Mahmuddir
deydi. U nomasida xalifani insof, diyonatga chaqiradi,
eski ginalami unutib, sulton Mahmud bilan yarashish va musulmon
kuchlami birlashtirishga da’vat etadi.
El Arslon 1172-yilda vafot etadi. Bundan foydalangan qora
xitoylar Xorazmga bostirib kiradilar. Mamlakat taqdiri uchun
g ‘oyatda og‘ir va qiyin bo‘lgan ana shu paytda Xorazm taxtiga El
Arslonning o ‘g ‘li Takash (1172-1200) o ‘tirdi. Xorazmshohlar
davlati uning davrida o ‘z tarixida eng yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi
va buyuk davlatlardan biriga aylandi. Biroq bu yo‘lda Takash o ‘z
hukmronligining boshlang‘ich davrlarida juda katta qiyinchiliklami
yengib o ‘tishiga to‘g ‘ri keldi. Bu keyinchalik eng avvalo oilaviy,
um g‘chilik qiyinchiligi edi. Hali El Arslon hayotligi paytida
Takashning og‘asi Sultonshoh merosxo‘r deb e ’lon qilingan edi.
U 1172-1193-yillar davomida roppa-rosa 20 yil o ‘z birodariga
qarshi taxt uchun kurashdi. Faqat 1193-yilda Takash og‘asining
so‘nggi tayanchi Saraxsni egallab, o ‘rtadagi ixtilofga chek qo‘ydi.
Ikkinchidan, tashqi qiyinchilik edi. Bir tomondan qoraxitoylar va
ikkinchi tomondan G ‘ur podshosi G ‘iyosiddin Muhammad xavf solib
turardi. Ayniqsa, G ‘iyosiddin Muhammad xavfli edi. Chunki u Old
va 0 ‘rta Sharqda buyuk davlat barpo qilish orzusida b o iib , bu bora-
da Takashga qaraganda qulayroq imkoniyatga ega edi. G ‘iyosiddin
Muhammad asli tojik b o iib , Hirot sharqidagi to g ii G ‘ur viloyatining
sultoni edi. Saljuqiylaming batamom zaiflashib qolganligidan
foydalanib, u 1175-yilda Hirot shahrini bosib oladi. Xurosonning
boshqa tumanlariga ham o ‘z ta’sirini o ‘tqizadi. G ‘urliklar xorazm-
liklarga qaraganda shu jihatdan ustun mavqega ega edilarki, ulaming
birorta podshoga qaramlik yoki b o g iiqlik tomonlari yo‘q edi.
Ulaming jangari to g iik lar va turklardan tashkil topgan intizomli
va jangovar qo‘shinlari bor edi. Aytmoqchimizki, g ‘urlilar mutlaqo
mustaqil va erkin boiganlar. Xorazmliklar esa qoraxitoylarga
qaram b o iib , ulardan batamom mustaqil b o iish uchun qattiq kurash
olib borayotgan edilar. Ammo bu qiyinchiliklarga qaramasdan
Xorazmshoh Takash otasi va xususan bobosi tanlagan y o in i —
buyuk va mustaqil Xorazmni barpo etish y o iin i dadillik bilan davom
212
VATAN TARIXI
ettirdi. Buxoro va Movarounnahrga qarshi uyushtirilgan yurishlari
muvaffaqiyatli yakunlanmagan bo‘lsa-da, uning ruhi tushmadi.
Chunki bu ishga qoraxitoylar to ‘sqinlik qildilar. Takash jangovar
jangchi suvoriylar izlab qipchoqlar huzuriga boradi. Qipchoqlar xoni
Jonkishi Turkon xotinning qiziga uylanadi. Qipchoqlaming Bayot
qabilasidan b o ig a n bu qiz o ‘zi bilan birga Xorazmga uroniylar,
qarluqlar, ug‘raklar va xalajlar singari yirik turk qabilalarini boshlab
keladi. Takash XII asming 80-yillarida Xurosonda ro ‘y bergan
ichki nizolardan ustalik bilan foydalandi. U 1187-yiIda Nishopumi,
1192-yilda Rayni, 1193-yilda Marvni egalladi. 1194-yilda saljuqiylar
sultoni T o‘g ‘rulbek II ga qaqshatqich zarba berdi. Bu jangda
T o‘g ‘rulbek oidirildi. Butun Sharq va g ‘arbiy Eron hududlari
Takash q o iig a o ‘tdi va xorazmshohlar davlatining yerlari deyarli
ikki baravardan ortiq kengaydi. U bevosita g ‘urliklar va abbosiy
xalifalar bilan chegaradosh b o iib qoldi. Bu hoi albatta xalifa Nosimi
bezovta qilmoqda edi. Buning ustiga xalifa saljuqiylaming batamom
zaiflashib qolganligidan foydalanib, o ‘z xalifaligi hududlarini
kengaytirish niyatida edi. Nihoyatda sezgir va uzoqni ko‘ra biladigan
davlat arbobi Takash 1194-yilda xalifalik qo‘shinlarini tor-mor
keltirdi. Xorazmshoh lashkarlari Iroqqa xo‘jayinlardek kirib bordilar
va uni egalladilar.
Shu tariqa Xorazmshoh Takash o ‘z davri uchun g ‘oyatda
buyuk davlatga asos soldi, uning xalqaro maydondagi obro-e’tibori
va mavqeyi oshdi. Takash davlati harbiy feodal davlati edi. Uning
doimiy xizmatdagi qo‘shinlari 150 ming kishidan iborat boigan.
Yana zaxirada ham 200 ming atrofida qo‘shin b o iib , uni bir necha
kun mobaynida to ‘plash mumkin edi. Yuz ming atrofida to ‘planishi
mumkin b o ig a n xalq ko‘ngillilari albatta bu hisobga kirmaydi.
Bulardan tashqari Xorazmshohning 10 ming kishidan iborat shaxsiy
lashkari ham bo igan. Xorazmshohlar davlatining bunday ulkan
qo‘shini asosan turklardan tashkil topgan b o iib , qabilaviy belgilar
asosida shakllangan edi. Bunday katta lashkami Muqaddam deb
atalovchi qo‘mondon boshqargan. Asosan qarluqlardan tayinlangan
bu lavozim kishisi eng sadoqatli, jasur b o iish i va hukmdoming
singillari yoki jiyanlaridan biriga uylanishi kerak b oigan. Katta
lashkar o ‘n ming kishilik qo‘shinlar bo iin m asi orqali boshqarilgan.
Uning lashkarboshisi M alik deb yuritilgan. Askarlar o ‘rtasida
tashviqot-targibot masalalariga katta e ’tibor berilgan. Jangchilami
moddiy rag‘batlantirish maqsadida yangi bosib olingan hududlardan
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
213
ularga bir qismi iqta tarzida b o iib , berilar va shu tariqa yuqoridan
turib mulkdor dehqonlar jamoasi yaratilar edi.
Xorazmshohlar qo‘shini o ‘z zamonasi uchun g ‘oyatda kuchli
hisoblanar va o ‘z davrining eng yaxshi qurollari bilan jihozlangan
edi. Bu qo‘shinlarda odatdagi qurollardan tashqari qamal mashinalari
ham b o ig an . Bular orasida harakatchan minoralar, taranlar, hujum
narvonlari ajralib turgan. Z.M.Buniyotov bular Takash yo rlig iga
ko‘ra, «olovdan dahshatliroq, shamoldan ko‘ra tezroq edi»1, deydi.
Xorazmshohlar davlatining siyosiy tizimi ancha samarali davlat
qurilmasiga tayanardi va unda devon bosh idora hisoblanardi.
Uning tepasida turgan vazir davlatning ichki va tashqi siyosatini
o ‘z q o i ostidagi xodimlar orqali amalga oshirar edi. Takashning
xotini Turkonxotin tufayli Xorazmga kelgan turk zodagonlari va
qipchoqlar davlatning barcha m as’uliyatli lavozimlarini va qo‘shinda
qo‘mondonlik o ‘rinlarini egallaydilar.
Xorazmshohlar savdo ishlariga alohida e ’tibor bilan qarab
g ‘amxo‘rlik qilganlar. Shu boisdan bu yerda ichki va tashqi sav
do rivoj topgan. Tashqi savdoda Xitoy, Andaluziya, Janubiy Ros-
siya, yaqin Sharq mamlakatlari yetakchi o ‘rinda boiganlar. Xorazm
hunarmandchiligi qadimdan mashhur. Bu davrda ham hunar-
mandchilikning 50 dan ortiq turlari chet ellarda yuqori baholangan.
Xorazmshohlar dehqonchilik madaniyatini rivoj lantirish, su-
g ‘orish inshootlari va kanallar qurilishiga alohida e ’tibor bilan
qaraganlar. Bu yerda dehqonchilikning hamma turlari va bog‘-
dorchilik bilan bir qatorda chorva mahsulotlari yetishtirishga ham
katta e ’tibor berilardi.
1200-yil 3-iyulda Xorazmdan Nishopurga boradigan y o id a
Xorazmshoh Takash vafot etadi. Bu hoi Takash shoh b o ig a n
ulkan saltanatda tartibsizliklar, beboshliklar o ‘zboshimchalikdan
iborat harakatlar uchun bahona b o id i. Iroq poytaxti Bag‘dodda
xorazmliklarga qarshi qo‘zg‘olon va q irg in boshlandi. G ‘urlar
Janubda Saraxs, Naus va Abiverdni bosib oldilar.
Xorazm taxti uchun kurash ham avjiga chiqdi. Takashning o ‘miga
1200-yil 3-avgustda uning o lg ‘MAloviddin Muhammad taxtga chiqdi.
Bundan norozi b o ig a n Muhammadning о ‘gay og‘asi, Nishopur
hokimi Hinduxon taxt uchun kurashish maqsadida qo‘shin to ‘plash
maqsadida Marvga jo ‘nab ketdi. Ammo bir muammo bor ediki, u
ham b o is a Takashning xotini va Aloviddin Muhammadshohning
1 Буниятов 3. М. Государство Хорезмшахов-Ануштегинидов, стр. 47.
214
VATAN TARIXI
onasi Turkonxotin edi. Davlat faoliyatining ham asosiy kaliti uning
qo‘lida bo‘lib, Muhammad faqat rasmiy hukmdor edi, xolos. Asosan
turklardan tashkil topgan qo‘shin Turkonxotinga bo‘ysunardi. Harbiy
boshliqlar moliya boshqarmasi uning o ‘z urug‘i — bayotlardan edi.
Uning q oiid ag i muhrda «Umidim faqat Allohdan», degan yozuv
bor edi. Bu muhr, hatto Xorazmshoh Muhammad muhridan qudratli
edi. U nihoyatda qattiqqo‘l edi. Chet ellik elchilami o ‘zi qabul qilar,
diplomatik munosabatlami hal qilardi. Turkon xotinning yaqin
qarindosh-urug‘lari deyarli barcha faxrli davlat ishi lavozimlarini
egallab oldilar. Samarqand shahrining boshlig‘i Turkon xotinning
og‘asi T o‘g ‘ayxon, 0 ‘tror shahrining noibi uning qarindoshi Inalxon
(Inalchiq) bo'lgan.
Muhammad Xorazmshoh onasiga batamom tobe edi. Tur
kon xotinning aytgani aytgan, degani degan bo ig an . Kimni
qaysi lavozimga, qo'yishni faqatgina u hal qilardi. Bundan turk
zodagonlari foydalandilar. Xorazmshohning vaziri Turkonxotinning
sobiq g ‘ulomi edi. Muhammad Xorazmshohning kenja farzandi
0 ‘zlagshoh taxt vorisi deb e io n qilindi. Ayni chog‘da hali oq-u
qorani unchalik farqlay olmaydigan yosh go‘dak voris 0 ‘zlagshoh
Xorazm, Xuroson va Mozandaron noibi etib tayinlandi. (Bu yurtlar
ham Turkonxotinning mulklari hisoblanardi.) Boisi 0 ‘zlagshohning
onasi Turkonxotinning u ru g id an b o igan. Ayni zamonda Muham
mad Xorazmshohning katta o ‘g i i Jaloliddin Manguberdi esa
chekkadagi kichkina bir viloyat — G 'um ing (Hirotsiz) hokimligiga
tayinlandi. Chunki uning onasi Oychuchuk boshqa urug‘dan edi. Bu
hoi turk harbiy sarkardalarining ikki guruhi — Jaloliddinning onasi
Oychuchuk va Turkonxotin qarindoshlari o ‘rtasida avjlanib ketgan
tarafkashlik kurashiga sabab b o id i va bu buyuk Xorazm halokatini
tezlashtirgan omillardan edi.
Turkonxotinning butun qalbi, vujudini o ‘zga mamlakat va
xalqlarga qarshi lashkarlar tortib borish, o ‘zga yurtlami talash,
boshqa xalqlami qullik asoratiga solish, boylik va davlat to ‘plash,
unga bo‘ysunmaganlami osish, chopish va Amudaryoga cho‘ktirish
g ‘oyasi qamrab olgan edi. Makkor va zolim ona izmidan chiqa
olmagan xorazmshoh Aloviddin Muhammad o ‘zining 20 yillik
hukmronlik davrini faqat urushlar, jang-u jadallar bilan o ‘tkazdi. U
1202-yilda Marv, Nishopur va Saraxsni egalladi. 1204-yil yanvarda
Hirotni q o ig a kiritgan Muhammad 1206-yilda o ‘zining asosiy raqibi
b o ig a n qudratli g ‘urlar davlatiga qaqshatqich zarba berib, Balx va
Termizni bosib oldi.
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlam ing tashkil topishi
215
Endi Muhammad qoraxitoylar tazyiqidan qutulish va ular bilan
orani ochiq qilib olish uchun bahona izlayotgan edi. Bunday bahona
ham tezda topila qoldi. 1206-yilda Buxoroda Sadr Muhammad
ibn Abdulazizga qarshi xalq qo‘zg ‘olon ko‘tardi. Buxoro xalqi
Muhammad ibn Abdulazizning «Sadri jahon» unvonini masxaralab,
«Sadri jahannam», deb atadi. Q o‘zg‘olonga qalqon yasovchi
hunarmand Malik Sanjar boshchilik qildi. Sadr Muhammad oilasi
bilan najot izlab homiysi qoraxitoy go‘rgoni oldiga bordi. Biroq u
qoraxitoylardan Buxoro hukmronligi sadrlarga qoldirish kerakligi
to ‘g ‘risidagi yorliqdan bo‘lak hech narsa olmadi. Qoraxitoy
go‘rgonlariga qarshi hujimga bahona izlab yurgan Muhammad
1207-yilda qo‘zg‘olonni bostirish uchun Buxoroga lashkar tortib
bordi va shahami egalladi. Xorazmshoh Buxoroni egallab, uning
ichki va tashqi devorlarini tikladi. Buxoro aslzodalari uni q oilab-
quw atladilar va Xorazmshoh tomoniga o ‘tdilar. Buxoro Xorazmshoh
tarkibiga qo‘shib olindi. Qo‘zg‘olon boshlig‘i Malik Sanjar
Xorazmga olib ketildi. U ancha vaqt Xorazmshoh saroyida yashadi va
ko‘pgina tantanalarda qatnashdi. Muhammad Buxoroni egallagach,
qoraxitoy go‘rgonlariga qarshi umshga tayyorgarlik ko‘ra boshlaydi.
Shu paytda qiziq voqea ro‘y beradi. Z.M.Buniyatovning m a’lumotiga
ko‘ra, 1209-yilda Urganchga navbatdagi o‘lponni yig‘ish uchun
qolgan G o‘rgon vakili Tushi hech bir yuzxotir qilmay, hech bir
qoidaga rioya etmay, andishasizlarcha to‘g ‘ri kelib, Xorazmshoh
yoniga taxtga o ‘tiradi. «Sabr kosasi to ‘lgan Xorazmshoh Tushini
burda-burda qilib tashlashga va u bilan kelgan hamrohlarini ham qatl
etib, murdalarini Amudaryoga tashlashga amr etgan»1.
Bu voqeadan so‘ng Xorazmshoh vaqtni qo‘ldan boy bermasdan,
qoraxitoylar asoratidan batamom ozod bo‘lishga qaror qiladi va
ular ustiga lashkar tortadi. Bu paytda Chingizxon ta’qibidan qochib
M o‘g ‘ulistondan Yettisuv viloyati tomon chekingan naymanlar
sardori Kuchlik qarluqlar bilan birlashib, qoraxitoylarga qattiq zarba
beradi. U 1210-yilda, hatto G o‘rgonning 0 ‘zgandagi xazinasini ham
qo‘lga kiritadi. Bunday qulay vaziyatni to ‘g ‘ri baholagan Muhammad
o ‘z vassali, Samarqand hukmdori Usmon ibn Ibrohim bilan birlashib,
Yettisuv tomon qo‘shin tortadi. Bu paytga kelib go‘rgonlar o ‘zlarini
ancha o‘nglab olgandilar va hatto Kuchlik bilan bo‘lgan yangi
jangda g ‘alaba ham qozongan edilar. Muhammad bilan qoraxitoylar
o ‘rtasidagi dahshatli jang Tolos daryosi vodiysida 1210-yil fevralda
1 Буниятов 3. М. Государство Хорезмшахов- Ануштегинидов, стр.75.
216
VATAN TARIXI
b o ia d i. Jangda Xorazm askarlari katta talafot k o ‘rgan boisalar-
da, qoraxitoylar m agiubiyatga uchraydilar, ulaming qo‘mondoni
Tayangu asir olinadi. Natijada Xorazm davlatining hududlari XIII
asr boshlarida yanada kengaydi va Yettisuvgacha b o ig a n yerlar
uning tarkibiga qo‘shib olindi. Xorazm to ia mustaqillikka erishdi.
Biroq q o ig a kiritilgan bu muvaffaqiyatlar Xorazmshoh; Aloviddin
Muhammadni esankiratib qo‘yadi. 0 ‘zini dunyoda eng qudratli,
yengilmas shoh deb hisoblay boshlaydi. Qoraxitoylar ustidan
qozongan g ‘alabasiga Muhammad uzugining ko‘ziga «Sulton
Xudoning yerdagi soyasi» degan so‘zlami yozdirgan b o iish ig a
qaramasdan, «Sulton Sanjar» unvoni bilan yurgan bo isa-da, yana
o ‘zini qo‘shimcha «Iskandari soniy» («Ikkinchi Iskandar») deb ham
atay boshlaydi. U Xorazmshoh va islom b ay ro g i ostida kofirlarga
qarshi muqaddas umshlar e ’lon qiladi. 0 ‘zga mamlakatlar xalqlariga
yuborgan yorliqlarida Aloviddin Muhammad o ‘zini islom homiysi
sifatida kutib olib, uni da’vat etadi. Holbuki, u o ‘z mamlakatida
zulm-zo‘ravon qilishni haddan tashqari kuchaytirdi, xalq qo‘zg ‘o-
lonlarini shafqatsizlarcha bostirdi. Bu jihatdan 1212-yildagi Sa
marqand qo‘zg ‘oloni yorqin misol b o ia oladi. Gap shundaki,
Xorazmshoh qoraxitoylar ustidan qozonilgan g ‘alabaga qo‘shgan
hissasiga minnatdorlik ramzi sifatida qizi Xonsultonni Samarqand
hukmdori Usmon ibn Ibrohimga 1210-yilda katta to ‘y qilib beradi.
Muhammad kuyovini ham o ‘zi bilan birga Urganchga olib ketadi.
Usmonning yo‘qligidan foydalangan samarqandliklar Xorazm-
shohga qarshi 1211 -yilda qo‘zg ‘olon ko‘taradilar. Chunki, Xonsulton
bilan Samarqandga kelgan xorazmliklar askarlari shaharda juda ko‘p
bezoriliklar qiladilar va xalqni talaydilar. Voqeadan xabar topgan
Xorazmshohning kuyovi Usmon qo‘zg‘olonchilar tomoniga o ‘tdi.
U hamma xorazmlik askarlami qirib tashlashga buymq berdi. Bu
borada Usmonning o ‘zi namuna ko‘rsatdi. U o ‘zi va xotini bilan
birga kelgan xorazmliklami bitta qo‘ymay qilichdan o ‘tkazdi. U
Xorazmshohning qizi Xonsultonni ikkinchi xotini qoraxitoy go‘rgon
qiziga cho‘ri qilib qo‘ydi. Ammo Xonsulton Xorazmshohga sodiq
b o ig a n kuchlar yordamida Urganchdan shoh kuchlari yetib kelgunga
qadar Samarqanddagi qal’a ichida boshpana topa oldi. Xorazmliklami
qirib bitirgan Usmon go‘rgonga elchilar yuborib, Samarqandni unga
topshirishga tayyor ekanligini bildirdi.
Xorazmshoh Aloviddin Muhammad g ‘azabining cheki y o ‘q
edi. U darhol Samarqandga lashkar tortdi va jang bilan 1212-yilda
shahami egalladi. Q o‘zg‘olonchilardan dahshatli o ‘ch olindi.
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
217
Samarqand shahri uch kun olov ichida yondi. 0 ‘n ming odam
qilichdan o ‘tkazildi. Asirga olingan Samarqand hokimi Usmon ibn
Ibrohim xotini — Xorazmshoh qizi Xonsultonning talabi bilan osib
oidirildi. Barcha qoraxitoylar u ru g iari va Usmonning avlodlari bitta
qo‘ymay qirib tashlandi.
Aloviddin Muhammad erishgan yengil g ‘alabalari qarshisida
shu darajada m ag‘rurlanib, taltayib ketdiki, endi u o ‘zini qo‘yarga
joy topa olmay qoldi. Xorazmshoh buyuk saltanat tuzish istagi
bilan yonardi. U ushbu maqsadni amalga oshirish ishtiyoqida o ‘z
xalqini taladi, boshqa davlatlarga qarshi islom bayrog‘i ostida
muqaddas urushlar olib bordi. Islom himoyachisi va xalqlar haloskori
Muhammad nomi shu qadar keng tarqalgan ediki, butun-butun
davlatlar unga deyarli jangsiz taslim b o ‘lar edilar.
Xorazmshoh qo‘shinlari 1215—1217-yillar davomida Kermon,
Belujiston, Makrom, Urmuz, Fors Iroqi, Mozandaron, Arron, Ozor
yurti Shirvon va boshqa hududlami egalladi. Xorazm ulug‘ saltanat
hududlari Iroqdan Hindistongacha va Orol dengizidan to Hind
okeanigacha cho‘zilib ketgan edi. Xorazmning XIII asr boshla-
ridagi mavqeyi haqida mashhur rus tarixchisi S.P.Tolstov bunday
yozgan edi: «Xorazm yerlariday keng va aholi ko‘p yashaydigan
joy dunyoning hech bir yerida b o im asa kerak deb o‘ylayman,
buning ustiga aholisi mashaqqatli hayotga va oz narsaga qanoat
qilishga o ‘rganib qolgan. Xorazmning aholi o ‘mashgan aksari
joylari bozorlari, g ‘amlab qo‘yilgan narsalari va do‘konlari b o ‘lgan
shaharlardir. Aholi o ‘mashgan joylar ichida bozori yo‘qlari kamdan
kam topiladi. Shu bilan birga, bu yerlarda xavfsizlik va tinchlik-
xotirjamlik hukmrondir»'. Bu jumlalar aslida arab sayyohi va
geografi Yoqut Hamaviynikidir. U m o‘g ‘ullar istilosi arafasida
Xorazmda bo‘lgan va o ‘z ko‘zi bilan ko‘rganlarini yozgan. Uning
bergan m a’lumotlariga qaraganda Xorazm davlati XIII asr boshlarida
juda katta hududlami o ‘z doirasiga qamrab olgan va bu hududda
400 shahar b o ig a n ekan. Ana shu shaharlaming gultoji albatta
Xorazmshohlar davlatining poytaxti Urganch bo igan. Hamaviy
yozadi: «Boyliklaming m o ilig i va poytaxtining kattaligi, aholisining
ko‘pligi, yaxshilikka yaqinligi hamda din va mazhab buyurgan
narsalami bajarishi jihatidan dunyoda Xorazmning bosh shahriga
o ‘xshash shahar b o im asa kerak» (yuqoridagi manba). Bu fikmi
Urganchga sayohat qilgan fors tarixchisi Al-Kazaniy ham yanada
1
Do'stlaringiz bilan baham: |