-birlariga o ‘zaro mulozamatlardan so‘ng qim-
matbaho javohir toshlami sovg‘a qiladilar. Mahmud G ‘aznaviy ana
shu birinchi uchrashuvdayoq Qodirxonning siyosiy diplomatiyada
savodsizligi, sodda, qovushmagan va odam sifatida qo‘polligini
ko ‘rgach, y a’ni o ‘zining muomalasi, mehmondo‘stligi, hashamati,
boyligi va zeb-ziynatlari bilan lol qoldirmoqchi b o id i, u Qodirxon
uchun oltinlar bilan bezatilgan katta kimxob chodir tayyorlattirib,
uning ichki va tashqi tomonlarini hayratomuz bir tarzda yasattirdi,
har xil taomlar va qimmatbaho sovg‘alar tayyorlashga buyurdi.
Mehmon uchun tayyorlangan chodir haqiqatan kutilganidan ham
ortiqcha salobat va go‘zallik bilan bezatildi. Qarorgohning birinchi
xonasida ovqat yeyilar, ikkinchi xonada esa xursandchilik va ishrat
qilinar edi. Mahmud tayyorlagan turli-tuman sovg‘alar Qodirxonni
lol qoldirdi: xilma-xil javohirlar, oltin, kumush qadahlar, tilla yuganli
ajoyib otlar, urg‘ochi fillar, guldor chodirlar, bebaho gilamlar... 0 ‘z
qarorgohiga qaytib kelgach Qodirxon bu bebaho sovg‘alami ko‘rgach,
Mahmud G ‘aznaviydek saxiy va qudratli podshoh oldida uyalib
qolmaslik uchun o ‘z q o iio stid a g i barcha boyliklami to‘plashga buyruq
beradi. Qodirxon juda ko‘p miqdorda pul, oltinlar bilan bezatilgan
egar-jabduq va yuganli dul-dul otlar, oltin belboqli turk g ‘ulomlari,
suvsar, oqsuvsar va qo‘ra tulki mo'ynasi va boshqa boyliklami yig‘ib
M ahmud G ‘aznaviyga yuboradi. Bu Mahmud G ‘aznaviyning katta
diplomatik g ‘alabasi edi.
Bu uchrashuvda juda katta siyosiy masalalar muhokama qilindi.
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
195
Movarounnahmi Alitakindan qaytarib olish va uni Qodirxonning
o‘g ‘li Yigantakinga berishga o ‘zaro kelishadilar. Bu kelishuvdan
xabar topgan Alitakin Movarounnahmi vaqtincha tashlab Zarafshon
daryosining o ‘ng qirg‘og‘idagi Nurota tumani hududlarida ko‘ch-
manchi hayot kechirib yurgan saljuqiy turkmanlar orasida jon
saqlashga majbur b o id i. Bu hududlarda Saljuqning nabiralari
Isroil, T o‘g‘rul va Dovudlar egalik qilar edilar. Mahmud G ‘aznaviy
qo‘shinlari bilan saljuqiylar o ‘rtasida jang bo‘lib, Isroil asir olinadi.
U garovga olinib, asir sifatida hind qal’alaridan biriga yuboriladi va
shu yerda vafot etadi.
Mahmud G ‘aznaviy Alitakinni batamom tor-mor keltirishni
aslida yurakdan istamas edi. Uning maqsadi Alitakinni biroz kuch-
sizlantirishdan iborat edi, xolos. Mahmud G ‘aznaviy uchun Alitakin
o ‘miga Qodirxon o ‘g ‘lining taxtga o ‘tirishi m a’qul emas edi.
Chunki Movarounnahr taxtiga Yigantakinning kelishi Qodirxonning
bevosita Mahmud G ‘aznaviy bilan yuzma-yuz boiish ig a olib kelardi
va oqibatda ular o ‘rtasida umsh xavfi kuchayar edi. Biz ilgariroq
Xorazm somoniylar hukmronligi davrida ham yarim mustamlaka
sifatida o ‘z mustaqilligini saqlab qolganligini ta ’kidlagan edik.
Qoraxoniylar va Mahmud G ‘aznaviy davlatlari qaror topgandan
keyin ham Xorazm bir chetda hech bir davlat tarkibiga kirmagan
holda qolaverdi.
Xorazm geografik jihatdan juda qulay mintaqada joylashganli-
gidan tashqari, nihoyatda boy o ik a edi. X asming ikkinchi yarmida
Xorazm ikkiga ajralgan edi. Shimoliy Xorazm — poytaxti Urganch
b o iib , bu yerda amir hukmronlik qilsa, janubiy Xorazm — poytaxti
Qiyot b o iib , unda shoh hukmronligi o ‘matilgan edi.
996-yili Shimoliy Xorazm hukmdori M a’mun ibn Muhammad
(995-997) bu mamlakatni bir butun davlatga birlashtirdi. Xorazm
shoh unvonini qabul qilib, Urganchni poytaxt deb belgiladi. U
o ‘zining butun diqqat-e’tiborini Xorazmning mustaqilligini ta ’minlash
va harbiy qudratini oshirishga qaratdi. Bu jarayon M a’munning o ‘g ‘li
Ali ibn M a’mun (997-999) davrida ham davom etdi. Ali ibn M a’mun
vafot etgach, taxtga uning ukasi M a’mun ibn M a’mun (999-1017)
o ‘tirdi va otasi hamda akasi yurgizgan siyosatni yanada rivojlantirdi.
Albatta Mahmud G ‘aznaviy Xorazm mamlakatiga befarq qaramadi.
U iloji boricha Xorazmni egallashga, hech b o im asa uni o ‘ziga qaram
yoki vassal mamlakatga aylantirishga harakat qildi. Ammo Mahmud
bu ishlami nihoyatda ustalik va tinch y o i bilan amalga oshira bordi.
U o ‘z singillarini Xorazmshoh Ali ibn M a’mun va uning ukasi
196
VATAN TARIXI
M a’mun ibn M a’munlarga turmushga berdi va Xorazm bilan quda
bo‘lib oldi.
Ammo voqealaming bu tarzda rivojlanib borishi B ag‘dod xalifasi
Qodimi tashvishga solayotgan edi. U Xorazmning ham, Mahmud
G ‘znaviyning ham kuchayishini istamas edi. Shu bois Qodir ikki
o ‘rtada nifoq chiqarishga harakat qildi va m a’lum darajada maqsadiga
erishdi. Qodir Xorazmshoh M a’mun ibn M a’munga o ‘z elchisi
orqali faxriy kiyim va «Ayn Ad Daula va Zayn A1 Milla», y a’ni
«davlat ko‘zi va dindorlar jamoasining k o ‘rki» unvoni diplomini
topshirdi. Albatta, bu voqea xalifa Qodiming rejasiga ko‘ra Mah
mud G ‘aznaviy gazablanishiga sabab bo‘lishi kerak edi. Xuddi
shunday bo‘ldi ham. 1014-yilda Mahmud G ‘aznaviy Xorazmdagi o ‘z
elchisi orqali Mahmud G ‘aznaviy nomini jum a namozida xutbaga
qo‘shib o ‘qitishni Xorazmshohdan talab qildi. Xorazmshoh og‘ir
ahvolga tushadi. Shu bois u ikkiyoqlama siyosat olib boradi. Dastlab
Niso va Farovada Sulton Mahmud nomiga xutba o ‘qildi. Qiyot va
Urganchda bunday ishni amalga oshirishga Xorazmshoh ju r’at qila
olmadi, qo‘rqdi. Bunday ikkiyoqlama siyosat mamalakatni ham
Xorazmshohning o ‘zini ham saqlab qololmadi. Birinchi navbatda bu
siyosatdan Xorazmdagi ayrim harbiy doiralar norozi bo‘ldilar. Beruniy
b o ‘lib o‘tgan voqealarga shaxsan guvohlik beradi. Uning bergan
m a’lumotlariga ko‘ra «Xorazmning eng kuchli qo‘shini Xazoraspda
urushga tayyor turgandi. Bu qo‘shinga bosh hojib Alptakin Buxoriy
boshliq edi. U «Biz Mahmudga b o ‘ysunmaymiz!» deb Xazoraspdan
Xorazm poytaxti Gurganjga qarab qo‘shin surdi. Y o‘l-yo‘lakay,
yarash bitimiga imzo chekkan va Xorazmshohga shu masalada ijo-
biy maslahat bergan a ’yonlarni tutib oidirishdi. Poytaxtni qamal
qilib, oxiri shaharga bostirib kirishdi. Xorazmshoh o ‘z k o ‘shkida edi,
isyonchilar uning ko‘shkini yoqib yuborib, o ‘zini topib oidirishdi.
Bu paytda Xorazmshoh o ‘ttiz ikki yoshda edi, deb eslaydi Beruniy.
Alptakin Xorazmshohni y o ‘q, qilgach, shohing jiyani b o ig an , o ‘n
sakkiz yoshli Muhammad ibn Ali ibn M a’munni topib kelib taxtga
o ‘tqazdi. Davlat ishlari Alptakin bilan vazir Ahmad T o‘g ‘on q o iig a
o ‘tdi. «Hali dunyo ko‘rmagan yigitchani bir burchakka o ‘tqazib, o ‘z-
lari xohlagancha odamlami oidirib , mol-mulklari va boyliklarini tor
tib olib, saltanatni vayron qila boshladilar, — deb yozadi Beruni.—
Kim kimga yoqmasa ulami Alptakin yordamida kuch bilan y o ‘q qila
boshladilar. T o‘rt oy davomida ulaming osmoni tiniq b o iib turdi. Ular
o ‘z q o ila ri bilan saltanat uyini shu qadar vayron qildilarki, kofirlar
mamlakatida ham musulmonlarga bunday yomonlik qilinmagan edi».
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
197
Do'stlaringiz bilan baham: |