VI bob. M ovarounnahr va X urosonda mustaqil davlatlarning tashkil topishi
209
xatni o ‘qigach Sanjar elchisining soqolini qirdirib, uning q o iig a nina
tutqizdi va soqolidan bir tolani olib, elchiga ninani tolaga kiritishga
buyurdi. Elchi bu vazifani eplay olmagach G o‘rxon elchiga qarab:
— Sen elchi bo‘la turib qo‘lingdagi ninani tolaga kirita olmasang
boshqalar qanday qilib yoy o ‘qi bilan soch tolasini ikkiga b o iib
yubora oladi, — degan.
Qoraxitoylarda ham 100 ming kishilik qo‘shin b oigan. Har
ikki o ‘rtadagi jang 1141 -yil 9-sentabrda Samarqandga yaqin Katvon
dashtligida b o id i. Bu jangda Sulton Sanjar va Mahmud ibn Arslonshoh
qo‘shinlari batamom tor-mor qilindi. Sanjar qo‘shinlaridan 30 ming
jangchi halok b o iad i, uning o ‘zi Mahmudxon bilan Termizga qochdi1.
Sulton Sanjaming barcha mulki, xon qarorgohi, uning xotini Turkon
xotin qoraxitoylarga o ija b o iib tushadi. Qoraxitoylar Samarqanddan
so‘ng Buxoroni ham egallaydilar. Deyarli butun Movarounnahr
qoraxitoylar q o iig a o‘tadi.
Xorazmshoh Otsiz Sanjaming yengilganligini eshitib, bun
dan ustalik bilan foydalanadi. U fursatni g ‘animat bilib, 1141—
1142-yillarda Xurosonga bostirib kiradi. Seraxsni ishg‘ol etgach,
Sanjaming yo‘qligidan foydalanib, saljuqiylar poytaxti Marvni,
Nishopumi egallaydi.
Qoraxitoylarga qarshi jangda muvaffaqiyatsizlikka uchragan
Sulton Sanjar Marvga qaytgach o ‘z vassali Xorazmshoh Otsizning
beodoblarcha qilgan xatti-harakatlarini kechirmadi. U yana ikki
marta — 1143-1144 va 1147-yil noyabrida Otsiz ustiga qo‘shin
tortib bordi. Otsiz o ‘z qilgan gunohlari uchun ulug‘ sultondan
kechirim so‘rab Sanjar hukmronligini tan oldi. Ikki o ‘rtada yarash
bitimi imzolandi.
1152-yil aprelda Xorazmshoh Otsiz uchinchi marta Jand ustiga
qo‘shin tortib boradi va uni egallab, katta o ‘gli Abul Fath el Arslonni
u yerda hokim qilib tayinlaydi. Bu safar Sulton Sanjar o ‘z vassalining
xatti-harakatiga befarq qaradi. (Qoraxitoylar bilan b o ig a n jang
davomida Jand Xorazmshoh davlatidan qaytarib olingan edi.) Buning
asosiy sababi shundaki, Sulton Sanjar endi ancha kuchsizlanib
qolgan edi. Endi u Otsizni o ‘ziga yana qarshi oyoqda turgizishni
istamas edi. Buning ustiga Sulton Sanjar uchun yana ham xavfliroq
raqiblar qilich qayrab turar edilar. Bu eng avvalo qoraxitoylar va
g'uzlar
(turkmanlaming avlodlari) hisoblanardi. Sanjar 1153-yil
1 Бартольд В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. Часть 2. Санкт-Петербург.
1900,стр. 349.
210
VATAN TARIXI
aprelda g ‘uzlarga qarshi og‘ir jangga kirdi va o ‘zi asirga tushdi.
Ana shu davrdan e ’tiboran davlat sifatida saljuqiylar hukmronligi
inqiroz sari yuz tutdi. Saljuqiylar va Sulton Sanjar uchun eng og‘ir
b o ‘lgan ana shu vaziyatdan Xorazmshoh Otsiz yana foydalandi, o ‘z
yerlarini kengaytirdi. Hatto Sanjarga qarshi g ‘uzlarga homiylik qildi.
Otsiz Balx g ‘uzlari yo ‘lboshchilaridan biriga yozgan xatida g ‘uzlar
bilan Sanjar o ‘rtasida vositachi b o iish n i taklif qilganligi haqidagi
m a iu m o t bor. 1156-yilda Sulton Sanjar asirlikdan qochganda Otsiz
darhol o ‘z taktik y o iin i o ‘zgartirib uni ozodlikka chiqqanligi bilan
tabriklaydi va o ‘zining ulug‘ Sultonga sodiqligini izhor etadi. Ammo
Sulton Sanjar saljuqiylar davlatining shuhratini tiklay olmadi va
1153-yilda u olamdan o ‘tdi. 1156-yili Xorazmshoh Otsiz ham vafot
etdi.
Xorazm xalqining asl farzandi Otsiz Xorazmni mustaqil
davlatga aylantirish uchun astoydil harakat qildi. Biroq u Xorazmni
to ‘la mustaqillikka olib chiqa olmadi. Ammo Otsizning xizmatlari
zoye ketmadi. U boshlagan ulug‘ ishlami Otsizning farzandlari va
avlodlari davom ettirdilar.
Otsizdan so‘ng Xorazm taxtiga uning o ‘g i i El Arslort (1156
1172) o ‘tirdi. U otasiga qaraganda ancha qulay vaziyatlarda ish olib
bordi. Bu qulay vaziyatlar nimalardan iborat edi? Avvalo saljuqiylar
davlati Sulton Sanjar vafotidan so‘ng asosan yashashdan to ‘xtadi.
Faqat ko‘chmanchi g ‘uzlar unda-bunda o ‘z beboshliklarini davom
ettirmoqda edilar. Qoraxoniylar esa afsonadagidek qo‘g ‘irchoq
davlatchalar — bekliklarga aylanib qolgan edilar. Demak, Xo
razmning mustaqil taraqqiyotiga to ‘sqinlik qila oladigan va xavf
soladigan biror-bir aniq kuch qolmagan edi. Faqat m a’lum darajada
bunday xavf qoraxitoylar tomonidan kelishi mumkin edi. Ammo
El Arslon Xurosondagi bunday qulay vaziyatdan yetarli darajada
foydalana olmadi. Albatta, u Xurosonni o ‘ziga qaratdi, ozorlar
yurtida mustahkamlanib oldi. Abxar, Zanjan, Kazvin shaharlarini
egallab u yerdan ikki ming zotdor tuyalami o ‘z yurtiga olib ketdi. El
Arslon qoraxitoylarga qarshi urushlar olib bordi. Yozma manbalar
El Arslonning bosiq va og‘ir diplomat, uzoqni ko‘ra oladigan va
musulmon xalqlari birligi uchun kurashgan davlat arbobi bo‘lganligini
ko‘rsatadi. Bu borada akademik V.Bartoldning «Qoraxitoylar va
Xorazmshohlar» nomli asaridagi xulosalari g ‘oyatda qimmatlidir.
Uning ta ’kidlashicha, Bag‘dod xalifasi Xorazmshoh El Arslonga
chopar y o ila b uni saljuqiy sulton Muhammad ibn Mahmudga
qarshi kurashga undab gijgijlaydi. Ammo Xurosondagi voqealaming
VI bob. M ovarounnahr va X urosonda m ustaqil davlatlarning tashkil topishi
211
rivoj lanib borishini ziyraklik bilan kuzatib borayotgan va mohir
diplomat Xorazmshoh El Arslon xalifa al-Mukrafiyga yozgan javob
xatida, g ‘ayridinlar sulton Sanjar vafotidan foydalanib, Xuroson
yerlariga o ‘z hujumlarini kuchaytirayotgan va musulmonlami
qiyratayotgan bir paytda, Xuroson yerlarini g‘ayridinlardan himoya
qila oladigan yagona shaxs sulton G ‘iyosiddin Muhammad ibn
Do'stlaringiz bilan baham: